ch
Feedback
UZINFOCOM

UZINFOCOM

前往频道在 Telegram

💻 Создаем IT-решения, помогающие обществу, государству и бизнесу Facebook: https://www.facebook.com/uzinfocom.uz Instagram: https://instagram.com/uzinfocom_official Youtube: https://youtube.com/@uzinfocom_official 🌐 www.uzinfocom.uz

显示更多
3 708
订阅者
-424 小时
-127
+1230
帖子存档
🥳 Bugun UZINFOCOM 24 yoshga to‘ldi! 📅 29-iyul — biz uchun muhim sana. Mana 24 yildirki, UZINFOCOM O‘zbekistonning raqamli i
🥳 Bugun UZINFOCOM 24 yoshga to‘ldi! 📅 29-iyul — biz uchun muhim sana. Mana 24 yildirki, UZINFOCOM O‘zbekistonning raqamli infratuzilmasini rivojlantirishga hissa qo‘shib, davlat xizmatlari, biznes jarayonlari va millionlab insonlarning kundalik hayotini qulay va zamonaviy qiladigan texnologiya hamda servislarni yaratib kelmoqda. 📶 Har bir amalga oshirilgan loyiha ortida insonlar — bilimi, tajribasi va rivojlanishga bo‘lgan intilishi eng yuksak g‘oyalarni hayotga tatbiq etishga yordam beradigan professionallar jamoasi turibdi. 🙏 UZINFOCOM tarixining bir qismi bo‘lgan va bo‘lib qolayotgan barchaga: xodimlar, hamkorlar va yechimlarimizga ishonch bildirgan har bir insonga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. 🌟 Oldinda bizni yangi loyihalar, yangi yutuqlar va yangi imkoniyatlar kutmoqda. Bu yo‘l ham shunday ishonchli, muvaffaqiyatli va ilhomlantiruvchi bo‘lsin. Tug‘ilgan kuning bilan, UZINFOCOM! ❤️ ➿➿➿➿➿ 🥳 Сегодня UZINFOCOM исполняется 24 года! 📅 29 июля мы отмечаем важную дату — уже 24 года UZINFOCOM участвует в развитии цифровой инфраструктуры Узбекистана, создавая технологии и сервисы, которые делают государственные услуги, бизнес-процессы и повседневную жизнь миллионов людей удобнее и современнее. 📶 За каждым реализованным проектом стоят люди — команда профессионалов, чьи знания, опыт и стремление к развитию помогают воплощать в жизнь самые амбициозные идеи. 🙏 Благодарим всех, кто был и остается частью истории UZINFOCOM: сотрудников, партнеров и всех, кто доверяет нашим решениям. 🌟 Впереди — новые проекты, новые достижения и новые возможности. Пусть этот путь будет таким же уверенным, успешным и вдохновляющим. С днем рождения, UZINFOCOM! ❤️

Repost from IT-Med Uzbekistan
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🇸🇦Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd bin Abdurrahmon al-Jalajel boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida UZINFOCOM ofisida bo‘ldi. Mehmonlarga milliy AT-integrator faoliyati, UZINFOCOM Situatsion markazining ishi hamda kompaniyaning asosiy raqamli loyihalari, jumladan, DMED yagona tibbiy axborot tizimi va Milliy raqamli sog‘liqni saqlash platformasi namoyish etilgan shourum taqdim etildi. ❤️Tashrif doirasida, shuningdek, SEHA Virtual Hospital va O‘zbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamkorligida amalga oshirilgan Ko‘p tarmoqli virtual kardiologik konsiliumni ishga tushirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
✅Hamkorlikning yangi shakli ikki mamlakat kardiologlariga qo‘shma masofaviy konsultatsiyalar o‘tkazish, o‘zaro ekspert tajribasi almashish hamda murakkab klinik holatlarni davolashning eng maqbul taktikasini ishlab chiqish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va sog‘liqni saqlash sohasiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.
➖➖➖➖➖ 🇸🇦Делегация Королевства Саудовская Аравия во главе с министром здравоохранения Фахдом бин Абдуррахманом Аль-Джаладжелем посетила офис UZINFOCOM в рамках официального визита в Узбекистан Гостям презентовали деятельность национального IT-интегратора, работу Ситуационного центра UZINFOCOM и шоурум, где были представлены ключевые цифровые проекты компании, включая Единую медицинскую информационную систему DMED и Национальную цифровую платформу здравоохранения. ❤️В рамках визита также состоялась церемония запуска Многопрофильного виртуального кардиологического консилиума, реализованного в сотрудничестве SEHA Virtual Hospital и Республиканского специализированного научно-практического медицинского центра кардиологии Узбекистана.
✅Новый формат взаимодействия позволит кардиологам двух стран проводить совместные дистанционные консультации, обмениваться экспертным опытом и вырабатывать оптимальную тактику лечения сложных клинических случаев, что станет важным шагом в развитии международного сотрудничества и внедрении современных цифровых технологий в здравоохранение.

