AbuSolih Fox | Eski
前往频道在 Telegram
AbuSolih Fox - Blogger, Erkin tahlilchi. • YouTube.com/c/AbuSolihFox • Facebook.com/abusolih • Instagram.com/abusolih.fox • vm.TikTok.com/J2VScKb/
显示更多1 083
订阅者
无数据24 小时
-447 天
-6030 天
帖子存档
1 083
+1
Siyosatmi yoki xalqmi millatchi?
Ustozlarimiz ko‘rsatmasi bilan UFC va bu kabi vahshiy janglarni kamroq kuzatadigan va qiziqadigan bo‘lganman. Lekin, “o‘zimizdan” bo‘lgan sportchilarni ko‘rsatkichlarini qisqacha bilgim keladi, baribir. Ammo…
Ammo, mavzu boshqa narsa haqida. Rossiyalik sport sharhlovchilari, garchi Dog‘iston Rossiya federatsiyaning bir qismi bo‘lsa ham, Dog‘istonlik sportchilarni ich-ichlaridan yutqazishini xohlashlari sezilib turadi.
Bu faqat menga shunday tuyuladi desam, juda ko‘pchilik ahamiyat bergan ekan. Siz qanday fikrdasiz?
© AbuSolih Fox
1 083
Kalla qo‘ymang!
Toshkent shevasida “kalla qo‘ydi” degan jumla bor. Bu jumlani badiiy tilda mavzuni “beliga tepdi” deb aytishimiz mumkin.
Ammo, agarda ushbu jumlalarni boshqa biror tilga tarjima qiladigan bo‘lsak, ikkala holatda ham biri ikkinchisiga “zarba” bergani haqida maʼlumot kelib chiqadi. Keyin biz hayron qolamiz, mavzuni qayerida janjal boshlangan edi, deb…
Shuning uchun, bugungi kitob tarjima qilayotgan soha egalariga minnatdorchilik bildirgan holda jumlani emas, maʼnoni tarjima qilishlarini so‘rab qolardim. Sababi, tarjimada “kalla qo‘yayotganlar” uchrab turibdi.
Buni men oddiy, havaskor kitobxon — qattiq “x” bilan yumshoq “h”ni adashtirib yozadigan inson sifatida aytyapman. Sizni kitoblaringizni esa, pedagoglar, filologlar, olimlar va ziyolilar o‘qishi mumkin. Rahmat!
© AbuSolih Fox
1 083
Salom, men mushukman.
Mushuk kiyimidagi odam emas, haqiqiy mushukman.
Hozir siz “bu odam aqlan sog’lom emas ekan” deb o’ylasangiz, siz haq bo’lasiz. Shunday ekan siz menga bola tarbiyasi kabi muhim ishni ishonib topshirgan bo’larmidingiz?
Chunki kiyim, bo’yoq va yasama dum meni haqiqiy mushukka aylantirmaydi.
Pamada, ayollar kiyimi va uzun soch ham bir erkak kishini ayolga aylantirmaydi.
1 083
Nima deb o’ylaysiz, kim aybdor?
Biz muammolarimiz haqida gapirishni va kimnidir aybdor qilishni yaxshi ko‘ramiz. Shunday qilib masʼuliyat xissidan qutilib ichimizda o‘zimizni xotirjam qilmoqchi bo‘lamiz.
Ammo muammo hal bo‘lmasdan joyida qolib ketaveradi. Biz esa, muammolar ro‘yxatimizga yana bir muammoni qo‘shamiz, aybdorlar ro‘yxatiga yana bir aybdorni.
Agar kimdir bizga “bunga o‘zing aybdorsan, endi nima qilmoqchisan, bu muammoni qanday yechmoqchisan?” desa, ularni yomon ko‘ramiz. Muammo esa yana hal bo‘lmasdan qolib ketaveradi.
Biz muammolarni yechishdan ko‘ra ular haqida gapirishni, hayot qanchalik qiyin, odamlar qanchalik yomonligini muhokama qilishni yaxshi ko‘ramiz.
Savollar:
• Siz biror marta doim noliydigan, doim kimnidir aybdor qiladigan va shu bilan birga muvaffaqiyati bir insonni ko‘rganmisiz? Buni hatto tasavvur qilib ko‘rish ham qiyin.
• Nima deb o‘ylaysiz, vazningiz ortib ketishiga fastfood shoxobchalarining uyingizga yaqinligi, zararli ichimliklarning mazali ekanligi aybdormi?
• Ilmiy ishingizni bitira olmay, vaqt o‘tkazganingizga sizni o‘qitgan ustozlar, siz o‘qigan kitob mualliflari, olimlar aybdormi?
• Biznesingizda muammolar borligiga siz o‘zingiz, qaytaraman o‘zingiz yonlagan hodimlar aybdormi?
