Bilimdon® | o'quv markazi
前往频道在 Telegram
Bilimdon® Eng birinchi, Eng sifatli, Eng ishonchli, O‘QUV MARKAZ! Termiz shahrida. 2013-yildan... #Biz_sizga_yaqinmiz!!! 📞 90 5205545 📞 95 5025545 👨💻 Administration: @bilimdonadmin2 📷 Instagram: @bilimdon_study
显示更多904
订阅者
-124 小时
-57 天
-1330 天
帖子存档
⚡️⚡️Rasman: 1-kurslardan yotoqxonaga ariza olish boshlandi
1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.
Kecha hali ma'lumotlar yuklanishi tugamagani uchun ariza berishni kutib turish kerakligi so'ralgandi.
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
Ko'rib shunchaki zavqlaning.😊
Natijalarni quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin:
➺ https://t.me/BilimdonNatijalari
Bilimdon Study ®
Eng birinchi,
Eng sifatli,
Eng ishonchli,
O'QUV MARKAZ !
Termiz shahrida. 2013-yildan....
INSTAGRAM | TELEGRAM | WhatsApp | ADMINRepost from Bilimdon® | o'quv markazi
#Action
❗️❗️❗️MANDAT CHIQGANDAN eng birinchi bo'lib o'z natijasini jo'natgan TALABAGA mukofotimiz bor🤑.
Talaba bo'lish hammaga nasib qilsin.😎
Quyidagi manzilgan jo'natishingiz mumkin:@bilimdonadmin2
❓10-sinfni tugatganlar o‘qishga tavsiya qilinibdi, endi nima qilishi kerak?
✅ JAVOB: hech narsa, maktabda o‘qishini davom ettirishi kerak.
Ertalab 11-sinfni tugatmasdan o‘qishga topshirganlar yetarli ball olgan bo‘lsa ham, talabalikka tavsiya etilmaganini maqtab yozgandik. Shundan so‘ng ko‘plab xabarlar oldik, 10-sinfni tugatiboq o‘qishga topshirgan o‘nlab, balki yuzlab abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan holati ham bor ekan.
"Endi biz o‘qisak bo‘ladimi?" deyishmoqda. Yo‘q, o‘qiy olmaysiz. Qonunchilik bo‘yicha talaba bo‘lish uchun albatta maktab shahodatnomasi yoki litsey diplomi kerak. Bular bo‘lmasa, talaba bo‘lishning sira iloji yo‘q.
Albatta, ming afsuslar bo‘lsinkim, hali 11-sinfni tugatmasdan o‘qishga topshirib, yetarli ball olganlar kasriga endi bir nechta grant va kontrakt o‘rinlari bo‘shab qoladi (tizimning xatoligi bu) hamda haqiqiy abituriyentlarga jabr bo‘ladi.
Ammo bu yerda o‘quvchilarni ayblashdan yiroqman. Shunchaki, bir necha yildan buyon shu muammo bo‘lsa ham bunga aqlli, texnologik yechim topa olmayotgan mas'ul tashkilotlar aybdor.
Demak, maktab va litseylardagi o‘quvchilarning aniq elektron hisobi yo‘q, bo‘lsa ham ularning bazasi oxirigacha integratsiya qilinmagan, filtr oxirigacha yaxshi ishlamagan. Yaʼni 10-sinfni tugatib o‘qishga topshirgan abituriyentlarni to‘liqligicha aniqlay olishmagan.
Bu yerda xatolik Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan o'tganmi yoki Maktabgacha va maktab vazirligidanmi, bunisi menga qorong'u. Lekin fakt shuki, mas'ullar bir necha yillik muammoga haligacha yechim topa olishmabdi. Afsus.
Repost from Xushnudbek.uz
🏢1-kursga tavsiya etilganlar yotoqxona uchun ariza yuborishlari mumkin
Endilikda talabalikka tavsiya etilgan 1-kurslar davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.
Buning uchun Yagona portaldan ro'yxatdan o'tish kerak. 1-kursga tavsiya etilganligi haqidagi ma'lumot avtomat ravishda tizimdan onlayn olinadi, qo'lda kiritish shart emas.
👉 @xushnudbek 👈
Talabalik safiga kirgan barcha abituriyentlarni tabriklaymiz!!!
Sizga ta'lim bergan ustozlaringiz mehnatini qadriga yetib kechalari uxlamay dars qilgan va mehnati samarasini kurgan Sizga va ota onangizga ming raxmat
Bizning o'quv markazga ishonch bildirib ta'lim olgan xammaga katta raxmat
Xatolardan xulosa qilamiz, kamchiliklarni to'g'irlaymiz, ishlashda davom etamiz.....
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2023 #Natija
✅ 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
📌 Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.
1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
4️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
5️⃣ QR-kod orqali:
Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Action
❗️❗️❗️MANDAT CHIQGANDAN eng birinchi bo'lib o'z natijasini jo'natgan TALABAGA mukofotimiz bor🤑.
