Boshqaruv samaradorligi agentligi (Farg'ona viloyati)🇺🇿
前往频道在 Telegram
Boshqaruv samaradorligi agentligi (Farg'ona) Ro'yhatdan o'tish: @fergana_bot MFY xodimlari bo'yicha @Smartmahallabot
显示更多6 971
订阅者
-824 小时
-517 天
-21530 天
帖子存档
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik
—
Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств Шанхайской организации сотрудничества
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Meeting of the Council of Heads of State of the Shanghai Cooperation Organization
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Boshqaruv samaradorligi agentligi
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+7
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning avgust oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Boshqaruv samaradorligi agentligi
🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Mustaqilligi kuni!
Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi — xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qutlug‘ sana munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik yillarida yurtimiz o‘z taraqqiyot yo‘li, milliy qadriyatlari va ezgu maqsadlariga tayangan holda ulkan o‘zgarishlar davrini bosib o‘tdi. Bugun Yangi O‘zbekistonda inson qadri, qonun ustuvorligi, adolat va samarali boshqaruv tamoyillariga asoslangan keng ko‘lamli islohotlar izchil davom etmoqda.
Ayniqsa, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, davlat boshqaruvini takomillashtirish, zamonaviy va professional davlat xizmatini shakllantirish, yoshlar uchun munosib imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar Yangi O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichini belgilab bermoqda.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va farovonlik tilaymiz.
Yangi O‘zbekistonning yorug‘ istiqboli, xalqimizning tinch va farovon hayoti yo‘lidagi ezgu maqsadlarimiz amalga oshsin!
#YagonaVatan #YagonaXalq
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Davlatimiz rahbari amaliy tashrif bilan Bishkekka keldi.
—
Глава нашего государства прибыл в Бишкек с рабочим визитом.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
#Mustaqillik35
#Vatan_madhi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir Botirjon Ergashev:
FARGʻONAJONIM
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
#Mustaqillik35
Farg‘onada Mustaqilligimizning 35 yilligi katta shodiyonalar, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas bayram tantanalari bilan keng nishonlandi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
Aziz farg‘onaliklar!
Bugun — 30-avgust kuni soat 19:00 da Marg‘ilon shahridagi "Burhoniddin Marg‘inoniy" ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu bayram dasturini “Farg‘ona” hamda “Ruxsor” telekanallari, shuningdek, quyidagi havolalar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda tomosha qiling:
—
Дорогие жители Ферганской области!
Сегодня, 30 августа, в 19:00 в научно-просветительском туристическом комплексе «Бурханиддин Маргинони» в городе Маргилане состоится праздничное мероприятие, посвящённое 35-й годовщине государственной независимости Республики Узбекистан.
Смотрите праздничную программу на телеканалах «Фергана» и «Рухсор», а также в прямом эфире по следующим ссылкам:
🎞Youtube
💬Telegram
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Repost from Boshqaruv samaradorligi agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-avgust – 1-sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishi hamda “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida boʻladi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
35 ЙИЛ — 35 ЁШ — 35 НАФАР
Бугун мамлакатимизда турли хил соҳаларда раҳбарлик лавозимларида мустақиллик тенгдоши бўлган, юртимиз тараққиёти билан ҳамнафас бўлиб камол топаётган янги авлод вакиллари сони кундан-кун кўпайиб бормоқда.
Фарғонада Мустақиллигимизнинг 35 йиллиги муносабати билан 35 ёшдаги 35 нафар ёш раҳбарлар рўйхати шакллантирилди!
🇺🇿 Сизлар — юрт келажаги, янги марралар яратувчисисиз!
Ўзбекистоннинг куч-қудрати сиз каби шижоатли ёшларнинг билим ва фидоийлигидадир!
Kanalga ulanish uchun: 😎 @BSA_fergana
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q.
—
За тридцать пять лет независимого развития мы глубоко осознали одну истину: если народ и государство объединят усилия на пути к единой цели, то для них не будет недостижимых рубежей.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Boshqaruv samaradorligi agentligi
Davlat organi va tadbirkor o‘rtasida “tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasi” amal qiladi
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–175-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi.
