VipAdsUz 🇺🇿
前往频道在 Telegram
5 833
订阅者
+6124 小时
+6657 天
+28930 天
帖子存档
5 837
+1
«Manbalar bo‘yicha ko‘rishlar»: postlaringizni kim va qayerdan ko‘ryapti?
Kanal statistikasidagi eng foydali bo‘limlardan biri — «Manbalar bo‘yicha ko‘rishlar». U postlaringizni ko‘rgan odamlar kanalingizga qayerdan kelganini ko‘rsatadi.
Bu ma’lumot keyingi savdo nuqtangiz qayerda ekanini, nimaga ko‘proq e’tibor berish kerakligini va postlarni qanday yozish kerakligini ko‘rsatib beradi.
Manbalar nimani anglatadi?
• Obunachilar — kanalingizga obuna bo‘lganlar.
• Kanallar — postingiz boshqa kanalga ulashilgan va o‘sha yerdan ko‘rilgan.
• Guruhlar — postingiz guruhlarga ulashilgan.
• SHX (shaxsiy xabarlar) — postingizni kimdir o‘z tanishiga shaxsiy chatda yuborgan.
• URL manzil — post havolasi (t.me/...) orqali, masalan, sayt yoki Instagram’dan kirganlar.
• Qidiruv — Telegram qidiruvi orqali topganlar.
• Reklama — Telegram rasmiy reklamasi orqali.
• O‘xshash kanallar — Telegram tavsiya qilgan o‘xshash kanallar ro‘yxatidan kelganlar.
• Boshqa — yuqoridagi turlarga kirmagan ko‘rishlar. Telegram bu bo‘limni rasmiy izohlamagan. Kuzatuvlarimizda bu asosan kanalga obuna bo‘lmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib, postlarni ko‘rib chiqqanlar.
Muhim usul: «Obunachilar»ni o‘chirib qo‘ying.
Ko‘rishlarning asosiy qismi doim obunachilardan keladi. Shuning uchun grafikda boshqa manbalar juda kichik bo‘lib ko‘rinadi.
«Obunachilar» tugmasini bir marta bossangiz, ular grafikdan olib tashlanadi. Shunda qolgan manbalar aniq ko‘rinadi. Rasmdagi ikkinchi grafik aynan shunday holatda olingan.
Rasmdagi kanalda nima ko‘rinyapti?
Obunachilar o‘chirilganda bir nechta qiziq holat ko‘zga tashlanadi:
• Ayrim kunlarda guruhlar va URL orqali ko‘rishlar keskin oshgan — post qayerdadir faol tarqalgan.
• Sentabr oxirida bir kunda ko‘rishlarning katta qismi kanallardan kelgan — postni boshqa kanal ulashgan.
• Oktabr boshida qidiruv orqali ko‘rishlar sezilarli ko‘paygan — kanal qidiruvda ko‘rina boshlagan.
Bu tahlil nimani beradi?
1. Postlaringiz kimga qiziq. Ko‘rishlar guruhlardan ko‘p kelsa, keyingi postlarni o‘sha guruh auditoriyasiga moslab yozing.
2. Auditoriyangiz yana qayerda o‘tiradi. Postlaringizga qiziqqan odamlar kanalingizdan tashqari qaysi guruh va kanallarda borligini bilib olasiz. Ularni qanday aniqlashni keyingi postlarda tushuntiramiz.
3. Hamkorlik nuqtalari. O‘sha guruh va kanallarga postlaringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylasangiz yoki ular bilan hamkorlik qilsangiz, faollik yanada oshadi.
Qidiruv — eng muhim manbalardan biri
Biznes uchun savdo ko‘pincha qidiruvdan keladi. Odam Telegram’da aniq mahsulot yoki xizmatni izlayapti — demak, u sotib olishga tayyor.
«Qidiruv» ko‘rsatkichiga qarab quyidagi savollarga javob olasiz:
• Qidiruv orqali qancha odam postlaringizni ko‘ryapti?
• Qidiruvdan yangi obunachilar kelyaptimi?
• Kanalingiz qidiruvda faolmi yoki yo‘qmi?
• Qidiruvdan savdolaringiz bormi?
Qidiruvdan ko‘rishlar deyarli yo‘q bo‘lsa, kanalingiz mijozlar izlayotgan joyda ko‘rinmayapti.
Kanalingizni Telegram qidiruvida yuqoriga chiqarishni xohlasangiz, @vipadsuz_admin ga murojaat qiling.
