ch
Feedback
Sariq Dev

Sariq Dev

前往频道在 Telegram

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali. Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

显示更多

📈 Telegram 频道 Sariq Dev 的分析概览

频道 Sariq Dev (@sariqdev) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 14 200 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 9 019,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 5 735

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 14 200 名订阅者。

根据 29 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 74,过去 24 小时变化为 12,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 62.02%。内容发布后 24 小时内通常能获得 28.69% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 8 814 次浏览,首日通常累积 4 078 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 175

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali. Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

凭借高频更新(最新数据采集于 30 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

14 200
订阅者
+1224 小时
-17
+7430
帖子存档
Sariq Dev
14 198
Hayotim claude code kashfiyot qiligunimcha va kashfiyot qilgandan soʻng degan davlarga ajraldi. Agar siz hali ham ChatGPTda p
+6
Hayotim claude code kashfiyot qiligunimcha va kashfiyot qilgandan soʻng degan davlarga ajraldi. Agar siz hali ham ChatGPTda prompt yozishni SIdan foydalanish deb yurgan boʻlsangiz, zamondan ancha orqada qolibsiz. Dasturlashga "eskicha" yondoshuv bilan endi uzogʻi 1 yilga yetib borasiz. Agar oʻzim bu narsalarni sinovdan oʻtkazib koʻrmaganimda men ham hali vaqt bor deb yurgan boʻlardim. Yangicha yondoshuv qanday boʻlishi haqida esa alohda toʻxtalaman. Kuzatib boring. @sariqdev

Sariq Dev
14 198
Repost from MohirDev.uz
Atlasdagi nafislikni raqamli dunyoga koʻchiramiz! 💥 Bizda ayol-qizlar uchun yangi loyiha — “Atlas” Aprelda 3 ta yoʻnalish: –
Atlasdagi nafislikni raqamli dunyoga koʻchiramiz! 💥 Bizda ayol-qizlar uchun yangi loyiha — “Atlas”
Aprelda 3 ta yoʻnalish: – kompyuter savodxonligi; – biznesni avtomatlashtirish; – va sunʼiy intellektdan professional foydalanish boʻyicha kurslarda oʻqitamiz.
Yana doimiy qoʻllab-quvvatlov olasiz va muvaffaqiyatli soha mutaxassislari bilan uchrashuvlarda qatnashasiz. Hammasiga 100% gacha grant evaziga erishishingiz mumkin. ❗️Grantga qabul 1-aprelgacha ochiq. Nomzodingizni topshiring. @mohirdev

Sariq Dev
14 198
视频消息01:00

Sariq Dev
14 198

Sariq Dev
14 198
2 ta haqiqat: 1. Oson va tez katta pul topishning yo'li yo'q. 2. Buning yo'lini topgan odam hech qachon sizga o'rgatmaydi, chunki o'ziga raqobatchi kerak emas. Shu ikkisini va'da qilganlarni ko'rdingizmi, bilingki bu aniq firibgarlar. Yana bir "red flag" bu hasahamatni ko'z-ko'z qilish, "1 yil ishlab o'zimga uy oldim, mashina oldim". Afsuski dasturlash, AyTi sohalarida ham shunday va'dalar bilan kurs sotayotganlarni ko'rayapmiz. 3 yil oldin o'quv markazida o'qib, mentor bo'lib yurganlar, bir dumalab 7+ yillik senior dasturchiga aylanib qolganini ham ko'rdik. Bugun kun.uz da treyderlarga aldanganlarni ko'rib shular esimga tushdi. Treyding loxotron deb 1000 marta aytsak ham, qancha yoshlar shularga ergashib, qarzga botib ketdi. Haqiqiy, kelajagi bor kasb o'rganmoqchimiz Data Science, Kiberxavfsizlik, Sun'iy intellekt, Dasturlashni o'rganing.

Sariq Dev
14 198
Mohirdev Sunʼiy intellekt jamoasiga qoʻshilishni istaganlar uchun bir nechta vakansiyalar eʼlon qildik. https://mohirdev.ai/careers

Sariq Dev
14 198
视频消息00:59

Sariq Dev
14 198
Topinghchi, bu nima?
Topinghchi, bu nima?