💡 UZINFOCOM jamoaga taklif qiladi! Biz davlat, biznes va millionlab foydalanuvchilar uchun raqamli yechimlarni yaratish hamd
💡 UZINFOCOM jamoaga taklif qiladi! Biz davlat, biznes va millionlab foydalanuvchilar uchun raqamli yechimlarni yaratish hamda rivojlantirishda ishtirok etishga tayyor mutaxassislarni izlayapmiz. Ochiq vakansiyalar:
➡️ IT arxitektor / Yetakchi DevOps muhandisi ➡️ Axborot xavfsizligi yo‘nalishi rahbari (CISO) ➡️ Yetakchi Java muhandisi (To‘lov platformasi va audit) ➡️ Scrum-master / IT-loyiha menejeri ➡️ Sifatni ta’minlash bo‘yicha muhandis (QA)
Agar siz keng ko‘lamli IT-loyihalar ustida ishlashni, kuchli jamoa bilan birga rivojlanishni va mamlakatning raqamli transformatsiyasiga o‘z hissangizni qo‘shishni istasangiz, tanishishdan mamnun bo‘lamiz. ✉️ Rezyumeni yuborish: g.togayeva@uzinfocom.uz ➿➿➿➿➿ 💡 UZINFOCOM приглашает в команду! Мы ищем специалистов, которые готовы участвовать в создании и развитии цифровых решений для государства, бизнеса и миллионов пользователей. Открытые вакансии:
➡️ Solutions Architect / Lead DevOps ➡️ Руководитель направления информационной безопасности (CISO) ➡️ Lead Java Engineer (Payment Platform & Audit) ➡️ Scrum-мастер / IT Project Manager ➡️ QA-инженер
Если вы хотите работать над масштабными IT-проектами, развиваться вместе с сильной командой и вносить вклад в цифровую трансформацию страны — будем рады познакомиться. ✉️ Отправить резюме: g.togayeva@uzinfocom.uz

🌟 UZINFOCOMda “Sen kuchlisan” jamg‘armasi bilan hamkorlikda onkologik kasalliklardan davolanayotgan bolalar chizgan rasmlarn
+3
🌟 UZINFOCOMdaSen kuchlisan” jamg‘armasi bilan hamkorlikda onkologik kasalliklardan davolanayotgan bolalar chizgan rasmlarning xayriya auksioni bo‘lib o‘tdi. ❗️ Auksion davomida kompaniya xodimlari taqdim etilgan ishlarni xarid qilishdi. Auksiondan tushgan barcha mablag‘lar rasmlar mualliflari bo‘lgan bolajonlarning o‘zlariga topshirildi.
✔️ Tadbir doirasida bolalar ko‘ngilochar dasturda ham qatnashdilar va UZINFOCOM nomidan esdalik sovg‘alarini qabul qilib oldilar.
🤝 Tadbirni tashkil etgani uchun “Sen kuchlisan” jamg‘armasiga hamda ushbu xayriya tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan barcha hamkasblarimizga minnatdorchilik bildiramiz! ➿➿➿➿➿ 🌟 В UZINFOCOM совместно с фондом Sen kuchlisan состоялся благотворительный аукцион картин, авторами которых стали дети, проходящие лечение от онкологических заболеваний. ❗️ В ходе аукциона сотрудники компании приобрели представленные работы. Все вырученные средства были переданы детям — авторам картин.
✔️ В рамках мероприятия дети также приняли участие в развлекательной программе, а от имени UZINFOCOM получили памятные подарки.
🤝 Благодарим фонд Sen kuchlisan за организацию мероприятия и всех коллег, поддержавших эту благотворительную инициативу!

🇺🇿 Hurmatli Shavkat Miromonovich, UZINFOCOM Yagona integratori jamoasi Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaydi hamda Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va davlat faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi. #XalqPrezidenti #Xalqyetakchisi

Repost from ccTLD.uz News
⚡️️️ .UZ domen nomlari soni 160 mingdan oshdi ✅ Milliy .UZ domeni barqaror o'sishni davom ettirmoqda. 2026-yil iyul holatiga
⚡️️️ .UZ domen nomlari soni 160 mingdan oshdi ✅ Milliy .UZ domeni barqaror o'sishni davom ettirmoqda. 2026-yil iyul holatiga ko'ra, ro'yxatdan o'tkazilgan domen nomlari soni 160 mingdan oshdi, bu esa biznes subyektlari, davlat tashkilotlari va jismoniy shaxslarning milliy domen makoniga bo'lgan qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi. 🌟 Ro'yxatdan o'tkazilgan domenlar sonining ortishi internet-resurs egalari tomonidan .UZ domen nomlariga bo'lgan barqaror talabni aks ettiradi. .UZ domeni korporativ veb-saytlar, internet-do'konlar, axborot portallari va raqamli xizmatlarni joylashtirish uchun talab yuqori bo'lgan platformalardan biri bo'lib qolmoqda. ✔️ 160 minglik marraning zabt etilishi .UZ domenining barqaror rivojlanayotganini hamda foydalanuvchilar orasida o'zining ommabopligini saqlab qolayotganini tasdiqlaydi. __________ ⚡️️️ Количество доменных имен в .UZ превысило 160 тысяч ✅ Национальный домен .UZ продолжает демонстрировать устойчивый рост. По состоянию на июль 2026 года количество зарегистрированных доменных имен превысило отметку в 160 тысяч, что свидетельствует о растущем интересе бизнеса, государственных организаций и частных пользователей к национальному доменному пространству. 🌟 Увеличение числа регистраций отражает стабильный спрос на доменные имена .UZ со стороны владельцев интернет-ресурсов. Домен .UZ остается востребованной площадкой для размещения корпоративных сайтов, интернет-магазинов, информационных порталов и цифровых сервисов. ✔️ Преодоление отметки в 160 тысяч доменных имен подтверждает сохранение положительной динамики развития домена .UZ и его востребованность среди пользователей.