Turli sohalarda natijaga erishgan insonlarning umumiy xislatlaridan biri bu — boshqalarni aybdor qilmaslik va masʼuliyatni o‘z zimmasiga olishdir.
Sizda faqat ikkita yo‘l bor:
1. Oson. Muammolarni muhokama qilishda davom etish va boshqalarni aybdor qilish. Shu bilan birga, muammolar girdobida yashash.
2. Qiyin. Masʼuliyatni o‘z zimmangizga olish, boshqalarni aybdor qilishni bas qilib, asta sekin barcha muammolaringizdan qutilishni boshlash.
Tanlang!
© AbuSolih Fox
1 083
Ikkinchi bo’lishni istamadim!
2016 yil Toshkent shahrida joylashgan ArtModels model maktabiga o‘qishga bordim. U vaqtlarda instagram endi ommalashayotgan va asosan suratlar joylanadigan edi. Bu asosiy faoliyatim emas, shunchaki xobbi bo‘lishiga qaramasdan chiroyli suratga tushishni o‘rganish, instagram sahifamni rivojlantirish va “o‘xshab qolsa” jurnallar ustida suratlarim chiqishi jozibali bo‘lib ko‘rindi :)
Ikki oylik kursni juda yaxshi tugatdim, o‘qish davomida kastinglardan o‘tib “Tashkent fashion veek”da bir necha marta model bo‘lib podiumda chiqdim.
Ammo, keyinchalik bu juda katta va ommaviy tadbirlar bo‘lgani uchun meni olishganini, bundan qiymatli va kam sonli yoki yakka ishlanadigan loyihalarga umuman chaqirilmaganimni sezib qoldim. Chunki bunday jiddiy loyihalarda erkaklar uchun asosiy shartlardan biri 180 santimetrdan baland bo‘yli bo‘lish ekan. Meni bo‘yim esa 177 santimetr.
Buni bilgan kunimdanoq modellik sohasidagi barcha orzu havaslarimni miyamdan ham, qalbimdan ham ochirib tashladim va boshqa qiziqmadim. Xudo tomonidan menga berilgan o‘rtacha bo‘y bilan baland bo‘ylilar orasiga kirib olib, doim “ikkinchi” bo‘lish va o‘ksinib yashashdan ko‘ra, boshqa kuchli tomonlarimni qidirishga tushdim.
Keyinchalik menga "netvorking" va shaxsiy brend bo‘yicha katta imkoniyatlar ochib bergan blog yuritish faoliyatimni boshlab yuborganman. Shundan keyin o‘zimda muloqot qilish, tushuntirish, yetkazib berish va taʼsir qilish xislatlari borligini sezib qoldim. Jumladan:
- O‘zbek instagramida birinchilardan bo‘lib 10k obunachi to‘pladim
- O‘zbekistonda birinchi blogerlik maktabiga asos soldim
- O‘zbekistonda birinchi blogerlik faoliyatini boshlash haqida "YouTube: Kirish" kitobini yozib taqdim qildim qilib 1400 nusxa sotishga muvaffaq bo‘ldim.
Muvaffaqiyat omillaridan biri unga olib boradigan ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘lsa, yana bir muhim omil, bu — tug‘ma qobiliyatlaringizga mos yo‘lni tanlay olishdir.
Baland bo‘yli inson akrobatikadan ko‘ra basketbol yoki voleybolda muvaffaqiyat qozonishi osonroq. Oyoqlari kalta odam suzishda, oyoqlari uzun odam yugurishda muvaffaqiyat qozonishi osonroq.
Xo‘sh, sizga muvaffaqiyat olib kelishi mumkin bo‘lgan qanday qobiliyatlaringiz bor?
© AbuSolih Fox
1 083
Bilish va Bajarish
2021 yili “Mehr2020” xayriya fondimiz tomonidan har yili o‘tkaziladigan Mehrdan zavqlaning tadbiri Toshkent shahri chetida joylashgan Lokomativ bog‘ida bo‘layotgan edi. Tadbir 1200 nafardan oshiq boquvchisi – otasini yo‘qotgan bolalar uchun bo‘lib, to‘rt kunga bo‘lingandi.
Tadbirning har bir kunida bog‘ faqat xayriya fondi uchun ishlar, barcha arg‘imchoqlar bolalar uchun kun bo‘yi mutlaqo bepul bo‘lar edi. Jamoamiz katta, hamma narsa tartib bilan tashkil qilingan, biz shunchaki jarayonni nazorat qilib aylanib yurar edik. Bolalarning onalari esa shunday xayrli ishni tashkil qilgan jamoamizdagi yigit va qizlarga havas bilan qarashar, minnatdorchilik bildirishar, farzandlari ularga o‘xshab katta bo‘lishini so‘rab duo qilishardi.
