ch
Feedback
Navoiy kadastr

Navoiy kadastr

前往频道在 Telegram

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi. 📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy. ☎️ Telefon: +998792222738 ✉️ E-mail: navoiy.kadastr@gmail.com

显示更多
915
订阅者
-124 小时
+77
+1030
帖子存档
Diqqat, kadastr bo‘yicha savolingiz bormi? Yer bilan bog‘liq masalalar, auksionga maydonlar qo‘yish, ko‘chmas mulk obyektlari
Diqqat, kadastr bo‘yicha savolingiz bormi? Yer bilan bog‘liq masalalar, auksionga maydonlar qo‘yish, ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda javobini kutayotgan savollar sizni qiynayaptimi? U holda 10-iyul kuni ushbu rasmiy telegram sahifamizda soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan onlayn muloqotda ishtirok eting. Onlayn audiomuloqotimizda "O'zbekiston Respublikasining 937-sonli qonuni ijrosini ta'minlash jarayonlari, amalga oshirilgan ishlar hamda sohaga doir qonunchilikka kiritilgan o'zgarishlar" to'g'risida ma'lumotlar beriladi. Savollaringizga Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmalari mutaxassislari javob beradilar. #Navkadastr #audio_muloqot Telegram | Instagram | Facebook |Youtube

Xatlov bo'yicha muhim ma’lumotlar ❓ Bizni mahallamizga xatlovga kelishgan edi, uyda hech kim yo'q edi, uyimiz ulchanmay qolib ketdi, endi nima qilsak bo'ladi? ❓ Uyimizni 1990-yillarda otam qurgan. Yaqinda olamdan o'tdilar, xatlovda uyni o'zimni nomimga rasmiylashtirib olishim mumkinmi? ❗️ Savollarga Kadastr agentligi bosh mutaxassisi - Bekzod Otabekov javob beradi. #Navkadastr #foydali_malumot Telegram | Instagram |Facebook | Youtube

Karmana tumanida sayyor qabul bo'lib o'tdi. 🗓 Rejaga muvofiq, Navoiy viloyatining Karmana tumanida Kadastr agentligi hamda D
+8
Karmana tumanida sayyor qabul bo'lib o'tdi. 🗓 Rejaga muvofiq, Navoiy viloyatining Karmana tumanida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshliq o'rinbosarlari boshchiligida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. 🟢 Jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr masalasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvga 20 ta murojaatchilar tashrif buyurdi. Shundan 8 ta murojaat shu joyning o'zida ijobiy hal etildi 12 ta murojaatlarni ijobiy hal etish maqsadida mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi. ✅ Bunday sayyor qabullar joylardagi muammolarni aniqlash va ularni tezkor hal etishga xizmat qilmoqda. #Navkadastr #Sayyor_qabul Telegram | Instagram |Facebook | Youtube

