Engineering Notes
前往频道在 Telegram
Kanalda asosan backend engineeringga oid postlar yozib boriladi. Ba'zi postlarda xatoliklar bor. Postlar foydali bo’lgan bo’lsa adminni duo qilib qo’ying. Rahmat. Contact: @Bobosher_Musurmonov LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov
显示更多2 573
订阅者
+524 小时
+57 天
+2030 天
帖子存档
2 573
#quiz
What is the result of running the code above?
Comment your answer and explain, if possible.
2 573
OS development bo'yicha tajribam yo'q, lekin bir savol o'ylantirayapti. Nega Linuxda to'g'ridan-to'g'ri boshqa core image bilan process create qilishning iloji yo'q? Nega avval
fork orqali parent processni duplicate qilib, keyin exec orqali imageni almashtirish kerak? Men ko'rgan caselarda har doim process fork qilinganidan keyin child process core image baribir o'zgartirilgan.
Javobingizni commentda qoldirsangiz xursand bo'lardim.2 573
Atrofingizga qarang, qanday ahvoldamiz. Bizni ilmsizlik shu holga olib keldi va faqatgina ilm qutqaradi. Bizni umrini kasbiga bag'ishlagan o'qituvchilargina qutqara oladi.
Bugun o'qituvchilar bayrami. Imkoningiz bo'lsa, o'qituvchilaringizni ko'rgani boring, bo'lmasa telefon qilib tabriklang. Muvaffaqiyatlaringizni ayting. O'qituvchingizning mehnati bekor ketmayotganini ko'rsating. Ularni xursand qiling. Zero, ular taslim bo'lsa xalqni hech kim ilmsizlikdan qutqara olmaydi.
2 573
Nom berish bo'yicha dasturchilarga keladigani bo'lmasa kerak:
— Har xil paradigmlarni support qiladigan dasturlash tili yaratdik, nima deb nom qo'yamiz?
— CPL, Combined Programming Language (aralash dasturlash tili) deb nom qo'yamiz.
— CPLning oddiyroq variantini ishlab chiqdik, nima deb nom beramiz?
— BCPL, Basic (oddiy) CPL deb ataymiz.
— Bu til BCPLning juda cheklangan ko'rinishi, nima deb nomlaymiz?
— Cheklangan BCPL? Unda qisqa qilib B deb ataymiz.
— B tilining davomchisini ishlab chiqdik, qanday nomlaymiz?
— B ning davomi? C bo'laqolsin. (Alphabetda B dan keyin C keladi)
— C tiliga yangi xususiyatlar qo'shdik, bunisini nima deb ataymiz?
— C ning ustiga qo'shilgan? Unda C++ deb ataymiz.
P.S. Bugun men uchun asosan tarix darsi bo'ldi.
2 573
UNIX nega bunday atalishiga hech qiziqib ko'rganmisiz?
1964-yilda MIT, Bell Labs va General Electric birgalashib MULTICS (Multiplexed Information and Computing Service) tizimini ishlab chiqishadi. MULTICS hozirgi operatsion tizimlarning eng katta bobolaridan.
1969-yili Bell Labs loyihadan chiqib ketishi natijadasida Bell Labs mutaxassislaridan biri Ken Thompsonning MULTICSga bog'liq ilmiy izlanishlari to'xtab qoladi. Shunda Ken o'zi uchun MULTICSning kichkinagina versiyasini yozib chiqishga qaror qiladi. Bir kuni Kenning bir hamkasbi hazillashib "Bu dasturing xuddi MULTICSga o'xshar ekan, faqat bir vaqtda ko'p ishni (MULTiplexed) emas, bitta ishni (UNiplexed) qila oladi. Bundan chiqdi dasturingning nomi UNICS ekan" deydi.
Shu-shu tizim nomi UNICS bo'lib qoladi. Talaffuzi sabab keyinchalik "CS" "X" ga o'zgarib UNIX bo'ladi.
2 573
Boya StackOverflow ham ishlamayotgan edi, hozir ikkalasi ham ishlayapti. CloudFlareda network bo'yicha muammo bo'layapti ekan, shunga deb umid qilaman.
2 573
OSlar olamiga endi kirib kelayotganlar uchun manetta yaxshi series boshlanibdi. Ozgina teoriya o'rganib, endi shu narsalarning qanday ishlashini sinab ko'rmoqchi bo'lganlar uchun yaxshi boshlash joyi menimcha.
https://youtube.com/playlist?list=PLP29wDx6QmW4Mw8mgvP87Zk33LRcKA9bl&si=-p6CGMqR3DShJ5tn
2 573
Anchadan beri o'ylab kelgan savolimga vanihoyat javob oldim (aniqrog'i, taxminim to'g'ri bo'lib chiqdi).
Source: Modern Operating Systems, 4th edition
2 573
Anaqqisa, yana mock technical interview olishni boshladim. O'zbekiston IT bozori talablari doirasida junior va middle darajalari uchun. Yo'nalish – Backend (Python). Interviewda aynan qaysi jihatlar yoki qaysi texnologiyalarga ko'proq fokus qilishni tanlashingiz mumkin. Interviewdan keyin batafsil feedback beriladi va resurslar tavsiya qilinadi. Qiziq bo'lsa mockint.uz saytiga kirib, yozilishingiz mumkin.
Reklama
2 573
Problem:
Give 4 different path names for the file
/etc/passwd
Me:
/etc/passwd
/etc/./passwd
/etc/././passwd
/etc/./././passwd2 573
1988-yilda o'sha vaqtdagi keng tarqalgan OSlar orasida cross-platform file system yaratish uchun ISO 9660 standardi ishlab chiqiladi. Eskiroq va soddaroq OSlar ham support qila olishi uchun ISO 9660 da cheklovlar ancha ko'p bo'lgan. Bu cheklovlarning ko'pchiligiga Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan MS DOS sabab bo'ladi: Microsoft yangi standard o'sha vaqtda ancha kuchsiz bo'lgan MS DOSni ham support qilishi kerak deb turib oladi.
1995-yilda Microsoft ISO 9660 uchun Joliet nomli extension ishlab chiqadi. Sabab sifatida esa ISO 9660 da cheklovlar juda ko'pligi ko'rsatiladi...
Standardlashtirayotganda o'zlari limitlab, keyin o'zlari norozi bo'lishadi.
Microsoft☕️
2 573
O'zim cloud engineeringning unchalik muxlisi bo'lmasam ham cloud providerlarning qiladigan ishi men uchun juda qiziq. Yaqin kelajakda juda AWS yoki Azure bo'lmasa ham kichikroq cloud providerda ishlab ko'rish niyatim bor.
