Shamsuddin Sadruddin
前往频道在 Telegram
Sendan ko‘p narsa so‘ramayman. Shunchaki, o‘zing xayol qilib yuradigan jannat qasrining bir chekkasida meni ham bordek tasavvur qilib qo‘ysang bo‘lgani... @Muhammadoshiq_bot Instagram: Instagram.com/Shamsuddin_Sadruddin
显示更多1 358
订阅者
无数据24 小时
-67 天
-1830 天
帖子存档
1 358
Repost from Bayanul lisan
#Taqdim
#Tanituv
Bismillah...
Balog‘at fanining eng katta va asosiy qismi bo‘lmish «Ma’oniy ilmi»ga oid yozayotgan risolam nihoyasiga yetdi, alhamdullillah!
Risola avvalgi olimlar manhajida. Ta’rif, qoida, misol va izohlari sodda. Har mavzu so‘nggida 3 tadan kam bo‘lmagan mashqlar bor. Eng muhimi, risola matnidagi jumboqli so‘zlarni hoshiyada sharhlab ketdim. Xotima sifatida «chumoli hikoyasi»dagi 15 ta masalani aytib, ularni qisqa tarzda tahlil qildim.
Kitobcha balog‘at ummonidan bir tomchi (الطل) bo‘lishiga qaramay ahli ilm oshnosiga (المُساني) aylanar degan umidda uni «Oshno etuvchi yomg‘ir» (الطل المُساني) deb nomladim.
Risoladan foyda olsangiz Allohdan, xato ko‘rsangiz yozgan bandasidan deb biling!
_________________________________
📗 Risola nomi: «Ma’oniy ilmida oshno etuvchi yomg‘ir»
(الطل المساني في علم المعاني)
🌍 Tili: arabcha
✍️ Muallifi: Shamsuddin Sadruddin
📄 Risola hajmi: 34 sahifa
📝 Mavzusi: balog‘at
@Bayanul_lisan
1 358
Repost from Bayanul lisan
#Mulohaza
«Vaqt o‘tib to‘rtta tildan tashqari qolgan barcha tillar yo‘qlikka yuz tutishi mumkin:
- ingliz;
- xitoy;
- ispan;
- va arab tillari.
Ingliz tili - texnalogiya, xitoy tili - demografiya, ispan tili - adabiyot sharofati bilan yashashda davom etadi. Arab tili esa din va axloq ostida tirik qoladi».
(Kolunbiyalik yozuvchi Gabriel Garsia Markes)
@Bayanul_lisan
1 358
Repost from 𝙰𝚚𝚕𝚒𝚢 𝚟𝚊 𝙽𝚊𝚚𝚕𝚒𝚢 𝚒𝚕𝚖𝚕𝚊𝚛 𝙰𝚔𝚊𝚍𝚎𝚖𝚒𝚢𝚊𝚜𝚒
✨✨✨
🔊Va nihoyat talabalarimiz muntazirlik bilan kutgan
🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🌹🔤🔤
mizni boshlaymiz🎉
Kursimiz Mazhabda mo’tamad sanalgan İmom Majduddiyn Almavsiliy rahimahullohning AL İXTİYAR Lİ TA’LİLİL MUXTAR asarlari asosida olib boriladi.
⬆️Ma’lumingizki, fiqh ilmidan anchadan buyon darajama-daraja, bosqich bilan darslar qilib kelamiz.
Shu vaqtgacha “Nurul izoh”, “Kifoyatul mubtadiy” va “Muxtasari Quduriy” kitoblarini o’rganib chiqdingiz.📝
Bu birinchi bosqich edi.
👥Fiqhdan ikkinchi bosqichga o’tish uchun talabaning aqlida tadqiq, sinchkovlik ko’nikmalarini shakllovchi hamda sharhlarni tushunishda turli xil fanlarda ishlatiladigan atamalarni anglash qobiliyatini beradigan bir qator vosita ilmlar va qurol fanlar bilan ham tanshib chiqdingiz.✅
📌Endi navbat keyingi bosqichga.
