ch
Feedback
"EVRIKA" O'QUV MARKAZI

"EVRIKA" O'QUV MARKAZI

前往频道在 Telegram

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "EVRIKA" o'quv markazining rasmiy kanali 💡 Yuqori darajadagi oliy ta'lim dargohlarida talaba bo'lmoqchimisiz ? Unda biz bilan hamkorlikda bo'ling Admin - @Muhammad_Mirsaidov

显示更多
887
订阅者
-224 小时
+37
-1330
帖子存档
#Bizning_faxrimiz #Tabriklaymiz #Evrika "Evrika" o'quv markazi o'quvchisi Hazratova Gulnoza matematika fanidan milliy sertifi
#Bizning_faxrimiz #Tabriklaymiz #Evrika "Evrika" o'quv markazi o'quvchisi Hazratova Gulnoza matematika fanidan milliy sertifikat sohibasi bo'lib, navbatidan oldin ushbu fandan ballni naqd qilib qo'ydi. Tabriklaymiz! Ustoz - O.Jahonov

#Bizning_faxrimiz #Tabriklaymiz #Evrika "Evrika" o'quv markazi o'quvchisi Loxiddinov Alisher matematika fanidan milliy sertif
#Bizning_faxrimiz #Tabriklaymiz #Evrika "Evrika" o'quv markazi o'quvchisi Loxiddinov Alisher matematika fanidan milliy sertifikat sohibi bo'lib, navbatidan oldin ushbu fandan ballni naqd qilib qo'ydi. Tabriklaymiz! Ustoz - O.Jahonov

#Bizning_faxrimiz #Tabriklaymiz #Evrika "Evrika" o'quv markazi o'quvchisi Sharofiddinov Akmaljon matematika fanidan milliy se
#Bizning_faxrimiz #Tabriklaymiz #Evrika "Evrika" o'quv markazi o'quvchisi Sharofiddinov Akmaljon matematika fanidan milliy sertifikat sohibi bo'lib, navbatidan oldin ushbu fandan ballni naqd qilib qo'ydi. Tabriklaymiz! Ustoz - O.Jahonov

#diqqat Matematika fanidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi✅ 📝 2025-yil 23-fevral kuni o‘tkazilgan Matematika fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. 📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. ✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. ✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi: 🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball; 🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball; 🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball. Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi. 🔵@MatematikaMilliy_Sertifikat

#Bizning_faxrimiz #Tabriklaymiz #Evrika "Evrika" o'quv markazi o'quvchisi Raxmonkulova Robiya ingliz tili fanidan B2 sertifik
#Bizning_faxrimiz #Tabriklaymiz #Evrika "Evrika" o'quv markazi o'quvchisi Raxmonkulova Robiya ingliz tili fanidan B2 sertifikat sohibasiga aylandi. O’quvchimiz 9-sinf bo’lishiga qaramasdan navbatidan oldin ushbu fandan ballni naqd qilib qo'ydi. Tabriklaymiz! Ustoz - E.Qalandarova

#Bizning_faxrimiz #Tabriklaymiz #Evrika "Evrika" o'quv markazi o'quvchisi Muxiddinova Bibisora 6-sinf bo’lishiga qaramasdan,
#Bizning_faxrimiz #Tabriklaymiz #Evrika "Evrika" o'quv markazi o'quvchisi Muxiddinova Bibisora 6-sinf bo’lishiga qaramasdan, ingliz tili fanidan B1 sertifikat sohibasiga aylandi. Tabriklaymiz ! Ustoz - E.Qalandarova

Oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga kirish uchun yo'nalishlar kesimida tasdiqlangan fanlar majmuasi. Shu majmuadan foydalangan holda qabul kvotasini shaklllantirishingiz maqsadga muvofiqdir. 👇👇👇 https://t.me/+TMrqeYmwSg0aFz4_