📶 Polsha va Asseco International vakillari Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi 👨‍🦰 O‘zbekiston Respublikasi
+2
📶 Polsha va Asseco International vakillari Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi 👨‍🦰 O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif doirasida Polshaning O‘zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Marian Pshejdzetskiy hamda Asseco International kompaniyasi vitse-prezidenti Pshemislav Senchkovskiy UZINFOCOM faoliyati bilan tanishdi. Delegatsiyaga Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari O.A. Pekos hamrohlik qildi. 🔘 Uchrashuvda raqamli transformatsiya, elektron hukumat, moliyaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini rivojlantirish, shuningdek, yirik davlat va korporativ IT-loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. ✔️ Mehmonlar UZINFOCOM shourumida kompaniyaning zamonaviy raqamli yechimlari va ishlanmalari bilan tanishdi. Xususan, ularga davlat axborot tizimlari, biometrik identifikatsiya, raqamli sog‘liqni saqlash hamda raqamli transformatsiyaning boshqa yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdim etildi. ➿➿➿➿➿ 📶 Представители Республики Польша и компании Asseco International посетили Министерство цифровых технологий 👨‍🦰 В рамках визита в Министерство цифровых технологий Республики Узбекистан UZINFOCOM посетили Временный поверенный в делах Республики Польша в Узбекистане Marian Pshejdzetskiy и вице-президент компании Asseco International Pshemislav Senchkovskiy в сопровождении Первого заместителя министра цифровых технологий О.А. Пекось. 🔘 В ходе встречи были обсуждены перспективы сотрудничества в области цифровой трансформации, развития электронного правительства, финансовых технологий, искусственного интеллекта, центров обработки данных, а также реализации крупных государственных и корпоративных ИТ-проектов. ✔️ В рамках визита гостям был представлен шоурум UZINFOCOM, где они ознакомились с цифровыми решениями и разработками компании, включая проекты в области государственных информационных систем, биометрической идентификации, цифрового здравоохранения и других направлений цифровой трансформации.

Repost from Digital.uz
#IOI2026 #Uzbekistan 🔊 Yana bir tarixiy voqea: O'zbekiston ilk bor nufuzli IOI 2026 xalqaro olimpiadasiga mezbonlik qiladi! Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi - maktab o‘quvchilari orasidagi eng nufuzli dasturlash musobaqasi bo‘lib, u texnologik gigantlar va yetakchi global ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun eng iqtidorli yoshlarni saralab olish maydonidir. 📈 Raqamlarda: ➡️ 97+ davlatdan 386 nafar iqtidorli o‘quvchi ro'yxatdan o‘tdi; ➡️ Delegatlar, hakamlar va kuzatuvchilar soni 900 nafardan oshdi. 2025-yilgi Boliviya olimpiadasidan kumush va bronza medallar bilan qaytgan O‘zbekiston terma jamoasi endi o‘z uyida yangi rekordlarga tayyor! 🔜 9-16-avgust 📍CAEx ko'rgazmalar markazi Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

Repost from ccTLD.uz News
⚠️ Aloqa operatorlari, internet-provayderlar, tizim administratorlari hamda DNSSEC texnologiyasidan foydalanuvchi barcha tash
⚠️ Aloqa operatorlari, internet-provayderlar, tizim administratorlari hamda DNSSEC texnologiyasidan foydalanuvchi barcha tashkilotlar diqqatiga 🔴 ICANN 2026-yil 11-oktabrga rejalashtirilgan ildiz DNSSEC imzolash kaliti (Key Signing Key, KSK) almashtirilishi toʻgʻrisida xabar berdi.
KSK almashtirilishi (KSK Rollover) global Domen nomlari tizimi (DNS) xavfsizligi, barqarorligi va ishonchliligini ta'minlashga qaratilgan rejalashtirilgan jarayondir. Mazkur o'zgarish, ayniqsa, DNSSEC tekshiruvini amalga oshiruvchi rekursiv DNS rezolverlaridan (validating recursive resolvers) foydalanadigan tashkilotlarga taalluqlidir, xususan: ➡️ Trust Anchor (ishonch tayanchi) qo'lda sozlangan bo'lsa; ➡️ eskirgan dasturiy ta'minotdan foydalanilsa; ➡️ DNSSEC uchun maxsus konfiguratsiyalar qo'llanilgan bo'lsa.
❗️Zarur yangilanishlar o'z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, 2026-yil 11-oktabrdan so'ng domen nomlarini aniqlash (DNS resolution) jarayonida uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. ✅Shu munosabat bilan barcha manfaatdor tashkilotlarga o'z infratuzilmasining tayyorligini oldindan tekshirish, Trust Anchor avtomatik yangilanishi mexanizmi to'g'ri ishlayotganiga ishonch hosil qilish hamda zarurat bo'lsa, dasturiy ta'minot va DNSSEC konfiguratsiyasini yangilash tavsiya etiladi. 🔴KSK Rollover jarayoni, texnik tavsiyalar, amalga oshirish jadvali, ko'p beriladigan savollar bo'yicha batafsil ma'lumot hamda operatorlar uchun tayyorlangan videorolik bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin: 🔗 https://www.icann.org/resources/press-material/release-2026-05-20-en 🔗 https://www.icann.org/resources/pages/ksk-rollover-en — KSK almashtirish jarayoni tavsifi 🔗 https://www.youtube.com/watch?v=Hq-qnAZAURY — operatorlar uchun videorolik ➿➿➿➿ ⚠️ Вниманию операторов связи, интернет-провайдеров, системных администраторов и всех организаций, использующих DNSSEC 🔴 ICANN уведомила о предстоящей ротации корневого ключа подписи DNSSEC (Key Signing Key, KSK), запланированной на 11 октября 2026 года.
Смена KSK (KSK Rollover) является плановым мероприятием, направленным на поддержание безопасности, стабильности и надежности глобальной системы доменных имен (DNS). Данное изменение затронет организации, эксплуатирующие DNS-резолверы с проверкой DNSSEC (validating recursive resolvers), особенно если используются: ➡️ вручную настроенные доверенные якоря (Trust Anchors); ➡️ устаревшее программное обеспечение; ➡️ собственные конфигурации DNSSEC.
❗️ В случае отсутствия своевременного обновления после 11 октября 2026 года возможны сбои при разрешении доменных имен (DNS resolution failures). ✅ В связи с этим всем заинтересованным организациям рекомендуется заранее проверить готовность своей инфраструктуры, убедиться в корректной работе механизмов автоматического обновления Trust Anchor и, при необходимости, выполнить обновление программного обеспечения и конфигурации DNSSEC. 🔴 Подробная информация о процессе KSK Rollover, технические рекомендации, график проведения, ответы на часто задаваемые вопросы, а также информационный видеоролик для операторов доступны по следующим ссылкам: 🔗 https://www.icann.org/resources/press-material/release-2026-05-20-en 🔗 https://www.icann.org/resources/pages/ksk-rollover-en - описание процесса смены ключей 🔗 https://www.youtube.com/watch?v=Hq-qnAZAURY - видео для операторов