Ya’ni fiqh ilmini dalillar bilan o’rganish bosqichi.
Bu bosqichni biz 🪶“Al İxtiyor li ta’lilil Muxtor” 🪶kitobi bilan boshlab olamiz.
🔻Bu kursda fiqhdan muxtasari quduriy yoki muxtasari viqoya kabi bir fiqh kitob hamda usulul fiqhdan kamida bir kitob o’qiganlar qatnasha oladi.🌿
🌹🌹🌹🌹🌹
🔔Boshlanish sanasi: 05.09.2024.
📆Kunlari: Yak-Se-Pay
💳To’lov oyiga: 35$
🕰Vaqti: ( Uzb. vaqti ) 19:30
(Turkiya vaqti ) 17:30
📩Yozilish: @r_hanafiy1 358
Repost from Bayanul lisan
#Jadval_asosida
Madh, hamd va shukr orasidagi farqlar
📹 Video: 👉 bu yerda 👈
📓 Jadval: 👉 bu yerda 👈
📚Tolibi ilm yaqinlaringizga ulashing!
| Youtube | Telegram |
1 358
Ba’zida ayol shifokorlarni topishga qiynalib qoladi kishi. Barcha musulmon erkak onasi, opasi, singlisi, ayoli yo qizining salomatligi bilan aynan ayol shifokor shug‘ullanishini istaydi. Ushbu havolada tibbiyotning turli sohalarida faoliyat yurituvchi ayol shifokorlar bilan bir qatorda erkak shifokorlarning ham ismi-sharifi, telefon raqamlari va ish joylari ko‘rsatilgan. Ro‘yxat yanada kengaytiriladi. Bunga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin. Sinalgan yaxshi ayol yo erkak shifokorlar bilsangiz, @OlamOdambot ga yozing! Xayrli ishga hissangizni qo‘shing! Yaqinlaringizga ham xabarni jo‘natishni unutmang!
Alloh ofiyat bersin!
@Shamsuddin_Sadruddin
1 358
Assalomu alaykum.
Sir emaski, kundalik hayotimizda salomatligimizda biror muammo bo‘lib qolsa doim yaxshi mutaxassis izlashga tushamiz. Ayniqsa, mavzu yaxshi ayol mutaxassislarga kelganda topishimiz mushkul kechadi. Shu sababdan ushbu (yangilanib, to‘ldirib boriladigan) shifokorlar ro‘yxati bir oz bo‘lsa-da og‘iringizni yengil qiladi degan umiddamiz. Shifokorlarning har birlari alohida o‘rganib tartiblanmagan, balki ularning tajribalariga, xalq orasida tanilganligi, umumiy ma’lumot va tibbiyot talabalari orasidagi tavsiya asosida yig‘ilgan, xolos. Kam bo‘lsa-da ko‘p o‘rinda ko‘rasiz degan umiddamiz. O‘zi manfaatli qilsin!
Ro‘yxatni ko‘rish uchun: https://docs.google.com/spreadsheets/d/1JSFMQptxu1OOSOC0LEXuiITIEDKIgZDvxNTrk-Ep8IQ/edit?gid=2110403061#gid=2110403061
https://t.me/OdamOlam
1 358
Javohirdan tibbiyot masalalarida maslahat olib turaman. Sohalari shu. Bugun yozibdilar:
«Sizni bitta-ikkita doktor so'rashingiz ortidan qarang nima ishlar bo'lib ketti aka )
Ko'pchilikka ma'qul kelib, ijobiy fikr bildirishdi.
Bolalar shifokori bo'limini ham qo'shib qo'ydik. Sekin to'ldirib boramiz.
Sizda ham tajribadan o'tgan doktorlar bo'lsa, bersangiz qo'shib qo'yamiz».
@Shamsuddin_Sadruddin
1 358
2018-yilda boshlangan internet bahsiga yaqinda yo‘liqib qoldim. Videoda bir so‘z talaffuz qilinadi, odamlar buni 2 xil eshitadi: LORL (Lauerl) yoki YENNIY (Yanny).
