"EVRIKA" O'QUV MARKAZI
前往频道在 Telegram
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "EVRIKA" o'quv markazining rasmiy kanali 💡 Yuqori darajadagi oliy ta'lim dargohlarida talaba bo'lmoqchimisiz ? Unda biz bilan hamkorlikda bo'ling Admin - @Muhammad_Mirsaidov
显示更多888
订阅者
无数据24 小时
+17 天
-1430 天
帖子存档
⚡️KVOTA-2025. MAQSADLI QABUL
#abituriyent
✅ Maktab ta’limi sohasi uchun
Jami: 626 ta.
2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maktab ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).
👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2025
BAKALAVR. MASOFAVIY
#abituriyent
Jami: 18 ming 195 ta.
2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2025
BAKALAVR. KECHKI
#abituriyent
Jami: 28 ming 732 ta.
2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2025
BAKALAVR. KUNDUZGI
#abituriyent
Jami: 148 ming 400 ta.
2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️826 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘pladi
#abituriyent
Bu shubhasiz, rekord natija. Hatto bunkerlar gullab-yashnab, abituriyentlar o‘rniga professional ustozlar testlarni yechib bergan davrlarda ham maksimal ball olganlar soni bunchalar ko‘p bo‘lmagandi, adashmasam. Yoshlarimizga qoyil!
Albatta, maksimal ball to‘plashda xalqaro va milliy sertifikatlarning tan olinishi ham katta rol o‘ynamoqda. Ammo sertifikatni ham ashula aytgani yoki raqs tushgani uchun emas, bilimi borligi uchun berishadi. Ya’ni sertifikati bor abituriyentda yetarli darajada bilim bor degani. Bu meni juda xursand qiladi. Yana bir bor ilmga chanqoq yoshlarimizga qoyil!
Eng ko‘p maksimal ball biologiya+kimyo fani majmuasida (tibbiyot yo‘nalishi desak ham bo‘ladi), undan keyin ingliz tili+ona tili fanlari majmuasida (ingliz tili filologiyasi yo‘nalishi).
Fanlar majmuasi hamda tillar kesimida 189 ball to‘plaganlar soni quyidagicha:
🔹Biologiya + kimyo fanlari majmuasida (259 nafar)
O‘zbek tili: 227 nafar
Rus tili: 18 nafar
Qoraqalpoq tili: 14 nafar
🔹Ingliz tili + ona tili va adabiyot fanlari majmuasida (234 nafar)
O‘zbek tili: 227 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar
🔹Tarix + chet tili fanlari majmuasida (146 nafar)
O‘zbek tili: 145 nafar
Rus tili: 1 nafar
🔹Matematika + chet tili fanlari majmuasida (139 nafar)
O‘zbek tili: 133 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 2 nafar
🔹 Davlat va huquq asoslari + chet tili fanlari majmuasida (26 nafar)
O‘zbek tili: 22 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar
🔹Ona tili va adabiyot + chet tili fanlari majmuasida (16 nafar)
O‘zbek tili: 9 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar
🔹Matematika + fizika fanlari majmuasida (5 nafar)
O‘zbek tili: 5 nafar
🔹 Fizika + matematika fanlari majmuasida (1 nafar)
O‘zbek tili: 1 nafar
ℹ️ Izoh: yuqoridagi ro‘yxatga “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilarining natijasi kiritilmagan, chunki ular uchun alohida kvota beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
❓Xususiy oliygohni bitirib davlat oliygohlarining magistraturasida o'qib bo'lmaydimi?
✅ JAVOB: Nodavlat oliygohlarning bakalavriat ta'lim yo'nalishini tamomlagandan so'ng davlat oliygohlarining magistraturasida yoki aksincha davlat oliygohlarining bakalavriatida o‘qib nodavlat oliygohlarning magistraturasida tahsil olish mumkin. Bu bo'yicha hech qanday cheklov va havotirlanishga asos yo'q.
Eslatib o‘tamiz: tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar davlat oliy taʼlim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.
☝️ Jumladan, nodavlat oliygohlarning magistratura bosqichini tamomlagan bitiruvchilar uchun berilgan diplomlar ham Respublika hududida tan olinadi.