Kadastr raqami qanday ma'nolarni anglatadi? Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega: AA : VV : SS : DD : EEE: GGGGG : HHH bunda
Kadastr raqami qanday ma'nolarni anglatadi? Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega: AA : VV : SS : DD : EEE: GGGGG : HHH bunda: AA — mintaqaning raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son; VV — mintaqa tarkibidagi ma’muriy-hududiy birlik (tuman yoki shahar)ning raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son; SS — kadastr zonasi raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son; DD — kadastr zonasi doirasida kadastr massivi raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son; EEE — kadastr massivi doirasida kadastr mavzesi raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son; GGGG — kadastr mavzesi doirasida ko‘p kvartirali turar joy raqamini (kodini) bildiruvchi besh razryadli o‘nli son; HHH — ko‘p kvartirali turar joydagi kvartiraning raqamini (kodini) bildiruvchi uch razryadli o‘nli son. Eslatma Yer uchastkasiga, bino, inshootga egalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq egasiga o‘tishi va (yoki) huquq turining Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar ❗️ ◾️Aholining kadastr sohasida muammolarini bartaraf qilish va qiziqt
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar ❗️ ◾️Aholining kadastr sohasida muammolarini bartaraf qilish va qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida sayyor qabul o'tkaziladi. 📍 Manzil: Karmana tumani, Paxtaobod MFY binosida. 🕔 Sayyor qabul 9-iyul kuni soat 11:00 da bo'lib o'tadi. Sayyor qabul 🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan o'tkaziladi. ☎️ Aloqa: +99879 222 12 07 #Navkadastr #Sayyor_qabul 🚀Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook | 🎬Youtube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 RASMIY MUNOSABAT 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlar
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 RASMIY MUNOSABAT 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda "KADASTRDAN ODDIY MA'LUMOT OLISH NEGA BUNCHALIK MUSHKUL?" mazmunida e'lon qilingan murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. 🗓 O‘rganish davomida aniqlanishicha, Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasiga kelib tushgan 209801-r/26 hamda 213944-r/26 sonli murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan. 🟢 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonunining 28-moddasi talablariga muvofiq, ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish jarayonida qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish, qo‘shimcha hujjatlar yoki materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etilgan hollarda murojaatni ko‘rib chiqish muddati tegishli davlat organi yoki tashkilot rahbari tomonidan istisno tariqasida bir oygacha uzaytirilishi mumkin. Mazkur qonun talablari asosida murojaatchiga murojaatni ko‘rib chiqish muddati uzaytirilgani haqida belgilangan tartibda bildirishnoma taqdim etilgan. ➡️ Bugungi kunda murojaatchi bilan yana bir bor muloqot o‘tkazilib, murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi. 🟢 Shuningdek, 209801-r/26 hamda 213944-r/26 sonli murojaatlar bo‘yicha tayyorlangan javob xatlari murojaatchiga belgilangan tartibda taqdim etilgan. 😄 Shu munosabat bilan mazkur murojaat bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tegishli choralar ko‘rilganligi va murojaatni ko‘rib chiqish ishlari yakunlanganligi ma'lum qilinadi. #Navkadastr #Rasmiy_munosabat 🚀Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook | 🎬Youtube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎 ⚡️ Noqonuniy qurilish bartaraf qilindi. ⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Navoiy sha
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎 ⚡️ Noqonuniy qurilish bartaraf qilindi. ⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Navoiy shahar bo'limi inspektorlari tomonidan Navoiy shahar "Turon" MFY hududida fuqaro tomonidan davlat zaxirasidagi 36 kv.metr yer maydoni hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib qurilish ishlari boshlab yuborilganligi aniqlangan. ⚖️ Aniqlangan holat yuzasidan Navoiy shahar inspektorlari tomonidan qonunbuzilish holatini sodir etgan fuqaroga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy javobgarlikka tortildi hamda ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etmagan taqdirda sudning hal qiluv qaroriga asosan majburiy tartibda bartaraf etilishi to'g'risida ogohlantirish berildi. ✅ Berilgan ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan fuqaro o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etdi hamda yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi. ❗️Eslatma: Ushbu holat "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli qonunga muvofiq emas! #Navkadastr #yer_nazorati 🚀Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook | 🎬Youtube

Repost from Ne'mat Atamuratov
Firibgarlardan ogoh bo'ling! 🌟 Kadastr xodimlarini nazorat tadbirini o'tkazishga borganida qanday hujjat va ish qurollari bilan borishi kerak? 📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📚📚📚📚 RASMIY MUNOSABAT 🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda “N
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📚📚📚📚 RASMIY MUNOSABAT 🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiy viloyati Xatirchi tumani Tamabaxrin MFY hududida yo‘l ustida hech qanday hujjatlarsiz do‘kon qurilayotgani” mazmunida e’lon qilingan murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida 🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi hamda Xatirchi tumani inspektorlari tomonidan holat joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. 🔴 Natijada fuqaro B.M. tomonidan Tamabaxrin MFY hududida yer uchastkasi ajratish bo‘yicha tegishli huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan holda davlat zaxirasidagi 75 kvadrat metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, unda qurilish ishlari boshlab yuborilgani aniqlandi. ⚖️ Aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan Xatirchi tumani inspektorlari tomonidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 60-moddasi uchinchi qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. ❗️Eslatma: Mazkur holat “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 937-son Qonun talablari doirasiga kirmaydi. #Navkadastr #Rasmiy_munosabat 🚀Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook | 🎬Youtube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❔ O‘RQ-937-sonli qonunga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, xatlovdan keyingi jarayonlar tezlashadi deyilyapti. Bu aynan qanday bo‘ladi, oddiy qilib tushuntirib bera olasizmi? ▶️ Batafsil javobni videoda tomosha qiling! Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ham ulashing! #Kadastr_agentligi #Qonun_937 🇺🇿 Telegram   |  🇺🇿 Instagram    |  🇺🇿 YouTube    | 🇺🇿 Facebook       | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X

Repost from Ne'mat Atamuratov
🌟Kadastr hujjatingizni tezroq qilib beramiz” desa – ishonmang! Agar kimdir sizga: ➡️ “O‘zboshimchalik bilan egallagan yer hujjatini tezlashtirib beramiz”; ➡️ “Pul bersangiz, hammasi hal bo‘ladi” desa — ularga ishonib, pul bermang! 📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling

