Engineering Notes
前往频道在 Telegram
Kanalda asosan backend engineeringga oid postlar yozib boriladi. Ba'zi postlarda xatoliklar bor. Postlar foydali bo’lgan bo’lsa adminni duo qilib qo’ying. Rahmat. Contact: @Bobosher_Musurmonov LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov
显示更多2 527
订阅者
+224 小时
+27 天
-1830 天
帖子存档
2 526
1. The cake was baked by my sister for my birthday.
2. The book was written by a famous author.
3. The window was broken by a stray ball.
4. The news was announced by the president on national television.
5. The house was decorated with festive lights for the holidays.
6. The car was repaired by a skilled mechanic.
7. The package was delivered by the mailman this morning.
8. The flowers were planted by my grandmother in the garden.
9. The painting was created by a talented artist in the 19th century.
10. The food was cooked by a professional chef in the restaurant kitchen.
2 526
1. Tortni singlim pishirgan.
2. Xat tez orada men tomonidan yuboriladi.
3. Taomni oshpaz tayyorlagan.
4. Konsert chiptasini do'stim sotib olgan.
5. Kitob mashhur muallif tomonidan yozilgan.
6. Daraxtni bog‘bon ekgan.
7. Uyni xizmatchi tozalagan.
8. Mashinani mexanik ta'mirlagan.
9. Paket kurer tomonidan yetkazib berildi.
10. Film mukofotga sazovor bo'lgan rejissyor tomonidan suratga olingan.
2 526
Matritsa rangi
Lokal universitetlarda aniq fanlar yoki muhandislik yo'nalishida o'qiydigan tanishlarim bilan tez-tez fikr almashib turamiz. Shunday suhbatlarda men kamida 2 marta duch kelgan mavzu "Matematik matritsaning rangini hisoblash" bo'lgan. Ingliz tilida bu bo'yicha umuman ma'lumot topa olmaganimdan keyin nimaligiga ham, qanday hisoblanishiga ham e'tibor bermagandim.
Bugun 2021-yil TATU talabasi tomonidan openscience.uz'da chop qilish uchun kiritilgan "Methods for calculating the color of the matrix" nomli ilmiy maqolaga ko'zim tushib qoldi. Maqola o'zbek va ingliz tillarida yozilgan.
Maqolada matritsa rangini hisoblash formulasi deb determinantlar yordamida matritsa "rank"ini* hisoblash formulasi ko'rsatilgan ekan. Tushundim. "Rang" so'zi "rank"ning o'zbekcha talaffuzidan kelib qolgan ekan. Undan ham yomoni maqolaning inglizcha versiyasida bu so'z "color" deb tarjima qilingan.
Avval kuldim, keyin achindim. Boshqa tildagi adabiyotdan tarjima qilishdagi kichkina xatolik sabab o'zbek tilidagi matematik adabiyotlarga umuman noto'g'ri termin va tushuncha kirib qolgan. Va bu yagona holat emas.
Biologiyaga oid adabiyotlarda shunga o'xshash jiddiy xatoliklar borligi haqida eshitgandim. Lekin matematikada bu holatga birincha marta duch keldim.
Xulosa qilsak, fanga hissa qo'shishning mas'uliyati juda katta. Kichkinagina xato ham boshqalar uchun qimmatga tushishi mumkin.
*Matritsada rank, ya'ni daraja deb nomlangan xususiyati bo'lib, matritsa ustunlari yordamida yasalgan vector-space o'lchamini, boshqacha qilib aytganda matritsadagi mustaqil ustunlar sonini ifodalaydi.
P.S. Shuning uchun ham ingliz yo rus tilidagi manbaalardan foydalanishni tavsiya qilaman.
P.S.2 Muallifni hurmat qilgan holda maqolaga link bermayman.
2 526
Repost from Sardor Dushamov | PHP
Qarang…
1988-yilda matematika oʻqituvchilari va boshlang’ich sinf ustozlari kalkulyatorga qarshi norozilik bildirib namoyishga chiqqan ekan.
O’sha payt yoshlarning bilimini qay ahvolga kelishini sezgan boʻlishsa kerak…
Mana hozir biror joyda jamoviy ovqatlansa umumiy 160 000 so’m to’lov kelsa, 4 kishiga qanchadan tushishini bilishga darrov telefonidagi kalkulyatorga yopishadigan avlod paydo bo’ldi.
Yaponiya, Koreya va Xitoy kabi mamlakatlar hozir qadimda hisoblashda keng foydalanilgan abakusda hisoblashni ta’limga qaytarishga urinishmoqda.
2023-yilda o’qituvchilar endi ChatGpt’ga qarshi namoshish o’tkazsa kerak.
Bu sun’iy intellektga asoslangan texnologiya kalkulyatorlarga qaraganda ming karra xavfliroq.
Chunki ChatGPT insonlardan fikrlash va o’ylash kabi qobiliyatlarni tortib olmoqchi…
Abdulloh Karimov sahifasidan
2 526
Ilm-fan va mantiq doim ham bir-biriga mos kelavermaydi. Umunan olganda, ilm-fanning asosiy maqsadi ham biz mantiq deb biladigan tushunchalar to'plamini boyitib va aniqlashtirib borish.
Masalan, 1000 yil oldin yer quyosh atrofida aylanadi degan fikr deyarli hech kimning mantig'iga to'g'ri kelmas edi. Bunga sabab o'sha vaqtda olam boshqacha bo'lgani emas, balki bizning olam haqidagi bilganlarimiz hozirgidan ko'ra kamroq bo'lganida.
Demak, bugun eng kuchli olimlar bosh qotirayotgan savollarning javobi ham bir kun kelib hatta bog'cha bolasi ham tabiiy qabul qiladigan haqiqatga aylanishi mumkin.
Qisqasi, keyingi safar umuman mantiqqa to'g'ri kelmaydigan ilmiy g'oyani ko'rganingizda tosh otishga shoshilmang.
@boboshersnotes
2 526
"I think the lack of reusability comes in object-oriented languages, not in functional languages. Because the problem with object-oriented languages is they've got all this implicit environment that they carry around with them. You wanted a banana but what you got was a gorilla holding the banana and the entire jungle."
© Joe Armstrong
P.S. OOPga har xil tomondan qarab ko'rishga harakat qilayapman, hate qilmanglar ))
2 526
CURL 25 yilligi munosabati bilan 8.0.0 versiyasini chiqaribdi. Daniel akaga qoyil.
Oldik ☕️
2 526
Repost from Programmer Humor
[Other] Remember when you became a Dev dreaming to make useful open-source stuff to make lives easier? Where are you now? What are you doing?
https://redd.it/11wbrxo
by @programmer_humor
2 526
Vaziyat haqida qisqacha:
https://t.me/yurionblog/247
https://t.me/yetimdasturchi/1485
https://t.me/vodiylik/299
https://t.me/sariqdev/1499
2 526
Muxlisa va MohirAI jamoalari orasidagi vaziyatni kuzatib borayapman. Foydalanuvchi sifatida men sog'lom raqobat tarafdoriman. Shaxsiyatga o'tish, kommentda bir-birining ustiga mag'zava ag'darishga har qanday holatda ham qarshiman (qaysi tomon haq bo'lsa ham).
Adashmasam, ertaga Uzinfocom ofisida ko'rishib gaplashib olishga kelishishdi. Oradagi ziddiyat tugab, yaxshi yangiliklar chiqishiga umid qilaman.
2 526
"Object-oriented programming is an exceptionally bad idea which could only have originated in California."
© Edsger Dijkstra
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
