ch
Feedback
Sof_aqida.uz I Расмий канал

Sof_aqida.uz I Расмий канал

前往频道在 Telegram

Ушбу каналда мотуридия эътиқоди ва ҳанафий мазҳабига оид долзарб маълумотлар тақдим этиш билан бирга турли адашган фирқаларга раддиялар бериб борилади.

显示更多
834
订阅者
-124 小时
-37 天
-830 天
帖子存档
#Muslim_podcastda  #Ibratli_rivoyatlar 📱🗣ONA SUTI BILAN O‘TGAN INSONIY TABIAT VA XISLAT 📖 Ruhul-bayon tafsiridagi ibratli rivoyatlar 📝 Tarjimon: Jaloliddin Nuriddinov 🎙 Suhandon: Muhammad Nur 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

Энди диний материалларни Ўзбекистонда рухсат этилгани ёки тақиқлангани текшириш мумкин. Бу қандай ишлайди? ДХХ, ИИВ ва Диний қўмита ҳамкорлигида @dinuzbbot махсус боти ишга туширилди. Ушбу бот орқали Ўзбекистон ҳудудида тақиқланган — диний материаллар, китоблар, айрим шахс ва ташкилотларнинг фаолияти ҳақида маълумот олиш мумкин. Шунингдек, фойдаланувчининг ўзи бирор манба ҳақида сўров юбориб, у ҳақида ҳам маълумот олиши мумкин. Бот ҳозирча тест режимида ишламоқда. Ундаги айрим функцияларни текшириб кўришибди.

#hikmat #ilm #olim Ким илмни ва унинг аҳлини яхши кўрса, батаҳқиқ Аллоҳ яхши кўрганларни яхши кўрибди. ♻️ Улашинг: @AhliSunna
#hikmat #ilm #olim Ким илмни ва унинг аҳлини яхши кўрса, батаҳқиқ Аллоҳ яхши кўрганларни яхши кўрибди. ♻️ Улашинг: @AhliSunnaValJamoaUz

#Muslim_podcastda  #Kun_hadisi 📱🗣ALLOH ROZI BO'LADIGAN IKKI AMAL.. 🌙 Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: «Biror ovqatni yeb hamd aytgan, biror ichimlik ichib hamd aytgan bandasidan Alloh taolo albatta rozi bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 📖 Riyozus solihiyn, 13-bob 24-hadis 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

#Muslim_podcastda  #Kun_hikmati 📱🗣BAXT YONIMIZDA... Ulamolar bisotidan Ko‘pincha baxt-saodat qidiramiz, vaholanki, u yonginamizda bo‘ladi. Xuddi ko‘pincha ko‘zimizda turgan ko‘zoynakni qidirganimiz kabi. Lev Tolstoy. 🎙 Suhandon: Muhammad Nur 📖 Saodatga yetaklovchi hikmatlar 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

#VIDEOLAR ▶️Ziyoratgohda bo‘lish odoblari haqida 🎙Jasur Abduqodirov, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi o‘qituvchisi Kanalimizga obuna bo‘ling va do‘stlaringizga ham ulashing! 🌐Ziyo.uz |✅ Telegram | 🌐Instagram |📹 Youtube

#hikmat #ilm #ustoz #fiqh ИЛМДА УСТОЗ ШАРТ Абу Ҳанифа раҳимаҳуллоҳга масжидда кишилар ҳалқа бўлиб фиқҳ ўрганишаётгани ҳақида
#hikmat #ilm #ustoz #fiqh ИЛМДА УСТОЗ ШАРТ Абу Ҳанифа раҳимаҳуллоҳга масжидда кишилар ҳалқа бўлиб фиқҳ ўрганишаётгани ҳақида айтилди. У зот: "Уларнинг боши (устози) борми?" деб сўради. "Йўқ" дейишди. У зот: "Улар ҳеч қачон фиқҳни ўргана олишмайди", деди. Изоҳ: Фиқҳ — бу шунчаки китоб ўқиш эмас, балки далиллар, ҳукмлар ва уларнинг мақсадларини тушунишдир. Устозсиз ўрганилган илмда хатолар, нотўғри тушунчалар ва адашишлар кўп бўлади. Устоз шогирдга илмни ўз даражасига қараб, асосларидан бошлаб, босқичма-босқич ўргатади. ♻️ Улашинг: @AhliSunnaValJamoaUz