@VipAdsUz | @Habibulloh
5 837
«Soatlar bo‘yicha ko‘rishlar» grafigi nimani ko‘rsatadi va unga qachon ishonish mumkin?
Kanal statistikasida obunachilaringiz postlarni kunning qaysi soatlarida ko‘rayotganini ko‘rsatadigan bo‘lim bor — «Soatlar bo‘yicha ko‘rishlar». Ko‘pchilik undan «obunachilarim qachon onlayn?» degan savolga javob izlaydi.
Lekin bu grafikda bitta chalg‘ituvchi omil bor. Uni tushunmasangiz, noto‘g‘ri vaqtni «faol vaqt» deb o‘ylab qolishingiz mumkin.
Grafikni qanday o‘qiymiz?
Grafikda ikki hafta yonma-yon ko‘rsatiladi:
• To‘q ko‘k chiziq — oxirgi hafta.
• Och ko‘k chiziq — undan oldingi hafta.
Soatlar UTC vaqtida berilgan. O‘zbekiston vaqtini bilish uchun 5 soat qo‘shing: grafikdagi 03:00 — Toshkentda 08:00.
Chalg‘ituvchi omil: grafik sizning post joylash vaqtingizga moslashadi.
Ko‘rishlar postlar chiqqan paytda ko‘payadi. Demak, grafik faqat obunachilarning odatini emas, sizning post joylash odatingizni ham aks ettiradi.
Masalan, siz kanalingizga hech qachon soat 5 da post joylamaysiz, doim 6 da joylaysiz. Grafikda 6 dagi faollik ko‘rinadi, 5 da esa ko‘rinmaydi. Bu obunachilaringiz soat 5 da onlayn emas degani emas — shunchaki o‘sha paytda ular ko‘radigan yangi post bo‘lmagan.
Rasmdagi misol
Oldingi haftada (och ko‘k) eng yuqori nuqta UTC 03:00 da — 413 ta ko‘rish. Oxirgi haftada (to‘q ko‘k) xuddi shu soatda atigi 82 ta. Buning o‘rniga oxirgi haftada kechki UTC 19:00 atrofida keskin ko‘tarilish paydo bo‘lgan.
Obunachilar bir haftada odatini bunchalik o‘zgartirmaydi. Bunday farq odatda postlar chiqqan vaqt o‘zgarganini ko‘rsatadi.
Qaysi kanallarda bu grafik aniq ishlaydi?
• Kam post joylanadigan kanallarda grafik real faollikni ko‘rsatmaydi. U asosan post qachon chiqqaniga qarab shakllanadi.
• Muntazam, kun davomida post joylanadigan faol kanallarda grafik realroq bo‘ladi. Aynan shunday kanallarda «obunachilar falon vaqtda faol ekan» degan xulosa chiqarish mumkin.
Aniq faollik vaqtini qanday bilib olasiz?
1. Kamida 1–2 hafta davomida tinimsiz post joylang.
2. Har kuni 3–5 tadan post chiqaring.
3. Postlarni kunning turli soatlariga taqsimlang: ertalab, tushda, kechqurun.
4. Shu davrdan keyin grafikni qayta oching va qaysi soatlarda ko‘rishlar barqaror yuqori ekanini aniqlang.
Shunda «obunachilarim falon vaqtda ko‘proq onlayn bo‘lar ekan» degan xulosa haqiqatga yaqin bo‘ladi.
Bu savdoga qanday yordam beradi?
Postingizni qancha ko‘p odam ko‘rsa, shuncha ko‘p odam unga munosabat bildiradi. Aniqlangan faol soatlar — auditoriyangiz eng qiziqqan va harakat qilishga tayyor bo‘lgan payt.
Aynan shu vaqtda joylang:
• sotuvga oid postlarni;
• Instagram yoki boshqa kanalga yo‘naltiruvchi postlarni;
• chegirma va maxsus takliflarni.
To‘g‘ri vaqtda chiqqan post ko‘proq ko‘rish, ko‘proq murojaat va ko‘proq savdo olib keladi.
Kanalingiz statistikasini tahlil qildirish uchun @vipadsuz_admin ga murojaat qiling.
Hurmat bilan, @Habibulloh | @VipAdsUz
5 837
+1
«A’zolarning asosiy tili» grafigidagi ranglar nimani anglatadi?
Oldingi postlarda a’zolarning asosiy tili guruh qaysi davlat global qidiruvida ko‘rinishiga qanday bog‘liqligini tushuntirdik. Bugun shu statistikani tez o‘qishga yordam beradigan oddiy belgi haqida gaplashamiz — ranglar.