🎉 my.gov.uz — raqamli davlat xizmatlari yo‘lida 13 yil! ✔️ Bugun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz o‘zin
🎉 my.gov.uz — raqamli davlat xizmatlari yo‘lida 13 yil! ✔️ Bugun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz o‘zining 13 yilligini nishonlamoqda. O‘tgan yillar davomida portal O‘zbekiston raqamli ekotizimining ajralmas qismiga aylanib, fuqarolar va biznesga davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanish uchun qulay imkoniyat yaratib kelmoqda.
📌 Millionlab foydalanuvchilar har kuni muhim hayotiy masalalarini davlat idoralariga bormasdan – tez, qulay va xavfsiz hal qilmoqda. 📌 Hujjatlarni rasmiylashtirishdan tortib turli ma’lumotnomalar va ruxsatnomalarni olishgacha bo‘lgan yuzlab davlat xizmatlari bir joyda jamlangan.
📈 my.gov.uz’ning rivojlanishi zamonaviy raqamli davlatni barpo etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, bunda davlat xizmatlari yanada ommabop, fuqarolarning davlat bilan o‘zaro munosabati esa osonroq va samaraliroq bo‘lib boradi. 🔘 Loyiha jamoasi, davlat tashkilotlari, hamkorlar va barcha foydalanuvchilarni portalning 13 yilligi bilan tabriklaymiz! O‘zbekiston aholisi farovonligi yo‘lida portalning yanada rivojlanishi, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati oshishi, yangi yutuqlar hamda raqamli tashabbuslarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini tilab qolamiz. 🇺🇿 my.gov.uz — millionlab insonlar ishonchini qozongan raqamli davlat xizmatlari. ➿➿➿➿➿ 🎉 my.gov.uz — 13 лет цифровых государственных услуг! ✔️ Сегодня Единый портал интерактивных государственных услуг my.gov.uz отмечает своё 13-летие. За эти годы портал стал неотъемлемой частью цифровой экосистемы Узбекистана, предоставляя гражданам и бизнесу удобный доступ к государственным услугам в режиме онлайн.
📌 Миллионы пользователей ежедневно решают важные жизненные вопросы без посещения государственных учреждений — быстро, удобно и безопасно. 📌 Сотни государственных услуг доступны в одном месте — от оформления документов до получения различных справок и разрешений.
📈 Развитие my.gov.uz — это важный шаг в построении современного цифрового государства, где государственные услуги становятся доступнее, а взаимодействие граждан с государством — проще и эффективнее. 🔘 Поздравляем команду проекта, государственные организации, партнёров и всех пользователей с 13-летием портала! Желаем дальнейшего развития, новых достижений и успешной реализации цифровых инициатив на благо жителей Узбекистана. 🇺🇿 my.gov.uz — цифровые государственные услуги, которым доверяют миллионы.

Repost from IT-Med Uzbekistan
⚡️Oʻzbekiston GDHP sammitida sogʻliqni saqlashni raqamli transformatsiya qilish tajribasini taqdim etdi UZINFOCOM sogʻliqni s
+3
⚡️Oʻzbekiston GDHP sammitida sogʻliqni saqlashni raqamli transformatsiya qilish tajribasini taqdim etdi UZINFOCOM sogʻliqni saqlashni raqamlashtirish boʻyicha direktori Ruslan Sultanov Jeneva shahrida boʻlib oʻtgan 17-Global Digital Health Partnership (GDHP) sammitida nutq soʻzlab, xalqaro hamjamiyatga Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini raqamli transformatsiya qilish borasidagi yutuqlar va ustuvor yoʻnalishlarni taqdim etdi.
💬 Maʼruza raqamli sogʻliqni saqlashni rivojlantirish boʻyicha milliy strategiyaga bagʻishlandi. Uning asosiy elementi — Milliy raqamli sogʻliqni saqlash platformasi (Digital Health Platform). Ushbu platforma tibbiy maʼlumotlarning xavfsiz almashinuvini, axborot tizimlarining oʻzaro integratsiyasini hamda interoperabellik boʻyicha xalqaro standartlarni joriy etishni taʼminlovchi yagona ekotizim hisoblanadi. Asosiy yoʻnalishlar qatorida: 🔘sogʻliqni saqlashning yagona raqamli arxitekturasini rivojlantirish; 🔘HL7 FHIR va SNOMED CT standartlarini joriy etish; 🔘yagona elektron tibbiy makonni yaratish; 🔘raqamli texnologiyalar yordamida tibbiy xizmatlar sifati va ommabopligini oshirish.
Ushbu sammitdagi ishtiroki Oʻzbekistonning raqamli sogʻliqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi faol oʻrnini yana bir bor tasdiqladi. ⚡️Узбекистан представил опыт цифровой трансформации здравоохранения на саммите GDHP Директор по цифровизации здравоохранения UZINFOCOM Руслан Султанов выступил на 17-м Саммите Global Digital Health Partnership (GDHP) в Женеве, представив международному сообществу достижения и приоритеты цифровой трансформации системы здравоохранения Узбекистана.
💬 Выступление было посвящено национальной стратегии развития цифрового здравоохранения, ключевым элементом которой является Национальная цифровая платформа здравоохранения (Digital Health Platform) — единая экосистема для безопасного обмена медицинскими данными, взаимодействия информационных систем и внедрения международных стандартов интероперабельности. В числе ключевых направлений: 🔘развитие единой цифровой архитектуры здравоохранения; 🔘внедрение стандартов HL7 FHIR и SNOMED CT; 🔘создание единого электронного медицинского пространства; 🔘повышение качества и доступности медицинской помощи с помощью цифровых технологий.
Участие в Саммите подтвердило активную роль Узбекистана в развитии международного сотрудничества в сфере цифрового здравоохранения.