#Muslim_podcastda  #Kun_oyati 📱🗣ODAMLARNI HAJGA CHAQIR... 🤣 🗣Oyat tafsiri: Ey Ibrohim, odamlarni haj ibodatiga chaqir. Demak, haj faqat Quraysh kofirlari uchun emas. Hamma odamlar uchundir. «...ular sen tomon piyoda, uzoq-uzoq yo‘llardan yurib, ozgan ulovlar ustida kelsinlar». Eng uzoq yurtlardan ham kelsinlar. Piyoda yurib bo‘lsa ham kelsinlar. Yo‘l uzoqligidan, mashaqqatliligidan ulovlari ozib-horib ketsa ham kelsinlar. Baytullohning egasi uning quruvchisiga shunday deb turganidan keyin, Quraysh kofirlarining musulmonlarni undan to‘sishga hech haqlari yo‘q. «Va o‘zlariga bo‘ladigan manfaatlarga shohid bo‘lsinlar». Baytullohni haj qilishda har bir hoji uchun ko‘plab dunyo va oxirat manfaatlari bor. Hajda ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy manfaatlar ko‘p. Hajga keluvchilar avvalo Allohga ibodat qiladi, taqvosi ziyoda bo‘ladi, qolaversa, bir-birlari bilan tanishadilar, o‘zaro fikr va tajriba almashadilar, foydali maslahatlar oladilar, shuningdek, savdo-sotiq, tijorat ham qiladilar. Ularning bu manfaatlardan bahramand bo‘lishga haqlari borligini Allohning O‘zi e’lon qilib qo‘ygan. Endi qanday qilib Quraysh kofirlari musulmonlarni Masjidul Haromdan, mazkur manfaatlardan to‘sadilar?! «Ma’lum kunlarda ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlarini (so‘yishda) Allohning ismini zikr qilsinlar». Haj pallasi Allohni zikr qilish avjiga chiqadigan mavsum. Bu mavsumning avji esa iyd kunlari bo‘lib, unda zikr qurbonlik so‘yish jarayonida yana avjlanadi. Har bir hoji Alloh yo‘lida barcha narsani qurbon qilish ramzi sifatida Allohning nomini zikr etib turib, tuya, mol, qo‘y kabi chorva hayvonlarini qurbonlik qiladi. «Bas, ulardan yenglar va bechora va faqirlarga ham yegizinglar». Qurbonlik qiluvchi hoji qurbonligidan o‘zi yesa ham bo‘ladi, beva-bechora, faqir-fuqarolarga yegizsa ham bo‘ladi. Masjidul Haromning egasi Alloh taoloning bu amriga qarshi musulmonlarni o‘sha manfaatlardan, qurbonlik qilishdan, Allohning nomini zikr etishdan to‘sishga Quraysh kofirlarining nima haqqi bor? 📝 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 📖 Tafsiri hilol, 17-juz 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

Repost from Muslim/podcast.uz
#Muslim_podcast  📱🗣DUNYODA HANAFIY MAZHABINI KENG TARQALGANLIGINING BOISI NIMADA? 🎙 Ekspert: Habibulloh domla Jo‘raboev – O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi katta ilmiy xodimi 🎞 Toʼliq👉FULL HD: @muslim_podcast_uzda koʼring! 📝 Mazkur podkast Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

#Muslim_podcastda  #Kun_hadisi 📱🗣QIRQTA XISLAT BOR, ULARNING ENG OLIYSI... 🌙 Abu Muhammad Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: «Qirqta xislat bor, ularning eng oliysi - sutini sog‘ib ichish uchun echkisini bermoqlikdir. Kimki mana shu xislatlardan birortasiga savob umidida va va’da qilingan narsaga ishongan holda amal qilsa, Alloh taolo jannatga kiritadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 📖 Riyozus solihiyn, 13-bob 22-hadis 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

#Muslim_podcast  📱🗣PAYG‘AMBARIMIZNING DAVRIDA MAZHAB BO‘LGANMI? 🎙 Ekspert: Habibulloh domla Jo‘raboev – O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi katta ilmiy xodimi 🎞 Toʼliq👉FULL HD: @muslim_podcast_uzda koʼring! 📝 Mazkur podkast Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