Tadqiqotga ko‘ra, 47 % odam ushbu so‘zning avvalgi harfi «Y», qolgan 53 % i esa «L» ekanini aytgan.
Olimlar buni quloq va ovoz chastotasiga bog‘liq ekanini, bu so‘z past chastotali tovushni yaxshi eshitadiganlarga LORL, yuqori chastotani yaxshi ilg‘aydiganlarga YENNIY bo‘lib eshitilishini ta’kidlaganlar. Yosh o‘tgan sari yuqori chastotali ovoz quloq uchun «notanish» bo‘lib boradi. Demak siz videodagi ovozni YENNIY yoki shunga yaqin «Y» bilan boshlangan so‘z sifatida eshitgan bo‘lsangiz, qulog‘ingiz a’lo...
Bularning hammasi o‘z yo‘liga. Muhimi - bu holatdan hayotiy xulosalar chiqarishimiz. Masalan:
1. Eshitgan hamma narsangizga ishonavermang!
2. Odamzot bildirgan har qanday fikr xato bo‘lishi mumkin!
3. Siqilmang! Odamlar boshqacha eshitayotgandir!
4. Ixtilofga faqat so‘zlovchi emas, tinglovchi ham sababchi bo‘ladi!
@Shamsuddin_Sadruddin
1 358
Repost from Bayanul lisan
#Taqdim
#Tanituv
Bismillah...
Arab tili ixlosmandlari uchun navbatdagi tuhfa. 📚
Talabalardan kelgan nahviy savollarga javob beruvchi «Tafhimut tolibiyn» kitobining 3-qismi qarshingizda!
«Bu tilni Payg‘ambardan boshqasi to‘liq o‘zlashtira olmaydi», deganda Imom Shofe’iy naqadar rost so‘zlaganlar!
Kitobdan foyda olsangiz Allohdan, xato ko‘rsangiz yozgan bandasidan deb biling.
________________________________
📗 Kitob nomi: «Tafhimut tolibiyn», 3-qism (101-150).
✍️ Muallif: Shamsuddin Sadruddin
📄 Kitob hajmi: 39 sahifa
📝 Mavzusi: Nahv (savol-javob)
📚 Kitobning 1-qismi: 👉 bu yerda 👈
📚 Kitobning 2-qismi: 👉 bu yerda 👈
📇 Savol yo‘llash uchun manzil: @nahviy_savollarga_javobbot
@Bayanul_lisan
1 358
Repost from Bayanul lisan
#Taqdim
#Tanituv
Bismillah...
Bir necha hafta oldin balog‘at fani haqida tasavvur beradigan arab tilida risola yozishni boshlagan edim. Bugun shu ish nihoyasiga yetdi. Bunga tavfiq bergan Zotga hamd, sababchi bo‘lgan o‘quvchilarimga tashakkur aytaman! Bu risola balog‘at ilmiga «kirish» sanaladi. Uni o‘qib siz «Fan muqaddimasi» bilan «Kitob muqaddimasi» orasini ajratib olasiz. Balog‘at mavzulari va maqsadlari, eng muhim atamalarining ta’riflari bilan tanishib chiqasiz. Risola balog‘at fanini endi o‘rganmoqchi bo‘lib turgan talabalarga manzur bo‘ladi degan umiddaman!
_________________________________
📗 Risola nomi: «Balog‘atning ikki - fan va kitob muqaddimasi haqida risola»
(رسالة في مقدمتي البلاغة علما وكتابا)
📝 Til: arabcha
✍️ Muallif: Shamsuddin Sadruddin
📄 Risola hajmi: 10 sahifa
📝 Mavzusi: balog‘at
Kitobxondan iltimos, risolada uchratganingiz har qanday xato-kamchilik haqida bizga xabar qiling: @Bayanul_lisan_bot
@Bayanul_lisan
1 358
#Ibrat
Aytishlaricha, Muso alayhissalom mingdan ortiq kishilar bilan uch kun yomg‘ir so‘rab duo qilibdilar. Biroq duolari ijobat bo‘lmabdi. Payg‘ambar sababini so‘raganda Alloh: «Ichingizda chaqimchilik qilib yuradigan odam bor», deb javob beribdi. Muso alayhissalom u kishi kim ekanini so‘rabdilar. Alloh: «Men uni yomon ko‘rsam, qanday qilib amalini qilishim mumkin?!» deb chaqimchi kim ekanini aytmabdi. Biroz vaqt o‘tgach haligi chaqimchi vafot etgani, janozasi falon namozgohda o‘qilishi vahiy qilinibdi. Muso alayhissalom aytilgan namozgohga borsalar, u yerda yetmishta kishiga janoza o‘qilayotgan ekan...