📶🇺🇳 BMT Davlat xizmati kunini nishonlash doirasida UZINFOCOM Yagona integratori ofisiga nufuzli delegatsiya tashrif buyurd
+5
📶🇺🇳 BMT Davlat xizmati kunini nishonlash doirasida UZINFOCOM Yagona integratori ofisiga nufuzli delegatsiya tashrif buyurdi. Uning tarkibidan turli vazirlik va idoralarning inson resurslarini rivojlantirish hamda boshqarish bo‘linmalarining 90 nafar rahbari o‘rin oldi. 📶 Tashrif davomida mutaxassislarga hrm.gov.uz yagona elektron tizimining ishlashi namoyish etildi. Ishtirokchilar platforma funksionalligi, kadrlar ish yurituvini avtomatlashtirish jarayonlari va davlat xizmatida inson kapitalini samarali boshqarishni ta’minlovchi raqamli vositalar bilan yaqindan tanishdilar. ➡️ Shuningdek, dastur UZINFOCOM shourumi bo‘ylab batafsil ekskursiyani o‘z ichiga oldi. Mehmonlarga kompaniyaning ilg‘or loyihalari taqdim etilib, yirik davlat platformalarini ishlab chiqish bosqichlari hamda turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga innovatsion yechimlarni joriy etish haqida so‘zlab berildi.
❗️ Ilg‘or IT-infratuzilma bilan bevosita tanishish kadrlar xizmatlari rahbarlarining amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, tajriba almashish hamda davlat boshqaruvi tizimida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan.
➿➿➿➿➿ 📶🇺🇳 В рамках празднования Дня государственной службы ООН, офис Единого интегратора UZINFOCOM посетила масштабная делегация. В ее состав вошли 90 руководителей подразделений по развитию и управлению человеческими ресурсами различных министерств и ведомств. 📶 В ходе визита специалистам была продемонстрирована работа единой электронной системы hrm.gov.uz. Участники наглядно ознакомились с функционалом платформы, процессами автоматизации кадрового делопроизводства и цифровыми инструментами, обеспечивающими эффективность управления человеческим капиталом на государственной службе. ➡️ Программа также включала подробную экскурсию по шоуруму UZINFOCOM. Гостям презентовали флагманские проекты компании, рассказали об этапах разработки масштабных государственных платформ и внедрении инновационных решений в различные социально-экономические сферы.
❗️ Наглядное знакомство с передовой IT-инфраструктурой направлено на развитие практических навыков руководителей кадровых служб, обмен опытом и ускорение процессов цифровой трансформации в системе государственного управления.

📶 UZINFOCOM va Navoiy xalqaro aeroporti hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzoladi ✔️ «UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini
+3
📶 UZINFOCOM va Navoiy xalqaro aeroporti hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzoladi ✔️ «UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator» MCHJ hamda «Navoiy xalqaro aeroporti» MCHJ o‘rtasida hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. 🔘 Ushbu hujjat raqamli transformatsiya, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni va katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish vositalarini joriy etish sohasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
🖥 Hamkorlik doirasida tomonlar aeroportning raqamli transformatsiyasi konsepsiyasini ishlab chiqish, biznes jarayonlarini optimallashtirish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, logistika va yuk tashish operatsiyalarini avtomatlashtirish, shuningdek, aqlli boshqaruv tizimlari va tahliliy yechimlarni joriy etish bo‘yicha birgalikda ish olib borishni rejalashtirmoqda.
🤝 Memorandumni imzolash Navoiy xalqaro aeroportining raqamli ekotizimini rivojlantirish hamda uning faoliyati samaradorligini oshirish uchun zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi. ➿➿➿➿➿ 📶 UZINFOCOM и Международный аэропорт Навои подписали Меморандум о сотрудничестве ✔️ ООО «Единый интегратор по созданию и поддержке государственных информационных систем UZINFOCOM» и ООО «Международный аэропорт Навои» подписали Меморандум о сотрудничестве и партнёрстве. 🔘 Документ направлен на развитие долгосрочного взаимодействия в области цифровой трансформации, внедрения современных информационно-коммуникационных технологий, решений на базе искусственного интеллекта и инструментов анализа больших данных.
🖥 В рамках сотрудничества стороны планируют совместную работу по разработке концепции цифровой трансформации аэропорта, оптимизации бизнес-процессов, развитию цифровой инфраструктуры, автоматизации логистических и грузовых операций, а также внедрению интеллектуальных систем управления и аналитических решений.
🤝 Подписание меморандума станет важным шагом в развитии цифровой экосистемы Международного аэропорта Навои и внедрении современных технологических решений для повышения эффективности его деятельности.