Statistikani ochganingizda har bir til alohida rangda ko‘rinadi. Bu ranglar tasodifiy emas. Ular tilning guruhdagi o‘rnini ko‘rsatadi.
Ranglar qanday tartibda keladi?
Kuzatuvlarimizda ranglar ustuvorlik tartibida quyidagicha joylashadi:
1. Och ko‘k — eng ustuvor til.
2. To‘q ko‘k — ikkinchi o‘rindagi til.
3. Yashil — uchinchi o‘rin.
4. To‘q sariq — to‘rtinchi o‘rin.
5. To‘q yashil — beshinchi o‘rin.
6. Qizil — oltinchi o‘rin.
7. Binafsha — yettinchi o‘rin.
Guruhda tillar qancha ko‘p bo‘lsa, ranglar ro‘yxati ham shuncha davom etadi.
Eng muhim qoida: rang tilga emas, o‘ringa tegishli.
Ya’ni «o‘zbek tili doim och ko‘k» degan qoida yo‘q. Ranglar o‘z joyida qoladi, tillar esa ustuvorligiga qarab ular orasida almashadi. Qaysi til birinchi o‘rinda tursa, och ko‘k rangni o‘sha egallaydi.
Misol bilan tushuntiramiz.
Deylik, guruhda ingliz tili yashil rangda turibdi. Demak, u a’zolarning asosiy tili bo‘yicha uchinchi o‘rinda.
Agar guruhda ingliz tilidagi faol auditoriya ko‘paya borsa, ingliz tili avval to‘q ko‘k rangga, ya’ni ikkinchi o‘ringa ko‘tariladi. Ustuvorligi yana oshsa, och ko‘k rangga o‘tadi. Shu paytda guruhning asosiy tili ingliz tili bo‘lganini rangning o‘zidan bilib olamiz.
Rasmdagi guruhda nima ko‘rinyapti?
Doira diagrammada 4–11-oktabr oralig‘i, ya’ni oxirgi yetti kun tanlangan:
• O‘zbek tili — och ko‘k, 70%.
• Rus tili — to‘q ko‘k, 25%.
• Ingliz tili — yashil, 3%.
Vaqt bo‘yicha grafikda 9-oktabr ustiga bosilganda: o‘zbek — 538 (69%), rus — 206 (26%), ingliz — 28 (3,6%). Qolgan tillar juda kichik ulushda.
Grafikda pastki och ko‘k qatlam butun davr davomida o‘zbek tiliga tegishli. Demak, bu guruhda o‘zbek tili ham uzoqroq davrda, ham oxirgi haftada ustuvor. O‘zbekiston auditoriyasiga sotadigan biznes uchun bu to‘g‘ri holat.
Pastki o‘rinlarda tartib har doim aniq bo‘lavermaydi.
Kuzatuvlarimizda taxminan 95% holatda ranglar aynan shu tartibda ishlaydi. Ammo 5-o‘rindan keyingi tillarda, ayniqsa 7–8-o‘rinlarda, ranglar almashib qolishi mumkin. Masalan, rasmdagi 9-oktabr hisobida arab tili (4) xitoy (3) va turk (0) tillaridan ko‘p, lekin ro‘yxatda ulardan keyin turibdi. Shuning uchun xulosa chiqarishda asosan birinchi uchta rangga qarang.
Guruh egasi uchun amaliy xulosa:
1. Guruhingiz statistikasidagi «A’zolarning asosiy tili» bo‘limini oching.
2. Och ko‘k rangda qaysi til turganini tekshiring.
3. Bu til siz sotayotgan auditoriya tiliga mosmi? O‘zbekistonga sotsangiz, och ko‘k rangda o‘zbek tili turishi kerak.
4. Kerakli til to‘q ko‘k yoki yashil rangda tursa, guruh hali boshqa auditoriya yo‘nalishida. Bu holatda til tarkibini o‘zgartirish ustida ishlash kerak.
5. «Oxirgi yetti kun» va uzoqroq davrni alohida tanlab, kerakli til och ko‘kda barqaror turganini solishtiring.
Jamoamiz guruhingizdagi kerakli tilni och ko‘k rangga, ya’ni birinchi o‘ringa olib chiqishda yordam beradi. Guruhingizni xohlagan davlat auditoriyasi va tiliga sozlab beramiz.
Guruhingizni tahlil qildirish va tilini sozlash uchun @vipadsuz_admin ga murojaat qiling.