#KUN_IQTIBOSI Zavq va orzular zinapoyaga o‘xshaydi. Zinalar o‘tirib, dam olishga moslashmagan. Umrni shu zinalarda behuda o‘t
#KUN_IQTIBOSI Zavq va orzular zinapoyaga o‘xshaydi. Zinalar o‘tirib, dam olishga moslashmagan. Umrni shu zinalarda behuda o‘tkazmaslik uchun g‘ofillikdan tez uyg‘ongan va hayotning mohiyatini to‘g‘ri anglab yetgan odam naqadar baxtli!Jaloliddin Rumiy 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Universitet yoki Institut? Farq nimada? Ko‘pchilik abituriyentlar va talabalar "universitet" va "institut" tushunchalarini bi
Universitet yoki Institut? Farq nimada?
Ko‘pchilik abituriyentlar va talabalar "universitet" va "institut" tushunchalarini bir-biridan farqlay olishmaydi. Aslida, bu ikkisi o‘xshash bo‘lsa-da, muhim farqlarga ega.
🏛 Universitet – keng qamrovli ta’lim maskani
Universitet – turli sohalarda bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim beruvchi yirik oliy o‘quv yurti. ▶️U bir nechta yo‘nalish va fakultetlarni qamrab oladi (masalan, tibbiyot, muhandislik, iqtisodiyot, pedagogika va boshqalar).
🏢 Institut – muayyan sohaga ixtisoslashgan o‘quv yurti
▶️Institutlar asosan bitta yoki bir nechta o‘xshash yo‘nalishlarga ixtisoslashgan bo‘ladi (masalan, pedagogika instituti, muhandislik instituti). ◀️Universitetlarga qaraganda kichikroq bo‘lib, ko‘pincha bakalavriat va magistratura darajalarini beradi. Lekin bugungi kunda institutlar ham doktorantura bosqichida ta'lim berishmoqda.
XULOSA 🟢Agar siz keng tanlov imkoniyatiga ega bo‘lishni istasangiz, universitet siz uchun yaxshiroq variant. 🔴 Agar aniq bir sohaga ixtisoslashmoqchi bo‘lsangiz, institut mos keladi. O‘zingizga mos ta’lim muassasasini tanlab, kelajagingiz uchun to‘g‘ri qadam qo‘ying! ✅ @Xususiy_oliygohlarLitsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal

Dunyoda eng koʻp kitob oʻqiydigan davlatlar 10 taligi 10- oʻrin Kanada 9- oʻrin Meksika 8- oʻrin Brazilya 7- oʻrin Argentina
Dunyoda eng koʻp kitob oʻqiydigan davlatlar 10 taligi 10- oʻrin Kanada 9- oʻrin Meksika 8- oʻrin Brazilya 7- oʻrin Argentina 6- oʻrin Aqsh 5- oʻrin Buyuk Britanya 4- oʻrin Ispaniya 3- oʻrin Italiya 2- oʻrin Rossiya 1- oʻrinda Xitoy Bizchi?

#KUN_IQTIBOSI Agar xohishing ortidan bormasang, hech qachon unga ega bo‘lmaysan. Agar so‘ramasang, hech qachon javob ololmaysan. Agar birinchi qadamni tashlamasang, hozir turgan joyingda qolib ketasan. ✍️ Nora Roberts 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#KUN_IQTIBOSI Aql bilan mansabga erishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo‘lmaydi. ✍ O‘tkir Hoshimov 🇺🇿Navoiy viloyati
#KUN_IQTIBOSI Aql bilan mansabga erishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo‘lmaydi.O‘tkir Hoshimov 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

KUN HIKMATI: Yaxshi yozadigan mualliflarning kitobini o‘qib chiqsangiz, yaxshi gapirishga odatlanasiz. F. Voltair ______ КУН
KUN HIKMATI: Yaxshi yozadigan mualliflarning kitobini o‘qib chiqsangiz, yaxshi gapirishga odatlanasiz. F. Voltair ______ КУН ҲИКМАТИ: Яхши ёзадиган муаллифларнинг китобини ўқиб чиқсангиз, яхши гапиришга одатланасиз. Ф. Вольтаир

