EU in Uzbekistan
前往频道在 Telegram
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi rasmiy telegram sahifasi. Facebook: https://www.facebook.com/eudeluzb/ Instagram: https://instagram.com/eudeluzb Twitter: https://x.com/eu_tashkent Website: https://www.eeas.europa.eu/delegations/uzbekistan_en?s=233
显示更多4 518
订阅者
-224 小时
+197 天
+3230 天
帖子存档
4 515
🇪🇺 Как появился Европейский Союз?
🤝 Как 27 независимых государств договариваются и принимают общие законы?
🏛 Как работают Европейская Комиссия, Европейский Парламент и Совет Европейского Союза?
В новом видео простым и понятным языком @paradigmauz рассказывает об истории создания ЕС, ключевых этапах его развития и о том, как устроена система управления Европейским Союзом.
🎥 Смотрите полную версию на YouTube!
4 515
Repost from Paradigma.uz | Муҳим янгиликлар
Европа Иттифоқи қандай пайдо бўлган?
27 та мустақил давлат қандай қилиб ягона қонун қабул қилади? Европа Комиссияси, Европа Парламенти ва Европа Иттифоқи Кенгаши қандай ишлайди?
Ушбу видеода Европа Иттифоқининг ташкил топиш тарихи, ривожланиш босқичлари ва бошқарув тизимини содда ва тушунарли мисоллар орқали тушунтирамиз.
Батафсил Youtube’да кўринг.
@paradigmauz
4 515
Repost from National Erasmus+ Office Uzbekistan
📣 Erasmus+ Xalqaro Kunlari 2026 doirasidagi tadbirga mezbonlik qilishga tayyormisiz?
Oʻzbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisi Erasmus+ Xalqaro Kunlari (12–17-oktabr) doirasida tashkil etiladigan tadbirlarga mezbonlik qilish istagidagi oliy taʼlim muassasalari uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanganini eʼlon qiladi.
➖ Mezbon universitet sifatida siz:
✅ Talabalar, professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlarni Erasmus+ imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirasiz; ✅ Universitetingizning xalqaro faolligi va Erasmus+ dasturlaridagi ishtirokini namoyish etasiz; ✅ Universitetingizni Erasmus+ rasmiy axborot kanallari orqali targʻib qilish imkoniyatiga ega boʻlasiz; ✅ Erasmus+ HEREs ekspertlari, loyiha koordinatorlari va xalqaro hamkorlar bilan yangi aloqalarni yoʻlga qoʻyasiz.📌 Mezbon universitetlar uchun asosiy talablar:
🔹Kamida 50 nafargacha ishtirokchini sigʻdira oladigan konferensiya zali; 🔹Tadbirni foto, video va PR jihatdan yoritish imkoniyati; 🔹Monitor yoki proyektor mavjudligi; 🔹Ishtirokchilar uchun kofe-breyklarni taqdim etish imkoniyati.🗒 Muhim eslatma: Har bir oliy taʼlim muassasasi Erasmus+ Xalqaro Kunlari doirasida faqat bitta tadbirga mezbonlik qilishi mumkin. 🔗 Roʻyxatdan oʻtish uchun: Havola ⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 25-avgust, 18:00 🌐 Batafsil maʼlumot: https://www.erasmusdays.eu/ Universitetingizni Erasmus+ Xalqaro Kunlari 2026 doirasida xalqaro hamkorlik, innovatsiyalar va yangi imkoniyatlar markaziga aylantiring! Batafsil 👈 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
4 515
+4
Zararli botlar odamlarning munosabatini qo‘zg‘atish, fikrlariga ta'sir ko‘rsatish, muhokamalarni o‘z yo‘nalishiga burish va jamiyatdagi bo‘linishni kuchaytirish uchun yaratilgan.
Layk bosish, ulashish yoki izoh qoldirishdan oldin shubhali faollikka diqqat bilan e'tibor bering.
Soxta shovqinni farqlang.
Nazoratni o‘z qo‘lingizda saqlang.