Shunda, tadbirga 3 farzandi bilan kelgan slavyan ko‘rinishidagi ona meni to‘xtatib o‘z minnatdorchilikni bildirdi va katta, og‘iliga biroz maslahatlar berishimni so‘radi. Yigitcha 14-15 yoshlarda bo‘lishiga qaramasdan anchagina katta ko‘rinar, taxminan 85-90 kilogramm atrofida vaznga ega edi.
Tabiiyki onasi aynan shu mavzuda maslahat beshimni xohlagani sezilib turgan edi. Shunda o‘zim uchun judayam qiziq bir qoidani kashf qilganman: Men tabassum qilib yigitcha bilan so‘rashdim. Sport va badantarbiya haqida fikrini bilmoqchi bo‘lib asta savol berishni boshlagandim, yigitcha anabolizm, katabolizm, yog‘ erishi, yurak urish tezligi, intensiv mashg‘ulotlar va modda almashinuvi haqida bong urib so‘zlab ketdi.
Uni biroz tinglab sog‘lom ovqatlanish haqida endi gap boshlagan edim, yigitcha yana gapni davom ettirdi. Yog‘lar, uglevodlar, oqsillar va kletchatka haqida kunning qaysi qismida vitamin va qaysi qismida minerallar isteʼmol qilish haqida bilimlari bilan bo‘lishdi. Men shunchaki tingladim va omad tilab suhbatni tugatdim.
Men kashf qilgan qoida – bilish va bajarish mutlaqo boshqa boshqa narsalar.
Siz erishmoqchi bo‘lgan maqsadingiz sari qanday harakat qilayotganingizni kuzating. Harakat qilyapsizmi yoki shunchaki, maʼlumot to‘playapsizmi.
Sog‘lom ovqatlanish haqida bir dunyo ilm o‘rgangandan ko‘ra shunchaki oq non yeyishni kamaytirgan, kunlik taom isteʼmol hajmini 30%ga kamaytirgan foydaliroq.
Kunning qaysi qismida, qanday intensiv tezlikda, qanday mashg‘ulot bilan shug‘ullanish foydali ekani haqida videolar tomosha qilgandan ko‘ra o‘rningizdan turib 10 daqiqa badantarbiya qilgan foydaliroq.
Qaysi kitobni o‘qisam, aqlli bo‘laman, bilimli bo‘laman, dunyoqarashim kengayadi deb kitobxonlarga savol berib yurgandan ko‘ra bitta maqola yoki hikoya o‘qigan foydaliroq.
Keyinchalik ustozimiz Ibrohim Gulyamovning gaplari bu ko’nikmalirimni yana ham mustahkamlashga sabab bo’ldi: “Bilag’on emas, qilag’on bo’lish kerak. Ko’p narsa bilib oz amal qilgandan ko’ra, ozgina bilgan narsamizni hammasiga amal qilgan yaxshroq.”
© AbuSolih Fox
1 083
Do‘stlardan voz kechish kerakmi?
2011 yil Toshkent shahrida distribyutorlik kompaniyasida savdo vakili (agent) bo‘lib ishlaganimda rus millatiga mansub Anna ismli hamkasbim bo‘lar edi. Bir kuni hamkasblar bilan mavzu aylanib Anna o‘zbek tilini bilish bilmasligi haqida gap ketdi. Anna esa faxr bilan men o‘zbekchani bilaman, mahallada katta bo‘lganman dedi va Namangancha shevasida gapira boshladi. Rus millatiga mansub qiz o‘zbekchani Namangan shevasida gapirishi hamma uchun hayratlanarli bo‘ldi. Kimdir og‘izini ochib qoldi, kimdir qotib kuldi.
Shunda men — Anna shoshmay tur, sen o‘zbekchani o‘rganib katta bo‘lgan mahalla qayerda joylashgan, deb so‘radim.
— Namanganda, yoshligim Namanganda o‘tgan, deb javob berdi. Anna nima bo‘layotganini tushunmas edi...
Bu voqea, atrof muhit bizga qanchalik to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qanchalik kuchli tasir qilishi haqida oddiy haqiqatni isboti bo‘la oladi.
Uzoq yillar davomida insoniyat jamoa, qabila bo‘lib yashab kelgan. Qabiladan ajralib qolishda yolg‘izlik, xavf-xatar va o‘lim xavfi bo‘lgan. Jamoa bilan birga esa, har qanday qiyinchiliklarga qarshi birgalikda kurashish, yashash va juft topish imkoniyatlari ochiq bo‘lgan. Jamoaga aloqador bo‘lishni istash hisi bizni bir necha ming yillik ko‘nikmalarimizdan biri hisoblanadi.
Shuning uchun biz o‘zimizni yaqinlarimizga o‘xshab tutamiz, do‘stlarimiz bilan bir birimizga o‘xshab gapiramiz. Ishxonamizdagilar bilan bir xil uslubda kiyinishga harakat qilamiz.
