ch
Feedback
Engineering Notes

Engineering Notes

前往频道在 Telegram

Kanalda asosan backend engineeringga oid postlar yozib boriladi. Ba'zi postlarda xatoliklar bor. Postlar foydali bo’lgan bo’lsa adminni duo qilib qo’ying. Rahmat. Contact: @Bobosher_Musurmonov LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov

显示更多
2 522
订阅者
+324 小时
-27
-2130
帖子存档
Oxirgi bir haftadan beri Youtubedagi ko'pchilik videolar web (desktop) clientda 19-sekundga kelib qotib qolayapti, refresh qilgandan keyin ishlab ketadi. Boshqa devicelarda ham xuddi shu deviceda anonymous sessionda ham bu muammo chiqmadi (qandaydir change A/B testda bo'lsa kerak). Yana kimdadir shu muammo chiqdimi?

Me: My OS updater is broken, how do I fix it? ChatGPT: Update the OS, it should automatically fix your updater. Me: ...

Bugunga yetarli asabbuzarlik qildik, endi dam olish uchun quiz: Sizda 2 ta batareyka ketadigan chiroq (fonar) va ko'rinishi bir xil bo'lgan 8 ta batareyka bor. Batareykalardan 4 tasi ishlaydi, 4 tasi ishlamaydi. Chiroq yonishi uchun unga 2 ta (ikkalasiyam) ishlaydigan batareyka qo'yish kerak. Savol: 2 ta ishlaydigan batareykani topish uchun eng ko'pi bilan necha marta test qilib ko'rish yetarli bo'ladi? Ikkita ixtiyoriy batareykani chiroqqa qo'yib tekshirib ko'rish bitta test hisoblanadi va oxirgi, ikkita ishlaydigan batareykani tanlab qo'yib ko'rish ham test sifatida sanaladi.

Noldan boshlab ikkinchi turga qarab harakat qilish uchun men biladigan ikkita variant bor: Universitet va self-study. Hozir ko'pchilikka yoqmaydigan gap aytaman. Bizdagi o'quv markazlarida bularni o'rganishning shunchaki iloji yo'q. Nima qilsangiz ham o'quv markazlari rasvosi chiqib bo'lgan o'rta ta'limning qaysidir darajada o'rnini bosish uchun qurilgan sistema. O'quv markazida computer siencedagi formalizatsiya, tartiblangan sistema yo'q. Bo'lmaydi ham, sababi bunaqa sistema o'rnatish uchun 2-3 yillik kurslar bo'lishi kerak, xuddi universitetdagidek. Kecha "4 yillik universitetdan ko'ra 6 oylik kursimizda ko'proq narsa o'rganasiz" deb reklama qilib bugun o'zi universitet sistemasini qo'llash uchun eng oldin uyalmaydigan, qalin bashara kerak bo'ladi. Keyin universitet ochib unda o'quv markazlarining programmasini o'tishdan ham foyda yo'q. Masalan, IT Park University va PDP University xuddi shu ishni qilayapti hozir. Yaxshi universitetda o'qish. O'sha ko'pchilik keraksiz deb hisoblayotgan universitetdagi fanlar aslida dasturlashning asosini tashkil qiladi. Plus, u yerda ertaga pul topish birinchi planga chiqarilmaydi. Pulni vaqtincha hayoldan chiqarib, sohaning o'zini o'rganishga imkoniyat bo'ladi. Self study. Faqat tutoriallar, computer science asoslari o'rgatiladigan lecturelar va sohasini yaxshi tushunadigan odamlarning talklarini ko'rish orqali. Lecturelar uchun boshlanishiga Youtubedagi Harvard yoki MIT recorded lecturelari yaxshi variant.

Ikkita turdagi dasturchilar bor: Birinchisi sohadan faqat tirikchilik qiladiganlar va ikkinchisi shu bilan birga sohaning o'zini rivojlantiradiganlar. O'quv markazlarga va kurs yozadigan ustozlarga iltimos: mayli, ularni birinchi toifaga kirishga tayyorlang, lekin hech bo'lmasa ikkinchi toifa ham borligini va dasturlashni dasturlash qilib turganlar aynan o'shalar ekaniniyam eslab o'tinglar.

Hozirgina Telegram MacOS desktopda qiziq bug ko'rib qoldim. Telegraph articleni instant viewerda ochib, exit bosilsa black full screenga o'tib qolayapti. Qachondir Telegram appda (platformasi esimda yo'q) instant viewer bilan bog'liq bug bor deb eshitgandim, lekin nimaligiga qiziqib ko'rmagandim. Bu o'sha bugmi yoki boshqami?

Va shaxsan men bunaqalarni haligi infolo'ttivozlardan ham xavfliroq deb hisoblayman davlat uchun. Soxta biznes trenerlar sodda odamlarning ishonchiga kirib, sodda xalqni shilgan bo'lsa bular davlatning ishonchiga kirayapti.