Sariq Dev
14 198
Bu tamoyilni shaxsiy hayotda, kasb tanlashda yoki professional faoliyatingizda ham qoʻllashingiz mumkin. Misol uchun, biror bir ishni qilishga koʻp aql, mehnat yoki alohida bir koʻnikma talab qilinmasa demak hamma shu ishni qilishga harakat qiladi, raqobat ham katta boʻladi. Bloger, vayner, model, inflyusenlar koʻpayib ketgani sababi ham shunda. Bu sohalarga kirish oson, raqobat esa katta. Lekin bular orasida ham oʻz ishiga mehr va aql bilan yondoshib, oʻzgacha, takrorlash qiyin kontent tayyorlayotganlar ham bor. Va ular albatta ajralib turadi. Kamera oldida beoʻxshov qiliq qilish uchun esa katta aql kerak emas. Oʻz ustingizda ishlang, noyob mutaxassis boʻling, muammolarga kreativ yondoshing, sizga teng keladigani boʻlmaydi.

Sariq Dev
14 198
Value chain (qiymatlar zanjiri) yohud nega GM BYD bilan raqobat qila olmaydi. Biznes strategiyada "value chain" degan tushunc
Value chain (qiymatlar zanjiri) yohud nega GM BYD bilan raqobat qila olmaydi. Biznes strategiyada "value chain" degan tushuncha bor – bu yakuniy mahsulot yaratilguniga qadar uning qiymatini oshirib boradigan, tashqaridan sezilmaydigan, oraliq bosqichlar. Yakuniy mahsulotning sifati mana shu oraliq bosqichlarning sifatiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'ladi. Garvard Universiteti professori Maykl Porter bu jarayonlarni umumlashtirib 5 ta asosiy bosqichga bo'ladi: 1. Kiruvchi logistika (inbound logistics) - xomashyolarni qabul qilib olish. 2. Ichki jarayonlar (operations) - mahsulot yaratish uchun kechadigan ichki jarayonlar. 3. Tashqi logistika (outbound logistics) - tayyor bo'lgan mahsulotni mijozga yetkazish. 4. Marketing va sotuv (marketing & sales). 5. Xizmat ko'rsatish (service) - mijoz mahsulotni xarid qilganidan keyingi xizmat. Deyarli har qanday biznes faoliyati mana shu bosqichlardan o'tadi, xoh u qishloq xo'jaligi bo'lsin, xoh AyTi, xoh ishlab chiqarish. Yakuniy mahsulot sifatli bo'lishi uchun yuqoridagi har bir bosqish sifatli bo'lishi kerak. Bu esa oson emas, sifat ortida doim murakkab jarayonlar turadi (kuchli jamoa, murakkab tizim, tartib-intizom). Shuning uchun ham bunday mahsulotni o'g'rilash, qalbakilashtirish qiyin bo'ladi. Agar ichki jarayonlar sodda va osongina takrorlash mumkin bo'lsa demak mahsulotni yaratish ham oson bo'ladi. Va istalgan odam g'oyani o'g'rilab, mahsulotni qayta yarata oladi. Bularni aytishimdan maqsad - agar siz ham sifatli mahsulot qilmoqchi bo'lsangiz, eng avvalo jarayonlarni murakkab qiling, toki sizning ish uslubingizni nusxalash qiyin bo'lsin. Juda ko'p startaplarni ko'rayapmiz - ish uslubida hech qanday noyoblik, antiqa yondoshuv yo'q. Jamoa ham shunday, birortasi ajralib turmaydi. Nega bu g'oyani faqat siz qila olasiz, nega siz bergan yechim boshqalarnikidan ustun bo'ladi degan savolga javob yo'q. Xulosa: Sifatli va qalbakilashtirish qiyin mahsulot qilmoqchimisiz – har bir bosqichni murakkab va sifatli qiling.