Agar sizda ortiqcha vazn bo‘lsa demak, atrofingizdagi insonlarning aksariyati nosog‘lom ovqatlanishga moyil, agar sport bilan shug‘ullanishni hech ham odat qila olmayotgan bo‘lsangiz do‘stlaringizni aksariyati dangasa, agar kitob o‘qishni doim xohlab, odat qila olmayotgan bo‘lsangiz, demak, yaqinlaringiz orasida kitobxonlar yo‘q. Boshqa muvaffaqiyatlarni ham xuddi shu ko‘rinishda baholash mumkin...
Do‘stlardan voz kechish kerakmi?
Gap shundaki, biz ijtimoiy jonzotmiz. Biz atrofimizdagilar bilan yaqin aloqada bo‘lishni, ularni hurmatini qozonishni, qadrlanishni xohlaymiz. Shunday ekan sizda ikkita yo‘l bor: 1. Yaqinlaringiz bilan bo‘lgan muhitni yaxshilashga o‘zingiz kirishing, tashabbus qiling; 2. Sizni yaxshi tomonga o‘zgarishga majbur qiladigan, zararli odatlardan xijolat qiladigan, yaxshi odatlaringiz qadrlanadigan jamoalarga qo‘shiling.
*Bir tadqiqotda 12 ming kishi 32 yil davomida kuzatilgan. Biror kishining semiz do‘sti bo‘lsa uning ham semirib ketish ehtimoli 57%. Yaqinlaridan biri ortiqcha vazndan xolos bo‘lgan bo‘lsa, uning ham ozish ehtimoli 33%. Atom odatlar kitobidan.
Siz qanday muhitda yashayapsiz, bu muhit sizga ko‘proq qanday tasir qilyapti, bu haqida tafakkur qilib ko‘ring…
© AbuSolih Fox
1 083
Siz hamma narsada eng zo'r bo'lishingiz shart emas.
Maqsad - kechagi o’zingizdan yaxshiroq bo'lish.
Bunga nima yordam beradi:
1. Refleksiya.
Kunni yankunlashda o’z harakatlaringizni kuzating va tafakkur qiling. Rivojlanishni nazorat qilish uchun jarayonni qayd etib boring.
2. Doimiy bilim olish.
Kuniga kamida 20 daqiqa yangi narsalarni o'rganishni o'z oldingizga maqsad qilib qo'ying.
3. Atrof-muhit
Siz muloqot qilayotgan barcha odamlarning ro'yxatini tuzing. Ularning huzurida o'zingizni qanday his qilasiz? Ular bilan vaqt o'tkazganingizdan so'ng energiyangiz ko'tariladimi yoki pasayadimi? Agar pasayadigan bo'lsa, unda bunday muhitda o'tkaziladigan vaqtni minimal darajaga kamaytiring.
Sizga har kuni yaxshiroq bo'lishingizga nima yordam beradi?
1 083
Olmazor tumani Hokimiga murojaat
O’zgarishlar uchun hursandmiz. Ammo bizga ratsional taklif-maslahat beringlar, biz nima qilaylik?
1 083
Insonlar 3 turga bo‘linadi
Albatta, uchinchisi to‘g‘ri ekanini birdan bilish mumkin. Lekin, matnni oxirigacha o‘qimasangiz, siz qay bir ekaningizni bila olmaysiz.
1. Maqsadsiz insonlar.
2. Maqsadi bor insonlar. Ammo, faqat maqsadi bor.
3. Maqsad sari harakat qiluvchi insonlar.
Maqsadsiz insonlar. Maqsadsiz insonlar borgan sari energiyasiz bo‘lib boradilar. Hayot sinovlarini bosib o‘tish uchun g‘ayrat, harakat, kuch-quvvat yetmaydi. Turli maishiy muammolar insonni qamrab oladi. Qayta va qayta ayni muammolarga duch kelaveradi. Uzoq muddatli energiyasizlik, doimiy ravishda qaytarilaverdigan muammolar, surunkali ravishda nolish va atrofdagilarni aybdor qilish hamda stress insonni sog‘ligidan ham ayiradi. Maqsadsiz insonlar nafaqat o‘zlari uchun, balki, jamiyat uchun ham xavflidirlar.
Maqsadi bor, ammo, faqat maqsadi bor insonlar. Bunday insonlarning ichlari to‘la “olamshumul” g‘oyalar, dardlari dunyoni o‘zgartirish, dunyo xalqlarini turli balolardan qutqarish bo‘ladi. Albatta insonda shunday buyuk fikrlar bo‘lishi tahsinga sazovor. Ammo, shunchaki, odatdagidan bir soat vaqtliroq uyqudan turish, biroz kamroq ovqat yeyish, uyda badantarbiya qilish, kitob o‘qish kabi elementar mavzularda o‘z nafslarini yenga olmaydilar.