Botlarga aldanmang.
—
Вредоносные боты созданы, чтобы вызывать эмоциональные реакции, влиять на мнения, формировать обсуждения и усиливать разногласия.
Прежде чем поставить лайк, поделиться публикацией или вступить в обсуждение, внимательно присмотритесь к подозрительной активности.
Научитесь отличать шум от фактов.
Сохраняйте контроль.
Не дайте ботам себя обмануть.
#SpotTheBot
4 515
🕊 Har bir inson ekspluatatsiya, zo‘ravonlik va qo‘rquvdan xoli hayot kechirishga haqli.
Har yili minglab insonlar qonuniy deb o‘ylagan ish takliflarini qabul qiladi, biroq oxir-oqibat ekspluatatsiya qurboniga aylanib, jinoiy faoliyatga majburan jalb etiladi. Raqamli davrda odam savdosi tobora yangi ko‘rinishlarga ega bo‘lmoqda, jinoyatchilik tarmoqlari esa qurbonlarni yollash uchun aldov usullaridan tobora ko‘proq foydalanmoqda.
Butunjahon odam savdosiga qarshi kurash kunida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi odam savdosi haqida xabardorlikni oshirish, uning oldini olish, jabrlanganlarni himoya qilish, omon qolganlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ushbu jinoyatlar ortida turgan jinoiy tarmoqlarga qarshi kurashda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan global sa'y-harakatlarga qo‘shiladi.
🤝 Hamkorlarimiz bilan birgalikda biz inson qadr-qimmati va inson huquqlarini himoya qilish hamda hech kim ekspluatatsiya xavfi ostida qolmaydigan kelajakni barpo etishga sodiq qolamiz.
—
🕊 Каждый человек заслуживает жизни, свободной от эксплуатации, насилия и страха.
Ежегодно тысячи людей принимают предложения о работе, считая их законными, но в итоге становятся жертвами эксплуатации и принуждения к преступной деятельности. В цифровую эпоху торговля людьми приобретает новые формы, а преступные сети всё чаще используют обман для вербовки своих жертв.
Во Всемирный день борьбы с торговлей людьми Делегация Европейского союза в Узбекистане присоединяется к международным усилиям по повышению осведомлённости, предупреждению торговли людьми, защите пострадавших, поддержке переживших этот опыт и укреплению сотрудничества в борьбе с преступными сетями, стоящими за этими преступлениями.
🤝 Вместе с нашими партнёрами мы по-прежнему привержены защите человеческого достоинства и прав человека, а также построению будущего, в котором никто не окажется уязвимым перед эксплуатацией.
4 515
Do‘stlik insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, madaniyatlar va chegaralar o‘rtasida ko‘priklar quradi hamda mehr va ko‘mak hayotimizda katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkinligini eslatadi.
Xalqaro do‘stlik kunida biz eng yaqinlarimizni, bizni ilhomlantiradigan, o‘sib rivojlanishimizga yordam beradigan insonlarni hamda jamoalarni birlashtiradigan rishtalarni qadrlaymiz.
Ushbu payshanba, #FriendshipDay - Do‘stlik kuni munosabati bilan hayotingizda muhim o‘rin tutgan do‘stingizni belgilang.
Keling, do‘stlikning bizni ruhlantirish, qo‘llab-quvvatlash va birlashtirishdagi kuchini birgalikda nishonlaylik!
—
Дружба сближает людей, строит мосты между культурами и странами и напоминает нам, что даже небольшие проявления доброты и поддержки могут многое изменить.
В Международный день дружбы мы чествуем тех, кто всегда рядом, вдохновляет нас и помогает расти, а также связи, которые объединяют наши сообщества.
В этот четверг, в #FriendshipDay - День дружбы, отметьте друга, который сыграл важную роль в вашей жизни.
Давайте вместе праздновать силу дружбы — вдохновлять, поддерживать и объединять.