#imom #Abu #Hanifa Имом Абу Ҳанифа – Нўъмон ибн Собит Куфий раҳимаҳуллоҳ (80-150) 1. Исми- Нўъмон ибн Собит 2. Куняси- Абу Ҳа
#imom #Abu #Hanifa Имом Абу Ҳанифа – Нўъмон ибн Собит Куфий раҳимаҳуллоҳ (80-150) 1. Исми- Нўъмон ибн Собит 2. Куняси- Абу Ҳанифа 3. Яшаган даври- Умавий ва Аббосийлар бошқаруви даври. 4. Ташқи кўриниши – сўзамол, очиқ юзли, ҳайъат ва либоси келишган. 5. Ахлоқ-одоби – Аллоҳ таоло ман этган нарсалардан сақланишда ўта кучли, тақводор. 6. Даражаси – тобеин, саҳобаларнинг катта жамоаси билан бир даврда яшаган. 7. Машҳур устозлари – Анас ибн Молик, Жаъфари Содиқ ва Ҳаммод ибн Абу Сулаймон. 8. Машҳур шогирдлари – имом Абу Юсуф, имом Муҳаммад, имом Зуфар. 9. Ақидаси – аҳли сунна вал жамоа 10. Дафн этилган жойи – Бағдоддаги Аъзамия мақбараси. 12. Ҳадисдаги даражаси – имом, сиқа. 13. Фиқҳдаги даражаси – мужтаҳид. 14. Асарлари: "Фиқҳул акбар", "Муснади Абу Ҳанифа", "Махорижу фил фиқҳ", "Ъалиму вал мутаъаллим", "Радду ъала қадария", "Қасидату Нуъмания фий мадҳин Набиййи соллаллоҳу алайҳи васаллам" ва "Китабул васияти". ♻️ Улашинг: @AhliSunnaValJamoaUz

#Muslim_podcastda  #Kun_hikmati 📱🗣MUVAFFAQIYAT ISTASANG... Ulamolar bisotidan Har kuni kichik bir maqsadni bo‘lsa ham ro‘yobga chiqarib, muvaffaqiyat pillapoyasidan ko‘tarilganing o‘rningda jim qotib, mavhum narsani kutganingdan yaxshiroqdir! 🎙 Suhandon: Muhammad Nur 📖 Saodatga yetaklovchi hikmatlar 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

#Muslim_podcastda  #Kun_oyati 📱🗣ULAR ODAMLAR VA HAJ UCHUN VAQT O'LCHOVIDIR 🤣 🗣Oyat tafsiri: Ushbu oyati karimada zohiran go‘yo bir-biri ila bog‘liq bo‘lmagan ikki masala haqida so‘z yuritilgan. Birinchisi – hilollar, yangi oylar haqida bo‘lsa, ikkinchisi – uylarga eshikdan kirish haqida. Bu masalalar haqida hukm tushganining ham o‘ziga yarasha sabablari bor, avval o‘sha sabablarni tushunmaguncha, oyatning ma’nosini ham anglab yetish qiyin bo‘ladi. Odamlar hilollarning nima uchun yaratilganini o‘z voqeiliklaridan kelib chiqib so‘radilar. Qur’oni Karim ham ularning voqeiliklariga moslab, savolga yarasha javob tariqasidagina javob qildi: «Ular odamlar va haj uchun vaqt o‘lchovidir», deyish bilan kifoyalandi. Oy nega va qanday yaratilgan? Nima uchun avval kichik bo‘lib, keyin to‘lishadi va yana orqaga qaytadi? Osmondagi quyosh majmuasidagi sayyoralar orasida qanday o‘rin tutadi? Yana qanday vazifalarni ado etadi kabi ilmiy masalalar qo‘zg‘almadi. Chunki bu masalalar Qur’oni Karimning vazifasi emas. Tushuntirilgan taqdirda ham, o‘sha vaqtdagi odamlar bularni tushunishga tayyor emasdilar. Agar bunga o‘xshash sof ilmiy muammolar haqida so‘z ketganda, nazariy bahslar ko‘payib, shubhali savollar soni battar ortar edi. Holbuki, Qur’oni Karim falak, kimyo yoki jug‘rofiya kitobi emas. U insoniyatni ikki dunyo saodatiga boshlovchi hidoyat kitobidir. U mazkur ilmlarni ishlatuvchi insonni to‘g‘ri yo‘lga solishni o‘ziga vazifa qilib olgan kitob. Demak, Qur’oni Karim o‘sha ilmlardan ham va boshqa barcha narsadan ham ustun turuvchi kitobdir. Shu boisdan, odamlar hilollar haqida so‘rashganda, «ular odamlar va haj uchun vaqt o‘lchovidir», deyish bilan kifoyalangan. Hajga bog‘liq ulug‘ ruknlar kunini va yana boshqa vaqtlarni aniqlash uchun, albatta, hilolga qaraladi va vaqt uning chiqishidan belgilanadi. Demak, haj va hilol o‘zaro bog‘liq bor. Shu bog‘liqlik tufayli hilol haqida javob tushgan oyat hajga bog‘liq yana bir masalani ham oydinlashtiradi. Imom Buxoriy va imom Muslim sahih kitoblarida al-Baro roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, u kishi: «Ansoriylarda (madinalik musulmonlarda) hajdan qaytib kelganda uyning eshigidan kirmaslik odati bor edi. Ulardan bir kishi hajdan qaytganda uyining eshigidan kiribdi. Bu ishi unga ayb qilingandek qaralishiga sabab bo‘libdi. Shunda: «Yaxshilik uylarning orqasidan kirishingizda emas…» oyati tushdi», deganlar. Oyat o‘sha bo‘lishi ehtimol tutilgan savolga javob tariqasida va bo‘lib o‘tgan hodisaga baho berish bo‘lib kelgan: «Yaxshilik uylarning orqasidan kirishingizda emas, lekin yaxshilik kim taqvodorlik qilsa, shundadir». Demak, yaxshilik ba’zi bir ishlarga o‘zicha har xil sifatlar berib ado etish bilan emas, balki taqvo asosida, ya’ni Allohning buyurganini qilib, qaytarganidan qaytish bilan hosil bo‘lar ekan. Ammo ro‘za va haj haqidagi hukmlar orasida – hozir keladigan oyatlarda haj oylarida urush masalasi bayon qilinadi. 📝 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 📖 Tafsiri hilol, 2-juz 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

