1 123
订阅者
+124 小时
无数据7 天
+3030 天
帖子存档
1 123
Repost from N/a
#elon
🔔"Shaffof qurilish" tizimidagi integratsiya jarayonlari yakunlandi.
Tizimdagi barcha xizmatlar odatdagi tartibda ishlamoqda.
❗️20-oktabrda tugashi belgilangan tender savdolari 27-oktabrga qadar uzaytirilganini ma'lum qilamiz.
20-oktabrdan keyingi sanalarga belgilangan tenderlarning tugash muddatlari haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
1 123
Repost from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING
🏢 Qurilish jarayonlarini soddalashtirish, korrupsion omillarni bartaraf etish hamda sohani to‘liq raqamlashtirish yo‘nalishida navbatdagi muhim qadam qo‘yildi. Hukumatning 666-son qaroriga binoan endilikda loyiha va qurilish jarayonlarida ochiqlikni ta’minlash, fuqarolar uchun qulaylik yaratish hamda davlat xizmatlarini zamon talabiga moslashtirish bo‘yicha yangi tartiblar joriy etiladi.
Yangi qaror asosida:
• loyihalashdan foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan jarayonlar to‘liq raqamli nazorat ostiga olinadi;
• yer bilan bog‘liq ma’lumotlar bazalari integratsiya qilinadi, bu esa qurilish ruxsatnomalarini olishdagi byurokratik to‘siqlarni kamaytiradi;
• hududiy arxitektura kengashlarining vakolatlari kengayadi — muhim obyektlarning loyiha yechimlari endi ko‘proq tashkilotlar ishtirokida ko‘rib chiqiladi;
• qurilish ishlari boshlanishi va yakunlanishida ruxsatnoma olish tartibi aniq va yagona tizimga o‘tkaziladi;
• foydalanishga topshirish jarayonlari elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali amalga oshiriladi.
🔴Alohida e’tibor — ona tilimizga hurmat masalasiga qaratilgan. 2026-yil 1-yanvardan boshlab, barcha yangi turar joy majmualari, bino pasportlari, peshlavhalar va qurilish joylaridagi reklama matnlari davlat tilida yozilishi majburiy bo‘ladi.
Shuningdek, mualliflik va texnik nazoratga oid barcha hujjatlar endilikda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qiluvchi inspeksiyalarga elektron shaklda topshiriladi. Bu esa nafaqat tartibni soddalashtiradi, balki inson omilini kamaytirish orqali korrupsion xavflarni ham sezilarli qisqartiradi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