4 515
📢 O‘zbekistondagi jurnalistlar va media tashkilotlari uchun grant imkoniyatlari
AGILE dasturi doirasida ikkita grant tanloviga arizalar qabul qilinmoqda:
Community Journalism Projects — jamoaviy jurnalistika loyihalari uchun 15 000 yevrogacha.
Collaborative Reporting Initiatives — jurnalistlar, OAV va fuqarolik jamiyati tashkilotlarining hamkorlikdagi loyihalari uchun 13 000 yevrogacha.
O‘zbekistondan ariza topshiruvchilar uchun har ikkala tanlov bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddati — 2026-yil 30-avgustgacha.
Ariza beruvchilar faqat bitta grant uchun ariza topshirishlari mumkin.
🔗Batafsil:
Community Journalism Projects
Collaborative Reporting Initiatives
——
📢 Грантовые возможности для журналистов и медиаорганизаций Узбекистана
Программа AGILE объявляет прием заявок на два грантовых конкурса:
Community Journalism Projects — до 15 000 евро на проекты в сфере общественной журналистики.
Collaborative Reporting Initiatives — до 13 000 евро на совместные проекты журналистов, СМИ и организаций гражданского общества.
Для заявителей из Узбекистана срок подачи заявок на оба конкурса — до 30 августа 2026 года.
Подать заявку можно только на один из двух грантов.
🔗Подробнее:
Community Journalism Projects
Collaborative Reporting Initiatives
4 515
Repost from Edu.uz
🎉 ERASMUS MUNDUS 2026: O‘ZBEKISTON UNIVERSITETLARI XALQARO LOYIHALARDA NAVBATDAGI MUVAFFAQIYATGA ERISHDI!
Yevropa Komissiyasi Erasmus+ dasturining 2026-yilgi Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) tanlovi natijalarini e'lon qildi. Joriy yilda 37 ta Erasmus Mundus qo‘shma magistrlik dasturi va 50 ta Erasmus Mundus Design Measures (EMDM) loyihasi moliyalashtirish uchun tanlab olindi.
➖ Quvonarlisi, O‘zbekistonning 3 ta oliy ta'lim muassasasi tanlangan EMJM loyihalarida hamkor sifatida ishtirok etmoqda:
SMARTLight – Smart LightWave technologies for 6G telecom systems 📍 Qarshi davlat texnika universiteti (TATU Qarshi filiali) ME3-4S – Erasmus Mundus Joint Master in Management and Engineering of Environment and Energy for a Sustainable Future 📍 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti CNE – Chemical Nano-Engineering 📍 Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti📊 2026-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 3 ta tanlangan EMJM loyihasida ishtirok etayotgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. 🌍 Erasmus Mundus qo‘shma magistrlik dasturlari dunyoning yetakchi universitetlari tomonidan birgalikda amalga oshiriladi va talabalarga bir nechta davlatlarda tahsil olish hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan stipendiyalarni qo‘lga kiritish imkoniyatini yaratadi. Yangi tanlangan dasturlar bo‘yicha talabalar qabuli 2026-yil kuzida boshlanadi, o‘qish esa 2027-yil sentyabr oyida start oladi. 👉 Rasmiy havola Batafsil Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4 515
Kimlardir faqat bayonot berish bilan band. Boshqalar o‘z delegatsiyalarini yuborish bilan cheklanadi. Kimdir esa suratga tushish uchun tashrif buyuradi. Yevropa Ittifoqi esa hamkorlikni kuchaytirish yo‘lida birgalikda ishlash uchun qoladi.
Saylovlarni kuzatish, muzokaralarda faol ishtirok etish, dunyoning turli nuqtalaridagi mojarolardan keyingi tiklanish ishlarini olib borish va demokratik islohotlarni qo‘llab-quvvatlash — haqiqiy sheriklik shunchaki ramziy ishora emas. U izchillikdir. U e'tibor markazida boshqa mavzular paydo bo'lganidan keyin ham yoningizda qolishdir.
