Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ)
前往频道在 Telegram
Қашқадарё вилояти ХТБ тасарруфидаги Китоб тумани1- давлат ихтисослаштирилган мактаб - интернати
显示更多882
订阅者
-124 小时
-37 天
-630 天
帖子存档
Repost from KITOB_HIKMATI | ®️asmiy kanal🇺🇿
USTOZDAN SABOQ!
Navoiy ijodini o‘rganamiz!
✍️Bugun Kitob tumanidagi 96-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchi yoshlariga “Alisher Navoiy merosini o‘rganamiz” mavzusida “Ustozdan saboq” ruknida dars mashg‘uloti tashkil qilindi.
✨Dars mashg‘ulotini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, adiba Lola O‘roqova o‘tib berdi.
⚡️O‘quvchi yoshlar tomonidan berilgan savollarga darsliklarda berilmagan manbaalar asosida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.
https://t.me/RMMM_KITOB
Kitob tumani 96-Umumiy o'rta ta'lim maktabining 7-"A" sinf o'quvchilari bilan birgalikda "Mumtoz adabiyot shaydosidan" deb nomlangan davra suhbatidan lavhalar
#Navoiyni_yod_etib
Kitob tumani 96-maktab (1-DIMI) da 9-fevral — buyuk shoir,mutafakkir,atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Alisher Navoiyning ilmiy va ijodiy merosi bitmas-tuganmas ummondir. Buyuk ajdodlarimizning betakror ilmiy-maʼnaviy merosi biz uchun hayotiy dasturga aylanishi lozim.....
Таваллуд_583
НАВОИЙГА
Аё дўстлар, бу кун таъзим этинг ҳазрат Навоийга,
Кўнгилда бор эса, сўйланг неки ҳасрат, Навоийга.
Кўнгилларнинг табибидур ва руҳларнинг ҳабибидур,
Неки мушкул ишингиз бор, ёзингиз хат Навоийга.
Раъият дардини олгай ва юзлар зардини олгай,
Неки шодлик эса – сизга, неки ғурбат – Навоийга.
Қаранг, не-не жаҳондорлар муте тургай эгиб бошин,
Қуёшга тик боқиб бўлмас, қуёшталъат Навоийга.
Фалак наққошига ҳамду саноларким, аён этмиш –
Неча сирри ниҳонийни, бериб санъат Навоийга.
Муҳрдор ул, юракларга умид отлиғ муҳр босган,
Насиб этмиш Хуросондек улуғ давлат Навоийга.
Вазири аъзам ул асли, буюк Соҳибқирон насли,
Келур юртнинг баҳор фасли, ишон, миллат, Навоийга.
Агар маҳшаргача аҳли шуаро шеър битар бўлса,
Тилин тишлаб қолур бари, етиб навбат Навоийга.
Агар Аллоҳ қиёмат кун назм аҳлини жам этса,
Сухан мулкида олтин тахт тегар албат Навоийга!
Агар Абдунаби, тангрим сенга лутфу карам этса
Сени жаннат аро қилгай у ҳамсуҳбат Навоийга...
Абдунаби Ҳамро
🗓 Бугун – 9 февраль куни буюк бобокалонимиз шоир, мутафаккир, давлат арбоби Алишер Навоий таваллуд топган кун.
Quvonchli yangiliklarimiz davom etmoqda 🥰🥰🥰
Safarov G‘olib ustozimizning shogirdlaridan yana 2 nafari sertifikat sohibi bo‘lishdi, barakalla 👏👏👏💐💐💐
Muvaffaqiyatlar davom etmoqda...💐💐💐
Ingliz tili fanidan 3 nafar o'quvchi CEFR ga ro‘yxatdan o‘tib, sertifikatini qo'lga kiritishdi...
O‘qituvchi: SAFAROV G‘OLIB
6-"v" sinf o'quvchilarining
"Daryo havzasi maketini yasash" mavzusida tayyorlagan ishlaridan namunalar...
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 96-Umumiy o'rta ta'lim maktabining
7-"V" sinf o'quvchisi Mannonov Nurmuhammadbekning yozuvchimiz Tog'ay Murod tavalludiga bag'ishlab tayyorlagan bediosi
