Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish departamenti Materiallardan foydalanishda kanalga havola berish zarur Savol-javob: @finlituzbchat Канал на русском: @finlituzb_ru (71) 212-73-59 Admin: @finlitteam
显示更多📈 Telegram 频道 Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik 的分析概览
频道 Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik (@finlituzb) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 10 774 名订阅者,在 经济与金融 类别中位列第 11 189,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 7 433 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 10 774 名订阅者。
根据 21 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -304,过去 24 小时变化为 -9,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 已认证(Telegram 官方确认)
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 21.06%。内容发布后 24 小时内通常能获得 N/A% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 2 269 次浏览,首日通常累积 0 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 22。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish departamenti
Materiallardan foydalanishda kanalga havola berish zarur
Savol-javob: @finlituzbchat
Канал на русском: @finlituzb_ru
(71) 212-73-59
Admin: @finlit...”
凭借高频更新(最新数据采集于 22 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 经济与金融 类别中的关键影响点。
Bu film — bir yil davomida ushbu loyihaga qancha mehnat, qancha ishonch va qancha qalb qo‘yilganini ko‘rsatadi.Qolganini esa keling, birgalikda tomosha qilamiz 😊
Odinaxon Movlonboyeva — “False Economy of “I Can’t Afford It”” Bahodir Muhammadjonov — “Raqamli so‘m” Shahzoda Normatova — “Loopholes of Economy”Spikerlar moliyaviy fikrlash va zamonaviy iqtisodiyot mavzularida o‘z monologlari bilan chiqdilar 🎙 Tadbir ikkinchi bosqichida esa “Micro-Project Talk” challenge tashkil etildi. Unda 50+ ishtirokchi 4 ta jamoaga bo‘linib, 33 mln so‘mlik kredit asosida o‘quv markazi ochish bo‘yicha o‘z biznes-rejalarini ishlab chiqdilar 📊
Jamoalar quyidagi yo‘nalishlarda innovatsion g‘oyalarni taqdim etdi: ♟ Shaxmat akademiyasi 📚 Umumiy ta’lim markazi 💻 Data Science va AI yo‘nalishi 🚀 Zamonaviy yoshlar uchun innovatsion ta’lim loyihalariFinTalk — where ideas become decisions 🔥 Tadbirdan lavhalar: havola
Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 9-sonli FinTalk bo‘lib o‘tdi 🚀3 nafar spiker o‘z mavzulari bilan sahnaga chiqib, real tajriba va fikrlari bilan bo‘lishdi. -“33 mln so‘mga qanday biznes qilsa bo‘ladi?” degan savolga esa talabalar tayyor g‘oyalar bilan javob berdi 🧐 “Micro Project Talk” doirasida 4 ta jamoa biznes-reja tuzib, o‘zaro challenge qildi — kredit, strategiya, xarajat va daromad hisobi real keyslarda ishlab chiqildi.
Intellektual o‘yin davomida ishtirokchilar moliyaviy savodxonlik kurslarida olgan bilimlarini namoyon etib, shaxsiy moliyani samarali boshqarish, raqamli moliyaviy xizmatlardan xavfsiz foydalanish, kiberxavfsizlik va moliyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, shuningdek, moliyaviy qarorlarni ongli qabul qilishga oid savollarda faol qatnashdilar. Shu bilan birga, ishtirokchilar tahliliy fikrlash, mantiqiy yondashuv, tezkor qaror qabul qilish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun madaniy hordiq dasturi ham tashkil qilindi. O‘yin yakunida g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. #MarkaziyBank #GlobalMoneyWeek #MoliyaviySavodxonlik #Zakovat #UZCARD #IpotekaBank #Uzum #Uzbekistan
Yechim oddiy: obunalaringiz ro‘yxatini tuzing, ularni “kerakli”, “kam ishlatiladigan” va “bekor qilinadigan” toifalarga ajrating. Shundan keyin faqat haqiqatdan foydalanayotgan xizmatlaringizni qoldiring va obunalar uchun oylik limit belgilang.Moliyaviy tartib katta cheklovlardan emas, aynan shunday mayda nazorat odatlaridan boshlanadi.
