ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT
关闭频道
Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs
显示更多3 617
订阅者
无数据24 小时
无数据7 天
无数据30 天
帖子存档
#attention #diqqat #mustread
INGLIZ TILINI O'RGANISHNI NIMADAN BOSHLASH KERAK?
#part3
Ingliz tilida aniq maqsadga va o'quv planiga ega bo'lishni ahamiyati bilan tanishib chiqdik.
Navbatdagi bosqich — Ingliz tilini boshlang'ich darajaga o'rganishni boshlash.
1. Boshlang'ich darajadagilar uchun so'zlar va iboralar
Til o'rganishni boshlaganingizda birinchi ko'rib chiqishingiz kerak bo'lgan so'zlar va iboralar mavjud. Ular sizga keyinchalik ingliz tilida qolgan skillarni rivojlantirishingizda asos bo'lib xizmat qiladi. Birinchi qadam eng ko'p ishlatiladigan 100 ta so'zni o'rganish, yodlash va ularni ACTIVE VOCABULARY ga aylantirish.
Keyingi qadam eng ko'p ishlatiladigan 1000 ta so'z.
Sodda temalarga oid so'zlarni o'zlashtiring:
▪Salomlashuv va tanishuv;
▪️So'roq so'zlar;
▪️Raqamlar va vaqtni ifodalovchi so'zlar;
▪Manzilni so'rash;
▪️Ob havoga oid so'zlar;
▪️Hafta va oy kunlari, fasllar;
▪️Ranglar va shakllar
▪️Uy jihozlari va boshqa yana shunga o'xshash so'zlarni birinchi o'rganish sizda VOCABULARY BAZA sini yaratish imkoni beradi.
Yangi o'rgangan so'zlar va iboralar ishtirokida original gaplar va qisqa dialoglar tuzing va ularni ovoz chiqarib o'qishni mashq qiling. Yangi o'rgangan so'zlaringizdan qanchalik ko'p foydalansangiz shunchalik oson ularni avtomatik ravishda qo'llaydigan bo'lasiz.
2. Boshlang'ich darajadagilar uchun gramatika
Har qanday tilni negizi bo'lgan so'zlarni tartibli o'rganish haqida tanishdik.
Keyingi qadam — GRAMATIKA.
Gramatikani o'rganishni uning eng asosiy va zaruriy qismlarini o'zlashtirishdan boshlang.
Pastda keltirilgan fundamental gramatik qoidalar, strukturalar bilan tanishib chiqing.
➕ Alfabet, unli va undosh tovushlar;
➕ "To be" "to have" "to do";
➕ Part of speech ( ot, sifat, ravish, fe'l, olmosh etc.) ;
➕ Artikl: the, an, a
➕ Gap tuzish strukturasi va sodda gaplar tuzish.
Ushbu gramatik qoidalar bilan tanishib chiqqaningizdan va o'zlashtirganingizdan keyin, e'tiboringizni nisbatan murakkabroq bo'lgan gramatika bo'limlariga qaratishingiz mumkin:
▪️prepositions
▪️natural gender
▪️verb tenses
▪️gerund
▪️modal verb etc.
Asosiy gramatik bilimlarni egallanganingizdan so'ng sodda gaplar tuza olishingiz va ularni eshitganda tushuna olishingiz mumkin bo'ladi. Bu esa o'z navbatida Speaking va Listening skillaringizni rivojlantirishingizga yordam beradi.
Davomi bor....
P.s. Til o'rganish jarayonida aniq maqsad qo'yib, shu maqsadga erishish uchun harakatlanish ham vaqtingizni tejaydi, ham sifatli bilim olishingizni kafolatlaydi.
Telegram | Instagram | TikTok
#motivation
Look around you. How many people do you think are settling? Probably a hell of a lot. People settle into okay relationships, okay jobs, okay friends, and an okay life. Why? Because okay is comfortable. Okay pays the bills, and provides a warm bed at night. Some people are fine with okay, and guess what? That's okay. But okay is not thrilling, it is not passion, it is not life-changing or unforgettable. Okay is not the reason you risk absolutely everything you've got for the smallest chance that something absolutely amazing could happen.
