ch
Feedback
𝐑𝐨𝐛𝐨𝐭𝐬𝐀𝐧𝐝𝐌𝐞 - Учебный центр

𝐑𝐨𝐛𝐨𝐭𝐬𝐀𝐧𝐝𝐌𝐞 - Учебный центр

前往频道在 Telegram

🤖 Робототехника и IT для детей и взрослых ✅ Практика с первого урока ✅ Маленькие группы ✅ Возможность трудоустройства 📌 Мы в Instagram: https://www.instagram.com/robots_and_me ☎️ Запишитесь на пробный урок: +998 (93) 080-62-66

显示更多
682
订阅者
-124 小时
-47 天
-2630 天
帖子存档
"Qaysi kelajak kasbini tanlay?" Seminar-Trening RobotsAndMe va Buxoro davlat universiteti tomonidan tashkil etilayotgan yoshlar uchun maxsus seminar-treningda IT sohasidagi eng talabgir kasblar haqida mutaxassislar bilan birga bilib oling va o‘z kelajagingizni to‘g‘ri yo‘nalishda rivojlantirishga yordam oling! 🔔Sana: 19-oktabr ⏰ Vaqt: 10:00 📍 Joy: Buxoro davlat universiteti faollar zali Seminarda nimalarni bilib olasiz? 👤 Kelajakda qaysi IT kasblari eng talabgir bo‘lishini bilib oling 📢 Robototexnika, dasturlash, sun'iy intellekt va data science bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan jonli maslahatlar oling 📚 O‘z kasbingizni tanlashda qanday bilim va ko‘nikmalar kerakligini bilib oling 🎮🎁 Maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun BONUS! Seminardan so‘ng "Robototexnika asoslari" bo‘yicha bepul master-klasslar va qiziqarli o‘yinlar tashkil etiladi. Yoshlarga kelajak texnologiyalarini o‘rganish uchun ajoyib imkoniyat! Kelajakka bugun tayyorgarlik ko‘ring!
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

5️⃣5️⃣5️⃣ 🏆🏆🏆 🏆 ROBBO FEST - 2024 musobaqasidan fotoreportaj Telegram| instagram| Facebook
+7
5️⃣5️⃣5️⃣ 🏆🏆🏆 🏆 ROBBO FEST - 2024 musobaqasidan fotoreportaj Telegram| instagram| Facebook

5️⃣5️⃣5️⃣ 🏆🏆🏆 🏆 ROBBO FEST - 2024: G'OLIBLARIMIZ BILAN FAXRLANAMIZ! 🚀 8-10-oktyabr kunlari "CSS-2024" kiberxavfsizlik sa
+1
5️⃣5️⃣5️⃣ 🏆🏆🏆 🏆 ROBBO FEST - 2024: G'OLIBLARIMIZ BILAN FAXRLANAMIZ! 🚀 8-10-oktyabr kunlari "CSS-2024" kiberxavfsizlik sammiti doirasida Intercontinental kongress-markazida bo'lib o'tgan respublika miqyosidagi ROBBO FEST - 2024 robototexnika musobaqalarida o‘quv markazimizning iqtidorli o‘quvchilari katta g‘alabalarga erishdilar! 🎉 Musobaqa 4 yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilib, ularda o‘quvchilarimizning ajoyib natijalari tan olindi: 🤖 Robot Racing yo‘nalishi: 🥇 Nazarov Asadbek – 1-o‘rin 🥈 Xafizov Shoxruxmirzo – 2-o‘rin 🥉 Istamov Ahmadjon – 3-o‘rin 🔧 Foydali ixtirolar yo‘nalishi: 🥉 Yaxyoyev Mehriddin – 3-o‘rin G'oliblarimiz nafaqat shon-shuhratga, balki pul mukofotlari va esdalik sovg‘alariga ham ega bo‘ldilar! 💸 🎁 Ushbu muvaffaqiyatga erishgan barcha ishtirokchilarimizni tabriklaymiz va kelgusidagi yutuqlarida ulkan zafarlar tilaymiz! ✨ Telegram| instagram| Facebook

#tanlov #ixtirochilikka_qadam #10_oktabr_20_oktabr 📣📣📣📣📣 ⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVI 🗣"Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. ✅Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi: ➖Maktab bosqichi – oʻquv yilining 1-choragida; ➖Tuman (shahar) bosqichi – oʻquv yilining 2-choragida; ➖Viloyat bosqichi – oʻquv yilining 3-choragida; ➖Respublika bosqichi – oʻquv yilining 4-choragida boʻlib oʻtadi.
❗️Tanlov davomida o‘quvchilar ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishlari talab etiladi.
🟢Tanlovda individual yoki jamoa sifatida ishtirok etish mumkin. Bunda jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi kerak. 📆 Tanlovda qatnashish uchun joriy yilning 10-oktabridan 20-oktabriga qadar ixtirochi.piima.uz onlayn platformasida roʻyxatdan oʻtish lozim. 📞 Telefon: +998 (71) 207-20-17 ichki raqamlar 171, 172, 173, 174. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

