Flutter Uzbek | Mobil dasturlash
前往频道在 Telegram
Flutter bo'yicha birinchi o'zbekcha darslik bu yerda https://www.youtube.com/c/ZayniddinMamarasulov Discord server ►https://discord.gg/KQAeB9wa 🍊Donate Apelsin (UZCARD/HUMO) ►https://donate.apelsin.uz/pay/Zayniddin
显示更多898
订阅者
+124 小时
+47 天
+1230 天
帖子存档
Repost from Samandar Ahadjonov
#package
Milliy mahsulotimizni ishlatib ko’rib, like bosib qo’llab-quvvatlang🙌🏻
🧑💻 Localization PRO
@ahadjonovss
Repost from Samandar Ahadjonov
#contribution
🧑💻 Localization PRO package’iga o’z hissasini qo’shishni istovchilar uchun ajoyib imkoniyat!
Hozir yangi imkoniyatlarni qo’shishdan bizni bir muammo to’xtatib turibti. Ya’ni tr metodlarimiz context’ga ehtiyoj sezadi.
Contextsiz uini avtomatik yangilay olmaydi.
Shu sabab, agar sizda ushbu muammoga yechim bo’lsa, github repodan kodlarni olib, yechimingizni taqdim etishingiz mumkin.
Contributerlik uchun ajoyib imkoniyat 😌
@ahadjonovss
Mosheniklar yangi darajaga chiqishibdi. Ilgari mashxur odamlardan foydalanishgan bo’lsa, endi istalgan guruhga kirib. Bitta akauntni sohtalashtirib(rasm, ismni o’xshatib) guruhga reply qilgan yoki random foydalanuvchilarga yozib qarz so’ramoqda.
Istalgan qarz so’raydigan tanishlaringizdan ehtiyot bo’linglar. Nomeri, usernamega qaranglar, telefon qilib so’ranglar haqiqatdan o’shami.
Repost from Samandar Ahadjonov
#podkast #dartdosh
Podkast boshlandi!
Quyidagi havola orqali tomosha qiling!
📹 Havola
P.s: izoh yozib, like bosish aslo esdan chiqishi mumkin emas)
@ahadjonovss
Packagega like bosib qo’llab quvvatlab qo’yaylik. Supportini davom ettirishiga motivatsiya bo’lar edi.
Repost from Flutter Dev | Uzbekistan 🇺🇿
Yangi paket: UzPay 🇺🇿💳
= Pub.dev da: https://pub.dev/packages/uzpay
Va'da qilganimdek, O'zbek to'lov tizimlari uchun paket.
Aslida oddiy narsa, lekin dasturingizda hammasini sozlab chiqqani 1-2 kun ketib qolishi mumkin.
Qulaylik olib kelsa "duo" qilib qo'yarsiz.
Qo'llab quvvatlashni istasangiz "repo" ni "fork" qiling va PR yuboring: https://github.com/Mamasodikov/uzpay
Mukammal inson bo'lmagani kabi mukammal kod ham yo'q. Xatolar topsangiz "issue" oching (qarg'amang 😅)
Har doimgidek "LIKE BOSING" va paketni ommalashishiga hissa qo'shing.
P.S: "Readme" ni o'zbekcha yozdim, chunki paket faqat o'zbeklar uchun. Agar bizni mahsulotni faqat O'zbekistonda ishlatishsa nega inglizcha bo'lishi kerak. Ruslar ishlatsa ham o'zbekcha o'rgansin :)
Click va Payme dokumentatsiyalarini yozganlar uyalsa arziydi. Faqat Ingliz va Rus tilida..
#package #payment
@flutterblogs
Yangi loyiga boshladik
Real katta loyihalarda ishlagan, qiyin masalalarga yechim topgan dasturchilar o'zlarini tajribalarini ulashadigan loyiha
Barcha dasturchilarga albatta foydali bo'ladi
Qani videoga like bosib, kanalga a'zo bo'lamiz, asosiylari hali oldinda
Go go go
➖ @flutter_uzbek➖
Tez kunda yangi podcast...
https://www.youtube.com/shorts/rj_6VAC9jO8
➖ @flutter_uzbek➖
Repost from Bek Olimjon
Boy bo’lmoqchisiz, avtomoykada ish boshladingiz. Umrida pul topmagan, otasi olib bergan mashinada kelgan bittasi sizga past nazar bilan qaradi. Moyka egasi tadibrkor odam maqsadigizdan motivatsiya oldi.
Dunyo kezmoqchisiz, sayohatni qishlog’ingizdan qo’shni viloyatga, avtobusda boshladingiz. Atrofdagilar uchun bu kulgili bo’ldi. Avtobusda Kanadalik turist bilan tanishdingiz. U Madagaskarga qilgan sayohati rasmlarini ko’rsatdi.
Marafon yugurmoqchisiz, do’stlaringiz ahmoqmisan deyishdi. Marafon yuguradiganlar xolis maslahatlar berishdi.