🟣Kredit shartnomasi imzolanishidan oldin bank sizga kredit tavakkalchiliklari bo'yicha cheklist taqdim etadi.✔️ Cheklist nima uchun kerak?
🟣Bu kredit rasmiylashtirilishidan oldin to'ldiriladigan ro'yxat. Uning maqsadi — har bir band bilan tanishib chiqishingizga va hammasini to'g'ri tushunganingizga ishonch hosil qilishga yordam berish. Bu sizni kelajakda kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklardan saqlab qolishi mumkin.✔️Cheklist qanday topshiriladi?
🟣U qog'oz yoki elektron shaklda beriladi. Har bir band bilan tanishib, imzo bilan tasdiqlaysiz.🎥 Batafsil — videoda! 2-qism 📃Cheklist #FinRight 🚀 @finlituzb_ru
yoshlar-yoshlar uchun.
Yangilangan level «Mening bankirim» loyihasi asosida tashkil etilgan Business Plan Challenge. Yoshlar uchun biznes-reja tuzish va uni to‘g‘ri rejalashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy ko'nikmalar ushbu loyihada o'z aksini topadi.
Challengeda ishtirokchilar 3 jamoaga bo‘linib, fast-food yo‘nalishida 33 mln so‘mlik kredit uchun biznes-reja ishlab chiqdi. Jarayon faol va amaliy ruhda o‘tdi — g‘oyalar muhokama qilinib, xarajat va daromad hisoblandi. Ko‘pchilik uchun bu birinchi real tajriba bo‘ldi.
Keyingi manzilni kuting — FinTalk sizning universitetingizga yo‘l olmoqda 🚀
Masalan talabaning eski telefoni ishlamoqda. Lekin "hammada bor" degan fikr bilan mikroqarz olinadi. Bir necha haftadan keyin — moliyaviy bosim boshlanadi. Qarabsizki oddiy istak ehtiyojga aylanadi. Boshida telefon zo'r ko'rinadi. Asta sekin esa qarz to'lovlari, oylik xarajatlar, jarimalar yuzaga kelib bosim his qiladi. Ko'plab xollarda aksar talabalar aynan shu illuziya sababli moliyaviy tuzoqqa tushadi. Har bir "kichik" qarz keyingisini keltirib chiqaradi.📊 Xalqaro ma'lumotlarga ko'ra, BNPL xizmatlaridan foydalanuvchilarning katta qismi kreditning haqiqiy qiymatini bilmaydi. ❓Har qanday qarordan oldin o'zingizga savol bering Bu narsa men uchun juda zarurmi? Bu shunchaki lahzaviy istakmi? Qarzni to'lash uchun mablag'im bormi? Mikroqarz — bu kelajakdagi daromadingiz hisobidan bugungi xarajat. Uni "bepul pul" deb bilmang. 💡Har bir xarid oldidan to'xtab o'ylang. Agar bu post foydali bo'lsa — do'stingizga ulashing! #MoliyaviySavodxonlik #Finlit #Mikroqarz #Talabalar #ShaxsiyBudjet
Nega ba’zi bizneslar tez o‘sadi, boshqalari esa tez yopiladi? Sabab — marketing yo‘qligi yoki noto‘g‘ri yondashuv…Real keyslar orqali: — Nike, Coca-Cola, Apple misolida brend kuchi — oddiy mahsulotni hikoya orqali sotish effekti — kichik g‘oya ham katta biznesga aylanishi mumkinligi Xulosa: Kuchli marketing bo‘lmasa, hatto eng yaxshi mahsulot ham sotilmaydi 🚀 Axborot hamkorlar: @Kun.uz | @finance.kun.uz Ro‘yxatdan o‘tish: @finlitnetwork_bot