Maqsad sari harakat qiluvchi insonlar. Har qanday buyuk ishlarning ortida uzoq muddatli mehnat va eng asosiysi katta natijaga jamlangan mayda ishlar yotadi. Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni birinchi marta sport zaliga borganida, ishni eng yengil toshni ko‘tarishdan boshlagan. Suzish bo‘yicha jahon chempioni birinchi marta hovuzga tushganida suzishni ham bilmagan va ishni oyoqlarini «chappilatish» dan boshlagan. Bir necha tomli kitoblar kuniga atigi bir varaqdan yozib bitirilgan. Maqsad sari harakat qiluvchi insonlar erishmoqchi bo‘lgan natijalarini belgilab oladilar va asosiy eʼtiborni natijaga emas, uniga olib boruvchi yo‘lga, jarayonga, tizimga qaratadilar.
*Shu o’rinda eslatib o’tay. Bu yerda mashina olish, uy qurish, biror biznes boshlash kabi maqsadlar haqida gap ketmayapti.
O'zingizda qay birini ko'rdingiz?
© AbuSolih Fox
1 083
Biror narsani o‘zgartirmasdan hech narsani o‘zgartira olmaymiz.
Shunchaki umid qilish va kutish bizga hech qanday natija olib kelmaydi. Hayotimizni yaxshi tomonga o‘zgartiradigan omillar ikkiga bo‘linadi:
1. Siz boshqara olmaydigan omillar: Ob-havo va tabiat hodisalari, iqtisodiy va siyosiy “islohotlar”, tasodiflar. Yoki qisqa qilib aytganda — Omad
2. Siz boshqara oladigan omillar: O‘z kasbini tinimsiz o‘rganish va sohada yetakchi mutaxassisga aylanish, doim o‘qish, sog‘lom, ijodiy va tanqidiy fikrlashni shakllantirib borish, tartibli va hamma uchun foydali insonga aylanish. Yaʼni — Omadga tayyor bo‘lish.
Aslini olganda birinchi omilga ham taʼsir qilish mumkin: gina kuduratlardan xolos bo‘lish, poklik, ibodat va duo bilan. Ammo, ko‘pchiligimiz faqat birinchi omilga tasir qilish va omadni kutish bilan cheklanib qolamiz.
Xudo bizni yarlaqab omad kelganda esa, omadga tayyor emasmiz: musobaqaga chiqishga imkon boru, lekin, jismoniy holatimiz tayyor emas; kuchli tomonimizni ko‘rsatishga imkon boru, kuchli tomonimizni o‘zimiz ham bilmaymiz, qidirmaymiz; zo‘r g‘oyalarimiz boru, gapga no‘noq, so‘z boyligimiz kam, fikrlarimizni tushuntira olmaymiz; yaxshi insonlar bilan uchrashib qolamizu, ularda yaxshi taassurot qoldirish u yoqda tursin, nima haqda suhbatlashishni ham bilmaymiz, maishiy mavzulardan nariga o‘ta olmaymiz.
Hayotimizni yaxshi tomonga o‘zgartiradigan ikkita omil bor: Omad va omadga tayyor bo‘lish. Tan olishimiz kerak, biz omadimiz kelishini kutamizu, ko‘p hollarda omadga tayyor emasmiz. Keyin esa, Stiven Kovi ayniganidek “omadim kelmadi, demak, hammasi yaxshilikka” deb o‘zimizni ovutamiz.
Agar Hayotimizni yaxshi tomonga o‘zgartirmoqchi bo‘lsak, ko‘proq ikkinchi omilga eʼtibor berishimiz keram. Sizni ishontirib aytaman, atrofimizda hali biz kirishga tayyor bo‘lmagan yuzlab omad eshiklari bor. Shunchaki, biz tayyor emasmi.
Avvalgi ishlarimiz, odatlarimiz faqat avvalgi natijalarni beradi — Jeyms Klir. Biror narsani o‘zgartirmasdan hech narsani o‘zgartira olmaymiz. Yangi natijalar uchun yangi harakatlar kerak. Yangi omadlarga tayyorgarlik kerak.
© AbuSolih Fox
1 083
O‘z qobig‘ingizni yorib chiqing
Hammamiz ozmi ko‘pmi tortinchoqmiz. Kuzatishlarimga qaraganda, ko‘pchiligimiz kamtarlik va samimiylikni tortinchoqlik va uyatchanglik bilan aralashtirib yuboramiz. Iffatli va odobli bo‘lish bilan uyatchang bo‘lishni ajrata olmaymiz. Xayolimizga olamshumul, qahramonona fikrlar kelsa ham amalga oshirish uchun harakat qilishdan qo‘rqamiz. Boshqalar bunga qanday munosabatda bo‘lishar ekan deb, to‘xtab qolamiz.
