Umar Sadullayev | Blog
前往频道在 Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
显示更多4 797
订阅者
-624 小时
-307 天
-2130 天
帖子存档
#ELON
Al-Qur'an jamoasi din yo'lida xolis xizmat qiluvchi bir qator mutaxassislarni o'z safiga chorlamoqda
Xalqimizning Qur'on o'rganishga bo'lgan ehtiyojini biroz bo'lsa-da qondirish yo'lida ishlab chiqilgan “Al-Qur'an” mobil ilovasi hozirda, ko'pchilikning ko'nglidan joy olgani sir emas. Bu ishlarni uzviy davom ettirish, hamda dasturni yanada takomillashtirish uchun jamoaga bir qator mutaxassislar kerak bo'lmoqda.
Bular:
- iOS, native dasturchi;
- Android, native dasturchi;
- Web Frontend, React JS dasturchi;
- Backend Python dasturchi;
- Project manager;
- Grafik dizayner.
Darajalari imkon qadar middle, strong middle, senior bo'lgan mutaxassislar izlanmoqda. Agar siz asosiy ishingizdan tashqari qo'shimcha ish (part time) qidirayotgan bo'lsangiz va odamlarga ilm tarqatishda o'z hissangizni qo'shmoqchi, hamda ushbu darajalardagi kasb egasi bo'lsangiz, quyidagi havolaga o'tib ariza qoldiring!
➡️ Ariza qoldirish
Rostan ham hozirgi zamonda muomala madaniyatisiz yaxshi dasturchi bo'lish mumkinmi ?
Mening javobim esa yo'q.
Mumkin emas. Orzu ham qilmang.
Siz dasturchi bo'la olasiz muomala madaniyatini bilmasdan. Ammo, yaxshi dasturchi bo'la olmaysiz.
Ayni damda Senior, Lead dasturchilardan talab qilinadigan narsalar faqat bilim emas, balki jamoani boshqarish, xaridorlar bilan to'g'ri muloqot olib borish va hkz. Junior va Middle'lar esa kamida jamoa bilan to'g'ri muloqot qila olishi, jamoadagilar bilan birga chiroyli suratda ishlay olishi ham muhim. (Albatta muomalasi yaxshi bo'lmasa, u dasturchini proyektdan 🪓🪓🪓 qilishlari turgan gap).
Xo'sh sizchi, ushbu xislatlar ustida ham ishlayapsizmi ?
Hozirdan o'sib kelayotgan dasturchilarimiz, xatto savol berish madaniyatini bilmaydi.
Ba'zilar savolniku eplab berib olishadi, javob olgandan so'ng esa na "rahmat", na "tushunarli", na "hop" degan so'zlarni ishlatishadi.
Xuddi biz javob berishimizga pul to'laydigandek, javobni olib ketishadi indamasdan.
Albatta rahmatiga zor emasmiz, ammo keyingi safar bu inson yozsa, unga javob bergimiz ham kelmaydi. Hurmati tushgani sabab.
Yana ba'zilar, haddan oshiq oddiy narsalarni google'dan qidirishni o'rniga, kimningdir vaqtini olib, maydalab so'rashni afzal ko'radi.
Nega bularni aytyapman ?
Hozirdan ahloqingizni go'zal qiling, siz bilan gaplashgan odam, siz bilan yana gaplashgisi kelsin yoki kamida sizdan ko'ngli sovib qolmasin. Yo'qsa bora-bora jamiyatda o'rningiz ancha pastga tushib ketadi. Dasturchilik faoliyatingizda ham bu ancha salbiy rol o'ynaydi.
Ha aytgancha, "Job interview"larda ham bunga alohida e'tibor berishadi. 😉
Alloh barchamizni go'zal xulqli bandalaridan qilsin.
@JoshDeveloper
Dasturchiga muomala madaniyati kerakmi ?
Insonlar bilan gaplasha olish, fikrini tushuntira olish, boshqa insonlarda yaxshi taasurot uyg'otish kabi hislatlar dasturchi uchun muhimmi ?
Shu haqida gaplashsam degandim.
O'zim yozishimdan avval, albatta, sizning fikringiz qiziq.
Nima deb o'ylaysiz,
Rostan ham hozirgi zamonda muomala madaniyatisiz yaxshi dasturchi bo'lish mumkinmi ?
@JoshDeveloper
YouTubega joylagan JS Interview videosi ko'proq odamga yetib borishi uchun, guruh va kanallaringizda bir aylantirib qo'ysangiz yo'q demasdim 😉.
Keyingi ishtirokchini tanlash sanasini, keyingi yil e'lon qilaman inshaaAlloh.
@JoshDeveloper
Azizlar Intervyularni ko'rib borishingiz uchun, Shaxsiy youtube kanalimni ochdim.
Bugungi intervyuni joylab qo'ydim ushbu shaxsiy kanalimga va qolganlarini ham inshaaAlloh joylab boraman.