Oxirgi paytlarda 1-2 ta o'zi ham tushunmaydigan conference yoki hackatonlarda qatnashib, o'zini zo'r mutaxassis deb hisoblaydiganlar ko'payib ketayapti. Umrida bir qator kod yozmagan IT project managerlar, matematikani bilmaydigan AIchilar, bittagina prezentatsiya bilan falon so'm yutib olgan ixtirochilar, umrida startup qilib ko'rmagan startup maslahatchilar, ... . 2-3 tasi bilan gaplashib ko'rdim, nuqul osmondan keladi, lekin gapida ma'no yo'q. Lekin shular mediaga chiqib oddiy xalq tushunmaydigan 2-3 ta termin qo'shib gapirsa odamlar "o'g'lim/qizim shunga o'xshasin" deb comment yozadi. Menga nima, o'zlarini xursand qilib yuraversin deyman-u, lekin hamma e'tibor shularda bo'lgani uchun aslida qo'lidan ish keladigan yoshlar soyada qolib ketayapti. Aslida shu qo'lidan ish keladigan qatlam haqli bo'lgan imkoniyatlar haligi "mutaxassis"larga berilib, bir tiyinga qimmat ishlarga sovurilib ketayapti. Bu postni ko'rolmaslik deb hisoblasangiz, mayli, shunday bo'lsin.

3 kishi tanlab, kursga access berildi. Kimlar yutganini commentda ko'rsangiz bo'ladi. Hammaga rahmat.

Bu kursning o'rniga 3 kishiga Jahongir akaning "Building your own Python web framework" kursini sovg'a qilmoqchiman. Bu kurs sizga nega kerakligi haqida qisqa komment qoldiring. 1 bet insho shart emas, 1-2 ta gap yetadi. Ertaga kursni so'raganlar orasidan 3 kishini tanlab olaman.

Dasturlash sohasiga oid o'zbekcha resurslarni ko'paytirish tarafdoriman, lekin terminlarni ko'r-ko'rona tarjima qilishga qarshiman. Database – berilganlar ba'zasi, list – ro'yxat, class – toifa, bunaqa terminlarni tarjima qilish butunlay keraksiz va cringe deb hisoblayman. Bir ustozim aytgandi, 89-yil o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganidan keyin shunchalik "o'zbeklashib" ketganmiz-ki, gazetalarda traktor "o'rmalovchi" deb nomlanishni boshlagan deb. Bizda ham ba'zi terminlarni "o'rmalovchi" qilib yuborishayapti.

6-7 oydan beri LinkedInga kirmayotgandim, bugun kirib kirib ko'rdim. Cringe bo'yicha TikTokdan ham o'tib ketibdi.

Oldinroq Husseinning OS kursini 3-4 kishiga sovg'a qilaman degandim. Kursning sifatini ko'rib bu kursni yana 3-4 kishiga olish unchalik yoqmayapti. Nimani tavsiya qilasizlar?

Great overview of convolution neural networks: https://www.youtube.com/watch?v=UZDiGooFs54

Ko'pchilik adashadigan narsa Jahongir aka aytayotgan ishini yoqtirmaslik bilan o'z ishiga "passion" yo'qligi orasida katta farq borligi. Ba'zilar bir sohaga kirib, ozgina vaqtdan keyin bu soha mengamas ekan deb chiqib ketadi. Buni qanday bilding deb so'rasangiz "falonchi akaga o'xshab maza qilib o'rgana/ishlay olmadim" deydi, ya'ni harakat qilsa qo'lidan keladi lekin passion yo'q. Menimcha sohaga haqiqiy mehr (ya'ni ular izlayotgan passion) shu sohaga minglab soat vaqt sarflagandan keyin, vaqt o'tishi bilan keladi. Masalan, men biznesni yoqtirmayman, lekin 3-4 yil shu sohada qattiq mehnat qilsam ishonchim komil, ishimdan rohat olishni boshlayman. Bu men aytgan passion yetishmasligi. Lekin masalan, 3-4 yil filolog bo'lib ishlasam ham baribir bu soha yoqmaydi keyinchalik ham. Yoki Chomskyga o'xshab linguistikani ham konkret model sifatida ko'rishni boshlayman😂

Knowledge of the day: Ham sandwich theorem

Yaqinda kimdir shu mavzuda savol so'ragandi, hozir kimligini eslay olmaganim uchun linkni kanalga qo'yayapman. https://youtu.be/7G4ipM2qjfw?si=bbX58y4sHJd5Gd1e

Repost from samdark blog
👷Microservices are not silver bullet 👎 You likely don't need microservices if: 1. You aren't ready to handle increased comp
👷Microservices are not silver bullet 👎 You likely don't need microservices if: 1. You aren't ready to handle increased complexity: more infrastructure💰, more error handling, extra tools for debugging and logging 🧠 2. You aren't familiar with bounded contexts and think that "micro" in a microservice is about "doing one job" 🤯 3. You have no problems that microservices solve. 👍 You likely need microservices if: 1. You have multiple teams working on the same code base and there are constant conflicts. Responsibilities are not clear 😖 2. Some parts of the systems have slightly different performance and durability requirements ⚡️ 3. The system overall is too complex so you need big abstractions 🧠 4. You want part of the system to use different tech stack. #microservices #architecture

Universitet tomonidan tashkillashtirilgan "Integrable Systems Related to Reflection Groups in Algebra, Geometry and Topology" mavzusida o'tkazilayotgan yozgi maktabda qatnashayapman. Anchadan beri pure math bilan shug'ullanmay qo'yganim sezilayapti. Mavzularni yaxshi tushunish va orqada qolib ketmaslik uchun anchagina mehnat qilishga to'g'ri kelayapti.