Yaxshi ishlarda tashabbus qilib o‘rtaga chiqish u yoqda tursin, bozorlarda, ko‘chalarda, jamoat joylarida turli xil noto‘g‘ri holatlarni ko‘rsak ham indamaymiz. Ajralib qolishda, bizni noto‘g‘ri tushunib qolishlaridan, kimnidir xafa qilib qo‘yishdan qo‘rqamiz va bu masʼuliyatni boshqalar o‘z zimmasiga olishini xohlaymiz. Hammaga birdek yoqishni xohlaymiz va tortinchoqligimizni so‘zda rad etamiz. Lekin baribir o‘z qobig‘imizdan chiqa olmaymiz.
Jasurlik va dovyuraklikni ham, tortinchoqlik va qo‘rqoqlikni ham asta sekin shakllantirish yoki yo‘qotib borish mumkin. Bu siz yashab turgan muhitga, qilayotgan ishlaringizga, sizni o‘rab turgan odamlarga bog‘liq. Ammo, mavzuning nozik joyi shundaki, biz ana shu fikrni o‘zida to‘xtab qolamiz va bu ham biz uchun bir bahona bo’lib qoladi.
Chunki biz o‘sib ulg‘aygan muhit bizni tortinchoq va qo‘rqoq qilib qo‘ygan bo‘lsa, bu muhitni va o‘zimizni o‘zgartirish faqat o‘zimizga bog‘liq. Bu faqat bizning tanlovimizga bog‘liqligicha qoladi.
O‘z qobig‘ingizni yorib chiqing, jasur va mard odamlar bilan birga bo‘ling, yaxshilik va adolatda tashabbuskor bo‘ling. Zero, haq ahli jim tursa botil ahli o‘zini haqman deb o‘ylaydi degan edilar hazrat Aliy, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin.
© AbuSolih Fox
1 083
#KIM aytdi?
Bunaqa o’zini mashaqatga qo’yib, ko’lmakda o’qish ham talab etilmaydi. Musulmon odam tadbirli va farosatli bo’ladi.
Biror quruq joyda, tom ostida, daraxt soyasida, bino tagida ham o’qish mumkin. Joynamoz olib yursa ham bo’ladi. Saal orqani vatliroq harakatga keltirib masjidga, ishxonasiga yoki uyiga yetib olsa ham bo’ladi.
Undan tashqari, kim aytdi sharoit talab etilmaydi deb?
— Eng kamida tahoratda bo’lish, pok kiyimda bo’lish va pok joyda bo’lish talab etiladi.
Kim aytdi vaqt talab etilmaydi deb?
— Namozning tashqarisidagi 6ta shartlardan biri “vaqt” hisoblanadi.
Diynimiz bunaqa sayoz targ’ibotlarga muhtoj emas.
© AbuSolih Fox
1 083
#monopoliya ?
“Hamma mashina olib kiraverganiyam noto’g’ri deb o’ylayman. Biza ob kirdik … “
Solla yaxshimi?
Arzonni me’yorini sizlar emas “bozorni ko’rinmas qo’li” belgilaydi. Adam Smitni hech bo’lmasa vikipediyadan o’qib qo’yinglar.
Do’stlar ko’zingizni oching, mana shu raqobat deyiladi. Men paynet, nonkabob, umratur kabi hamma bilib bilmay biznesga kirib ketishiga qarshiman – qarshiman, qachonki biznes tahlil ko’zi bilan qarasam. Men bunday qilmagan bo’lar edim.
Lekin erkin bozorda no’noq o’yinchilar har doim bo’ladi, demping har doim bo’ladi, bozordan tez chiqib kermoqchi bo’lganlar har doim bo’ladi va hokazo…
Qaytaraman mana shu raqobat deyiladi!
Biz mashina eksportda katta salohiyatiga ega bo’lmoqchi bo’lsak, shunchaki BYDni o’zidan qiyos olaylik. Nega u bunchalik talabgir? Javob oddiy – u raqobatbardosh. Boshqalarga nisbatan eng kamida bir xil yoki yaxshiroq taklif beryapti. Salohiyatga shunday erishiladi.
Vashee uyalib ketdim bu gaplarni eshitib!
© AbuSolih Fox
1 083
Oddiy #bosh og‘rig‘i katta bir kasalga aylanishi mumkin
Bizning har kuni bajaradigan ishlarimiz umumiy ikki qismdan — strategik va taktik ishlardan iborat. Masalan qornimiz ochganda ovqatlanishimiz, bu taktik ish. Agar ratsionimizni nazorat qilish uchun kundalik kaloriyalarni, yog‘lar, uglevod va oqsillarni hisoblab borsak, bu strategik ish. Boshimiz og‘rib qolganda og‘riq qoldiruvchi dori ichish bu taktik ish. Bosh og‘rig‘i sababini aniqlab, uni boshqa og‘rimasligi uchun muolaja boshlash, bu strategik ish.