👍 Farmonga ko‘ra, davlat organi va tadbirkor o‘rtasida yuzaga keladigan ommaviy huquqiy munosabatlarda “tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasi” amal qiladi. Unga ko‘ra:
▫️ davlat organi tomonidan aksi isbotlanmaguncha tadbirkorlik subyekti qonunchilikka muvofiq harakat qilgan va o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan hisoblanadi;
▫️ sudda yoki nizoni hal qiladigan boshqa ma’muriy organda davlat organi tomonidan tadbirkorga nisbatan qo‘llanadigan huquqiy ta’sir chorasining yoki qabul qilingan qarorning asosli, qonuniy va mutanosib ekanligini, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etilgani faktini isbotlash majburiyati to‘liq davlat organi zimmasiga yuklatiladi;
▫️ qonunchilikda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar, noaniqliklar va tushunmovchiliklar, shuningdek, nizo doirasida davlat organi tomonidan taqdim etilgan dalillarning yetarli emasligi sababli yuzaga keladigan har qanday shubhalar so‘zsiz va to‘g‘ridan to‘g‘ri tadbirkorning foydasiga talqin qilinadi.
❗️Ma’muriy sud hal qiluv qarorlarida davlat organi zimmasiga o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqish majburiyati yuklanganda, sud o‘zining huquqiy pozitsiyasini bayon etadi va ushbu pozitsiya qarorni qayta ko‘rib chiqishda davlat organi tomonidan inobatga olinishi majburiy hisoblanadi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
#KUN_TARIXI
29 - AVGUST
◽️2000 – Jaloliddin Manguberdi ordeni taʼsis etildi.
◽️1988 – Abdul Mohmand Afgʻonistondan kosmosga tashrif buyurgan birinchi shaxs boʻldi
Afgʻoniston havo kuchlari uchuvchisi Mohmand Sovet kosmik kemasi Soyuz TM-6 ekipaj aʼzosi edi. U kosmosda 9 kun boʻlgan va bu vaqt Mir kosmik stansiyasida oʻtkazilgan.
◽️1982 – Meytneriy birinchi marta sintez qilindi
Atom raqami 109 va Mt belgisi boʻlgan radioaktiv sintetik element birinchi marta Germaniyaning Darmshtadt shahridagi GSI Helmgolts ogʻir ionlarni tadqiq qilish markazida yaratilgan. Avstriyalik fizik va yadroviy boʻlinishni kashf etgan Lise Meytner nomi bilan atalgan, tabiiy ravishda topilmaydigan element Peter Armbruster va Gottfrid Myunzenberg boshchiligidagi guruh tomonidan kashf etilgan.
◽️1949 – Sovet Ittifoqi o'zining birinchi atom bombasini sinovdan o'tkazdi
Izdeliye 501 yoki Birinchi chaqmoq deb nomlangan kod, 22 kilotonli atom bombasi Qozog'istondagi Semipalatinsk sinov maydonchasida portlatildi. Bomba Manxetten loyihasidagi josuslar tomonidan SSSRga olib kelingan Semiz odam bombasining nusxasi deb taxmin qilinadi. AQSh Sovet bombasini Joe-1 deb atadi.
◽️1831 – Maykl Faraday elektromagnit induksiyani kashf etdi
Maykl Faraday eksperimental ravishda o'zgaruvchan magnit maydon o'tkazgichda kuchlanishni keltirib chiqarishi mumkinligini ko'rsatdi. Elektromagnit induksiyaning kashf etilishi elektr generatorlari, transformatorlar va hatto induksion pechlarni yaratishga yordam berdi. Ingliz olimi Faraday sermahsul tadqiqotchi va ixtirochi edi. Elektromagnit induksiyani kashf etishdan tashqari, u benzol va elektrolizni ham kashf etdi. Farad, Xalqaro birliklar tizimi (SI) bo'lib, sig'imning o'lchovidir - bu ob'ektning elektr zaryadini ushlab turish qobiliyatini ifodalaydi.
Каnalgа obuna bo'lish uchun 😎 @BSA_fergana
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda.
Davlatimiz rahbari xalqimizni ayyom bilan samimiy tabrikladi. Eng ulug‘ bayramimiz Yangi Toshkentda o‘tkazilayotgani tantana shukuhini yanada oshirayotganini ta’kidladi.
Kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markazi bo‘ladigan ushbu hududda kuni kecha Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston milliy kutubxonasining muhtasham binolari ishga tushirildi.
Tantana ishtirokchilari huzurida ochiladigan favvora dunyodagi eng baland musiqali favvora sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”dan joy olgani bayram kayfiyatiga yanada baland ruh bag‘ishlashi qayd etildi.
– Bir necha yuz yillik orzular ro‘yobga chiqayotgan ushbu betakror makonda butun xalqimiz bilan hali yana ko‘plab quvonchli va tarixiy voqealarga guvoh bo‘lamiz. Aminmanki, Yangi Toshkent poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonning kuch-qudratini namoyon etadigan chinakam taraqqiyot markaziga aylanadi,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