Send it your closest people
#attention #diqqat #mustread
INGLIZ TILINI O'RGANISHNI NIMADAN BOSHLASH KERAK?
#part2
Ingliz tilini o'rganishni endi boshlaganingizda siz tanlaydigan uslub bir qancha faktorlarga bog'liq. Aniq maqsad va resurslar sizga NIMA ni o'rganishni va QANDAY o'rganishni aniqlashingizga yordam beradi.
1. Ingliz tilini nima uchun o'rganayotganingizga eng birinchi aniqlab kiritib oling.
O'qish uchunmi? Sayohat uchunmi? Ish uchunmi? yoki boshqa shaxsiy sabablar bo'lishi mumkin. Bu savolga javob berish o'ta muhim. Chunki ingliz tilini qanday uslublardan foydalanib o'rganishingiz shunga bog'liq.
2. O'quv plani tuzing.
O'quv planingiz sizga til o'rganish jarayonida yo'lboshchi bo'ladi. O'quv planingiz o'z ichiga kiritishi kerak bo'lgan jihatlar:
– bir kunda qancha vaqt ajratasiz;
– qaysi skillarni qay tartibda o'rganasiz;
– nima materiallardan foydalanasiz.
Aniq planga ega bo'lish orqali vaqtingizdan unumli foydalanasiz va samaradorligingiz osharasiz.
3. Ingliz tiliga oid materiallarni aniqlashtirib oling.
O'quv materiallari deganda faqatgina tekstbooklarni nazarda tutmayapman. Foydalanishingiz mumkin bo'lgan o'quv materiallarning soni juda ham ko'p. Misol uchun:
– kitoblar, qisqa hikoyalar, jurnallar, audiokitoblar;
– podcast, radio;
– kino, tv serial, tv ko'rsatuvlar;
– ijtimoiy tarmoqlar (youtube, telegram,etc.)
– mobil dasturlar va hokazo.
Til o'rganishni endi boshlaganda tanlagan materillaringiz boshlang'ich darajadagilar uchun mosligiga e'tibor qarating.
Tanlagan materiallaringiz ingliz tilini nima uchun o'rganmoqchiligingiz bilan uzviy bog'liq bo'lsagina siz istagan natija va samaraga nisbatan tezroq erishishingiz mumkin.
Davomi bor...
P.s. Til o'rganish jarayonida aniq maqsad qo'yib, shu maqsadga erishish uchun harakatlanish ham vaqtingizni tejaydi, ham sifatli bilim olishingizni kafolatlaydi.
Telegram | Instagram | TikTok
#attention #diqqat #mustread
Atomic Habits: An Easy & Proven Way to Build Good Habits & Break Bad Ones
by James Clear
#review
Yozuvchi ushbu kitobda ijobiy odatlar shakllantirish, yomon odatlardan qutilish borasida amaliy strategiyalarni bayon qilgan.
Ko'pchilik yomon odatlaridan qutilishga qanchalik harakat qilmasin, ular qayta qayta takrorlanaveradi. Muommo aslida sizda emas, muommo odatlarni o'zgartirish uchun notog'ri tizimdan foydalanayotganligingizda.
Ushbu kitobda siz quyidagilarni o'rganasiz:
▪️ijobiy odatlar uchun vaqt ajratish;
▪️motivatsiya va xohish istak yetishmasligi natijasida to'xtatib qo'yishni oldini olish;
▪️muvaffaqqiyatga osonroq erishish uchun atrof-muhit yaratish.
Bu kitob sizni progres va muvaffaqqiyat haqida qarashlaringizni o'zgartiradi va hayotingizda ijobiy odatlarni shakllantirish uchun zarur strategiyalar bilan ta'minlaydi.
Kitobni 2020 yil boshida o'qigandim va kitobdagi metoddan foydalanishga qaror qildim. Kitob o'qishni ijobiy odatga aylantirishga kirishdim. Oxirgi 18 oy ichida kitob o'qishni odatga aylantirdim va buning natijasida shu kungacha turli sohalarda 150 dan oshiqroq kitob o'qib chiqdim. Bu kitoblardan olgan bilim va ko'nikmalarim esa 16 yillik ta'lim tizimidan olgan bilimlarimdan ancha ko'proqdir.