Endi xuddi shu rakursdan ish faoliyatimizga ham qarab ko‘ramiz. U biznes bo‘lsin, yonlanma ish bo‘lsin yoki biror joyda xodim bo‘lib ishlash bo‘lsin, har kuni bor o‘z ishlarimizni — funksiyamizni bajarishimiz bu taktik ish hisoblanadi. Ana shu ishimizni samaradorligini oshirish, kamroq vaqt saflab ko‘proq natijaga erishish, xarajatlarni kamaytirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, zamonaviy yechimlarni o‘rganish uchun vaqt sarflasak, bu strategik ish hisoblanadi.
Do‘stlarimiz bilan suhbatlashib o‘tirish, farzandlarimizga sovg‘a berish, shunchaki yotib dam olish, bular ham taktik ishlar. Shu do‘stlarimiz uchun foydali inson bo‘lishga harakat qilish, sog‘ligimizni tiklash ustida ishlash, farzand tarbiyasi bo‘yicha yangi bilimlar olish, oxirat uchun tayyorlanish bu strategik ishlar hisoblanadi.
Taktik ishlar bizga ayni paytda va qisqa muddatli istiqbolda asqatadi. Ammo strategik ishlarga vaqt ajratmasak, uzoq muddatli istiqbolda bizni katta muammolar kutadi: Oddiy bosh og‘rig‘i katta bir kasalga aylanishi mumkin, biznesdagi kichik muammo bankrotga olib kelishi mumkin, bir xil va zerikarli munosabatlar insonlarni bir biridan uzoqlashtirib yuborishi mumkin.
Strategik ishlarga vaqt ajrating.
© AbuSolih Fox
1 083
Qotib qolishingiz shart emas
Hayotimizda juda ko‘p imkoniyatlarni yo‘qotishimizga sabab bo‘ladigan, asosiy sabablardan biri, mag‘rurlik bilan — Meni borim shu, meni borligimcha qabul qiling — deyishimizdir.
Bu gapni aytadiga insonlarda, ko‘pincha topish-tutishida kamchilik, do‘stlar borasida omadi kelmagan, munosabatlarda ham taranglikni kuzatasiz. Axir bu gapni aytayotganlar o‘zlari uchun ochiq bo‘lgan barcha imkoniyat va munosabat eshiklarini yopadilar.
Shu o‘rinda mavzuga mos iqtibos: “Tashqi ko‘rinishga qarab faqat, haqiqiy go‘l odamlargina baho berishmaydi” degandi, o‘z davrining mashhur yozuvchisi Oskar Uayld. Axir biz insoniylik qadr-qimmati nuqati nazardan hammani bir xil ko‘ramiz. Ammo, kimnidir ishga yonlayotganda uni tashqi ko‘rinishga va o‘zini tutishiga qarab baho beramizku!
Albatta Alloh go‘zaldir va go‘zallikni yaxshi ko‘radi.
Ko‘rkam va ozoda tashqi ko‘rinish, shubhasiz, sizni qanchalik tartibli va didli inson ekaningiz ko‘rsatib turadi. Va biz tashqi ko‘rinish deganda faqat qiyofani emas, gap-so‘zlarimiz, xulq-atvorimiz hamda o‘zimizni qanday tutishimizni ham tushunsak bo‘ladi.
Siz bir xillikda qotib qolishingiz shart emas. Ota-ona huzuri, do‘stlar davrasi, rahbar xonasi, hamkasblar bilan ish joyi, majlislar zali, turli marosimlar — bular hammasi har xil joylar. Har joyda o‘zingizni shu davraga mos tutishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
© AbuSolih Fox
1 083
Albatta yuzaga chiqadi
2012 yil mart oyida Oshpazlikni o‘rganish uchun shogird tushdim. O‘sha vaqtda ustozlarim Toshkent shahrining «Jomiy» qurilish mollari bozorida yangi oshxona ochishgan edi. Marosimlarda birga xizmat qilish bilan birga osh qilishni tezroq o‘rganish uchun yangi ochilgan oshxonada ham ish boshladim.
Ishni piyoz artish, o‘tin yorish, kullarni supurish kabi eng oddiy ishlardan boshlaganman. Balki yoshligim, balki chaqqonligim uchun Ustozlarim oshxona g‘aznasiga ham meni o‘tkazib qo‘yishgan edi.
Pullik ish ustida ishlaganim uchun juda ehtiyotkor bo‘lar edim. Ustozlarimni oldida tasodifan bo‘lsa ham cho‘ntagimdan pul chiqib qolishidan xijolat bo‘lar edim. “G‘aznani pulimikan, o‘zini pulimikan” deb o‘ylab qolishsachi, degan xavotir bo‘lar edi.
Borish, qaytish ishxona taʼminotchisi bilan birga, yeb-ichish oshxona hisobidan, kundalik xarajatlar bo‘lib qolsa kunlik maoshim hisobidan olib turar edim. Shunday qilib bir necha yil yonimda bir tiyin pulsiz ishga qatnaganman.