@VipAdsUz | @Habibulloh
5 837
possible NFT upgrade links
🎁 Redo_edwd248Uiwssid — t.me/nft/Redo_edwd248Uiwssid-1
This list is based on some info that is available through API. This might not be correct
🐈⬛ @GiftChanges • Portals ❤️ • Tonnel 🌪
5 837
+1
2-QISM. RASMLARDAGI GURUHNI TAHLIL QILAMIZ
Yuqoridagi rasmlar bitta guruhning til statistikasini ko‘rsatadi.
Vaqt bo‘yicha grafikda 3–30-sentabr oralig‘i tanlangan. 30-sentabr ustiga bosilganda quyidagi qiymatlar ochilgan:
• O‘zbek tili — 52, taxminan 60%.
• Rus tili — 21, taxminan 24%.
• Ingliz tili — 12, taxminan 14%.
• Ukrain tili — 1, taxminan 1,2%.
Ko‘rsatilgan sonlar yig‘indisi — 86.
Bu guruhda jami 86 ta a’zo bor degani emas. Ushbu guruhning jami a’zolari bundan ko‘p. Demak, bu misolda til grafigidagi sonlarni guruhning umumiy a’zolari soniga tenglashtirib bo‘lmaydi.
Bizning faol auditoriya haqidagi kuzatuvimiz uchun shu farq muhim: guruhda a’zo sifatida turish bilan til statistikasida aks etish bir xil narsa emas.
Rasmdan qanday xulosa chiqaramiz?
Tanlangan kundagi hisobda o‘zbek tili ustuvor: uning ko‘rsatkichi rus va ingliz tillaridan yuqori.
Lekin guruhning yo‘nalishini to‘liq baholash uchun shu bitta nuqta yetmaydi. Oldingi kunlar va oxirgi yetti kunlik davrni ham ko‘rib chiqamiz: o‘zbek tili muntazam ustuvormi yoki yaqinda ko‘tarilganmi?
Doira shaklidagi diagramma tanlangan vaqt kesimidagi nisbatni ko‘rishni osonlashtiradi. Vaqt bo‘yicha grafik esa bu nisbat qanday o‘zgarib borganini ko‘rsatadi. Doira ko‘rinishining o‘zi avtomatik ravishda «yetti kunlik» degani emas — tanlangan sanalarga qarash kerak.
Guruh egasi uchun amaliy xulosa:
A’zolar soni va Premium sonini tekshirish bilan birga, til tarkibini ham kuzating. Keyin shu natijalarni kerakli davlat auditoriyasidagi haqiqiy qidiruv o‘rningiz bilan solishtiring.
Shunda «Premium ko‘p, lekin nega kerakli globalda pastdamiz?» degan savolni ancha to‘g‘ri tahlil qilasiz.
Jamoamizda guruh tillarini kerakli auditoriyaga moslash xizmati mavjud.
Guruhni bir davlat global qidiruvi yo‘nalishidan boshqasiga o‘tkazish, til tarkibidagi buzilgan holatni to‘g‘rilash va kerakli auditoriyaga moslash ustida ishlaymiz.
Guruhingizni tahlil qildirish va ushbu xizmatdan foydalanish uchun Web Ads Uz adminiga murojaat qiling.
5 837
Guruhingizdagi «A’zolarning asosiy tili» nimani anglatadi va biznesingizga qanday ta’sir qiladi?
Oldingi postda Telegram global qidiruvida Premium obunachilar sonining ahamiyatini tushuntirdik. Ammo guruhni tahlil qilishda yana bir muhim ko‘rsatkich bor — a’zolarning asosiy tili.
Nega bu muhim? Chunki biznes uchun qidiruvda yuqorida turish bilan birga, kerakli auditoriyaning qidiruvida ko‘rinish ham zarur.
Bu postda mavzuni ikki qismda tushuntiramiz: avval amaliy kuzatuvlarimizdagi qonuniyatlarni, keyin rasmlardagi haqiqiy misolni ko‘rib chiqamiz.
1-QISM. GURUH TILI VA GLOBAL QIDIRUV O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK
Quyidagi izohlar — jamoamizning guruhlar bilan ishlash va takroriy testlar davomida to‘plagan amaliy kuzatuvlari.
Bizning kuzatuvlarimizda «A’zolarning asosiy tili» bo‘limida guruhdagi barcha a’zolar birdek aks etmaydi. Unda faol auditoriyaning til tarkibi namoyon bo‘ladi. Buni faqat a’zolar soni yoki kim nechta xabar yozganini sanash bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Telegram hisoblashining to‘liq ichki mexanizmi ochiq bayon qilinmagan.