P.s. Blogimda tavsiya qilayotgan har bitta kitobni shaxsan o'qib chiqib keyin joylayman. Biron joydan tog'ri kelgan kitobni olib sizga tavsiya qilmayman. Shu jihatni e'tiborga oling!
Atomic Habits: An Easy & Proven Way to Build Good Habits & Break Bad Ones: James Clear
Take on responsibility.
You should be afraid of taking risks and pursuing something meaningful. But you should be more afraid of staying where you are.
#phrases_part1
Here are some of the most common English idioms and phrases that will enrich your English vocabulary and make you sound like a native speaker.
1. ‘The best of both worlds’ – means you can enjoy two different opportunities at the same time.
“By working part-time and looking after her kids two days a week she managed to get the best of both worlds.”
2. ‘Speak of the devil’ – this means that the person you’re just talking about actually appears at that moment.
“Hi Tom, speak of the devil, I was just telling Sara about your new car.”
3. ‘See eye to eye’ – this means agreeing with someone.
“They finally saw eye to eye on the business deal.”
4. ‘Once in a blue moon’ – an event that happens infrequently.
“I only go to the cinema once in a blue moon.”
5. ‘When pigs fly’ – something that will never happen.
“When pigs fly she’ll tidy up her room.”
6. ‘To cost an arm and a leg’– something is very expensive.
“Fuel these days costs and arm and a leg.”
7. ‘A piece of cake’– something is very easy.
“The English test was a piece of cake.”
8. ‘Let the cat out of the bag’ – to accidentally reveal a secret.
“I let the cat out of the bag about their wedding plans.”
9. ‘To feel under the weather’ – to not feel well.
“I’m really feeling under the weather today; I have a terrible cold.”
10. ‘To kill two birds with one stone’ – to solve two problems at once.
“By taking my dad on holiday, I killed two birds with one stone. I got to go away but also spend time with him.”
Davomi bor...
Share it with your friends
#attention #diqqat #mustread
INGLIZ TILINI O'RGANISHNI NIMADAN BOSHLASH KERAK?
#part1
Ingliz tilini noldan o'rganish bir vaqtni o'zida ham qiziqarli jarayon va shuningdek o'ziga yarasha qiyinchiliklarga ega uzoq muddat davom etuvchi jaroyon bo'lishi mumkin. Til o'rganishni endi boshlaganingizda duch kelishingiz. mumkin bo'lgan birinchi to'siq —
NIMADAN BOSHLASH KERAKLIGIGA ANIQLIK KIRITIB OLISH.
An'anaviy tizimda odatda gramatikani o'rganishdan boshlimiz. Men ham ingliz tilini o'rganishni boshlaganimda birinchi gramatikani, taxminan 6–7 oy o'qiganman. Nima qoida, struktura yoki istisnolar bo'lsa hammasini o'rganib chiqqandim.
Til o'rganishni endi boshlayotganlar yoki boshlaganlar uchun maslahatim shuki, siz bu yo'ldan borishingiz shart emas. Bu yo'l butunlay notog'ri demoqchi emasman, lekin boshqa samaraliroq va effektivroq metodlar ham mavjud.
Demak, ularni ko'rib chiqamiz!
Eng birinchi o'rinda nima uchun ingliz tilini o'rganyapsiz shuni aniqlik kiritib oling. O'qish uchunmi? Ish uchunmi? Balki, chet elga sayohat qilmoqchidirsiz, o'zingiz yoqtirgan kinolarni ingliz tilida ko'rmochidirsiz, balki sevimli ingliz yozuvchilaringiz romanlarini ingliz tilida o'qimoqchidirsiz (masalan, J. K. Rowling). Ko'pchiligimiz oliy o'quv yurtiga kirish uchun ingliz tilini gramatikasini birinchi o'rganamiz. Ingliz tilida erkin muloqot qilish yoki boshqalarni qiyinchiliksiz tushuna olish uchun gramatikani 💯 bilishingiz shart emas.
