ch
Feedback
Mirzayeev✍️

Mirzayeev✍️

前往频道在 Telegram

Ибрат фарзандлари ННТ ижрочи директори. "Келажак лидерлари" клубининг президенти Дилшодбек Мирзаев 🇺instagram.com/dilshodbek_mirzaayev 🇺fb.com/ДилшодМирзаев 🇺TikTok.com/mirzayev_557

显示更多
323
订阅者
-124 小时
-27
-1530
帖子存档

via negativa aqlli gap aytgan emas, ahmoqona gap aytmaydigangina - oqil. adolat qilib turadigan emas, adolatsizlik qilmaydigangina - odil. ilmdan gapiradigan emas, ilmsiz gapirmaydigangina - olim. rost gaplari ko’p bo’lgan emas, yolg’onlari yo’q odamgina - rostgo’y. @mirzaayevv

Xotirjam hayot - nihoyatda ko'p pul topib, nafs otini qamchilash emas, balki halol mehnat qilib, boriga qanoatlanib, hayotnin
Xotirjam hayot - nihoyatda ko'p pul topib, nafs otini qamchilash emas, balki halol mehnat qilib, boriga qanoatlanib, hayotning asl mazmunini unutmagan holda yashashdir. yuksalish

Ilon Maskning The Economist nashriga bergan intervyusini o’zbek tiliga qisman tarjima qilishibdi. Ko’rishni tavsiya qilaman: https://youtu.be/rmT8N-95-bI?is=w3IG5BUWJ_km2oqZ To’liq intervyu, ingliz tilida bu yerda: https://youtu.be/XuoqKYxDHVc @paiziev24

Ha do‘stlar))) Qiyin. Tushunganingni tushuntira olmaslik, anglaganingni anglata olmaslik, o'ylaganingni so'z ila ifoda eta olmaslik qiyin.

—O‘qish va o‘rganish bu rivojlanishga bosilgan ilk qadam bo‘lsa, —Bularga amal qilish esa rivojlangan insonning fazilatidir.
+7
—O‘qish va o‘rganish bu rivojlanishga bosilgan ilk qadam bo‘lsa, —Bularga amal qilish esa rivojlangan insonning fazilatidir. @mirzaayevv

Juda ajoyib suhbat bo‘libdi.

Jizzaxlik yosh tadbirkorlar bilan suhbat qildik. Rejalar va g‘oyalarimizni o‘zaro almashdik. 2030-yilga qadar maqsad belgilad
Jizzaxlik yosh tadbirkorlar bilan suhbat qildik. Rejalar va g‘oyalarimizni o‘zaro almashdik. 2030-yilga qadar maqsad belgiladik. Davlat uchun qiymat beradigan eng zo‘r va eng daromadli tadbirkorlar bo‘lishni maqsad qildik.

🇺🇿 O’zbek orzusi! Barchaga ko’rishni tavsiya etaman!
Mamlakatimizda yuz berayotgan yoshlar siyosatiga oid islohotlar, hurmatli Prezidentimiz yoshlarga qaratayotgan alohida e’tibori, yoshlarga ochib berayotgan imkoniyatlar, 10 yillik tinimsiz izlanishlar va birgalikdagi mehnat qanday samara berayotgani, xususan
Yangi O’zbekistonning uchinchi rennesans poydevorida turgan Yoshlar nimalarga qodir ekanliklarini ko’rsatib beradigan hujjatli film!
✈️@javlonbekmirzayev

photo content

Ijtimoiy tarmoqlar turli «niyatlar marafoni», vizualizatsiya va affirmatsiyalarga toʻla. Koʻpchilik real mehnat qilishdan koʻ
Ijtimoiy tarmoqlar turli «niyatlar marafoni», vizualizatsiya va affirmatsiyalarga toʻla. Koʻpchilik real mehnat qilishdan koʻra, koinotga signal yuborish yoki shunchaki tasavvur qilish orqali maqsadga erishish mumkinligiga ishonadi. Xoʻsh, bu ommaviy passivlikning ortida qanday psixologik mexanizm yotibdi? Bu shunchaki dangasalikmi? ​Miya reallik va fantaziyaning farqiga bormaydi. Biz biror yutuqni tasavvur qilganimizda, miya xuddi unga erishgandek quvonch gormonini ishlab chiqaradi, bu fakt. Miya mukofotni arzon yoʻl bilan olib boʻlgach, real harakat qilish uchun kerak boʻladigan motivatsiya oʻladi. Bundan tashqari harakat qilish va xatoga yoʻl qoʻyish ego (nafs) uchun juda ogʻriqli. Ammo faqat soʻrasak va u amalga oshmasa, aybni tashqi omillarga agʻdarish juda qulay:«koinot xohlamadi», «taqdirimda yoʻq ekan». Bu — goʻdakning hamma narsani tayyor holda kutish psixologiyasi. ​Qadimgi bitiklar va diniy falsafa va xossatan Islom dini bu illyuziyani keskin parchalaydi. Qurʼonda Maryam onamiz toʻlgʻoq azobida yotganda unga osmondan tayyor ovqat tushmadi. Unga berilgan buyruq qatʼiy edi: «xurmo daraxtini silkit!» Moʻjizalar mavjud, lekin ular real harakatsiz ishlamaydi. Soʻrash va niyat qilish — bu shunchaki navigatorda manzilni belgilash. Ammo mashinani baribir oʻzingiz haydashingiz shart. ​Bugungi ommaviy «orzukashlik» trendi jamiyatni rivojlantirmasligi, infantil qilishi mumkin.

Агар бирор кишидан хафа бўлсанг, дарров ундан юз ўгирма. Инсонлар ойна кабидир, улар сендаги бор нарсани акс эттирадилар. Ага
Агар бирор кишидан хафа бўлсанг, дарров ундан юз ўгирма. Инсонлар ойна кабидир, улар сендаги бор нарсани акс эттирадилар. Агар қаршингдаги инсонда нуқсон кўрсанг, билгинки, ўша нуқсон сенинг қалбингда ҳам бор. Ойнани синдириш билан ундаги акс йўқ бўлиб қолмайди, сен ўз қалбингни покла. Шамс Табризий

"O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni topshirishdi menga. Mehnat insonni ulug‘laydi deb aytishgan yoshligimdan. Ammo, Mehnati
+3
"O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni topshirishdi menga. Mehnat insonni ulug‘laydi deb aytishgan yoshligimdan. Ammo, Mehnatim hali qo‘ygan maqsadimchalik va niyatlarimchalik davlatimga singmagan bo‘lsada, meni eʼtrof etishganidan juda xursand bo‘ldim.
"O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni 1997-yil 22-iyul kuni, PF-1822-son bilan tasis etilgan bo‘lib, 1,0 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi, diametri 22 millimetrni tashkil etadigan halqadan iborat boʻladi.