Oradan bir yarim yil o‘tib esa, oshxonada to‘liq boshqaruvchi va rasman direktor bo‘ldim. Xodimlar orasida eski shogirdlar va hatto qarindoshlar borligiga qaramasdan, Ustozlarim ishni menga topshirishdi.
Men bu haqda hech kimga aytmaganman, lekin, o‘shanda o‘zim uchun bir xulosaga kelganman: “… isitmasi oshkor qiladi, qing‘ir ishni qiyig‘i chiqadi…” kabi maqollar faqat salbiy holatlarga emas, ijobiy holatlar uchun ham amal qilar ekan.
Agar inson halol va vijdonan ishlasa bu albatta yuzaga chiqar ekan. Shu ketishda sal kam o‘n yil shu sohada ishladim. Tadbirkorlik sohasiga o‘tib ketganimga qaramasdan, hozir ham bemalol 100kg osh damlay olaman. Lekin bunga vaqt yo‘q. Mijozlar ham asta-asta kamayib bordi. Hozir shogirdlarim ishlashyapti.
Qaysi sohada ishlashingizdan qatii nazar o‘z vazifangizni halol va vijdonan bajarish eng samarali raqobat hisoblanadi va bu albatta yuzaga chiqadi.
© AbuSolih Fox
1 083
Omad va omadga tayyor bo‘lish
Ko’p #pul topish haqida havoyi gaplar emas, real keys aytib bermoqchiman
Qanday qilib 100 dollarlik mahsulotning narxi va qiymatini 1000 dollarga ko‘targanimiz haqida.
NOOR Marketing agentligimiz yangi ochilgan vaqtida, birinchi "Brand book" - Brend kitobi xizmatini atigi 100 dollarga sotganmiz. Mahsulot ham albatta shu narxga monand edi. O‘shanda men loyihadagi sherigimga “tez orada ana shu xizmatni 1000 dollarga sotamiz” degan edim. Chunki buning formulasini bilar edim.
Oradan uncha ko‘p vaqt o‘tmay biz tajribali dizaynerni ishga yonladik. U bilan kelishuvimiz ham boshqa xodimlar kabi edi — xizmatlar qancha qimmatga sotilsa, dizayner ham shuncha ko‘p pul oladi.
Bu dizayner katta loyihalarida jamoaning bir qismi bo‘lib ishlagan edi. Bunday Brend kitoblari shunchaki logo-dizayndan iborat bo‘lmaydi. Ular brend missiyasi va qadriyatlari, bozordagi pozitsiyasi va istiqboldagi o‘rni, shunga mos ravishda brendning rangi, shakli, logosi va elementlari, "ton of vois", xavfsizilik qoidalari va shu kabi ko‘plab normalar anchagina mukammal berilgan boblardan iborat bo‘ladi.
Ana shu xizmatni biz 1100 dollarga sotishni reja qildik. Muammo shunda ediki, bizda kelgan mijozlarga ko‘rsatish uchun, yaʼni biz buni uddalay olishimizni isbotlash uchun namuna yo‘q edi. Dizaynerimiz esa, o‘sha o‘zi boshqa jamoalarda ishlagan loyihalarini namuna qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. Ammo tadbirkor sifatida bu bizni obro‘yimizga to‘g‘ri kelmasligini men bilar edim. Kompaniyaning o‘z ishi bo‘lishi kerak edi.
Biz shunday reja tuzdik: Aynan shu xizmat bo‘yicha muammosi bor tadbirkor do‘stlarimdan biriga, xuddi shu xizmatni bepulga taqdim qilamiz. Biz uchun tajriba, do‘stimizni esa, muammosi yechilgan bo‘ladi. Chunki bu ish mukammal dizayn bo‘lishi bilan birga real hayotda ishlayotgan bo‘lishi men uchun muhim edi. Tez orda do‘stlarimizdan biri uchun ajoyib Brend kitobi tayyorlab berdik.
Qizig‘i shundaki, loyihani topshirishimiz bilan, ertsai kuni yangi kelgan mijozdan 1100 dollarlik Brend kitobi xizmati uchun shartnoma qildik. Men yuqorida aytgan formula ishladi. Bu formula ikki qisimdan iborat — Omad va omadga tayyor bo‘lish.
Albatta omad bizni qo‘limizda bo‘lmagan, yaratganning ishlari bo‘lsa, omadga tayyor bo‘lish bizni masʼuliyatimizdagi ishdir. Omadimiz kelib yaxshiroq mijoz kelgani bizni omadimiz bo‘lsa, yaxshi mutaxassis yonlaganimiz, bu ish bo‘yicha ko‘zga ko‘rinarli tajribani bosib otib, namunani tayyorlab qo‘yganimiz bizni omadga tayyor bo‘lganimiz edi.
Omadingiz kelishini duo qilib so‘rash bilan birga, omadga tayyor bo‘lishini ham unutmang.
© AbuSolih Fox
