ch
Feedback
CRAZY PHYSICS

CRAZY PHYSICS

关闭频道

Muallif: Tursunaliyev Iskandar ✔️Ta'lim yangiliklari ✔️Qiziqarli ma'lumotlar(videolar) ✔️Testlar ✔️Iqtiboslar ✔️Maqolalar ✔️Va albatta yumor Adminlar bilan bog'lanish va reklama uchun bot: @crazyphysics1_bot

显示更多
2 924
订阅者
-324 小时
-47
-2930
帖子存档

Shu odamga havasim keldi. Qalbi futboldanmas sevgidan istirobda ekan) @crazyphysics

Ana xalos...

Bular bizni Lixteshteyn deb o'ylayaptimi aaa

Sport tv da Mirzahakim To'xtamirzayev sharhlayapti ekan

语音消息00:23

Finalda gol urganday bopti o'ziyam)
Finalda gol urganday bopti o'ziyam)

#bilasizmi? Transportda ko‘ngil aynishi (vistibulyar aparatingiz pishgan) miyaning organizm zaharlangan deb o‘ylashi bilan bog‘liq: ko‘zlar harakatni ko‘radi, ammo tana o‘zini harakatsiz deb his qiladi. @crazyphysics

Zlatan Ibrahimovich Argentinaning Avstriya ustidan qozongan gʻalabasidan keyin Lionel Messining futbola taʼsiri haqida: «Men Messining oʻyinini tomosha qilishga mukkasidan ketganman. Sababi — u mening doʻstim boʻlgani uchun emas. Nostalgiya ham emas. Sababi — shuncha yillar oʻtgan boʻlsa ham, bir futbolchi har daqiqada toʻpga tegmasdan turib, oʻyinni qanday boshqarishi mumkinligini hali ham tushunishga harakat qilib kelmoqdaman. Bugun Argentina oʻyinini koʻrdim va eʼtiborimni tortgan narsa oʻyindagi hisob emasdi. Bu Messi harakatlanganida Avstriya futbolchilarining reaksiyasi edi. Uning chapga bir qadam tashlashi — himoyachilarni ortidan ergashtiradi. U yarimhimoyachilar tomon biroz chekinsa, raqib jamoa joylashuvi oʻzgaradi. Yelka uzra ortga bir nigoh tashlasa… sarosima boshlanadi. Bu — futbol emas. Bu — psixologik urush. Shuning uchun uni faqat gol va assistlar orqali baholashganida shunchaki kulib qoʻyaman. Chunki ular koʻrib turgani narsasini aslida tushunishmaydi. Messi Argentinaning shunchaki eng yaxshi futbolchisi emas. U — Argentina tizimi. U — ularning ishonchi. U — ularning eʼtiqodi. U — maydonga chiqar ekan, jamoadoshlariga imkonsiz narsa ham mumkinligiga ishonch beradigan sabab. Odamlar mendan doim GOAT («barcha davrlarning eng buyugi») bahsi haqidagi savol berishadi. Qanday bahs? Jiddiy aytyapman. Qanday bahs boʻlishi mumkin? Men uchun hech qanday bahs yoʻq. Bu bahs faqat televideniyega kontent, ijtimoiy tarmoqlarga esa drama kerak boʻlgani uchun mavjud. Men futbol koʻrganimda hech qanaqa bahsni koʻrmayman. Men Messini koʻraman. Keyin — qolganlarni. Bu boshqa afsonalar buyuk boʻlmagan degani, emas, aslo. Shunchaki men hech qachon oʻyinga, jamoaga va butun bir futbol davriga Messi kabi taʼsir koʻrsatgan futbolchini koʻrmaganman. Bugun u yana shuni eslatdi. Unga het-trik qayd etish shart boʻlmadi. 40 metrdan gol urish ham shart emasdi. Shunchaki, maydonda Lionel Messi boʻlib turishning oʻzi yetarli boʻldi. Va bir lahzada Argentina butunlay boshqa jamoaga oʻxshab qoldi. Mana ulugʻvorlik qanday boʻladi. Hamma narsa senga bogʻliq boʻlishi emas. Balkim, sen yonida turganingda atrofingdagi barcha yanada yaxshiroq boʻlib qolishi. Faoliyatim davomida buyuk futbolchilarga qarshi oʻynaganman. Buyuk futbolchilar bilan bir jamoada ham toʻp surganman. Ammo Messi — men oʻyinini tomosha qilib, ichimda: «bu bola normal emas», deb oʻylagan yagona futbolchi. Va buning eng qoʻrqinchli jihati shundaki, raqiblar uning nima qilishini juda yaxshi bilishadi. Lekin baribir uni toʻxtata olishmaydi. Shuning uchun men qiyoslashlarga vaqt sarflamay qoʻyganman. Ayrim futbolchilar afsonaga aylanadi. Ayrimlari — ikonaga. Messi esa oʻzi uchun alohida toifa yaratgan. Agar uning bugungi oʻyinidan keyin ham mendan barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi kim, deb soʻrayotgan boʻlsangiz, Siz notoʻgʻri savolni berayotgan boʻlasiz. Toʻgʻri savol esa quyidagicha qurilishi kerak: Futbol yana qachondir u kabi futbolchini dunyoga keltira olarmikan?» @crazyphysics

Nega Messi golni bunday nishonlashini hamma bilsa keraga?
Nega Messi golni bunday nishonlashini hamma bilsa keraga?

Mashnaqa bir so'zli mard qizlaram bor) @crazyphysics
Mashnaqa bir so'zli mard qizlaram bor) @crazyphysics

Bugun 22:00 da Portugalya : O'zbekiston. Ronaldu muxlislari ikki o't orasida qoladigan bo'ldi. Bir tomonda vatanimiz jamoasi bir tomonda ko'p yillik muxlislik!

Argentina 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Messi jami 5 ta gol urdi. Hali Argentina bironta to'p o'tkazib yubormadi.

Messidan dubl! Messi bandasi yana yondirmoqda🔥

Goooooolllll Messi hisobni ochdi. Rasman jaxon chempionatlaridagi to'purarga aylandi

Messi penaltidan foydalana olmadi. Avstriya nemislarday o'ynarkan. Nemislar Argentina uchun noqulay raqib edi.

Sport tv da Mirzahakim To'xtamirzayev sharhlashlari mumkin ekan. Omad siz va bizni aslo tark etmasin degan jumlalarni yana eshitishimmiz mumkin!

Preimium olganlar ovoz beringizlar

22:00 da Argentina : Avstriya Futbol sehrgarining o'yinlaridan bahramand bo'lib qolinglar. Bunaqasi yana qachon tug'iladi bilmaymiz.