Sariq Dev
14 198
Sam Altman sochi oqargani bejiz emas — SI'lar o'rtasidagi bellashuv "eng aqllidan" "eng qulay va funksiyalarga boy" rejimiga o'tdi va ChatGPT ortda qolayapti. Men o'zim ham oxirgi 3 yildan beri sodiq yordamchim bo'lib kelgan ChatGPTdan foydalanmay qo'yganimni va ko'proq vaqtim Claude va Gemini bilan o'tayotganini sezdim. OpenAI benchmarklar ortidan yugurib, foydalanuvchilarni unutib qo'ygandek. ChatGPT ilovasida oxirgi oylarda sezilarli o'zgarishlar ko'rmadim. Buning yaqqol isboti - ChatGPT hanuzgacha savolga matn bilan javob beradi xolos. Solishtirish uchun Claude allaqachon interaktiv grafiklar, jadvallar, slaydlar, inforgrafikalar bilan javob beradigan bo'lgan. ChatGPTdan chiqqan natijalarni boshqa bir dastur yordamida yana bir bor epaqaga keltirish kerak. Claude esa natijani aynan siz so'ragan ko'rinishda chiqarib, kerak bo'lsa taqdimot uchun onlinega ham joylab beradi. Turli tashqi dasturlar va xizmatlar bilan integrasiyasi, avtonom ishlaydigan agentlari haqida gapirmasa ham bo'ladi. Google'ning SI dasturlari ham ChatGPTdan karrasiga qulay bo'lib ketgan. Gemini, NotebookLM, AI studio, Antigravity, Opal - hamma holatga qulay SI bor. ChatGPT esa qulaylik tomondan ancha ortda qoldi. Men o'zim kundalik foydalanidagn SI ilovalar: • Perplexity - istalgan savolga tez javob olish uchun (google qidiruv o'rniga). • Gemini - og'irroq ishlar, tahlillar, ma'lumotlar bilan ishlash, maslahat. • ClaudeAI - katta, murakkab vazifalar va loyihalar bilan ishlash uchun. Sizchi? Qaysi SI dasturlardan foydalanayapsiz? Bepul yoki pulligi? Asosan qaysi vazifalarni SI'ga topshirayapsiz, izohlarda yozing.

Sariq Dev
14 198
"Osmondagi bolalar"ning yangi sonida Mohirdev ham-ta'sischisi, hozirda Startup Garage loyihasi asoschisi va rahbari Muhammadxalil bilan suhbat bo'libdi. Premyera bugun ekan. Kutamiz 👍

Sariq Dev
14 198
"Dasturiy ta'minot muhandisining maqsadi — mavjud muammolarni hal qilish va yangi yechim talab etadigan muammolarni topishdir. Kod yozish (coding) esa bu vazifalardan biri, xolos. Shunday ekan, agar maqsadingiz muammoni hal qilish emas, shunchaki kod yozish bo‘lsa — ya'ni kimdir sizga nima qilishni aytadi va siz uni kodga aylantirsangiz... Unday holda, ha, sizning o‘rningizni Sun'iy Intellekt egallashi mumkin. Ammo bizning barcha muhandislarimizning asosiy maqsadi — muammolarga yechim topishdir. Ma'lum bo‘lishicha, kompaniyada hali yechimini kutayotgan va hatto hali aniqlanmagan son-sanoqsiz muammolar mavjud. Muhandislar qancha ko‘p vaqtini hali aniqlanmagan muammolarni o‘rganishga sarflasa, kompaniyamiz uchun shunchalik yaxshi bo‘ladi. Hech narsa menga ularning umuman kod yozmasliklaridan ko‘ra ko‘proq quvonch bag‘ishlamagan bo‘lar edi, agar ular faqat muammolarni hal qilish bilan band bo‘lishsa. Menimcha, 'Maqsad' va 'Vazifa' o‘rtasidagi farqni anglash tamoyili hamma uchun qo‘llashga arziydigan foydali yondashuvdir." — Jensen Huang

Sariq Dev
14 198
视频消息01:00

Sariq Dev
14 198
视频消息01:00

Sariq Dev
14 198
Oʻqituvchi darsga tayyorlanishdan tortib, imtihon olishgacha ishlarni SIga berib, oʻzi koʻproq bolalar bilan ishlashni boshlaydi (human touch). Shifokor bemor tarixini soatlab oʻrganish oʻrniga, SI dan tayyor javob oladi va yakuniy tashxisni qoʻyadi va hokazo. Men kelajakka doim ijobiy qaraydigan insonman va SIni oʻzimga yordamchi sifatida koʻraman. Sizchi? Izohlarda fikringizni kutaman. @sariqdev