Talaba bo'lish hammaga nasib qilsin.😎
Quyidagi manzilgan jo'natishingiz mumkin:@bilimdonadmin2
Bugun uxlasamda ertalab talaba bo'lib uyg'onsam.....
Mandatni nima qilasilar aniqku xammasi....🤣🤣🤣
Bilimdon o'quv markazida dars beradigan haqiqiy ustozlardan ta`lim olgan abituriyentlar natijalarini siz bilan baham ko'rmoqchimiz.
Ko'rib shunchaki zavqlaning.😊
Natijalarni quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin:
➺ https://t.me/BilimdonNatijalari
Bilimdon Study ®
Eng birinchi,
Eng sifatli,
Eng ishonchli,
O'QUV MARKAZ !
Termiz shahrida. 2013-yildan....
INSTAGRAM | TELEGRAM | WhatsApp | ADMINRepost from Bilimni baholash agentligi
Ayrim imtiyozlar imtihonsiz talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘ladi
Oliy ta’lim muassasalariga kirishda bir qator imtiyozlar mavjud bo‘lib, ayrim imtiyozlar imtihonsiz qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘ladi.
Misol uchun, xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.
Shuningdek, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari, “Mard o‘g‘lon” va “Zulfiya” davlat mukofotlari sohiblari kabi 10 dan ortiq turdagi imtiyozlar ham abituriyentlarning imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etishga asos bo‘ladi.
“Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari esa oliy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va ijod maktablarining bitiruvchilari ham imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Xushnudbek Xudoyberdiyevning telegram kanallarida e’lon qilingan abituriyentlar mazkur imtiyozlardan biriga ega bo‘lgani uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri tavsiya qilishga nomzodlar sifatida mandat.uzbmb.uz saytida yashil yoki sariq rangda ko‘rsatilgan.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
5287519 (I.Abdazov) imtiyozli davlat granti asosida Qoraqalpoq davlat universitetining Jismoniy madaniyat yo'nalishiga kiribdi.
Ushbu abituriyent test sinovlariga kirmagan. Menimcha, imtiyozi borligi uchun bo'lsa kerak. Ammo yonida ko'k chiziq yo'q, ya'ni imtiyozi bor deyilmagan.
Qiziq, juda qiziq. Ha, mayli, bugun tong otsin, tagiga yetamiz. Hozir hamma normal odamlar uxlayapti. Faqat siz bilan bilan uxlamasdan valaqlashib o'tiribmiz :)
🔘@xushnudbekuz
Repost from Xushnudbek.uz
Faktchek: hali mandat chiqmadi, lekin ayrim abituriyentlarga o‘qishga kirgani haqida rasmiy xabar keldi
Mendagi maʼlumotlarga ko‘ra, mandat eʼlon qilish uchun barcha narsa tayyor. UzBMB saytiga natijalar yuklangan ham. Bugun (21-avgust, dushanba) kun davomida eʼlon qilinish ehtimoli katta.
Natijalar tayyorligini ayrim abituriyentlarga kelgan xabardan ham bilsa bo‘ladi. Masalan, mandat.uzbmb.uz saytida baʼzi abituriyentlarning sahifasida o‘qishga kirgani haqida maʼlumot paydo bo‘ldi.
Masalan, 4935529 (B.Nurmurodov) yoki 4765122 (X.Norbo‘tayeva) ID raqamli abituriyentlarni qidirsangiz, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga to‘lov-kontrakt asosida (sariq rang) o‘qishga qabul qilingani haqida maʼlumot chiqib keladi. Lekin eng qizig‘i ushbu abituriyentlar umumiy ro‘yxatda ko‘rinmayapti. Menimcha, saytga ular o‘qishga kirgani haqida maʼlumot joylangani uchun ular hali javobi eʼlon qilinmaganlar ro‘yxatidan chiqib ketgan.
Bunaqasini avvalgi yillarda uchratmagandim, o‘zim uchun ham qiziq bo‘ldi. Hozircha UzBMB bunga izoh bermadi, lekin katta ehtimol bilan tizimni tekshirish uchun 2-3 nafar abituriyentda sinov tariqasida mandatni chiqarib ko‘rishgan bo‘lsa kerak.
Xullas, qissadan hissa shuki, Nurmurodov va Norbo‘tayevani o‘qishga kirgani bilan tabriklaymiz :)
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2023 #Imtiyoz
Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi
🖥 Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etadigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.
👨🏻💻 Endilikda mandat.uzbmb.uz saytidagi “Bakalavr-2023” bo‘limining “Imtiyozli” qismidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.
✅ Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ham ko‘rsatiladi.
📌 Imtiyoz asosida qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ishtirok etadi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Xushnudbek.uz
❓O’qishga kirgan yoki kirmaganini hozirdan bilsa bo’ladimi?