Institutga imtihon topshirganimda Ingliz tilidan ko'ra Ona tilidan ko'proq qiynalganman. O'z ona tilimda deyarli 24 yildan berib bemalol gaplasha olshimga qaramasdan 36 tadan 21 ta yechganman, taxminan 60%. Shunga qaramay gramatikani butunlay tashlab qo'yish kerak emas, uning asosiy elementlarini ko'rib chiqishingiz lozim. Gramatikani to'liq o'rganmoqchi bo'lsangiz uni boshqa skillar bilan birga rivojlantirishni tavsiya qilaman.
Ingliz tilida 26 harf bor, lekin mana shu 26 ta harf 44 ta tovushni ifodalaydi. Shuning uchun ingliz tilida so'zlarni talaffuz qilish boshqa bir qancha tillar bilan solishtirganda nisbatan qiyinroq.
Albatta boshida Ingliz tili o'qituvchi bilan shug'ullaning. Darajangiz A1 dan A2 ko'targaningiz dan keyinroq aktiv o'rganishni boshlagan ma'qul deb hisoblayman, bu shaxsiy fikrim albatta. Yevropa Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan, butun dunyoda keng qo'llaniladigan va maqullanadigan CEFR ning 6 ta levellari mavjud:
▪️Basic user: A1 va A2
▪️Independent user: B1 va B2
▪️Proficient user: C1 va C2
Til o'rganishni boshlaganingizda oldingizga aniq maqsad qo'ying va quyidagi savollarga javoblaringiz bo'lsin.
— Ingliz tilini nima uchun o'rganmoqchisiz?
— Kuniga qancha vaqt sarflay olasiz?
— Qaysi materiallardan foydalanishingiz kerak?
— Tez va samarali effekt beradigan "Study Plan" dan foydalanayapsizmi?
— Natijalaringizni qanday tekshirayapsiz?
Davomi bor...
Telegram | Instagram | TikTok
22:30 pm...
I was laying in my bed and then I saw this quote.
22:32 pm...
I don't want to waste my time.
22:35 pm...
I'm on Instagram 😂🤦♂️.
https://www.instagram.com/p/CTh3F9wqXLM/?utm_medium=share_sheet
Listeningni rivojlantirish uchun eng samarali usul sizningcha qaysi?
#attention #diqqat #mustread
INGlIZ TILINI O'RGANISH UCHUN YOUTUBE KANALLAR
1. linguamarina
https://youtube.com/c/linguamarina
2. Rachel's English
https://youtube.com/c/rachelsenglish
3. Speak English With Vanessa
https://youtube.com/c/TeacherVanessa
4. Accent's Way English with Hadar
https://youtube.com/c/accentsway
5. English with Lucy
https://www.youtube.com/channel/UCz4tgANd4yy8Oe0iXCdSWfA
Lucy’s Insta
https://www.instagram.com/lucy/
6. English Fluency Journey
https://youtube.com/c/EnglishFluencyJourney
7. English Spot - разговорный английский
https://youtube.com/c/englishspot
8. Learn English With TV Series
https://youtube.com/c/LearnEnglishWithTVSeries
9. mmmEnglish
https://www.instagram.com/mmmenglish_emma/
https://www.youtube.com/channel/UCrRiVfHqBIIvSgKmgnSY66g
10. Go Natural English
https://www.instagram.com/gonaturalenglish/
https://www.youtube.com/channel/UC9Pbt3q-ihROg1lmmmQdU2w
11. The English Coach
https://www.youtube.com/channel/UC-g0gSStENkYPXFRsKrlvyA
Insta
https://www.instagram.com/theenglishcoach/
s
12. Learn English with Papa Teach Me
https://www.youtube.com/channel/UCwk6ifONlkvqnoMF2uyA05g
Insta
https://www.instagram.com/papateachme/
P.s. Youtube dagi ingliz tiliga oid eng yaxshi kanallar!