#VIDEOLAR ▶️Radikalizm tushunchasi haqida 🎙Xo‘jageldi Alimov, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dotsenti Kanalimizga obuna bo‘ling va do‘stlaringizga ham ulashing! 🌐Ziyo.uz |✅ Telegram | 🌐Instagram |📹 Youtube

#Намоз_вақтлари ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ 04.05.2026 йил ҳолатида 🕋 Бомдод 04:55; 🕋 Пешин 13:00; 🕋 Аср 17:35; 🕋 Шом 19:40; 🕋 Хуф
#Намоз_вақтлари ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ  04.05.2026 йил ҳолатида
🕋 Бомдод 04:55; 🕋 Пешин 13:00; 🕋 Аср 17:35; 🕋 Шом 19:40; 🕋 Хуфтон 21:10.
📖«Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир». (Нисо сураси, 103-оят). 🗝"Жаннатнинг калити намоз, намознинг калити таҳоратдир". (Ҳадис). عَنْ أَبِي حُمَيْدٍ أَوْ أَبِي أُسَيْدٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: «إِذَا دَخَلَ أَحَدُكُمُ الْمَسْجِدَ فَلْيُسَلِّمْ عَلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، ثُمَّ لِيَقُلِ: اللَّهُمَّ افْتَحْ لِي أَبْوَابَ رَحْمَتِكَ، فَإِذَا خَرَجَ فَلْيَقُلِ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. «Набий алайҳис-салом: «Қачон сизлардан бирортангиз масжидга кирса, Набий алайҳис-саломга салом берсин. Сўнгра: «Аллоҳумма ифтаҳ лий абваба роҳматика», – десин. Чиқаётганида: «Аллоҳумма инний асъалука мин фазлика», – десин», – дедилар». Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | nasafziyo.uz https://t.me/Ustoz_Rahmatillo_domla

#Muslim_podcast #ravza #rasul #sayohat 🗣 🕌 РАСУЛ АЛАЙҲИССАЛОМНИНГ РАВЗАИ МУБОРАКЛАРИГА САЁҲАТ 📿 Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Уйим билан минбарим орасида жаннат равзаларидан бир равза бор”, деганлар (Имом Бухорий ривояти). 🌹 Равза — боғ деган маънони билдиради. 🤲 Уламолар бу жой раҳматнинг тушиши, зикр, ибодат ва тиловат сабабли бахт-саодатнинг ҳосил бўлишида худди жаннат боғига ўхшайди, деб таъриф берганлар. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING VA ULASHING🗣