Bu ko‘rsatkich bizning ishimizda nimaga xizmat qiladi?
Guruh qaysi davlat auditoriyasining global qidiruvida ko‘rinayotganini tahlil qilishga.
Masalan, bir xil kalit so‘z bo‘yicha O‘zbekistondagi foydalanuvchi bilan Rossiyadagi foydalanuvchiga ko‘rinadigan guruhlar va ularning tartibi farqlanadi. Biz ish jarayonida buni «O‘zbekiston globali», «Rossiya globali» deb ataymiz.
Testlarimizda guruhning til tarkibi shu yo‘nalish bilan bog‘liq bo‘lgan: rus tili ustuvor guruhlar Rossiya auditoriyasi qidiruvida, o‘zbek tili ustuvor guruhlar esa O‘zbekiston auditoriyasi qidiruvida ustunlik olgan.
Bunda biz ikkita holatni birga tekshiramiz:
• Uzoqroq davrdagi til tarkibi. Guruhda qaysi til davomli ravishda ustuvor bo‘lib kelgan?
• Oxirgi yetti kunlik til tarkibi. So‘nggi haftada qaysi til ustuvorlik qilyapti?
Faqat bir kunlik natijaga qarab guruhning yo‘nalishi to‘liq o‘zgargan deb xulosa chiqarmaymiz.
Misol bilan tushuntiramiz.
Guruhda uzoq vaqt rus tili ustuvor bo‘lgan. Oxirgi yetti kunda esa o‘zbek tili yuqoriga chiqqan.
Kuzatuvlarimizda bunday guruh O‘zbekiston global qidiruvida ko‘rina boshlagan, lekin avvaldan o‘zbek tili ustuvor bo‘lgan guruhlarga nisbatan pastroq o‘rinda turgan holatlar bor.
Hatto unda 10 000 ta Premium obunachi bo‘lsa ham, til yo‘nalishi O‘zbekiston auditoriyasiga mos bo‘lgan 5 000 ta Premium obunachili guruhdan pastda turishi kuzatilgan.
Biz bunday holatni guruhning kerakli auditoriya yo‘nalishiga hali to‘liq o‘tmagani bilan izohlaymiz: so‘nggi haftadagi o‘zgarish bor, ammo uzoqroq davrdagi til tarkibi hali boshqa yo‘nalishda.
Shuning uchun oldingi postdagi Premium soni haqidagi tushunchaga yana bir muhim savolni qo‘shamiz:
Premium obunachilar soni qancha — va guruh aynan qaysi auditoriya qidiruvida raqobatlashyapti?
O‘zbekistonga mahsulot sotadigan biznes uchun kerakli mijozlarning qidiruvida ko‘rinish muhim. Boshqa auditoriya orasidagi yuqori o‘rin uning asosiy savdo maqsadiga mos kelmasligi mumkin.
@VipAdsUz | @Habibulloh
5 837
Global yangilanmoqda. Bu nima degani?
Telegram orqali mahsulot yoki xizmat sotadiganlar uchun global qidiruvdagi o‘rin muhim. Chunki mijoz sizga yozishi yoki buyurtma berishidan oldin sizni topishi kerak.
Keling, bu jarayonni boshidan tushuntiramiz.
Global qidiruv qanday ishlaydi?
Masalan, bir kishi telefonini tuzatadigan usta izlayapti. U Telegram qidiruviga «telefon ta’mirlash» deb yozadi. Natijalarda shu so‘rovga mos guruh va kanallar chiqadi.
Ularning barchasi birinchi o‘rinda tura olmaydi. Kimdir yuqorida, kimdir pastroqda joylashadi. Yuqorida turgan guruh mijozning ko‘ziga avvalroq tushadi. Demak, bir xil xizmatni taklif qilayotgan bizneslar uchun qidiruvdagi o‘rin mijoz e’tiborini olishda ahamiyatli.
Premium obunachilarning bunga qanday aloqasi bor?
Bizning ko‘p martalik amaliy testlarimizda Premium obunachilari soni ko‘proq bo‘lgan guruh va kanallar global qidiruvda ustunlik olgan.
Bu yerda Premium obunachilarning umumiy auditoriyadagi foizini emas, ularning sonini nazarda tutyapmiz.
Masalan, bir xil yo‘nalishdagi ikkita guruhni olaylik:
• A guruh: jami 10 000 a’zo, shundan 5 000 nafari Premium. Premium ulushi — 50%.