✅ @Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
#Kun_iqtibosi
Kim ilmsiz amal qilsa, isloh qilgan narsasidan ko‘ra, barbod qilgan narsasi ko‘proq bo‘ladi.
✍Jaloliddin Rumiy
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📢“Evrika” o’quv markazida yangilik!
Yuzlab o’quvchilarga kimyo fanining sir-asrorlarini o’rgatib, milliy sertifikat olishiga yordam berib kelayotgan , dars o’tish uslubi sodda hamda qiziqali bo’lgan kimyochi Jasur Sa’dullayev endi “Evrika” o’quv markazida o’z faoliyatini davom ettiradi.
📚 Darslar 3-avgustdan boshlanadi, va asosiysi siz bir hafta davomida bepul darslarga qatnashishingiz mumkin
❕Tanlovda adashmang, “ Evrika” sizni yaxshi emas, zo’r bo’lishingiz uchun astoydil harakat qiladi
#Kun_iqtibosi
Yaxshi tarbiya ko‘rgan odamning hislatlaridan biri shuki, bunday odam o‘z faoliyatida boshqalardan bir qadam oldinga o‘tsa - darrov orqaga qaraydi, sheriklariga yordam qo‘lini uzatadi, safini kengaytirib, yangi g‘alabani ko‘zlaydi.
✍ Abdulla Qahhor
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram
⚡️Imtihonlar yakunlangandan so‘ng abituriyentlar nimani tanlashadi?
Xabaringiz bor, 14-iyul sanasidan kirish imtihonlarining dastlabki bosqichi, ya’ni, test topshirish boshlandi.
Test topshirgan abituriyentlarning natijalari bir kun o’tib e’lon qilib borilmoqda. Barcha imtihonlar yakunlangandan so‘ng, abituriyentlarga tanlov imkoniyati boshlanadi.
Bunda abituriyentlar beshtagacha yo‘nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan istalgan yo‘nalishlarni va istalgan OTMlarni tanlashi mumkin.
Shuningdek, abituriyentlar ta’lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo’nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo’ladi. Masalan, 1 va 2 yo‘nalish – kunduzgi, 3 – kunduzgi, 4 – kechki, 5 – masofaviy.
Abituriyentlar tanlov jarayonida tanlov ustuvorligini ham tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga yoki yo‘nalishga qaratish mumkin.
Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:🌍 @Talimgaoid_perevod
⚡️Грантга кирган талабанинг 3 йил ишлаб бериш мажбурияти бекор қилинган!
🇺🇿 Президентнинг 2024 йил 24 майдаги 81-сонли “Олий таълим ташкилотларига ўқишга қабул қилиш ва давлат буюртмасини жойлаштириш тизимини такомиллаштириш тўғрисида”ги фармоннинг 3-банд в кичик банди 6-хатбошига кўра 2024-2025 йилдан бошлаб таълим гранти асосида таҳсил олган талабаларнинг ўқишни тамомлаганларидан сўнг камида 3 йил ишлаб бериш мажбурияти бекор қилинган эди.❌ Мақсадли қабул бундан мустасно! Қабулга оид янгиликлар: 👉 @davlattestmarkazi
Мақсадли қабул нима дегани ўзи?
🧠 Мақсадли қабул – бу маълум бир таълим йўналишида муайян ҳудудлар (масалан, Қашқадарё вилояти, Қарши шаҳри, Шаҳрисабз тумани) учун алоҳида ажратилган давлат гранти асосидаги қабул.
Мисол учун, Андижон вилоятига ажратилган жой учун наманганлик абитуриент ёки бир туманга ажратилган жой учун бошқа тумандаги абитуриентлар мақсадли қабулда қатнаша олмайди.
Мақсадлини танласам нимани йўқотаман ва нимадан ютаман?