#Muslim_podcastda  #Duolar  📱🗣YANGI LIBOS KIYGANDA O'QILADIGAN DUO اللَّهُمَّ لَكَ الْحَمْدُ أَنْتَ كَسَوْتَنِيهِ أَسْأَلُكَ خَيْرَهُ وَخَيْرَ مَا صُنِعَ لَهُ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّهِ وَشَرِّ مَا صُنِعَ لَهُ 📖 Ma'nosi: «Yo Alloh! Senga hamd bo‘lsin, bu kiyimni menga Sen kiydirding. Sendan uning yaxshiligini va yaxshilikda ishlatishni so‘rayman. Uning yomonligidan va yomonlikka ishlatishdan panoh so‘rayman». 📖 Payg'ambarimiz ﷺ ning muborak 101 duolari 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

#Muslim_podcastda #Audio_kitob 📱🗣NIKOHGA MAJBURLASH YO'Q 📝 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 📖  BAXTIYOR OILA 🎙Suhandon: Muhammad Nur 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

#Muslim_podcastda  #Kun_oyati 📱🗣ENG YAXSHI OZUQA TAQVODIR 🤣 🗣Oyat tafsiri: Demak, haj doim bo‘lavermas ekan, uni ado etish uchun ma’lum vaqt, ma’lum oylar bor ekan. «Haj ma’lum oylardir». Haj oylari – shavvol va zulqa’da oylari to‘liq, zulhijja oyining birinchi o‘n kunidir. Mana shu paytda hajni niyat qilib ihromga kirsa bo‘ladi. Albatta, zulhijja oyining o‘ninchi, ya’ni qurbon hayiti bundan mustasnodir. «Kimki ularda o‘ziga hajni farz qilsa, hajda shahvoniy narsalar, fisq va janjal yo‘qdir». O‘ziga hajni farz qilish – hajni niyat qilib, ihromga kirish deganidir. Demak, unday odamga shahvoniy ishlar, ya’ni jinsiy yaqinlik va uning haqidagi gap-so‘zlarni so‘zlash va shunga o‘xshash narsalar mumkin bo‘lmaydi. Yana hajda: Fisq – katta-kichik gunoh ishlarni qilish; Janjal – odamlar bilan talashib-tortishish va so‘kishib, achchiq chiqarish kabi ishlar ham mumkin emas. Chunki haj qiluvchi inson ulug‘ maqomga erishgan bo‘ladi. U dunyoning hammasidan yuz o‘girib, ajrab, Allohga yuzlanadi. Robbul olamining uyini ziyorat qilgani chiqqan bo‘ladi. Shu, oliy darajadagi odob bilan odoblanishi zarur. Hamma yomon narsalarni tark etib, yaxshi ishlarni ko‘proq qilishi lozim. Chunki: «Nima yaxshilik qilsangiz, Alloh uni biladi». Shu bilan birga, hajga ketayotgan odamga ham ruhiy, ham moddiy ozuqa bilan oziqlanib olish tavsiya qilinadi va ruhiy ozuqa muhim ekanligi ta’kidlanadi: «Ozuqa oling, eng yaxshi ozuqa taqvodir». Imom Buxoriy Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, u kishi: «Yaman ahli hajga ozuqa olmay kelishar, biz tavakkal qiluvchilarmiz, deyishar edi. Makkaga kelgandan so‘ng odamlardan tilanchilik qilishga tushishardi», deganlar. Boshqa bir rivoyatda yamanliklar: «Allohning uyini haj qilamiz-u, bizni och qo‘yarmidi», deyishar ekan. Bu albatta, har bir narsaga tayyorgarlik ko‘rib yurishga buyuradigan Islom ta’limotiga xilof bo‘lib, hajni Allohga minnat qilishga ham kiradi. Shuning uchun ham oyatda Alloh taolo ham ruhiy, ham moddiy ozuqa bilan oziqlanib olishga amr qilmoqda: «Ozuqa oling, eng yaxshi ozuqa taqvodir. Menga taqvo qiling, ey aql egalari!» 📝 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 📖 Tafsiri hilol, 2-juz 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