Renovatsiya haqida jamoatchilikning fikri qanday? "Win Win modeli" nima? Uy-joylari renovatsiyaga tushgan yurtdoshlarimiz jarayondan rozimi? Telegram|Facebook| Instagram |Youtube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌟 Kadastr agentligining rasmiy 🕊 sahifasi ishga tushdi! 👍 Endi siz tezkor xabarlar, infografikalar, video
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌟 Kadastr agentligining rasmiy 🕊 sahifasi ishga tushdi! 👍 Endi siz tezkor xabarlar, infografikalar, videolar, qonunchilikdagi yangiliklar, Kadastr sohasiga oid muhim ma'lumotlarni ushbu https://x.com/Kadastr_uzb havola orqali kuzatib borishingiz mumkin! #Kadastr_agentligi 📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Diqqat, kadastr bo‘yicha savolingiz bormi? ❔ Yer bilan bog‘liq masalalar, auksionga may
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Diqqat, kadastr bo‘yicha savolingiz bormi? ❔ Yer bilan bog‘liq masalalar, auksionga maydonlar qo‘yish, ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda javobini kutayotgan savollar sizni qiynayaptimi? 🎙 U holda 3-iyul kuni ushbu rasmiy telegram sahifamizda soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan onlayn muloqotda ishtirok eting. ⚖️ Onlayn audiomuloqotimizda "O'zbekiston Respublikasining 937-sonli qonuni ijrosini ta'minlash jarayonlari, amalga oshirilgan ishlar hamda sohaga doir qonunchilikka kiritilgan o'zgarishlar" to'g'risida ma'lumotlar beriladi. ✔️ Savollaringizga Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmalari mutaxassislari javob beradilar. #Navkadastr #audio_muloqot 🚀Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook | 🎬Youtube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 HUQUQIY MAʼLUMOT ❌ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 HUQUQIY MAʼLUMOT Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti qayta rasmiylashtirilmaydi. 🏘 Biroq, ko‘chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki obyektga o‘zgartirishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilinganda, qo‘shimcha imorat yoki alohida yangi imorat qurilganda), ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr yig‘majildi shakllantirilib, kadastr pasporti rasmiylashtirilganidan so‘ng amalga oshiriladi. #Navkadastr #Huquqiy_ma'lumot 🚀Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook | 🎬Youtube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun 🌏 Davlat gerbi — mam
+2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun 🌏 Davlat gerbi — mamlakatimiz suvereniteti, xalqimizning gʻururi, tarixi va ezgu intilishlarini oʻzida mujassam etgan muqaddas davlat ramzidir. 📜 1992-yil 2-iyulda "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida"gi Qonun qabul qilinib, yurtimizning rasmiy davlat ramzlaridan biri — Davlat gerbi tasdiqlangan. 🇺🇿 Gerbimizda xalqimizning tinchliksevarligi, bunyodkorligi, farovon hayotga intilishi hamda Vatanga sadoqati o‘zining yorqin ifodasini topgan. 😄 Davlat ramzlarini hurmat qilish, ularni e’zozlash va asrab-avaylash — har birimizning yuksak fuqarolik burchimizdir. #Navkadastr #Gerb 🚀Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook | 🎬Youtube

