Umar Sadullayev | Blog
前往频道在 Telegram
(JoshDeveloper) IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
显示更多4 822
订阅者
-1324 小时
-267 天
+630 天
帖子存档
Repost from Umar Sadullayev | Blog
Mendan yaxshi dasturchi chiqmaydimi ?
Nega ana ular mendan tez o'rganishadi, men esa...?
kabi savollarni ko'p kuzatamiz.
Aslida bu savollar to'g'rimi ?
Ularga javobni qanday bilsak bo'ladi ?
Javobim:
Dasturlash bo'yicha aytadigan bo'lsa. Insonlarni uch turga bo'lishimiz mumkin.
1. Alloh bergan iqtidor, qobiliyat egalari.
Bular dasturlashni juda oson va tez o'rgana olishadi va katta natijalarga erisha olishadi. Qo’shimchasiga til, matematika va hokazo ilmlari bo’lsa, unda🔥.
2. Dasturlashni o'rganishga foydasi tegadigan ilm egalari.
Masalan ingliz tili, matematika va hakozo ilmlardan biri yoki birnechtasini biladigan insonlar. Bularda iqtidor bo'lmasa ham, qo'llarida qurollari mavjud. Ular biroz qiynalsalar ham, dasturlashni o'rganishlari oson kechadi.
3. Oddiy, iqtidorsiz va ilmsiz insonlar.
Bular na til bilishadi, na matematika va na iqtidorlari bor. Bularda dasturlashni o'rganish ancha qiyin. Ammo, uddalasa bo'ladi.
Endi siz bulardan qaysi biriga kirishingizni aniqlang va o'qishni davom eting.
1. Agar siz birinchi toifaga kirsangiz.
Harakatdan to'xtab qolmang. O’zingizga ortiqcha ishonib yubormang.
Qo’shimcha ilmlarni bilmasangiz, ularni ham qo’shing.
2. Agar siz ikkinchi toifaga kirsangiz.
Qo'lingizdagi qurollar bilan 2 barobar ko'proq harakat qilsangiz, iqtidorli va qo’shimcha qurolli insonlardan kam joyingiz qolmaydi. :)
Bir barobar harakat qilsangiz, albatta ulardan qolib ketishingiz mumkin.
3. Agar siz uchinchi toifaga kirsangiz.
Kayfiyatni tushurmang. Yon-atrofingizdagi odamlar sizdan juda ham tez o'tib ketishiga siqilmang. Ularni ba'zilari iqtidorli, ba'zilarini esa qo'lida qurollari mavjud. Siz esa bularga qarshi o'zingizga nisbatan 3-4 barobar ko'proq harakat va izlanish qilishingiz kerak. Ko'proq harakat qilsangiz, inshaaAlloh siz xatto ulardan ham o'tib ketishingiz mumkin. Yoki yana bir narsa, o’zingizda boshqa kasbga qobiliyatingiz va xohishingiz bo’lsa, yo’lni qayta boshlashdan cho’chimang. Yaxshi reja orqali, boshqasiga sakrashga qiynalmaysiz Xudo xohlasa.
Shuni unutmaslik kerakki, barchasi Allohdan. Biror narsa uchun qancha ko'p sabablarini qilsangiz, Alloh xohlasa shuncha tez unga erishasiz.
Alloh ba’zilarga nimadirni berib sinasa, ba’zilardan olib sinaydi. Bir ne’matdan sinov kelsa, boshqa son-sanoqsiz ne’matlarga noshukr bo’lmang. “Nega menda o’xshamaydi?!” deyavermang.
Hammasiga Alhamdulillah deng, xatolaringiz ustida ishlang, to’g’ri reja qiling va yo’lda davom eting.
InshaaAlloh.
#maslahat
@JoshDeveloper
Repost from Umar shares
Hamma dasturlashga o’zini urmasdan, boshqa sohalarga ham ursa yaxshi bo’lardi.
Bizga kuchli va aqlli amaldor, siyosatshunoslar ham kerak, bunga shubha yo’q.
Kuchli iqtisodchilar ham kerak.
Kimda shu kabi sohalarga Alloh bergan qobiliyati va imkoniyati bo’la turib, pul yoki boshqa sabab umuman boshqa sohaga urgan bo’lsa o’zini, ertaga buni javobi bo’lishi mumkin. Ummatni qiyinchilikdan olib chiqish faqat bir sohada bo’lmasligini tushunib yetyapmiz mana.