📶 MyID ekotizimi Identity Week Europe va Money20/20 Europe’da taqdim etildi ➡️ UZINFOCOM MyID Vision, MyID Palm va MyID Pay
+4
📶 MyID ekotizimi Identity Week Europe va Money20/20 Europe’da taqdim etildi ➡️ UZINFOCOM MyID Vision, MyID Palm va MyID Pay yechimlarini raqamli identifikatsiya va moliyaviy texnologiyalar sohasidagi yirik Yevropa tadbirlari — Identity Week Europe hamda Money20/20 Europe’da taqdim etdi. 🔘 Tashrif buyuruvchilarga ekotizimning qo‘llalinishining amaliy vaziyatlar taqdim etildi: yuz orqali masofaviy biometrik identifikatsiya, kaft venalari orqali kontaktsiz to‘lov va karta, smartfon va PIN-kodsiz yuz orqali to‘lov. Banklar, to‘lov tizimlari, fintech kompaniyalari va savdo tarmoqlari vakillari integratsiya imkoniyatlari, yechimlarning texnik parametrlari va hamkorlik formatlarini muhokama qildilar. ✔️ Ishtirokchilar MyID yechimlarining zamonaviy xavfsizlik standartlariga muvofiqligi, biometrik identifikatsiya aniqligi va sanoatda joriy etishga tayyorligini ta’kidladilar. Tadbirlar yakunida bir qator kompaniyalar bilan muzokaralar o‘zaro hamkorlikning aniq shartlari va formatlarini muhokama qilishga o‘tdi. ➿➿➿➿➿ 📶 Экосистема MyID была представлена на Identity Week Europe и Money20/20 Europe ➡️ UZINFOCOM представил решения MyID Vision, MyID Palm и MyID Pay на двух крупных европейских площадках в сфере цифровой идентификации и финансовых технологий — Identity Week Europe и Money20/20 Europe. 📶 Посетителям были представлены практические сценарии применения экосистемы: удалённая биометрическая идентификация по лицу, бесконтактная оплата по венам ладони и оплата по лицу без карты, смартфона и PIN-кода. Представители банков, платёжных систем, финтех-компаний и торговых сетей обсудили возможности интеграции, технические параметры решений и форматы сотрудничества. ✔️ Участники отметили соответствие решений MyID современным стандартам безопасности, точность биометрической идентификации и готовность к промышленному внедрению. По итогам мероприятий переговоры с рядом компаний перешли к обсуждению конкретных условий и форматов взаимодействия.

📶 UZINFOCOM va Raqamli texnologiyalar vazirligining ofisiga Jahon banki delegatsiyasi tashrif buyurdi 👨‍🦰 Tashrif doirasid
+4
📶 UZINFOCOM va Raqamli texnologiyalar vazirligining ofisiga Jahon banki delegatsiyasi tashrif buyurdi 👨‍🦰 Tashrif doirasida Jahon bankining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt bo‘yicha vitse-prezidenti Sangbu Kim boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda raqamlashtirish va raqamli iqtisodiyotni keng ko‘lamda rivojlantirishga oid joriy loyihalar bilan tanishdi. 🔘 Mehmonlarga raqamli hukumat sohasidagi yechimlar taqdimot qilindi. O‘zbekistonning GovTech Maturity Index jahon reytingida 73 pog‘onaga ko‘tarilib, 9-o‘rinni egallashiga imkon bergan davlat xizmatlariga alohida e’tibor qaratildi. 🤝 Uchrashuv davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini, iqtisodiyotning turli tarmoqlarini raqamli transformatsiya qilish hamda mamlakatning xalqaro IT-reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash uchun yangi yechimlarni joriy etish masalalarini muhokama qildi. ➿➿➿➿➿ 📶 Офис UZINFOCOM и Министерства Цифровых Технологий посетила делегация Всемирного банка 👨‍🦰 В рамках визита делегация Всемирного банка во главе с вице-президентом по цифровым технологиям и искусственному интеллекту Сангбу Кимом ознакомилась с текущими проектами по масштабному развитию цифровизации и цифровой экономики в Узбекистане. 🔘 Делегации презентовали решения в сфере цифрового правительства. Особое внимание было уделено государственным сервисам, благодаря которым Узбекистан поднялся на 73 позиции и занял 9-е место в мировом рейтинге GovTech Maturity Index. 🤝 В ходе встречи стороны обсудили перспективы дальнейшего сотрудничества, вопросы цифровой трансформации различных секторов экономики и внедрение новых решений для укрепления позиций страны в международных IT-рейтингах.