#KUN_IQTIBOSI Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir
#KUN_IQTIBOSI Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#hemis ⚡️HEMIS dasturi asosida faoliyat yurituvchi nodavlat OTMlar ro'yxati (13.03.2025 holatiga) 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, barcha nodavlat oliygohlar (xususiy, xorijiy) HEMIS dasturiga o'tish majburiyati yuklangan. Dasturga kiritilmagan talabalarga esa diplom berilmaydi. Ushbu faylda 13-mart holatiga ko'ra, HEMIS dasturi kirib borgan respublika hududida tegishli litsenziya asosida faoliyat yurituvchi nodavlat (xususiy, xorijiy) OTMlar ro'yxati keltirilgan. ❗️Tavsiya, oliygohingiz hemisga ulangan bo'lsa ham sizni tizimga kiritganligini dekanatdan aniqlashtirib oling. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

#KUN_IQTIBOSI Baland cho‘qqini zabt etgan inson, yana ko‘plab cho‘qqilar zabt etilishi kerakligini biladi. ✍ Nelson Mandela �
#KUN_IQTIBOSI Baland cho‘qqini zabt etgan inson, yana ko‘plab cho‘qqilar zabt etilishi kerakligini biladi.Nelson Mandela 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Sovuq urush davrida qaysi shahar ikki qismga bo'lingan?
Anonymous voting

Yozning harorati halaqit bersa, Kuzning hazoniyu,qishda qahraton. Bahor goʻzalligi rom etaversa, Aytgin-chi, ilmni oʻqiysan q
Yozning harorati halaqit bersa, Kuzning hazoniyu,qishda qahraton. Bahor goʻzalligi rom etaversa, Aytgin-chi, ilmni oʻqiysan qachon?

BIR QIZIQ NARSA BOR : BIROR BILIMNI O’RGANIB OLGANINGIZDAN KEYIN XUDDI U SIZDA AVVALDAN BORDEK TUYULADI . SIZGA TAʼLIM BERGAN USTOZNING MEHNATINI OSON UNUTASIZ. SVET O’CHIQ EDI-YU ,KIMDIR UNI ‘’CHIQ’ ETIB YOQIB QO’YGANDEK. SHUNGA SHUNCHAMI? USTANING YAROQSIZ KABELLARNI OLIB O’RNIGA ,QALIN KABELLARDAN MONTAJ QILGANI UNUTILADI . YANA KABELLAR YAROQSIZ BOʼLGUNCHA ANCHA QOVUN PISHIGʼI BOR ...

#DIQQAT 📱 Telefon saqlash uchun eng xavfli joylar! ——— Telefon – o‘zidan doimiy tarzda elektromagnit nur taratib turuvchi qurilma bo‘lib, uni istalgan joyda qoldirish mumkin emas. Bu nafaqat salomatlik uchun xatarli, balki texnik nosozliklarni ham yuzaga keltiradi. 1. Shimning orqa cho‘ntagi: odam gavjum joylarda telefoningizni yo‘qotish yoki unutish juda ham oson, juda ko‘p uchraydigan muammolardan biri – o‘tirganda telefon ekranining sinib qolishi. 2. Ko‘krak qafasidagi cho‘ntak: mobil telefon radiatsiyasi saraton xavfini oshirishi mumkinligi haqida aniq dalillar yo‘q. Ammo ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, ko‘krak oldida mobil telefonni osib qo‘yish ko‘krak bezi saratoni rivojlanish xavfini oshiradi. 3. Qo‘ng‘iroqqa javob berayotganda telefon teriga tegmasligi kerak: mobil telefon ekrani eng notoza joylardan biri sifatida tan olingan. Qo‘llarimizdagi bakteriyalarning aksariyati mobil telefon ekranida qoladi. 4. Issiqlik manbai yaqinida: yuqori harorat batareyaning portlashiga olib kelishi mumkin. 5. Yostiq ostida yoki yonida: uzoq muddatli elektromagnit nurlanish bosh og‘rig‘iga va bosh aylanishiga olib kelishi mumkin, kechasi ma’lumot kelganda ekran odatda yonib turadi, bu uyquni buzishi va dam olishga ta’sir qilishi mumkin, telefon yostiq ostida qolgandan keyin undan hosil bo‘lgan issiqlik tarqalmaydi, bu esa portlash va yong‘inni osonlik bilan yuzaga keltirishi mumkin. Bu xabarni telefonini qo‘lidan qo‘ymaydigan tanishlaringizga jo‘nating. Biz bilan birga bo‘ling Bizni kuzatishda davom eting:👇👇 https://t.me/qiziltepaziyosi