#maslahat #tanqid
@Josh_shares
ChatGPT yanada rivojlanyapti. Endilikda siz o’zingiz haqingizda “Custom instructions” yozib qo’yasiz. ChatGPT esa har bir yozgan savolingizga shu “instruction”lardan kelib chiqib javob beradi.
Masalan, rasmda menga qandaydir yaxshi “activity”lar yozib ber degan edim.
Avval yozgan intstruksiyalarimdan, nimalarga qiziqishimdan kelib chiqib, javob yozyapti.
O’zingizga yangi “non-human” do’st qilib olsangiz bo’lar ekan. 😅
#chatgpt
@JoshDeveloper
Clip-path
CSS’da istalgan elementni harxil ko’rinishga olib kelib kesish uchun ishlatiladigan xossa - clip-path.
Yozish biroz qiyin bo’lgani uchun, o’rganib o’tirish o’rniga, quyidagi ajoyib saytdan foydalanaman.
Clippy: https://bennettfeely.com/clippy
Bugun juda shu sayt foydasi tegdi-da.
#css
@JoshDeveloper
128 ta o’quvchidan 111 tasiga Frontint.uz kursimiz ma’qul kelgan. Bu juda yaxshi natija.
Kurs narxi boshqa kurslar narxlaridan ancha arzon. Ikki bo’lib to’lash imkoni bor.
What else you need ?
Batafsil: Frontint.uz saytida
#frontint
@JoshDeveloper
Kech qolish yoki umuman kelmaslik.
Linkedin’da mana bu postni o’qigandim, buyerda biz O’zbeklarning katta qismidagi kech qolish kasalligi haqida yozilgan.
Shu o’rinda, o’zimni ancha paytladan beri asabimni buzib keladigan muommoni yozsam.
Bizdagilarni ko’p qismi kech qolishsa yoki umuman uchrashuvga kelishmasa/kirishmasa ogohlantirishmaydi. Yaqinda Angular’dan tekin amaliyot ochgan edik eslasangiz. ~55 tacha odam kirdi qatnashaman deya.
2 kun oldin “meeting” bo’lishini aytdim. ~15 yaqin odam kirdi xolos. Bitta odam ogohlantirdi kech qolishini. Bo’ldi. 😅️️️️
What the heck ?
Amaliyotga shu kirganlar va ogohlantirgan insonni oldik. Qolganlarni olmadik.
Xulosa:
Boshqalarni vaqtini qadrlang. Siz uchun uchrashuv qilinsa va siz kech qolsangiz yoki kirmasangiz, ogohlantiring. Bu madaniyatli inson ekanligingizni ko’rsatadi. Ko’p hollarda sizga yaxshilik olib keladi.
#maslahat #tanqid
@JoshDeveloper
Repost from Abduaziz π
🏴 Master
Yaqin do'stim bilan github haqida suhbat borsa "branch"larni nomlash bo'yicha mavzuda takrorlanadigan savol bor: "github nega asosiy
master branchlar nomini mainga o'zgartirdi?". Men hayron, o'zgartirdi bo'ldi. Lekin aniq javob bilan qiziqib ko'rmaganman.
Hozir erinmasdan izlab topdim sababni. Hammasi "black community" uchun ekan (fantastika 🎆), masterni ularga nima aloqasi bor desangiz: master so'zi boshqalarga nisbatan "hukumron"likga nisbatan ishlatilar "emush". Menimcha qulchilik bilan bog'liq. Xullas pozitsiyasini bildirish uchun qiligan amal. Nima bo'ldi? Ba'zi resurslarda/action fayllarda avvalgi master qolib ketgan, hozirgi yangi repozitoriyalar bilan to'qnashuvlar mavjud.
4 ta so'z qora ro'yxatda(uzur qora demoqchi emas edim) ekan dasturlash olamida: black-list, white-list, slave va master.
Jenkins ishlatadiganlar Jenkins slave, master node'larni qanday nomlar ekan? Yoki DevOps va Automation Engineerlar ham ratsistmi? Rate-limit qilishda foydalanuvchilarni qanday ro'yxat("list")ga qo'shish kerak endi?