Yevropa Ittifoqining yondashuvi ana shunday. Oson yo‘l bo‘lgani uchun emas. Ko‘magimizga ishongan insonlar - ertaga ham yolg‘iz qolmasligini, biz ularning yonida qolishimizni bilishlari kerak.
Ishonchli. Asl mohiyat ham shunda.
—
Одни ограничиваются заявлениями. Другие направляют свои делегации. Кто-то приезжает ради фотографии. Европейский Союз остаётся, чтобы вместе работать над укреплением партнёрства.
Наблюдение за выборами, участие в переговорах, содействие восстановлению стран после конфликтов и поддержка демократических реформ — настоящее партнёрство не ограничивается символическими жестами. Оно требует последовательности. Оно означает оставаться рядом даже тогда, когда внимание мира переключается на другие события.
Именно так действует Европейский Союз. Не потому, что это проще. А потому, что люди, которые рассчитывают на нашу поддержку, должны знать: завтра они не останутся одни. Мы будем рядом.
Надёжность. В этом и заключается главное.
4 515
Repost from National Erasmus+ Office Uzbekistan
🌐 Biz bilan bog‘lanish oson!
Sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishni istaysizmi? Unda biz bilan bevosita bog‘laning!
⏲ Ish vaqti: Dushanbadan Jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha
Bizning aloqa ma’lumotlarimiz:
📞 Telefon: +998712389918 📬 Email: neo@erasmusplus.uz 💬 Telegram: @erasmus_uz 📹 Instagram: erasmusinuzbekistan 🌐 LinkedIn: erasmusinuzbekistan 🟥 YouTube: erasmusinuzbekistan 🕸 Vebsayt: www.erasmus.uzSavolingiz bormi? Xech ikkilanmang – yozing, qo‘ng‘iroq qiling yoki ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating! Batafsil: https://erasmus.uz/publications/567-biz-bilan-bog-lanish-oson 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
4 515
Repost from Edu.uz
📣 ERASMUS+ CBHE 2026 NATIJALARI E'LON QILINDI!
2026-yilgi Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) tanlovi doirasida moliyalashtirish uchun tanlab olingan 180 ta loyihadan 11 tasi Markaziy Osiyodagi oliy ta’lim muassasalarini (OTM) o‘z ichiga oladi. Ulardan 9 tasi O‘zbekiston ishtirokida bo‘lib, 4 ta loyiha bo‘yicha O‘zbekiston yetakchi – Grantholder (muvofiqlashtiruvchi) sifatida qatnashmoqda:
🔹ALFRAGANUS UNIVERSITY (Erasmus+ CBHE UNI2CARE) 🔹Al-Xorazmiy universiteti (Erasmus+ CBHE WASTE-UZ) 🔹Jizzax politexnika instituti (Erasmus+ CBHE UzEcoDigiT) 🔹Farg‘ona davlat universiteti (Erasmus+ CBHE FOOD4FUTURE)Umumiy hisobda, O‘zbekistonning 17 ta OTMi (Toshkent, Xorazm, Buxoro, Andijon, Farg‘ona va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlaridan) ushbu loyihalarda ishtirok etmoqda. Markaziy Osiyo (Region 6) uchun ajratilgan umumiy byudjet taxminan 6,5 million yevroni tashkil etadi. Bundan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning 27 ta universiteti hamda tegishli vazirliklari ham ushbu loyihalarga jalb qilingan. 🆕 O‘zbekistondan 3 ta yangi OTM birinchi bor CBHE loyihalarida ishtirok etmoqda. Ularning 2 tasi davlat, 1 tasi esa xususiy OTMdir:
🔹Al-Xorazmiy universiteti 🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali 🔹Xalqaro Nordik universitetiMa’lumot uchun, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jami 2 ta loyihada ishtirok etmoqda. Shuningdek, 7 ta nonakademik tashkilot ham O‘zbekistondan ushbu loyihalarga jalb qilingan, jumladan:
🔹 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 🔹Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi 🔹O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi 🔹"NAZAR BUSINESS AND TECHNOLOGY" MChJ 🔹"KNOWLEDGE TRIANGLE AND INNOVATION" MChJ 🔹"TEXTILE STANDARD SERVICES" MChJ 🔹"NOVATECHNOLOGY" MChJ📊 Loyiha turlari: 🔘5 ta mintaqaviy loyiha:
UNI2CARE — O‘zbekiston va Tojikistonda bandlik va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun sun’iy intellektga asoslangan integratsiyalashgan kasbiy ekotizim GreenPath — Markaziy Osiyoda barqaror ko‘nikmalar, chidamli iqtisodiyotlar va yuqori sifatli yashil ish o‘rinlari uchun oliy ta’lim tizimlarini o‘zgartirish FOOD4FUTURE — O‘zbekiston va Qozog‘istonda oziq-ovqat iste’molchilari uchun sog‘lomroq tanlovlarni ta’minlash vositasi sifatida mahsulot tarkibini qayta shakllantirishni kuchaytirish GreenTex — Markaziy Osiyoda to‘qimachilik ta’limining barqaror va raqamli transformatsiyasida akademik mukammallik uchun yashil innovatsiyalar tarmog‘i DIETICA — Markaziy Osiyoda xalqaro talablarga muvofiqlashtirilgan dietologiya ta’limini rivojlantirish🔘2 ta milliy loyiha:
WASTE-UZ — Chiqindilar bo‘yicha xabardorlik, ko‘nikmalarni rivojlantirish va ta’lim — O‘zbekiston UzEcoDigiT — O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bakalavriat ta’lim dasturining yashil raqamli transformatsiyasi🔘2 ta mintaqalararo loyiha:
INSPIRE 21 — XXI asrda barqaror o‘sish uchun xalqaro hamkorlik va ko‘nikmalarni kuchaytirish DIGI4ENERGYS — Qayta tiklanuvchi energetika muhandisligi ko‘nikmalari uchun raqamlashtirish🔗 Batafsil tanlov natijalari bilan tanishing: Havola Batafsil 👈 🔁 English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4 515
Biz harakat qilishdan avval yaxshilab o‘ylaymiz. Chunki zimmamizdagi mas’uliyatni bizga ishonib topshirgan insonlar aynan shunga loyiq.
Biz har bir ishni puxta va to‘g‘ri bajarishga alohida e’tibor qaratamiz. Yevropa Ittifoqi dunyo bo‘ylab hamkorlari bilan tinchlikni qo‘llab-quvvatlash, ko‘p tomonlama institutlarni mustahkamlash hamda barchamizni himoya qiladigan xalqaro qoidalarni himoya qilish yo‘lida hamkorlik qiladi. BMT bilan hamkorlik, fuqarolik va harbiy missiyalar orqali muloqot va barqarorlik eng ko‘p sinovdan o‘tadigan hududlarda ham faol ishtirok etamiz.
Bu shunchaki ramziy ishora emas, balki yillar davomida amalda isbotlangan ishonchlilikdir.
Ishonchli. Asl mohiyat ham shunda.
—
Мы действуем только после того, как всё тщательно продумали. Потому что люди, перед которыми мы взяли на себя эти обязательства, заслуживают не меньшего.
Вместе мы уделяем время тому, чтобы всё было сделано правильно. Европейский Союз сотрудничает с партнёрами по всему миру, поддерживая мир, укрепляя многосторонние институты и отстаивая правила, которые защищают всех нас. Благодаря сотрудничеству с ООН, а также гражданским и военным миссиям мы работаем там, где диалог и стабильность проходят самые серьёзные испытания.
Не разовый жест, а подтверждённая делами репутация.
Надёжность. В этом и заключается главное.
4 515
+5
Botlarning o‘z fikri yo‘q. Ammo ular o‘zini insondek ko‘rsatishni tobora yaxshiroq uddalamoqda.
Botlar nima qila oladi?
•"Hamma bir fikrda" degan taassurot uyg‘otadi
• Izohlar va kontentni ommaviy ishlab chiqaradi
• Keskin va bahsli postlarning tarqalishini kuchaytiradi
• Dezinformatsiyani tarqatadi
Botlar qurshovida qolsangiz, "hamma shunday o‘ylaydi", deb ishonishni boshlashingiz oson.