• B guruh: jami 50 000 a’zo, shundan 20 000 nafari Premium. Premium ulushi — 40%.
A guruhda Premium foizi yuqoriroq. Lekin B guruhda Premium obunachilar soni to‘rt baravar ko‘p. Premium soni bo‘yicha ustunlik B guruhda. Shuning uchun faqat foizga qarab qidiruvdagi o‘rin haqida xulosa chiqarish noto‘g‘ri.
Pavel Durov ham Premium obunachilari ko‘proq bo‘lgan kanallar odatda qidiruvda yuqoriroq joylashishini tushuntirgan. Uning izohida foydalanuvchining mamlakati va Premium a’zoning nechta kanalga qo‘shilgani ham ahamiyatli ekani aytilgan.
«Global yangilanish» deganda nimani nazarda tutamiz?
Biz kuzatib borayotgan Premium obunachilar soni ko‘rsatkichlari va global qidiruvdagi tartib yangilanadigan davrni shunday ataymiz.
Bu vaqtda qaysidir guruh yuqoriga ko‘tariladi, boshqasi pastga tushadi, ayrimlari esa o‘z o‘rnini saqlaydi. Sizning natijangiz bilan birga raqiblaringizning natijasi ham o‘zgaradi.
Masalan, avval sizdan pastda turgan raqib yangilanishdan keyin oldinga chiqsa, mijoz qidiruvda endi uning taklifiga siznikidan avval duch keladi. Shu sababli o‘z guruhingizni ham, raqiblaringizni ham kuzatish kerak.
Bu savdoga nega ta’sir qiladi?
Jarayon oddiy: mijoz qidiradi, guruh yoki kanalni topadi, taklifni ko‘radi va xarid haqida qaror qiladi.
Qidiruvdagi yuqori o‘rin mijoz sizni topadigan bosqichda ustunlik beradi. Keyingi bosqichda esa narxingiz, taklifingiz, ishonch va murojaatga qanday javob berishingiz ishlaydi.
Demak, qidiruvdagi o‘rin ustida ishlash — yangi mijozlarni jalb qilish va sotuvni oshirish ustida ishlashning bir qismi.
Global yangilanganda nimalarni tekshirish kerak?
1. O‘z o‘rningizni. Mijozlar sizni izlaydigan asosiy kalit so‘zlar bo‘yicha guruh yoki kanalingizni qidiring.
2. Oldingi natijani. Avval nechanchi o‘rinda edingiz, hozir nechanchi o‘rindasiz? Farqni yozib qo‘ying.
3. Premium obunachilar sonini. Avval qancha edi, hozir qancha? Son oshganmi yoki kamayganmi?
4. Raqiblarni. Kim yuqoriga chiqdi? Kim pastga tushdi? Sizdan oldinda kimlar turibdi?
5. Murojaat va buyurtmalarni. Qidiruvdagi o‘zgarishdan keyin mijozlar oqimida qanday farq bo‘lganini kuzating.
Natijalarni solishtirishda bir xil kalit so‘zlar va bir xil tekshirish sharoitidan foydalaning. Shunda o‘zgarishni aniqroq baholaysiz.
Global yangilangan vaqt — o‘z holatingizni ko‘rib chiqish, raqiblarni tahlil qilish va keyingi ishlarni belgilash vaqti.
Biz kuzatayotgan global yangilanishlar haqida kanalimizda muntazam xabar berib boramiz. Yangiliklarni kuzatib boring va o‘z o‘rningizni tekshirishni unutmang.
Guruh yoki kanalingizni Telegram qidiruvida yuqori o‘rinlarga olib chiqish va shu o‘rinlarni saqlash ustida ishlash uchun jamoamizga — @vipadsuz_admin ga murojaat qiling.
5 837
Glabal juda ham uzoq vaqtda yangilanganligi sababli koʻplab gruhlar monuslab ketti shuning uchun bozordagi oʻrtacha narx oshdi.
Adminlar ham foyda qilish kerakku !
Mijozlar oldingi gruhlarida arzonga olib koʻp vaqt ishlatishdi ancha koʻp foyda qilishdi endi adminlar ham ozroq foyda qilsin.
Bizda har foimgidek foyda boʻlsa yetadi oshiqcha kerakmas yaʼni faqat minuslarni hisobiga narxni oshiryabmiz.
Bu faqat @vipadsuz jamoasiga tegishli emas telegramda ishlaydigan hamma adminlar shu fikrimga qoʻshiladi !