"Worker" so'zini ham yuqoridagilarga qo'shishni taklif qilaman 😆
Odam ajratmayman. Aytmoqchimanki, siyosat, shaxsiy qarashlar va bir narsalarni iT olamga taqbiq qilishning oqibati yaxshi emas yoki 1 oy davomida kamalak ranglik loaderni tomosha qilasiz.
@AbduazizPyAngular deganiga, bir yangilikni e’lon qilmoqchi edim.
Tajriba yig’ishga qiynalayotgan Angular dasturchilari uchun bir ishni boshlayapmiz inshaaAlloh.
3-4 ta bo’lib jamoa bo’lib, bir loyiha qilishni boshlashadi. Biz esa har bir jamoaga “Code reviewer”lar biriktiramiz. Orasida o’zim ham bo’laman. Shu bilan ularni kodlarini tekinga “review” qilib boramiz(loyiha tugaguncha).
Kimda-kim Angular o’rganayotgan bo’lsa va shu loyihada qatnashmoqchi bo’lsa, quyidagi guruhga qo’shilsin.
Guruh linki: https://t.me/+cplkLedv3nFlNjli
Reviewer sifatida yordam bermoqchi bo’lganlar ham qo’shilsin.
Aytgancha, meni yangi “title” bilan tabriklasangiz bo’ladi. 🌚
#angular #e’lon
@JoshDeveloper
Tahrirchi.uz nomli “extension” haqida eshitgandirsiz.
ishlatib ko’rmadim-u, lekin yaxshi ekanligiga ishonaman.
Angular ishlatishganidan ko’rinib turibdi yaxshi dasturchilar qilgani. 🌚
#tahrirchi #angular
@JoshDeveloper
“Arc” nomli browser’ni hozir ishlatib ko’ryapman.
Juda yoqyapti 🌚
Dizayn butunlay boshqacha. Oddiy odam uchun yasalmagani ham sezilib turibdi. Qandaydir o’ziga tortadi. Tablarni “split” qilsa bo’ladi. Qandaydir “Mac OS”ga o’xshashlik tomonlari ham bor. “Developer tools” Chrome’niki bilan deyarli bir xil. Ko’chish qiyin bo’lmadi.
Xullas, sinab ko’rishga arziydi. Bu hozircha birinchi taasurotlarim.
Umid qilamanki, muommolari chiqmaydi inshaaAlloh.
#arc
@JoshDeveloper
Monorepo nima?
Monorepo bu bir repository ichida birnechta aloqador loyihalarni yozish.
Bu xuddi rasmdagidek ko’rinishda bo’lishi ham yoki faqat Frontend loyihalar bo’lishi ham mumkin.
Monorepo qilishdan maqsad, o’rtada “shared” kodlarni oson ulashish, loyihalarni oson boshqarish. Versiya o’zgarishlarda ham hammaga bittada o’zgarish kirita olish va hokazo.
JS dunyosida Monorepo qilish va uni oson boshqarib turish maqsadida birnechta tool’lar chiqqan. Nx, TurboRepo va boshqalar bunga misol.
Katta-katta kompaniyalar, masalan Google, Meta, Microsoft, Uber, Amazon va hokazolar, ko’p loyihalarida Monorepo qilishgan.
#monorepo #architecture
@JoshDeveloper
Maktab boshlanyapti ekan.
Maktabda hali ham o’qiyotganlarga o’z maslahatlarimni berdim.
Quyida havola:
https://t.me/Josh_shares/67
@JoshDeveloper
5 daqiqaga boshlaymiz inshaaAlloh 🎙
Manzil: @Josh_shares
#reminder
@JoshDeveloper
Repost from Umar shares
Bugun 21:00 da ushbu ikkinchi kanalimda Live voice chat qilamiz. AMA(Ask me anything) ko’rinishida. inshaaAlloh
Savollaringiz bo’lsa, shu post kommentiga yozib qoldiring.
#live
@Josh_shares
Repost from Umar shares
Bugun ushbu ikkinchi kanalimda Live voice chat qilamiz. AMA(Ask me anything) ko’rinishida.
Savollaringiz bo’lsa, shu post kommentiga yozib qoldiring.