Botlarga aldanmang.
—
У ботов нет собственного мнения, но они всё лучше умеют выдавать себя за людей.
Что могут делать боты?
• Создавать впечатление, что «все согласны»
• Массово создавать комментарии и контент
• Усиливать распространение радикальных и провокационных публикаций
• Распространять дезинформацию
Когда вас окружают боты, легко поверить, что «все думают именно так».
Не дайте ботам себя обмануть.
#SpotTheBot
4 515
Repost from FAO in Uzbekistan
+2
🔈 FAO va Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda Fermerlar dala maktablari orqali barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlamoqda
💭 2026-yil aprel oyidan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Yevropa Ittifoqining (YI) moliyaviy ko‘magi ostida Xavfli kimyoviy moddalarni samarali boshqarish uchun texnik ko‘maklashish loyihasi doirasida Fermerlar dala maktablari faoliyatini amalga oshirmoqda. Tashabbus 2026-yil dekabr oyigacha davom etadi hamda O‘zbekistonning to‘rtta hududida – Farg‘ona viloyatida bitta, Namangan viloyatida bitta va Jizzax viloyatida ikkita Fermerlar dala maktabida joriy etilmoqda. Har bir maktabda issiqxona sharoitida pomidor, bodring, qalampir va boshqa sabzavot ekinlarini yetishtiruvchi 15 nafar kichik fermer ishtirok etmoqda.
🖥 2026-yil iyun oyida FAO Fermerlar dala maktablari ishtirokchilari uchun dala kunlari va tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tashkil etdi. Ushbu tadbirlar fermerlarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, o‘simliklarni himoya qilishning barqaror usullarini keng targ‘ib etishga xizmat qildi. Interaktiv mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, daladagi kuzatuvlar natijalarini tahlil qilish hamda mahalliy sharoitga mos ilg‘or agrotexnik usullar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi vakili Roberto Aparisio ham tashrifda ishtirok etib, mazkur tashabbusning ahamiyati hamda FAO va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistonda qishloq taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash borasidagi mustahkam hamkorligini alohida e’tirof etdi.
🔗 Batafsil
------
🔈 FAO and the European Union promote sustainable agriculture through Farmer Field Schools in Uzbekistan
💭 Since April 2026, the Food and Agriculture Organization of the United Nations (FAO), with financial support from the European Union (EU), has been implementing Farmer Field School (FFS) activities under the project Technical Assistance for Sound Management of Hazardous Chemicals. The initiative will run until December 2026 and is being conducted at four FFS sites in Uzbekistan: one in Fergana Region, one in Namangan Region and two in Jizzakh Region. Each school includes 15 smallholder farmers growing tomatoes, cucumbers, peppers and other vegetable crops in greenhouses.
🖥 In June 2026, FAO organized field days and preparatory sessions for FFS participants to strengthen farmers’ practical knowledge and promote sustainable plant protection practices. The interactive events provided an opportunity for farmers to exchange experiences, analyse field observations and learn improved cultivation techniques adapted to local conditions. A representative of the Delegation of the European Union to Uzbekistan, Roberto Aparicio, also joined the visit, highlighting the importance of the initiative and the strong partnership between FAO and the European Union in supporting rural development in Uzbekistan.
🔗 Read more
🌐Facebook 💎Telegram 🌎Website
4 515
Repost from FAO in Uzbekistan
+2
🔈 FAO va Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda Fermerlar dala maktablari orqali barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlamoqda
💭 2026-yil aprel oyidan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Yevropa Ittifoqining (YI) moliyaviy ko‘magi ostida Xavfli kimyoviy moddalarni samarali boshqarish uchun texnik ko‘maklashish loyihasi doirasida Fermerlar dala maktablari faoliyatini amalga oshirmoqda. Tashabbus 2026-yil dekabr oyigacha davom etadi hamda O‘zbekistonning to‘rtta hududida – Farg‘ona viloyatida bitta, Namangan viloyatida bitta va Jizzax viloyatida ikkita Fermerlar dala maktabida joriy etilmoqda. Har bir maktabda issiqxona sharoitida pomidor, bodring, qalampir va boshqa sabzavot ekinlarini yetishtiruvchi 15 nafar kichik fermer ishtirok etmoqda.
