ch
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

前往频道在 Telegram

(JoshDeveloper) IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

显示更多
4 822
订阅者
-1324 小时
-267
+630
帖子存档
Josh*Podcast qilmaganimizga ham ancha bo’libdi. Keyingi mavzu nima haqida bo’lsin ? #JoshPodcast @JoshDeveloper

Ishdan keyin charchab, oddiy videolarga ham fikr bildirib o’tirgan men: Gotta sleep 💤 @JoshDeveloper
Ishdan keyin charchab, oddiy videolarga ham fikr bildirib o’tirgan men: Gotta sleep 💤 @JoshDeveloper

Hazil hazil bilan. Bu video haqida jiddiy fikrimni aytmoqchiman: Bunaqa hayoga to’g’ri kelmaydigan video reklama millatimizga, dinimizga zidmikan deb o’ylayapman. Har bir video, kino, rasm va hokazolarni o’z mafkurasi, odamlarga singdirishga urunadigan mavzusi bor. Bu videoda ular balki o’zlari bilmagan holda, hayotdagi eng muhim narsalardan biri bo’lgan oila qurish, nikohni biroz yengil sanashga urunishgan. Umr yo’ldosh tanlashda uni insoniy hislatlaridan ko’ra, uni boyligi ustundek ko’ringan. Yosh qizlarni ko’pi bunday mafkuralardan ta’sirlanishi tabiiy. Bo’lajak er yoki xotin tanlashda aqlingizni ishlating. Sovg’a kam beradigan, ammo yaxshi va sadoqatli erlar kam emas. Kam daromat topadigan, lekin diyonatli va halol erlar kam emas. Bu bilan boylar yomon demayapman, halol va sahiy bo’lsa naqadar yaxshi, lekin hayotda katta boyliksiz ham baxtli yashasa bo’ladi demoqchiman. Yana bir narsa, yaxshi xotin olish uchun dasturchi bo’lish shart emas 😅. Qanchadan qancha zo’r dasturchilar hali ham uylanolmay yuribdi. 🥲 #tanqid @JoshDeveloper

Bir videoni tashlab qolishdi. “Dasturchining xotini bo’lish afzalliklari” degan mavzuda ekan🤣😆 Reklamani “uchiga” chiqishganda biznikilar 😄 Lekin, yaxshi, qiz topsam yuborishlik ekan video 🌚😄 (Hazil) #joke #tanqid @JoshDeveloper

Birozdan keyin men: let data: any; Hazil 😅️️️️️️ Bunday qilmanglar. “any”dan yaxshiroq usullar yetarlicha ko’p. Unions, Generics, Unknown, Utility types va boshqa tip ko’rinishlaridan birini ishlatsangiz bo’lar, vaziyatda qarab. But not any. EsLint’da any ishlatsa ogohlantiruv beradigan “plugin”lari bor. Ishlating. #joke @JoshDeveloper

I hate “any” type in TypeScript. “Any” sabab, loyihada aaaancha vaqtim ketib qolyapti dasturni tushunishda, nima qiymat kelishini tushunib olishda. Agar bilsangiz biror ma’lumot tipini, yozinglar. Bilmasangiz, bilib olib, yozinglar. Erinmanglar. Bo’lmasa, shunaqangi vaqti keladi, “nega erindim-a?” deb qolasiz. #tanqid #maslahat @JoshDeveloper

Yozgan kodingizga test yozib ko’rganmisiz?
Anonymous voting

Postga qo’shimcha: Bir “so’taqo’zi” chiqibdi. “O’zbekistonda o’rangan qizlar ko’payib ketdi, qayerga qarab ketyapmiz?” deb. Xuddi ayollarni o’z avratini yashirishi, uni “ichi”ni kuydirayotgandek. Ichi buzuqlarga yoqmaydi bunday narsalar. Bunday fikrlaydiganlar ko’p. Biri soqollilar ko’payyapti desa, biri hijoblilar. Yana biri namoz o’qiydiganlar deydi. Faqat ko’pchiligi ichida saqlaydi. Shu sabab ham, jamiyatda diniga amal qilayotganlar negadir uyatli ish qilayotgandek his qiladi o’zini. Postda aytilganidek, “Uyalmang!” Odamlarni gapirishi uchun qilmayotgan ekansiz, ulardan uyalish nimasi? Qo’ying ularni, har kimni o’z o’lim soati bo’lganidek, har kimni o’z amallariga javob beradigan kuni bor. #tanqid #maslahat @JoshDeveloper

