ch
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

前往频道在 Telegram

(JoshDeveloper) IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

显示更多
4 822
订阅者
-1324 小时
-267
+630
帖子存档
Bugun ertalabdan ikkita qiziq post va kommentni o'qidim. Angular'ni sinab ko'rganlar yozibdi o'z fikrlarini. Hursand bo'lganim, O'zbek dasturchilari ichida "sinab ko'raychi" degan fikrlash shakllanayotgani. Kursda o'rgatilgan birxil sistemadan chiqa olmayotganlardan biroz xafa edim. Kursda nima o'rgatilsa, shunda qolib ketishadi. Ammo, bu xabarlarni o'qib, hursand bo'ldim. "Try" qilishdan qochmaslik kerak. Kimdirlarni fikrlari bilan qotib qolmaslik kerak. Angular yoki React yoki PHP* sizni tog'angiz yoki amakingiz emas 😁️️️️️️. Oddiy texnologiya, ajratib bu yaxshi, bu yomon deb "try" qilishdan qochish, bilimingizni kengaytirmaslik yaxshi emas. O'zim ham masalan bo'sh vaqtimda React'ni o'rganib turibman. (Ammo, bo'sh vaqtim kam bo'lyapti bu uchun :/ ) Siz ham, sohangiz doirasida bir texnologiyada qotib qolmang. "Try" qiling. Yoqsa va vaqti kelsa "Switch" qiling. It's not scary. * - PHP lekin Sardor og'amizni tog'asi bo'lsa kerak, ularga mumkin. 😁️️️️️️ #maslahat @JoshDeveloper

Umar do'stimiz EPAM CEO'si bilan bo'lgan meeting'dan so'ng, kompaniyadan ketishga qaror qilibdilar. Link. Bilganlarim, Arkadiy Dobkin isroil va Falastin haqida juda unaqa yaxshi gaplar aytmagan ekan. Kompaniya ichki gaplari bo'lgani sabab, public aytilmayapti. Umarni qarorlarini hurmat qilaman. Bundan so'ng yana ham. Ammo, ustoz Muhammadjavohir aka aytganlaridek, EPAM'da ishlash yoki ishlamaslik hammaning o'z ixtiyori. Hamma o'z amallari uchun javob bergani to'g'ri. EPAM'da ishlayapti degani, e'tiqodlarini sotdi yoki isroil tarafdori degani emas. Bu narsalarni hukmini ahli ilmlarimizga qo'yib beraylik. Hammani e'tiqodini Alloh bilguvchiroq. Halol ishda, halol ishlab, halol joyga sarflayotganlarga tosh otish uyatli ish. Ayniqsa o'zi bunday vaziyatga tushmagan bo'lsa. EPAM O'zbekiston uchun katta foydalar keltirgan. Ommaviy bo'shashga targ'ib qilish o'zimizga zarar xolos. Xullas, Alloh hammani ajrini bersin. Umar do'stimizga ham yaxshi joylardan ishlar chiqishini tilab qolamiz. #munosabat @JoshDeveloper

Angular renaissance 🔥 Hozirgina Angular event o'z nihoyasiga yetdi. Asosan Angular 17 versiyasi haqida mavzular bo'ldi. Shun
Angular renaissance 🔥 Hozirgina Angular event o'z nihoyasiga yetdi. Asosan Angular 17 versiyasi haqida mavzular bo'ldi. Shuningdek, rasmdagi yangi "Angular docs" va logo ham e'lon qilindi. Link: Angular.dev Yangiliklar ko'p. Batafsil Angular event'ni ko'rishingiz mumkin. #Angular @JoshDeveloper

Karyerasi uchun o'z qadriyatlaridan, e'tiqodi va insoniyligidan kechish to'g'ri emas. Karyeram, biznesim, ish joyim deb, zulmga ko'z yumish va haq tomonda bo'lmaslik uyat. Bu mavzu jahonda bo'layotgan voqealar sababidangina aytilmayapti. Umuman. O'zligini, qadriyatlarini va e'tiqodini sotish evaziga karyera qurayotganlar haqida aytilyapti. Bu qimmatli hislatlarni sotmasdan ham karyera qursa bo'ladi. #eslatma @JoshDeveloper

Abdulaziz aka Startup'larga grant yutish haqida bepul suhbat uyishtirayotgan ekanlar. Batafsil: https://t.me/ayakubofff/522 #startup @JoshDeveloper

IT(AyTi)da o'z biznesini boshlash haqida podkast qilgim bor. Faqat loiq inson qidiryapman bu uchun. Kimni maslahat berasiz? @JoshDeveloper