🖥 2026-yil iyun oyida FAO Fermerlar dala maktablari ishtirokchilari uchun dala kunlari va tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tashkil etdi. Ushbu tadbirlar fermerlarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, o‘simliklarni himoya qilishning barqaror usullarini keng targ‘ib etishga xizmat qildi. Interaktiv mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, daladagi kuzatuvlar natijalarini tahlil qilish hamda mahalliy sharoitga mos ilg‘or agrotexnik usullar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi vakili Roberto Aparisio ham tashrifda ishtirok etib, mazkur tashabbusning ahamiyati hamda FAO va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistonda qishloq taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash borasidagi mustahkam hamkorligini alohida e’tirof etdi.
🔗 Batafsil
------
🔈 FAO and the European Union promote sustainable agriculture through Farmer Field Schools in Uzbekistan
💭 Since April 2026, the Food and Agriculture Organization of the United Nations (FAO), with financial support from the European Union (EU), has been implementing Farmer Field School (FFS) activities under the project Technical Assistance for Sound Management of Hazardous Chemicals. The initiative will run until December 2026 and is being conducted at four FFS sites in Uzbekistan: one in Fergana Region, one in Namangan Region and two in Jizzakh Region. Each school includes 15 smallholder farmers growing tomatoes, cucumbers, peppers and other vegetable crops in greenhouses.
🖥 In June 2026, FAO organized field days and preparatory sessions for FFS participants to strengthen farmers’ practical knowledge and promote sustainable plant protection practices. The interactive events provided an opportunity for farmers to exchange experiences, analyse field observations and learn improved cultivation techniques adapted to local conditions. A representative of the Delegation of the European Union to Uzbekistan, Roberto Aparicio, also joined the visit, highlighting the importance of the initiative and the strong partnership between FAO and the European Union in supporting rural development in Uzbekistan.
🔗 Read more
🌐Facebook 💎Telegram 🌎Website
4 515
Repost from UNDP Uzbekistan
+6
📍Gender zo‘ravonligining oldini olish zararli ijtimoiy qarashlar va me’yorlarni o‘zgartirishdan boshlanadi.
🤝 Bugun O‘zbekiston hukumati, Yevropa Ittifoqi, UNDP, UNFPA, UN Women hamda milliy hamkorlar vakillari Yevropa Ittifoqi va BMTning "Gender tengligiga erishish uchun zararli qarashlar va me’yorlarga qarshi kurashish (CHANGE)" ko‘p mamlakatli dasturi doirasidagi O‘zbekistondagi muvofiqlashtiruvchi uchrashuvda ishtirok etdilar.
🎯 Uchrashuvda gender zo‘ravonligining ildiz sabablarini bartaraf etish, zararli ijtimoiy me’yorlarni o‘zgartirish hamda ayollar va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
🌍 Shuningdek, dastur doirasidagi uch ustuvor yo‘nalish — ijtimoiy me’yorlarni o‘zgartirish, fuqarolik jamiyati salohiyatini mustahkamlash va ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlar muvofiqlashtirildi. Birgalikda biz zo‘ravonlikdan xoli, teng va inklyuziv jamiyat sari harakat qilmoqdamiz.
- - - -
📍 Изменение вредных социальных норм — один из ключевых шагов к предотвращению гендерного насилия и построению более справедливого и равноправного общества.
🤝 Сегодня представители Правительства Узбекистана, Европейского союза, ПРООН, ЮНФПА, структуры «ООН-женщины» и национальных партнёров собрались на координационную встречу Многострановой программы ЕС и ООН «Преодоление вредных установок и социальных норм во имя гендерного равенства (CHANGE)» в Узбекистане.