Telegramga joylamayman.
Obuna bo'ling: https://www.youtube.com/channel/UChPuw3sgVwJ9LwHiUTxIUdw
@JoshDeveloper
Salohiddinga intervyu davomida bergan xulosam.
Salohiddin intervyuni ancha yaxshi ruhda boshlab oldilar. Muomala madaniyatlari ham joyida. Bilimlari ham ancha yaxshi.
Ammo biroz JavaScriptdan ba'zi mavzularni takrorlab olsalar maqsadga muvofiq bo'lgan bo'lar edi.
Masalan, Hoisting, Scope, Object tipi ishlashi va metodlari, Array metodlari, Map, Set, WeakMap, WeakSet kabi mavzular.
Manba sifatida: javascript.info saytini maslahat beraman.
Agar ushbu intervyu haqiqiy ish intervyusi bo'lgan taqdirda, biroz bilimlarini oshirish sharti bilan Junior lavozimiga bemalol ishga qabul qilgan bo'lar edim.
Omad !
@JoshDeveloper
Birinchi oy, birinchi interview va birinchi ishtirokchini ham o'tkazib oldik.
Ba'zi sabablarga ko'ra biroz qisqa bo'ldi.
Ammo inshaaAlloh barchaga manfaatli bo'ladi deb umid qilaman.
Marhamat videosini tomosha qilishingiz mumkin.
Ishtirokchi haqida xulosamni keyinroq yozib qoldiraman. (Feedback)
InshaaAlloh.
@JoshDeveloper
Ishtirokchimiz oxiri aloqaga chiqdila.
Boshliymiz inshaaAlloh endi.
@JoshDeveloper
O'zingizni texnik va bilim taraflama tayyor deb hisoblasangiz.
Ushbu kommentga "Tayyorman" deb yozib qoldiring.
Agar ishtirokchimiz aloqaga chiqmasa, shuyerdan bir insonni tanlab olaman inshaaAlloh.
@JoshDeveloper
Azizlar, ishtirokchimizda mikrafon bilan muommolari bo'lyapti.
Agar 3:30 gacha aloqaga chiqib tayyor ekanliklarini aytmasala, kanalda kichik tanlov qilib, bugunni o'zida boshqa ishtirokchi bilan interview qilib yuboramiz.
Keyingi haftaga qoldira olmayman.
@JoshDeveloper
Keyingi oygi interview'da, ishtirokchidan JavaScript'ga qo'shib TypeScript'ni ham so'rash niyatim bor. Shu uchun, TS'ni o'rganishingizni oldindan maslahat beraman.
TS har bir JS dasturchisi uchun juda katta + bo'ladi.
Keyingi oygi tanlovgacha hali vaqt bor😉.
InshaaAlloh
@JoshDeveloper
Vergul operatoriga misol.
"birinchi a'ga 10'ni qo'sh va a'ni qaytar" degan kod bu. Jarayonlar ko'proq bo'lishi ham mumkin.
Siz ishlatib ko'rganmisiz ushbu sintaksni ? 🙋♂️
@JoshDeveloper
Oramizda bo'ydoqlar ko'pligini hisobga olib, ushbu dolzarb ma'ruzani yetkazsam degandim.
Bu sizga ham, menga ham inshaaAlloh foydali bo'ladi.
@JoshDeveloper
Ish vaqti ham, haftasi ham tugadi.
Ancha charchadim.
Keyin esa, youtube titkilab, Allohni yaratgan ushbu go'zal va bahaybat mavjudotini(ko'k kit) videosini ko'rib qoldim.
Juda go'zal, shunday emasmi ?)
Allohning buyukligiga yana bir go'zal namuna.
Marhamat.
https://www.youtube.com/watch?v=CChQ6pDUXmk&t=272s
@JoshDeveloper
‼️ IT Park rezidenti – EPAM Systems xalqaro kompaniyasi oʻz yoʻlini endigina boshlagan IT-mutaxassislari uchun bepul onlayn kurslarni yo‘lga qo‘ydi.
☑️ Rus tilidagi kurslar:
▫️ DevOps Fundamentals
▫️ JavaScript Development
☑️ Ingliz tilidagi kurslar:
▫️ Software Functional Testing
▫️ Automated Testing
▫️ Introduction to Python
▫️ Business Analysis
👆 Qo‘shimcha ma‘lumot olish uchun yuqoridagi havolalarga o‘ting.
💡 Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar texnik intervyudan oʻtish va ishga joylashish imkoniyatiga ega boʻladilar.
(+) operatori Unary operatorlarga kiradimi yoki Binary'gami ?
Eshiting.
Alloh O'z bandalarini sifatlashini eshiting.
Marhamat.
Jum'a Muborak 🌙
#quran
@JoshDeveloper
Unary, Binary va Ternary operatorlarini farqini bilasizmi ?
(Kommentga yozing)
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