Repost from ccTLD.uz News
🔴 .UZ domeni ma’muriyati ICANN86 Policy Forum’da ishtirok etdi 🇪🇸 .UZ domeni ma’muriyati vakillari 2026-yil 8–11-iyun kunl
+7
🔴 .UZ domeni ma’muriyati ICANN86 Policy Forum’da ishtirok etdi 🇪🇸 .UZ domeni ma’muriyati vakillari 2026-yil 8–11-iyun kunlari Ispaniyaning Sevilya shahrida bo‘lib o‘tgan 86-ICANN forumida ishtirok etdilar. Forum internet hamjamiyatining vakillarini birlashtirib, internet tarmog‘ini rivojlantirish, domen industriyasi va internet boshqaruvi sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun maydon yaratdi. 🌟 Forum doirasida .UZ vakillari milliy yuqori darajali domenlar (ccTLD), internet infratuzilmasining barqarorligi va xavfsizligi, shuningdek, global internet boshqaruvi mexanizmlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan ishchi uchrashuvlar, mavzuli sessiyalar va professional muhokamalarda qatnashdilar. 🔶 Alohida e’tibor milliy domen operatorlarining xalqaro hamjamiyati bilan hamkorlikka qaratildi. ccNSO vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda hamkorlik istiqbollari, .UZ domeni ma’muriyatining ICANN tashabbuslaridagi ishtiroki hamda xalqaro professional hamjamiyatdagi faoliyatini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 🌟 Forumning muhim voqealaridan biri ICANN’ning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha manfaatdor tomonlar bilan ishlash bo‘yicha yangi menejeri Seher Sagiroglu bilan tanishuv bo‘ldi. Tomonlar hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari va kelgusidagi rejalarni muhokama qildilar. ✅ Shuningdek, ICANN vitse-prezidenti Chris Mondini bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv professional aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi. 🔥 Forumdagi ishtirok milliy domen zonalarini boshqarish bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish, professional aloqalarni kengaytirish hamda .UZ domen infratuzilmasini yanada rivojlantirish uchun muhim tajriba orttirish imkonini berdi. _________ 🔴 Администрация домена .UZ приняла участие в ICANN86 Policy Forum 🇪🇸 Представители Администрации домена .UZ приняли участие в 86-м форуме ICANN, который проходил с 8 по 11 июня 2026 года в Севилье (Испания) и объединил представителей мирового интернет-сообщества для обсуждения актуальных вопросов развития сети Интернет, доменной индустрии и интернет-управления. 🌟 В рамках форума представители .UZ приняли участие в рабочих встречах, тематических сессиях и профессиональных обсуждениях, посвящённых развитию национальных доменов верхнего уровня (ccTLD), вопросам устойчивости и безопасности интернет-инфраструктуры, а также совершенствованию механизмов глобального интернет-управления. 🔶 Особое внимание было уделено взаимодействию с международным сообществом операторов национальных доменов. В ходе встреч с представителями ccNSO обсуждались перспективы дальнейшего сотрудничества, участие Администрации домена .UZ в инициативах ICANN и расширение её вовлечённости в деятельность международного профессионального сообщества. 🌟 Важным событием форума стало знакомство с новым Менеджером по взаимодействию с заинтересованными сторонами ICANN для региона Ближнего Востока и Центральной Азии Сехер Сагироглу (Seher Sagiroglu). Стороны обсудили актуальные направления сотрудничества и планы дальнейшего взаимодействия. ✅ Также состоялась встреча с Вице-президентом ICANN Крисом Мондини (Chris Mondini), которая способствовала укреплению профессиональных контактов. 🔥 Участие в форуме позволило ознакомиться с международными практиками управления национальными доменными зонами, расширить профессиональные связи и получить ценный опыт для дальнейшего развития доменной инфраструктуры .UZ.

Repost from IT-Med Uzbekistan
🟦🟦🟦 🚗 Avtomobil haydayotganda xavfsizlik kamaridan foydalanishdan ozod bo‘lish mumkinligini bilarmidingiz? ❗️O‘zbekiston
🟦🟦🟦 🚗 Avtomobil haydayotganda xavfsizlik kamaridan foydalanishdan ozod bo‘lish mumkinligini bilarmidingiz?
❗️O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i bilan fuqaroning tibbiy ko‘rsatmalarga binoan xavfsizlik kamarini taqmasligiga ruxsat etiladigan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlangan.
📃Tegishli tibbiy ma’lumotnomani elektron shaklda quyidagicha olish mumkin: 1️⃣Tibbiyot muassasasiga murojaat qilib, tasdiqlangan ro‘yxatdagi kasallik borligi to‘g‘risida xulosa oling. 2️⃣Tibbiy xulosa asosida ma’lumotlar DMED axborot tizimiga kiritiladi. Hujjatni DMED mobil ilovasining “Mening hujjatlarim” bo‘limidan yuklab olishingiz mumkin. 3️⃣Hujjatni my.gov.uz portalidan yuklab olish uchun portalga kiring va “Ma’lumotnomalar” bo‘limiga o‘ting. 4️⃣“Salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar bo'yicha tibbiy ma'lumotnoma” xizmatini tanlang. 5️⃣Ma’lumotlar tekshirilgach, elektron tibbiy ma’lumotnoma avtomatik tarzda shakllantiriladi. Bu yangilikni albatta foydali bo‘lganlar bilan baham ko‘ring💗 ➖➖➖➖➖ 🚗 Знаете ли вы, что по медицинским показаниям можно получить освобождение от использования ремня безопасности за рулём?
❗️В соответствии с приказом Министерства здравоохранения Республики Узбекистан утвержден перечень заболеваний, при наличии которых гражданин может не пользоваться ремень безопасности.
📃Получить соответствующую медицинскую справку в электронной форме можно следующим способом: 1️⃣Обратитесь в медицинское учреждение и получите заключение о наличии заболевания, входящего в утверждённый перечень. 2️⃣На основании медицинского заключения сведения вносятся в информационную систему DMED. Скачать документ можно в мобильном приложении DMED в разделе "Мои документы". 3️⃣Чтобы скачать документ на портале my.gov.uz, авторизуйтесь на портале и перейдите в раздел "Справки". 4️⃣Выберите услугу «Медицинская справка о заболеваниях, не позволяющих использовать ремень безопасности по состоянию здоровья». 5️⃣После проверки данных электронная медицинская справка формируется автоматически. Обязательно поделитесь этой новостью с теми, кому будет полезно💗