Repost from Islombek.dev
Musulmon ekanligizdan aslo uyalmang! Do'stlarimiz hali to'liq bo'lmasa ham soqolingizni o'zi holicha qo'yib, opa-singillarimiz hijobingizni bemalol o'rab yuring. Noqulay bo'lgan hollarda ham bemalol namoz o'qishga joy so'rang. Ishga kirayotganingizda ham ochiq-oydin qanday ishlarni qilmasligingizni tushuntiring. Hamma "solikum, qaleees" deb yurgan bo'lsa ham siz "Assalomu alaykum"ni kanda qilmang. Odamlarni gapiga aslo e'tibor bermang, ular har qanday holatingizda ham sizni ortingizdan gapiraveradi. Musulmonlik bu uyaladigan narsa emas, musulmonlik sharaf. Qaddingizni tik tuting siz sharafli insonsiz.

Yangi ish joyi, yoxud global kompaniyadan, lokal kompaniyaga o’tish qanday kechdi? Xo’sh. Xabaringiz bor. EPAM, ITransition’lardan keyin, lokalniy kompaniyaga o’tishga qaror qilgandim. Bunga quyidagicha sabablar turtki bo’lgandi: 1. Bozor yomonligi va chet el kompaniyalarida “lay-off”lar istalgan payt bo’layotgani. (Stabil ish joyi kerakligi.) 2. Lokal kompaniyada ko’proq mas’uliyat olib, tezroq o’sish. 3. O’zimga ham qiziq bo’lgandi. 😅️️️️ Birinchi oyni ham o’tkazib oldik Alhamdulillah. Qanday bo’ldi? Kutganimdan yaxshi. Jamoaga va loyiha ko’nikib oldik. Alloh fazli bilan. Loyiha biznes protsessi biroz kattaligini aytmasa, qolgan tomondan hammasi yaxshi. Nimalar yoqdi? Ofis yaxshi. Jamoa va ishchilar ajoyib. Tepangizda turib, har 1 soatda tekshirib kelishmaydi, erkin ishlashga berishadi, shu orqali sifatli ishlasa bo’ladi. Ishxonada mendan kuchlilar ko’pligi ham ancha hursand qildi. Ish vaqti qat’iy emas, falon soatdan ishda bo’l deyilmaydi. Ba’zan biroz kechroq ishni boshlasangiz, muommosi yo’q(lekini bor, keyingi bo’limda). To’g’ri, bu aytganlarim hamma joyda bo’lishi kerak. Lekin, lokal va davlat loyihalarini qilayotgan kompaniyadan bularni kutish biroz qiyin edi men uchun. Nimalar yoqmadi? 1. SDLC(Software Development Life Cycle) yaxshi rivojlanmagan. Tartib biroz kamroq. Bu haqida o’z fikrlarimni ulashdim. Balki o’zgarish bo’lar :) 2. Ish vaqti qat’iy belgilanmagani, ba’zan zararingizga ishlaydi. Ya’ni, “overwork” bo’lib ketish ehtimoli katta. 3. Ofis binosida namoz o’qib olish mumkin emas ekanligi xayron qoldirdi. Bilishimcha bu kompaniyani aybi emas. Boshqa sabablar tufayli. Ammo, masjidga borib kelishga qarshilik qilishmaydi. Shunga ham shukur. Umumiy fikrimni aytadigan bo’lsam, hammasi yaxshi. Kutganimdan yaxshiroq desam ham bo’ladi. Shuyerda kattaroq natijalarga erishishni ko’zlaganman. Xudo xohlasa. Shunaqa gaplar :) #updates @JoshDeveloper

Aytgancha, yangi ishxonda birinchi oylik ham tushdi 🌚 Seems like a good weekend’s starting 😅 Lokal kompaniyaga moslashdimmi? Qanday bo’ldi? Kompaniya yoqdimi? va boshqa savollar ko’p keldi. Yaqinda bir narsalar yozaman inshaaAlloh @JoshDeveloper

Weekend 🌚

Nixoyat. Bu bolani tanimayman. Lekin juda juda hursand bo’ldim. https://t.me/xushnudbek/20459 #Alhamdulillah @JoshDeveloper