🎯 В центре обсуждения были вопросы укрепления сотрудничества для устранения коренных причин гендерного насилия, трансформации вредных социальных норм, а также продвижения прав и расширения возможностей женщин и девочек.
Участники также согласовали дальнейшие совместные действия по трём ключевым направлениям программы: изменение социальных норм, укрепление гражданского общества и расширение экономических возможностей женщин.
🌍 Вместе мы создаём более равноправное, инклюзивное общество, свободное от насилия.
#CHANGE
4 515
Tabriklaymiz, Ispaniya! 🏆🇪🇸
Sizlar #FIFAWorldCup 2026 turnirini boshidan oxirigacha ajoyib tarzda o‘tkazdingiz.
Butun Yevropa bu g‘alabani sizlar bilan birga nishonlamoqda! 🇪🇸🇪🇺
—-
Поздравляем, Испания! 🏆🇪🇸
Вы провели великолепный чемпионат мира #FIFAWorldCup 2026 — от первого до последнего матча.
Сегодня Европа празднует эту победу вместе с вами 🇪🇸🇪🇺.
4 515
+3
Internetda ko‘rayotgan har bir narsangiz ortida haqiqiy inson bo‘lavermaydi.
Internetdagi trafikning qariyb yarmi botlar hissasiga to‘g‘ri kelishi mumkin. 🤖
Ularning katta qismi esa zararsiz emas. Ular spam tarqatish, manipulyatsiya qilish va tizimlar faoliyatini izdan chiqarish uchun yaratilgan.
Botlarga aldanmang.
—
Не всё, что вы видите в интернете, создано или опубликовано реальными людьми.
До половины всего интернет-трафика может приходиться на ботов. 🤖
И значительная часть из них вовсе не безобидна. Они созданы для рассылки спама, манипулирования общественным мнением и нарушения работы систем.
Не дайте ботам себя обмануть.
#SpotTheBot
4 515
+3
🇪🇺 Bryusselda Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha 13-Oliy darajadagi muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari vakillari strategik sheriklikni mustahkamlash, mintaqaviy va global xavfsizlik, shuningdek, chegaralarni boshqarish, terrorizmga qarshi kurash, kiberxavfsizlik, transport, energetika va raqamli transformatsiya sohalaridagi hamkorlikni muhokama qildilar.
Yevropa Ittifoqi xalqaro huquq, qonun ustuvorligi va davlatlar suverenitetiga hurmat tamoyillari asosida Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.
🔗 Batafsil
—
🇪🇺 В Брюсселе состоялся 13-й Диалог высокого уровня ЕС – Центральная Азия по вопросам политики и безопасности.
Представители ЕС и стран Центральной Азии обсудили укрепление стратегического партнёрства, региональную и глобальную безопасность, а также сотрудничество в сферах управления границами, борьбы с терроризмом, кибербезопасности, транспортной взаимосвязанности, энергетики и цифровой трансформации.
ЕС подтвердил свою приверженность дальнейшему развитию партнёрства с Центральной Азией на основе международного права, верховенства закона и уважения суверенитета государств.
🔗 Подробнее
#EU4UZ
4 515
Repost from National Erasmus+ Office Uzbekistan
💡Erasmus+ loyihasi bo‘yicha hamkorlar qidiryapsizmi?
Agar sizda loyiha taklifi bo‘lsa va hamkorlar qidirayotgan bo‘lsangiz, Mahalliy hamkor izlovchi yordamga tayyor! 🌍
🔗 Bu yerda ehtimoliy hamkorlar bilan tanishing:
Mahalliy hamkor topish jadvali
💳 Ishtirok etishni xohlaysizmi?
Aloqa ma’lumotlaringizni quyidagi shaklni to‘ldirish orqali NEO veb-saytiga joylashtiring:
Ariza havolasi
Keling, birgalikda yanada mustahkam hamkorlik o‘rnatamiz!
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