Hurmatli Navoiy viloyati aholisi! 😄 Ma’lumki, kadastr ma’lumotlar bazasini yagona UZKAD axborot tizimiga integratsiya qilish
Hurmatli Navoiy viloyati aholisi! 😄 Ma’lumki, kadastr ma’lumotlar bazasini yagona UZKAD axborot tizimiga integratsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur tizim aholi va davlat organlariga ko‘rsatiladigan xizmatlarni yanada tezkor va sifatli tashkil etishga xizmat qiladi. 🔵 Integratsiya jarayonida ayrim ko‘chmas mulk obyektlarining manzillari bo‘yicha my.maktab.uz platformasida ayrim texnik noaniqliklar yuzaga kelishi mumkin. 🟢 Ushbu muammolarni tezkor bartaraf etish maqsadida Navoiy viloyatida maxsus tezkor shtab tashkil etilgan. 📞 Agar farzandingizni 1-sinfga qabul qilish jarayonida kadastr ma’lumotlari bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz, quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin: ☎️ +99879-222-46-31 📱 +99893-452-60-45 ✅ Murojaatlar o‘rganilib, aniqlangan texnik xatoliklar imkon qadar qisqa muddatda va bepul bartaraf etiladi. 🕘 Ish vaqti: Dushanba – Juma: 09:00–18:00 🍽 Tushlik: 13:00–14:00
❗️Eslatma: Fuqarolarni doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga (propiska) qo‘yish, ro‘yxatdan chiqarish yoki ro‘yxatga oid ma’lumotlarni o‘zgartirish Kadastr organlari vakolatiga kirmaydi. Mazkur masalalar bo‘yicha vakolatli organlarga murojaat qilishingiz so‘raladi.
#Navkadastr #e'lon 🚀Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook | 🎬Youtube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎 ⚡️ Noqonuniy qurilish bartaraf qilindi. ⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Karmana tu
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎 ⚡️ Noqonuniy qurilish bartaraf qilindi. ⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Karmana tumani bo'limi inspektorlari tomonidan Karmana tumani "Narpay" MFY hududida fuqaro tomonidan davlat zaxirasidagi 85 kv.metr yer maydoni hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib qurilish ishlari amalga oshirganligi aniqlangan. ⚖️ Aniqlangan holat yuzasidan Karmana tumani inspektorlari tomonidan qonunbuzilish holatini sodir etgan fuqaroga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy javobgarlikka tortildi hamda ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etmagan taqdirda sudning hal qiluv qaroriga asosan majburiy tartibda bartaraf etilishi to'g'risida ogohlantirish berildi. ✅ Berilgan ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan fuqaro o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etdi hamda yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi. ❗️Eslatma: Ushbu holat "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli qonunga muvofiq emas! ushbu postga mos rasm tayyorlab ber #Navkadastr #yer_nazorati 🚀Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook | 🎬Youtube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦 TEZKOR MA'LUMOT 📣 Hurmatli yurtdoshlar! Xabaringiz bor, kadastr ma’lumotlar bazasini yagona tizim -
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦 TEZKOR MA'LUMOT 📣 Hurmatli yurtdoshlar! Xabaringiz bor, kadastr ma’lumotlar bazasini yagona tizim - UZKAD axborot dasturida birlashtirib, aholi va davlat idoralariga xizmat qiluvchi yagona tizim yaratilmoqda. Tizimlarni birlashtirish jarayonida ayrim ko‘chmas mulk obyektlari manzillari bo‘yichamy.maktab.uz” platformasi bilan bog‘liq noaniqliklar kuzatilmoqda. ▶️ Shu kabi holatlarni bartaraf qilish maqsadida Respublika bo‘yicha tezkor shtab tashkil etildi. ◼️Farzandingizni 1-sinfga qabul jarayonida kadastr bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan taqdirda @Dkpuz_bot telegram boti yoki 71-207-00-03, (ichki raqami 216, 211, 232), 99-849-70-02, 77-131-80-44 raqamlari orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin. Tezkor shtabning hududiy telefon raqamlari: ▫️ Andijon viloyati: 74-224-20-25, 93-810-87-57 ▫️ Namangan viloyati: 69-233-27-33, 88-920-01-00 ▫️ Jizzax viloyati: 72-226-75-23, 93-307-87-35 ▫️ Toshkent viloyati: 71-502-02-07, 90-135-35-05 ▫️ Surxondaryo viloyati: 55-451-22-19, 93-220-62-96 ▫️ Qoraqalpog'iston Respublikasi: 61-224-91-02, 99-194-60-60 ▫️ Sirdaryo viloyati: 67-236-50-05, 97-218-01-17 ▫️ Qashqadaryo viloyati: 75-227-79-97, 98-444-70-17 ▫️ Xorazm viloyati: 62-224-67-04, 87-872-92-91 ▫️ Navoiy viloyati: 79-222-46-31, 94-145-60-45 ▫️ Buxoro viloyati: 65-221-01-88, 93-452-15-54 ▫️ Samarqand viloyati: 95-508-81-50, 97-405-02-94 ▫️ Farg'ona viloyati: 73-229-02-07, 77-319-07-01 ✔️ Xatolik tez fursatlarda va bepul bartaraf etilishini ma’lum qilamiz. Shu o‘rinda, fuqarolarni ro‘yxat (propiska)ga qo‘yish, o‘chirish yoki o‘zgartirish Kadastr idoralari vakolati doirasida emasligini qayd etish lozim. #DavKadastrPalata  #tezkor_ma_lumot #uzkad Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun 🇺🇿 Davlat gerbi — m
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun 🇺🇿 Davlat gerbi — mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va milliy qadriyatlarining muqaddas ramzidir. 🇺🇿 U xalqimizning tarixi, ezgu orzu-intilishlari hamda tinchlik va farovonlikka bo‘lgan ishonchini o‘zida mujassam etadi. #Navkadastr #Gerb 🚀Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook | 🎬Youtube