Hamma seni ishlayapti deb o’ylayotganda, sen: #joke #pingPong @JoshDeveloper

Jacob aka yaxshi gap yozibdilar. “Design patterns”ni yodlagandan ko’ra, “Design patterns”ga olib boradigan fikrlash qobiliyat
Jacob aka yaxshi gap yozibdilar. “Design patterns”ni yodlagandan ko’ra, “Design patterns”ga olib boradigan fikrlash qobiliyatini shakllantirish kerak deya. Lekin, qanday ? :) Hozircha aniq bir fikr kelmadi o’zimga. Katta tajriba orqali balki erishsa bo’lar. Balki, boshqa qandaydir “yo’li” bordir. Siz nima deb o’ylaysiz ? @JoshDeveloper

Accessibility Ko’pchilik ishlatadigan dasturlarda jiddiy e’tibor berilishi kerak bo’lgan narsalardan biri - Accessibility. Ya’ni, imkoniyati cheklangan insonlarga ham dastur xizmat ko’rsata olishi. Imkoniyati cheklanganlarga misol, ko’zi ojizlar, eshitish qobiliyatini yo’qotganlar, ranglarni ajrata olmaydiganlar va hatto kompyuter sichqonchasi buzilib qolganlar ham kiradi. Mavzuga aloqador boshqa mavzu: Bizda saytlar tugur, hayotda ham bunga qarashmaydi ko’p joyda. Odamlarni hammasi xuddi mukammaldek qarashadi. Bilishmaydiki, xalqqa xizmat qiladigan binodagi xojatxonasidan nogironlar foydala olmayapti, kimdadir ko’z nuri past, siz ilib qo’ygan uzoqdagi kichik yozuvchalarni ko’rmayapti, kimdadir eshitishi past, past gapirsangiz eshitmayapti(shaxsiy tajribadan), kimdadir sigaretga allergiyasi bor, ruhsat so’ramasdan tutayotgan zaharingizdan bo’g’ilib ketyapti va boshqa vaziyatlar bo’lishi mumkin. Oramizda harxil odam bor. Hammada ham hamma imkoniyatlar mavjud emas. Shunday ekan, e’tiborli bo’lish kerak. Ba’zan, ba’zi toifa insonlarni uchrataman, imkoniyati cheklangan odamni aynan shu nozik qismini bila-turib, uni qiynashni davom etadi. Balki beforasatlikdan qilar(shaxsiy tajriba). Ammo, bundaylar ko’p uchrab turishi achinarli. Biroz farosat va e’tibor zarar qilmas edi. #maslahat @JoshDeveloper

P.s: Ha aytgancha, hozirgi bozor ahvolida, oylik deb “likkillamasdan” bir joyda ishlashni maslahat beraman 😅️️️️️️ #maslahat @JoshDeveloper

Bir maslahat beraymi ?) Bizni dasturchilarni ko’pisining hayolida “limit”lar bor. Katta oylik haqida tasavvurlari ancha past. Bunga O’zbekistonda yashashlari sabab. Sizlarga bir narsa aytsam. O’zbekistondan turib, 3K-10k$+ ishlaydigan dasturchilar yetarlicha. Undan ko’proq topadiganlar ham yo’q emas. Bizda ko’pchilikning “katta” oylik degan hayoli, 1k-2k atrofida. Tasavvuringizdagi chegaralarni olib tashlab, kattaroq narsaga harakat qiling va bir kun erishasiz Xudo xohlasa. Faqat shunga loiq bo’la olsangiz bo’ldi. Bizda bunga loiqlar ko’p. Ammo, o’zini yaxshi “sotish”ni bilishmaydi. Arzishadi yaxshi oylikka. Lekin harakat qilishmaydi. Chunki, olayotgan kichik oylikiga mos deb o’ylaydi o’zini. O’zingizni qadrlang. Qadringizni esa baland qiling. Shunga loiq bo’ling va sizni qadrlaydiganlar topiladi. #maslahat @JoshDeveloper

Mana shu gaplarga qo’shilaman. Link O’zim ham sinab ko’rganman birnecha ishda ishlab, yaxshi daromad qilib ko’rishni. Uzoqqa bormadim. Keyin kompaniyam(EPAM’da edi)ga vaziyatni tushuntirganman. Ko’proq topish uchun ikki joyda ishlayotganimni, lekin ishdagi “Productivity” tushganini, bir joyda yaxshi ishlashni xohlashimni, lekin buning uchun ular oyligimni ko’tarishlarini aytganman. Bularni ayta olishga arzigulik yaxshi ishchi edim. Intervyular, mentorlik, loyihada asosiy dasturchilik va qo’shimchasiga Resource Manager’lik kurslarida ham o’qiyotgan edim. So’ng, kattaroq oylikka chiqqanman. :) @JoshDeveloper