#live
@Josh_shares
Ayni paytda ishda quyidagi kabi vazifalar bilan bandman:
1. Bug to’g’irlash, Feature qo’shish.
2. Loyiha arxitekturasini yaxshilash.
Aynan shu ikkinchisi ustida ko’p ishlar qilyapmiz. Monorepo ko’rinishiga olib kelish harakatidamiz. Nx ishlatyapmiz. Monorepo ichidagi loyihalarni Module Federation orqali bir biri ichida ishlatish varianti ham bor. Bu haqida bir qarorga hali kelmadik.
Xullas yaxshi tajribalar bo’lyapti.
#updates
@JoshDeveloper
Repost from Umar Sadullayev | Blog
Vaziyat balki boshqacha-dir?!
Ikki qalin do’st bir biri bilan hazillashib urushgandek tonda gaplashib turganda, chetdan ularni orasidagi vaziyatni bilmagan odam ularni urushyapti deb o'ylaydi. Ular orasidagi yaqinlikni chetdagi odam his qilmaydi.
Endi aytmoqchi bo'lganimni aytsam, hali asl mohiyatini tushunmagan narsangizga fikr bildirishga shoshilmang. Osmondan tushib qolib, biror narsaga darrov "reaction" qilmang. Kimdir haqida noto'g'ri ma'lumot tarqagan bo'lsa, darrov uni yomon inson demang. Mazmunini bilmasangiz aralashmang. Balki siz bilmassiz... Balki... Balki... degan savollarni berib, yaxshi gumonga borishga urunib ko'ring.
Odamlar haqida qilayotgan birinchi gumoningiz, sizning qanday inson ekanligingizni bildiradi.
#tanqid
@JoshDeveloper
Repost from MohirDev.uz
Dasturchining hayot yo'li haqida podkast
🎙MohirDev'da navbatdagi suhbat dasturchining hayot yo'li, sohani o'rganish, ish topishdagi tajribalar, universitet va diplom, hamda xalqaro kompaniyalarda ishlash haqida bo'lib o'tdi.
▶️ Unda Umar Sa'dullayev hamda Muhammadrasul Nurmuhammadov o'z tajribalari asosida dasturchilarga muhim tavsiyalar berib o'tishdi. Ularning ayni kundagi faoliyati va bunga qadar nimalar qilishgani haqida esa bugun premyerada bilib olishingiz mumkin.
🕘 Premyera 2-sentabr, bugun soat 21:00'da MohirDev YouTube kanalida bo'lib o'tadi
👉 Eslatmani yoqib qo'yish
Helper/Utility funksiyalarni qaysi ko’rinishda yozish kerak ?
Bilamiz, ba’zi kutubxonalar yordamchi funksiyalarni Class ichiga, statik qilib yozadi.
Masalan,
export class Utils {
static someHelpfulMethod() {
// logic
}
static calculatePros(name) {
// some logic
if(name === “React”) return null;
}
}
Yana ba’zilar esa, har bir funksiyalarni alohida-alohida qilib, function bilan yozadi.
Masalan,
export function doSomethingFun() {
// logic
}
Bu ikkisini ham o’z foyda va zararlari mavjud.
Keling foyda va zararlarini kommentda sanaymiz.
Men esa o’zim ma’qul ko’rganimni aytaman. Bu ikkinchi usul. Alohida funksiyalar orqali qilish. Sababi, kodda ishlatilmay qolgan funksiyalarni “Tree shaking” qilishda Class’lar biroz muommo bo’ladi. Ichida keraksiz funksiyalarni ham ko’tarib kelishi mumkin. Alohida funksiyalarda esa unday emas.
Sizga qaysi biri ma’qul va nega ?
#programming
@JoshDeveloperKanalimiz kattaroq bo’lgandan so’ng, postlarni ikkiga ajratishga to’g’ri kelyapti.
Ushbu kanalimni 90% qismini faqat professional IT postlari uchun qoldirishga qaror qildim.
Qolgan hamma mavzular, fikrlarim, IT’ga aloqador no-professional postlar(hazillar, kichik ma’lumotchalar va hokazo), tanqidlar va boshqa shu kabi postlar uchun alohida kanalda qilishga o’tamiz.
O’zbek kompaniyasiga o’tib Ingliz tilida kam gaplashishni boshlaganim sabab, alohida kanalimizda postlar O’zbek va/yoki Ingliz tilida bo’ladi.
Xullas, kiringlar buyoqqa ham bo’ldi. 😅️️️️️️
https://t.me/Josh_shares
@JoshDeveloper
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