Sariq Dev
14 198
"SI kimlarni ishsiz qoldiradi?" ming marotaba qayta-qayta so'ralgan savol. 3 yil avval shu savolga javob bera turib, buni aniqlashning eng oson yo'li biror kasb egasi aynan nima vazifalarni bajarishi va ulardan qanchasini SI qila olishini hisoblash kerak degan edim. Qarangki, Microsoft aynan shunday tadqiqot o'tkazibdi. Bilmaganlar uchun, O*NET portali har bir kasblarni tizimlashtirib, kasb egasining konkret vazifalarini yozib chiqqan (masalan dasturchi 17 ta vazifa bajarar ekan). Microsoft esa 200 mingdan ortiq SI muloqotlarni tahlil qilib turli kasb egalari o'z vazifalaridan qay birini SI qay darajada topshirayotganini tahlil qilgan. Natijalar nima deydi. Eng avvalo foydalanuvchilarini 2 guruhga ajratish mumkin: SI dan yordamchi sifatida foydalanuvchilar va SI ga o'z vazifalarni yuklovchilar. Birinchi guruhga matematiklar, data sayntistlar, veb dasturchilar, AyTi qo'llab-quvvatlash xizmati kabi kasblar kirgan. Bu insonlar SI'dan o'z samaradorligini oshirish, vaqtini tejash, xatolarni to'g'rilash, savollarga javob izlash uchun foydalanib, loyiha arxitekturasi, uning ortidagi mantig'i kabi murakkab jarayonlarni o'zlari nazorat qilishadi. Ikkinchi guruhga biznes analitiklar, bozor analitiklari, moliyaviy maslahatchilar, imtihon oluvchilar kabi kasblar kirgan. Bu insonlar ma'lumotlar bilan ishlashni SIga topshirib, o'zlari inson omili talab qilinadigan vazifalarga fokusni qaratishgan (mijoz bilan muloqot, ma'lumotlar asosida murakkab qarorlar qabul qilish va hokazo). Endi eng muhim savolga qaytamiz, SI qaysi kasblarni egallayapti? Birinchi navbatda "information heavy" ya'ni ma'lumotlar bilan ko'p ishlaydigan kasblarni. Bularga tarjimonlar, mualliflar, texnik dokumentasiya yozuvchilar, muharrirlar, tahrirchilar, tadqiqotchilar, o'qituvchilar, turli analitiklar, jurnalistlar, soliqchilar, maslahatchilar va hokazo kasblar kiradi. Ular orasida ham asosiy vazifasi o'rganish, yozish va tushuntirishdan iborat bo'lganlar yuqori risk guruhini tashkil qiladi (SI bu vazifalarni yaxshiroq bajarib boshlayapti). Aksincha, jismoniy mehnat talab qiluvchi kasblar esa hozircha omonda. "Data bilan gaplashaylik, iltimos" © Sonlarda gapiradigan bo'lsak, Microsoft kasblarni 3 ta o'lchov bo'yicha baholagan: Coverage - SI kasbga tegishli vazifalarning necha foizini bajara olishi. Completion - Yuqoridagi vazifalarni muvaffaqiyatli tamomlash foizi. Scope - SI yuklangan vazifaning necha foizini "yaxshi" va undan yuqori natija bilan tamomlagani. Top kasblarda bu ko'rsatkichlar qanday, masalan Tarjimonlar uchun: Coverage 0.98 - ya'ni tarjimonlarning 98% vazifasini SI bajara oladi. Completion 0.883 - bu vazifalarning 88% foizini muvaffaqiyatli tamomlaydi Scope 0.568 - 57% holatda yaxshi va undan yuqori natija qaytaradi. Ya'ni SI tarjimonlarning deyalri barcha (98%) vazifasini, yakuniga yetkazib (88%), aksar holatda (57%) yaxshi va undan yuqori natija beradi. Veb dastruchilar uchun esa bu ko'rsatkichlar quyidagicha: Coverage 73%, Completion 86%, Scope 50% Agar SI hozircha egallashi murakkab kasblarni qarasak natijalar quyidagicha: Vulkanizasiya (shinomontaj) ustalari: Coverage 4%, Completion 97%, Scope 35%. Bu yerda completion va scope katta ko'ringani bilan, SI bajarishi mumkin bo'lgan vazifalar 4% tashjkil qiladi xolos. Huddi shu kabi qurilish ishlari, zavod va fabrikalardagi qora ishlar (5%), og'ir mashina operatorlari (3%), uy tozalovchilar, farroshlar (3%), jarrohlar (3%) ham omonda. Quyi kategoriyadagi kasblarda SI bajarishi mumkin bo'lgan vazifalar 8-9% ga ham yetmagan. Yuqoridagilardan qanday xulosa qilamiz? Xulosani ijobiy ham salbiy ham qilish mumkin. Bu insonning o'ziga bog'lqik. Eng avvalo, SI juda ko'p vazifalarni egallashi aniq, bu degani kasb yo'qolib ketadimi? Yo'q, kasb takomillashib, biz bilmagan qo'shimcha vazifalar qo'shilib boradi. Ba'zi kasblar esa birlashib ketadi. Backend dasturchi frontni "vibe coding" qiladi. Biznes egasi moliyaviy hisob kitobni SI ga topshiradi.

Sariq Dev
14 198
Test

Sariq Dev
14 198
视频消息01:00

Sariq Dev
14 198
视频消息01:00