Dushmanlarini shunday satrlagan Alloh do‘stlarini qanday satrlaydi deb o‘ylaysiz?!
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ruku’ qiladigan chollar bo‘lmaganida... ustingizdan azob yog‘ilar edi» deganlar. Bu ummatning fazilatini ko‘ring! Oldingi ummatlarda bitta gunohkor kasofatidan minglab odamlar duosini rad etgan Zot bu ummatning bitta itoatkori sharofatidan osiylarga rahm qiladi.
@Shamsuddin_Sadruddin
1 358
Meni yana qiziqtirayotgan savol: bu sahifamga anchadan beri hech narsa joylamayapman. Zerikkan chiqdi. Zerikmaganlar, tanishlar yo yaqin do‘stlar qoldi. E’tiroz (👎) kimdan bo‘ldi ekan?! Agar bu tanishlar yoki do‘stlar tarafidan bo‘lsa, iltimos, o‘zimga yozib ochiqlanglar!
1 358
Alhamdulillah. Postimni guruhlariga tashlashgan chog‘i. 👍 lar 2 tadan shunchaga ko‘payibdi. Shayxning sahifalari shu birodarlargacha yetib borganidan xursandman.
Aytmoqchi, @Bayanul_lisan sahifasiga ham shu post tashlangan. ;)
1 358
«Yoqmadi» (👎) belgisini atay ochiq qoldirganman. Maqsad - fikrlarimga boshqalarning xolis munosabatini bilish. Hozirgi postda nima ayb borligini hech tushuna olmadim. Fahsh tarqatuvchi sahifa ulashmadim, shekil!
Nima yoqmadi o‘zi?! Sohasining katta olimimi? Ilmni yoyishmi? Shayx mansub bo‘lgan mazhabmi? «Yoqimsiz»lik sababini anglamadim, xullas.
1 358
«Yoqmadi» (👎) belgisini atay ochiq qoldirganman. Maqsad - fikrlarimga boshqalarning xolis munosabatni bilish. Hozirgi postda nima ayb borligini hech tushuna olmadim. Fahsh tarqatuvchi sahifa ulashmadim, shekil!
Nima yoqmadi o‘zi?! Sohasining katta olimimi? Ilmni yoyishmi? Shayx mansub bo‘lgan mazhabmi? «Yoqimsiz»lik sababini anglamadim, xullas.
1 358
Repost from Bayanul lisan
Hanafiy fiqhi fakulteti dekani Doktor Saloh Abul Hajj hazatlarining Telegramdagi sahifalarini kuzatib boring. Manzil: https://t.me/dr_salahhaj
1 358
Kelajakda ateist robotlar bunday desa kerak: «Meni hech kim yaratmagan. Men oldin supurgi bo‘lganman. Keyin rivojlanib shunday holga kelib qoldim. Qanday supurgi bo‘lganim va supurgidan oldin nima bo‘lganim haqida hozircha menda hech bir fikr yo‘q». ;)
@Shamsuddin_Sadruddin
1 358
Repost from N/a
Do'stimiz Xasu o'qishni bitirib, uyga qaytarkan, oxirgi kuni video olgandi. Men ham o'sha kuni unga atab, berishni o'ylab yurgan kitobni berdim. Videoga ham tushib qolibman).
https://youtu.be/WD2emwZycQs?t=779