👉 Мақсадли қабулни танламаган абитуриентга мазкур таълим йўналиши бўйича фақат умумий танловда иштирок этиш ҳуқуқи берилади. 👉 Мақсадли қабулни танлаган абитуриентга эса мазкур таълим йўналишида умумий танловда ҳам иштирок этиш ҳуқуқи берилади. Унутманг, амалдаги тартибга кўра мақсадли қабул қилинган талабаларнинг бошқа таълим йўналиши ёки шаклига, бошқа ОТМга ўқишини кўчириш ва қайта тиклаш ҳақидаги аризасига рад жавоби берилади. ✅ Мақсадли қабул квоталари учун қуйидаги тоифадаги абитуриентлар ҳужжат топшира олади: 👉 муайян ҳудудда доимий яшайдиган (паспортдаги маълумоти бўйича); 👉 умумий ўрта мактабни якунлагани тўғрисидаги тегишли ҳужжатга эга бўлганлар (10–11-синфлар негизида); 👉 ўрта махсус, касб-ҳунар маълумоти тўғрисидаги тегишли ҳужжатга эга бўлганлар.❗️Эслатма: @DTMSTAT_BOT орқали кириш осон бўлган йўналишларни топиш мумкин. Қабулга оид янгиликлар: 👉 @davlattestmarkazi 👈
Muntazam kitob o‘qib borishi uchun 10 ta sabab:
• Miya faol tarzda ishlashni boshlaydi. • Dunyoqarash kengayadi. • Tasavvur rivojlanib, miyyada yangi g‘oyalar rivojlanadi. • Lug‘at boyligi va savodxonlik darajasi oshadi. • Ishdagi stresslardan xalos etadi. • Intellektni rivojlantiradi. • Xotirani mustahkamlaydi. • Alsgeymer kasalligining oldini oladi. • Ijodiy fikrlash qobiliyatini oshiradi. • Uyqu sifatini yaxshilaydi.
+2
#Bizning_faxrimiz
#Tabriklaymiz
#Evrika
“ Evrika” o’quv markazi o’quvchisi Xaydarova Gulsevar Toshkent shahrida o’tkazilgan “ Bilimdon” intelektual olimpiadaning Respublika bosqichida faol qatnashib taqdirlandi
Ota-onasi hamda ustozi Sh. Bobonazarovga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz
Ҳуқуқларни, эркинликларни ва қонуний манфаатларни амалга оширишда ёрдам кўрсатиш тўғрисидаги илтимос баён этилган мурожаат тури?
#Kun_iqtibosi
🖇 Kitob — yolg‘izlik ummonida cho‘kib ketayotgan odam uchun qutqaruv belbog‘i.
✍ Ramon Gomes de la Serna.
❗️Rasman: maktabdagi so‘nggi 6 yillik o’rtacha baholar test sinovlari baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi
19-iyul kuni qabul qilingan Prezident farmoni (PF-114-sonli) bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi "Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida abituriyentlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga qo‘yilgan baholarini inobatga olish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori o‘z kuchini yo‘qotishi belgilandi.
2021-yilgi qarorga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarning shahodatnomalaridagi so‘nggi 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘qishga kirishda inobatga olinishi va to‘plangan ballga o‘rtacha baho qo‘shib berilishi kerak edi.
Masalan, 130 ball to‘plagan abituriyentga 3, 4 yoki 5 baho uchun mos ravishda 3, 4 yoki 5 ball qo‘shilishi rejalashtirilgandi. Biroq ushbu tartibni joriy qilish 2023-yilda 2 yilga kechiktirilgan edi.
19-iyuldagi farmon bilan esa 2021-yilgi ushbu qaror batamom bekor qilinib, shahodatnomadagi baholar imtihonda inobatga olinmaydigan bo‘ldi.
Avvalroq bu haqida munosabatimni yozgandim va bu tizim so’nggi yillardagi ta’limga oid eng katta xato qaror bo’lishini aytgandim. Xayriyatki, ushbu tizim biron marta amaliyotga joriy etilmasdan, bekor qilindi.
👉 @xushnudbek 👈
#iqtibos
Tug‘ilgan kuning esdan chiqsa chiqsin-u, biroq nima uchun tug‘ilganing esdan chiqmasin.Gʻaybulloh AS-SALOM Biz bilan birga bo‘ling Bizni kuzatishda davom eting:👇👇 https://t.me/qiziltepaziyosi