Instagram akkountimni o'chirganimga roppa-rosa bir yil bo'libdi. Alhamdulillah. Ancha manfaatli bo'ldi. Odamlarni hayoti bilan unchalik qiziqmay qo'ydim. Instagramga kirib, soatlab qolib ketishlar tugadi. Ammo, Telegram o'lgurdan voz kechib bo'lmayapti. Bunga ham biror chora ko'rish vaqti keldi. Chalg'ituvchi narsalar bilan to'lib ketyapti. Happy 1 year of instagram-free life. 🥳 #anniversary @JoshDeveloper

Ertaga Mockint.uz da ikkita intervyu uchun bo'sh vaqtim bor. Chegirma ham bor. Birinchi ikkita odam uchun. Angular yoki Umumiy Frontend'dan Middle va Senior darajalariga intervyu o'tkazish uchun 15% chegirma. Junior daraja uchun 10% chegirma. Intervyular ingliz yoki o'zbek tilida. Bu faqat birinchi ikkita insonlar uchun. Ulgurib qoling. Bog'lanish: @MockintAdmin #mockint @JoshDeveloper

Urush juda yomon holga yetdi. Isroillik bosqinchilar egallagan hududlarini yanada kengaytirish uchun eng qattiq harakatlarini boshlashgan. O’zini inson sifatida ko’radigan, farosatli insonlarning katta qismi Falastin uchun duo qilishyapti, ular uchun haqni odamlarga yetkazishyapti. Dunyodagi nohaqliklar vaxshiy insonlarni ko'pligidan ko'ra, boqi-beg'am, lapashang va so'taklarni ko'pligidan sodir bo'ladi. Ko’ryapmiz oramizda bundaylar bor ekan. Siz ulardan bo’lmang. Vijdoningiz oldida erkin turish uchun ham nimadir qiling. Kamida duo qiling. #FreePalestine @JoshDeveloper

Aftidan post o'chirilgan shekilli. Odamlar repost qilgani uchun ularni postidan bosib kirsa bo'ladi. Ammo, Linkedin profil o'zidan kirib ko'rib bo'lmaydi. Tushunishgan degan yaxshi umiddaman. #update @JoshDeveloper

Linkedin’da buni ko’rish achinarli. EPAM’da ishlagan inson sifatida shuni ayta olamanki, EPAM “IT” kompaniya sifatida yaxshi
Linkedin’da buni ko’rish achinarli. EPAM’da ishlagan inson sifatida shuni ayta olamanki, EPAM “IT” kompaniya sifatida yaxshi kompaniya. Ammo, ularda xato ishlari bor. Ishchilarni hammasini nomidan istalgan “Propaganda”ni support qiladi. Ishchilarni nafsoniyati, diniy qarashlarini hisobga olmasdan postlar qo’yadi. Bu juda xato. Kompaniyani dunyo siyosatiga burnini suqishi xato. Haqni “support” qilayotgan ishchilarini ham o’ylash kerak. CEO yahudiy ekan deb har nimani qo’yaverish to’g’ri emas. Bo’lmasa ishga kirishdan oldin shunaqa qiliqlari borligini aytishi kerak. Bundan avval yillarda “LGBT support” postlar ham qo’ygan edi. @JoshDeveloper

Vacancy 💰️️️️️️ Tepadagi vakansiyalar qatoriga: - Middle+ Angular dasturchilari ham qidirilmoqda. Qiziqqanlar quyidagi email’ga Resume’sini va telegram manzilini qoldirsin. Email: joshdeveloper22@gmail.com #vacancy @JoshDeveloper

Yaqinda President Tech Award Hackaton boshlangan ekan. Linkedinda ushbu postni ko’rib qoldim. Bu qanchalik to’g’ri yoki noto’
Yaqinda President Tech Award Hackaton boshlangan ekan. Linkedinda ushbu postni ko’rib qoldim. Bu qanchalik to’g’ri yoki noto’g’ri bilmayman. Ammo, tegishli joylarga yetib borishi uchun kanalda ulashishni lozim topdim. Rasmiy xabarni kutib qolamiz. Agar nohaqlik bo’lgani rost bo’lsa, shunchaki sharmanda bo’ladi. Qanchadan qancha odamlar qancha umidlar bilan qatnashgan, vaqtini sarflagan. Rostanam shunga loiq yoki muxtojlar qatnashgandir… Yana aytganimdek, rasmiy xabarni kutib qolamiz. @JoshDeveloper