#abituriyent
Avval xabar berganimizdek, 13-avgustda bo‘lgan test natijalari ham eʼlon qilinibdi. Demak, bu degani — 1-avgustdan 13-avgustga qadar bo‘lib o‘tgan barcha test sinovlarining natijalari maʼlum bo‘ldi.
Xo‘sh, bu nimani anglatadi? Demak, endi https://mandat.uzbmb.uz saytidagi ro‘yxat boshqa o‘zgarmaydi.
Qissadan hissa, hozir asosiy kvota bo‘yicha o‘qishga kirganlar ro‘yxatida turganlar, yakuniy natijalarni kutib o‘tirmasdan, talabalikni allaqachon nishonlayversa bo‘ladi (bechora qo’chqorlar😃).
Chunki hozir abituriyentlar beshtagacha tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha barcha ro‘yxatda turishibdi (ya’ni 1 kishi 5 ta ro’yxatda turibdi), mandatda esa faqat 1 ta ro’yxatda qoladi va to’rttasidan o’chiriladi. Bu degani hozirgi ro‘yxatdan kimdir chiqib ketsa ketadiki, lekin boshqa yo‘nalishdan baland ball olgan begonalar ro‘yxatga kelib qo‘shilmaydi.
Bundan tashqari harbiy tavsiyanoma olganlar, nogironligi borlar, tavsiyanomali xotin-qizlar, harbiylarning farzandlari va boshqa imtiyozga egalar qo’shimcha kvota bo’yicha umumiy ro’yxatdan chiqib ketadi.
Xullas, mandat chiqqanda hozirgi ro’yxatdagi o’rningizdan teparoqqa ko’tarilish ehtimolingiz juda yuqori, lekin pastga tushmasligingiz aniq.
Demak, hozir ro‘yxat bo‘yicha ajratilgan kvota ichida turganlar albatta talaba bo‘ladi. Shuningdek, hozir kontraktni boshida turganlar byudjetga ko’tarilishi ham mumkin.
Kira olmaganlarchi? Ular umid qilsa bo‘ladimi?
Ha, bo‘ladi. Lekin ular hozirdan aniq bila olmaydi. Ular yaxshisi sabr bilan, duo qilib kutishsin.
👏🏻Barcha talaba bo‘lganlarni tabriklayman!
Talabalikka yaqin turganlarga esa omad tilayman!
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Bilimni baholash agentligi
⚡️ O‘n uchinchi (so‘nggi) kun natijalari e’lon qilindi
📆 2023-yil 13-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ 13-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ O‘n ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi
📆 2023-yil 12-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ 12-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2023
⚡️ Barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi
📆 Ma’lumki, 2023-yil 1-avgust kuni 2023-2024-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlangan edi.
✅ Bugun, 13-avgust kuni barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi. Bunda jarayonlar:
👉 4-avgust kuni — Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida;
👉 11-avgust kuni — Sirdaryo viloyatida;
👉 12-avgust kuni — Buxoro, Jizzax va Xorazm viloyatlarida;
👉 13-avgust kuni — qolgan hududlarda o‘z yakuniga yetdi.
❇️ Bilimni baholash agentligi test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan barcha tashkilotlarga va xodimlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni o‘tkaziladi
📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
✅ Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:
1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
⏳ Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi.
👨🏻💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from "SA'DIYAXON ACADEMY" XUSUSIY MAKTABI
Мадрасаларга кириш имтиҳони куни маълум бўлди
Ўзбекистон мусулмонлар идораси тасарруфидаги ўрта махсус ислом таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича тест синовлари 2023 йил 17 август куни бўлиб ўтиши режа қилинган.
Ўзбекистон мусулмонлари идораси ҳамда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳузуридаги Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги ҳамкорлигида мадрасаларга кириш имтиҳони “Чет тили”, “Тарих” ва “Маънавият ва маърифат” фанларидан тест синовлари шаклида ўтказилади.
Имтиҳонлар ўтказиш манзиллари, вақти ҳамда рухсатнома қоғозларини олиш тартиби ҳақида қўшимча хабар берилади.
Ўрта махсус ислом таълим муассасаларининг ижтимоий тармоқдаги саҳифаларини кузатиб боринг:
"Фахриддин ар-Розий": https://t.me/arroziyuz
"Кўкалдош": https://t.me/kukaldoshuz
"Саййид Муҳйиддин махдум": https://t.me/maxdumuz
"Хадичаи Кубро": https://t.me/xadichauz
"Муҳаммад ал-Беруний": https://t.me/alberuniyuz
"Имом Термизий": https://t.me/termiziylar
"Ҳидоя": https://t.me/hidoyauz
"Хожа Бухорий": https://t.me/Xojabuxoriy
"Мир Араб": https://t.me/mirarabmadrasa
"Жўйбори Калон": https://t.me/juyborikalon
Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
Muslim.uz
@muslimuzportal | @Muftiy_Nuriddin_domla | @mp3muslim | @diniysavollar
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