Zo’r mutaxassis bo’lmoqchisiz, chet tili o’rganishni boshladingiz. “Choyxonadan ustunmi” shu deyishdi. Ikki yildan keyin Frankfurtda o’zbeklar bilan choyxonadasiz. Ular sizning hikoyangizni maroq bilan tinglashmoqda.
O’zi biror natijaga erishmaganlar doim bir negativ fikr beradi.
Niyatimiz xolis va harakatimiz chin dildan ekanligini ko’rgan haqiqiy natijaga erishganlar doim biz tomon bo’lishadi, yo’l ko’rsatishadi, o’z davrasiga taklif etadi.
Bek Olimjon
Mallorca, Ispaniya
08.05.24
Vohid aka Jahongir aka bilan bo'lgan suhbatni kanaliga joylabdi.
Boshqa suhbatlardan farqi Yevropada bo'ydoq yoki oila bilan yashaganda qanday qulayliklar, kamchiliklar borligi yoritib berilgan. Aynan shu savollarga javob izlaganlarga tavsiya qilaman 👇
https://www.youtube.com/watch?v=VVlTWHM0UdQ
Repost from Vohid Karimov
“Boyib ketsam umuman ishlamayman, mazza qilib yotaman”
Men tanigan muvaffaqiyatli insonlar muvaffaqiyatga o’zlarini tirishqoqliklari va mehnatkashliklari orqali erishganlar. Ko’p holatlarda bu tirishqoqlik va mehnatkashlik orqasida yaxshiroq hayotga bo’lgan ehtiyoj yotadi. Ular ham bir paytlar “oyoqqa turib ketsam umuman ishlamayman, dadam ham onam ham ortiqcha ishlashmaydi, mazza qilib yashaymiz” degan qattiq maqsadni o’z oldilariga qo’yishgan.
Bu juda yaxshi maqsad — har birimiz ham yaxshiroq hayotga intilib yashashimiz kerak. Lekin, boyib ketsam umuman ishlamayman deganlar sal kalta o’ylashadi. Keling shu yerda #storytime qilamiz.
2014-yil. Toshkentga o’qishga keldim. Menda ham yaxshiroq hayotga ehtiyoj katta. Omadim kelib dasturlash soxasi oyog’im ostidan chiqdi. Dasturlashni astoydil oldim, internship qildim, ishladim, o’z ustimda ishlashni to’xtatmadim va 2-3 yilda oilamni moliyaviy taminlay oladigan xolatga chiqdim. Dadamga mag’rurlik bilan “bo’ldi ishlamasangiz bo’ladi, men o’zim hammani taminlayman, ishingiz bergan oylik qilayotgan mehnatingizga arzimaydi” dedim. Lekin dadam ishlarini to’xtatmadilar. Boshida hayron qoldim, lekin keyinroq sababini tushunib oldim.
Hop, nega dadam moliyaviy muhtojlik bo’lmasada ishlashni to’xtatmadilar? Qisqa javob — hayot mazmuni. Sizga yoqadimi yoqmaydimi, kunlik ishimiz (kollegalar, qizg’in suxbatlar, muammolar, unga yechimlar, va hattoki ishdagi dramalar ham) bizning hayotimizga katta mazmun beradi. Mazmunsiz esa hayot bo’lmaydi.
Huddi shu sababli ham puli 10ta avlodiga yetadigan milliarderlar ham har kuni ertalab turib ishga boradi va o’z oldiga qo’ygan buyuk maqsadlari sari ishlashadi. Chunki shu ish ularning hayotiga mazmun beradi. Hayotga mazmun beradigan boshqa narsalar ham albatta bor (oila, do’stlar, hobby, sport, va hkz), lekin ko’pchiligimiz uchun ishning o’rni sezilarlicha katta.
E’tiboringiz uchun raxmat, hayotingiz mazmunli bo’lsin!
Repost from Azimjon's Fikrlog
Google’dagi O’zbek hamkasblarim ko’payib borayotganligidan xursandman.
Ular 5 yilda 1000ta bo’ladi deb qo’ygandim - 2 yil oldin. Hozir Googleda yurtdoshlardan atiga 27 kishi bor, yolg’onchi bo’lib qolmay - yordam qilinglar.
Bugun Javohir Google’dan yozda amaliyot o’tish uchun taklif oldi. Shvetsariyaga. Bu boshqa Javohir - o’tgan kungi boshqa, 1 yilda 3-si bilganlarimdan.
2 yil avval Javohir Varshavaga o’qishga kelgandi, o’qish qiyin PJAIT ga. Ham o’qib, ham ishlab ham bir paytda bilim ulashib keldi. Dasturlash bo’yicha ish chiqmaganida, o’qishni davom ettirish uchun boshqa ishlar ham qildi. Ammo chekinmadi.
Qiyinchilikdan keyin albatta osonlik keladi.
Ishoning.
Yangi ishxonaga o’tish vaqti keldi deb o’ylayman. Ishxonangiz Senior-middle Flutter dasturchi izlayotgangan bo’lsa kontaktini @abbos2101 yozsangiz.
ps: hhdan oldin, ishlaydigan odamlarni o’zidan muhitni so’rab ko’rmoqchi edim.