Vacancy 💰️️️️️️ Kompaniyamiz UniconSoft’ga quyidagi rollarga ishchilar kerak. - Middle-Senior NodeJs dasturchisi (2+ yil tajriba) - Middle-Senior UI/UX Designer (1.5+ yil tajriba) Quyidagi insonga Resume + Portfolio(dizaynerlarga) yuborgan holda bog’lanishingiz mumkin. Bog’lanish: @Ali_9737 Kirsangiz “dolya” berarsiz. 😉 (hazil) #vacancy @JoshDeveloper

Yangilik. 🌚 Endilikda siz ham Frontint.uz kursiga odam taklif qilish orqali, daromad qilishingiz mumkin. 💰 Qanday ? 🤔 Kurs admini(@FrontintAdmin)ga daromad qilish niyatingiz borligini aytasiz va o’zingizni ro’yhatga qo’shtirib qo’yasiz. So’ng, sizni taklifingiz bilan kelgan istalgan insonga biz 15% chegirma beramiz. Agar taklif qilgan insoningiz kursimizni istalgan tarifini sotib olsa, sizga shu taklifingiz uchun rahmat sifatida 75 000 so’m 💸 miqdorida bir martalik to’lov beriladi. Kursimizni odamlarga chegirma bilan yetkazishda yordamlashasiz, ham qo’shimcha daromad qilasiz. Kurs haqida ma’lumotlar Frontint.uz saytida. #yangillik #frontint @JoshDeveloper

Eslatma (Ayniqsa qizlarga) Ijtimoi tarmoqlarda o’z rasmlaringiz yoki videolaringizni qo’yishdan oldin quyidagilarni unutmang: 1. Rasmingizdan foydalanib, shaxsiy ma’lumotlaringizni qidirib topish imkoni bor. 2. Rasmingizdagi kiyimlarni AI” orqali almashtirish yoki butunlay olib tashlash imkoni bor. Sharmanda bo’lib qolmang. 3. Rasmingizdan foydalanib, turli xil reklamalarga, yolg’on xabarlarga ishlatish ehtimoli bor. 4. Xullas, rasmingiz yoki videoyingiz orqali har qanday g’arazli maqsadlarda foydalanish imkoni bor. Ehtiyot bo’ling. Biror keraksiz bo’lgan rasm/videolarni joylashdan oldin o’ylang. Yaqinlarni ogohlantiring. ✈️ #eslatma @JoshDeveloper

JavaScript kutubxona/freymvorklari ichida birxil “App”ni yozib, ularni “Benchmark”larini chiqarishibdi. Rasmda biz eng ko’p b
JavaScript kutubxona/freymvorklari ichida birxil “App”ni yozib, ularni “Benchmark”larini chiqarishibdi. Rasmda biz eng ko’p bilganlarimizni solishtirmasi. 1. Solid 2. Vue 3. Angular 4. Svelte 5. React Lekin bozordagi ish o’rinlari jihatidan fikrimcha bunday: 1. React 2. Angular 3. Vue 4. Svelte 5. Solid To’liq solishtirish buyerda: https://krausest.github.io/js-framework-benchmark/current.html #frameworks @JoshDeveloper

Dokumentatsiyalarni o’qib turinglar. Bugun RxJS’dan bir operator kerak bo’ldi. Yaxshi izlanmasdan, o’zim yozdim moslab. Bir muddat vaqtim ketdi. Keyinroq esa qarasam, tayyor shunday operator chiqarishgan ekan. 😅️️️️️️ Dokumentatsiyani o’qish kerak. - Qanday operator edi? - HTTP so’rovlardan xatolik kelganida orada interval bilan N marta(manda 3 marta) qaytadan urunib ko’radigan operator. “retryWhen” degan “deprecated” operator bor edi, ichida “count” va “delay” logikalarini o’zimiz yozishimiz kerak edi. Yozdim. Alohida operator qilib chiqardim. Keyin bilsam o’rniga allaqachon hamma narsasi tayyor “retry” deganini chiqarib bo’lishgan ekan. Shunaqa gaplar :) Qissadan xissa, dokumentatsiyani bir o’tirib ishlatib turish kerak. #maslahat @JoshDeveloper

“Weekly Hits” nomli “extension” orqali degan xabarni eshitdim. Ehtiyotan ishonchsiz “Browser extension”larni o’chirganingiz ma’qul. #warning @JoshDeveloper

Internetda 185 000 000 ta login parollar tarqab ketibdi. Tekshirib ko’rdik. Rostan ham ko’pchilikning login parollari tarqalgan. Ko’pchiliki juda jiddiy saytlarga kirish uchun. Login parollaringizni o’zgartirib, yana ham kuchaytirishni so’rayman. Qanday olgani hali unchalik aniq emas. Tahminan qandaydir “Browser extension” orqali bo’lish ehtimoli ham yo’q emas. #warning @JoshDeveloper