📶 Shvetsiya delegatsiyasi UZINFOCOM’ning raqamli yechimlari bilan tanishdi 🔘 Xalqaro hamkorlik, tashqi savdo, migratsiya, s
+3
📶 Shvetsiya delegatsiyasi UZINFOCOM’ning raqamli yechimlari bilan tanishdi 🔘 Xalqaro hamkorlik, tashqi savdo, migratsiya, sanoat, energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, telekommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar sohalari bo‘yicha Shvetsiya delegatsiyasi vakillari O‘zbekistonga tashrifi doirasida UZINFOCOM’ga tashrif buyurib, kompaniyaning raqamli transformatsiya sohasidagi faoliyati bilan tanishdi. ➡️ Mehmonlarga UZINFOCOM’ning raqamli transformatsiya borasidagi asosiy ish yo‘nalishlari, jumladan, davlat, biznes va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat raqamli xizmatlari, raqamli infratuzilma va texnologik platformalarni rivojlantirish haqida ma’lumot berildi. 🤝 Uchrashuv davomida tomonlar xalqaro texnologik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, raqamlashtirish, infratuzilmaviy yechimlar, elektron xizmatlar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashish imkoniyatlarini muhokama qildi. ➿➿➿➿➿ 📶 Делегация Швеции ознакомилась с цифровыми решениями UZINFOCOM 🔘 В рамках визита в Узбекистан представители шведской делегации в сферах международного сотрудничества, внешней торговли, миграции, промышленности, энергетики, инфраструктуры, здравоохранения, телекоммуникаций и инновационных технологий посетили UZINFOCOM и ознакомились с деятельностью компании в сфере цифровой трансформации. ➡️ Гостям были представлены ключевые направления работы UZINFOCOM в сфере цифровой трансформации, включая развитие государственных цифровых сервисов, цифровой инфраструктуры и технологических платформ, направленных на повышение эффективности взаимодействия государства, бизнеса и граждан. 🤝 В ходе встречи стороны обсудили перспективы развития международного технологического сотрудничества, а также возможности обмена опытом в сферах цифровизации, инфраструктурных решений, электронных услуг и внедрения современных технологий.

📶 Devid Fogel boshchiligidagi delegatsiya Raqamli texnologiyalar vazirligi va UZINFOCOM ofisida bo‘ldi 👨‍🦰 O‘zbekiston Res
+4
📶 Devid Fogel boshchiligidagi delegatsiya Raqamli texnologiyalar vazirligi va UZINFOCOM ofisida bo‘ldi 👨‍🦰 O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrifi doirasida AQSH savdo vaziri yordamchisi Devid Fogel boshchiligidagi delegatsiya xalqaro texnologik hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan amaldagi tashabbuslar bilan tanishdi. 🔘 Tashrif davomida delegatsiya UZINFOCOM faoliyati hamda kompaniya tomonidan raqamli transformatsiya sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Mehmonlarga O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan asosiy davlat xizmatlari va texnologik yechimlar taqdimoti o‘tkazildi. 🤝 Delegatsiya a’zolariga raqamli infratuzilma, ilg‘or bulutli texnologiyalar va sun’iy intellektga asoslangan innovatsion yechimlar namoyish etildi. ➿➿➿➿➿ 📶 Делегация во главе с Дэвидом Фогелем посетила Министерство цифровых технологий и офис UZINFOCOM 👨‍🦰 В рамках визита в Министерство цифровых технологий Республики Узбекистан делегация под руководством Дэвида Фогеля, помощника министра торговли США, ознакомилась с текущими инициативами, направленными на потенциальное укрепление международного технологического сотрудничества. 🔘 В ходе визита делегация ознакомилась с деятельностью UZINFOCOM и реализуемыми компанией проектами в сфере цифровой трансформации. Гостям были представлены ключевые государственные сервисы и технологические решения, направленные на развитие цифровой трансформации Узбекистана. 🤝 Членам делегации продемонстрировали цифровую инфраструктуру, передовые облачные технологии и инновационные решения на базе искусственного интеллекта.

📶 Gonkong bosh ijrochi rahbari Jon Li Ka-chyu IT Park Uzbekistan’ga tashrif buyurdi 👨‍🦰 Gonkong maxsus ma’muriy hududi bos
+5
📶 Gonkong bosh ijrochi rahbari Jon Li Ka-chyu IT Park Uzbekistan’ga tashrif buyurdi 👨‍🦰 Gonkong maxsus ma’muriy hududi bosh ijrochi rahbari Jon Li Ka-Chiu boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida IT Park Uzbekistan’da bo‘ldi. 🖥 Tashrif chog‘ida delegatsiya UZINFOCOM faoliyati va kompaniyaning raqamli transformatsiya sohasida amalga oshirayotgan loyihalari bilan tanishdi. Mehmonlarga O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan asosiy davlat xizmatlari va texnologik yechimlar taqdim etildi. 🤝 Tomonlar raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning dolzarb tendensiyalari, innovatsion ekotizim va yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi. 📶 Глава администрации Гонконга Джон Ли Ка-Чиу посетил IT Park Uzbekistan 👨‍🦰 Делегация во главе с главой администрации Специального административного района Гонконг Джоном Ли Ка-Чиу посетила IT Park Uzbekistan в рамках официального визита в Узбекистан. 🖥 В ходе визита делегация ознакомилась с деятельностью UZINFOCOM и реализуемыми компанией проектами в сфере цифровой трансформации. Гостям были представлены ключевые государственные сервисы и технологические решения, направленные на развитие цифровой трансформации Узбекистана. 🤝 Стороны обсудили актуальные тенденции развития цифровых технологий, инновационной экосистемы и перспективные направления сотрудничества в области высоких технологий.