🥳 O'quvchilarimizning O'zbekiston Kubogi va «Ipak yo'li» Xalqaro Kubogidagi g'alabasi! 🛫 1-6 oktyabr kunlari qadimiy Buxoro
+3
🥳 O'quvchilarimizning O'zbekiston Kubogi va «Ipak yo'li» Xalqaro Kubogidagi g'alabasi! 🛫 1-6 oktyabr kunlari qadimiy Buxoroda ikki yirik sport tadbiri — O'zbekiston Kubogi va MDHning besh mamlakatini birlashtirgan «Ipak yo'li» Xalqaro Kubogi bo'lib o'tdi. Bizning o'quvchilarimiz ham ushbu musobaqalarda munosib ishtirok etib, yuqori natijalar ko'rsatdilar. 🤩 Fahr bilan ta'kidlaymizki, bizning o'quvchimiz Karayev Ozodbek S3-A model sinfida faxrli 🥉 3-o'rinni egalladi! Uni bu yuksak yutug'i bilan tabriklaymiz! ☺️ Shuningdek, Babayeva Sitora ham musobaqalarda faol ishtirok etib, nafaqat ajoyib natijalar ko'rsatdi, balki hakamlar hay'atida ham o'zining yuqori darajadagi professionalizmini namoyish etdi. Uning ishtiroki alohida e'tiborga sazovor bo'ldi. 🏆 Biz o'quvchilarimiz va ularning g'alabalari bilan faxrlanamiz! Telegram| instagram| Facebook

🎉 Shukrullo Sodiqov tantanali ravishda kutib olindi! Bizning o'quvchimiz Shukrulloni Buxoro xalqaro aeroportida tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. RobotsAndMe o‘quv markazi, uning yaqin qarindoshlari, maktab ma'muriyati, Buxoro davlat universiteti va Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari birgalikda Shukrulloni munosib kutib olishdi. Bu yutuq butun yurtimiz uchun katta sharaf va ilhom manbai bo'ldi. Yosh texnologlarimiz texnologiya olamida yuksak marralarni zabt etishda davom etmoqda! BARAKALLA, SHUKRULLO! 🎉🇺🇿 Telegram| instagram| Facebook

😍 Bu videoni ko'rib Gretsiyadagi o'sha atmosferani his qilish mumkin 🇺🇿 O'zbekiston chempionlari Telegram| instagram| Facebook

🤖🎉 1-oktabr – O'qituvchilar va Murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz! 🎉🤖 Hurmatli o'qituvchilar va murabbiylar! Siz robotot
🤖🎉 1-oktabr – O'qituvchilar va Murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz! 🎉🤖 Hurmatli o'qituvchilar va murabbiylar! Siz robototexnika va texnologiyalar olamida yosh avlodni o'qitib, ularga kelajakni yaratuvchi bilim va ko'nikmalarni berayotgan haqiqiy yo'lboshchilarsiz. Har bir dasturlash kodi, har bir yaratilgan mexanizm va amalga oshirilgan loyiha ortida sizning sabr-toqatingiz, bilimlaringiz va mehringiz turadi. RobotsAndMe robototexnika o'quv markazi sizlarni ushbu aziz kun bilan samimiy qutlaydi! Sizning mehnatingiz tufayli ko'plab yoshlar texnologiya va ilm-fanga bo'lgan qiziqishini oshirmoqda, ular yurtimizning texnologik taraqqiyotiga o'z hissalarini qo'shishga intilyapti. Har biringizga sog'lik-salomatlik, yangi g'oyalar va muvaffaqiyatlar tilaymiz! Sizlarning ilmingiz bilan biz kelajak robot muhandislarini tayyorlamoqdamiz. Barcha yoshlarga yo'l ochishda yanada ulkan zafarlar tilaymiz! 🌟 Barcha ustoz va murabbiylarga minnatdorchilik va hurmat ila! 🌟 Telegram| instagram| Facebook

🥈 Buxorolik o'quvchi Gretsiyadan KUMUSH medal bilan qaytdi! Sodiqov Shukrullo, "RobotsAnd Me" robototexnika o'quv markazi o'quvchisi, Gretsiyada bo‘lib o‘tgan FIRST Global Challenge 2024 musobaqasida 🇺🇿 O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, yuksak natija — KUMUSH medalni qo‘lga kiritdi! 🎉 🥳 🥇 Eslatib o'tamiz o'quvchimiz bundan oldin 2022 yilda Shvetsariyaning Jeneva shahrida va 2023 yilda Singapur respublikasida bo'lib o'tgan IRST Global Challenge xalqaro musobaqasida qatnashib faxrli o'rinlarni egallab kelgan. Bu hali hammasi emas , bu o'quv markazda o‘rganayotgan yosh iqtidorlar jahon miqyosida tan olinmoqda va ular texnologiya olamida yuksak marralarni zabt etmoqda. BARAKALLA !!! Telegram| instagram| Facebook

🏆🥳 BIZNI DUNYO GAPIRMOQDA Gretsiyadagi "Tinchlik va Omoniya" ning bosma nashrida Terma Jamoa haqida yozildi. Iqtidorli o‘qu
+1
🏆🥳 BIZNI DUNYO GAPIRMOQDA Gretsiyadagi "Tinchlik va Omoniya" ning bosma nashrida Terma Jamoa haqida yozildi. Iqtidorli o‘quvchilarimiz jahon miqyosida tan olinmoqda. 🌍 Telegram| instagram| Facebook

🇺🇿 🥳 Bayrog‘imizni xalqaro musobaqalarda hilpiratish navbati keldi ! ⚡️"RobotsAnd Me" o'quv markazi o'quvchisi Sodiqov Shukrullo Robototexnika bo‘yicha 🇺🇿O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 26-29 sentabr kunlari 🇬🇷 Gretsiya poytaxtida bo‘lib o‘tadigan nufuzli FIRST Global Challenge 2024 musobaqasida ishtirok etyapti. 🥳 🥇 Eslatib o'tamiz o'quvchimiz bundan oldin 2022 yilda Shvetsariyaning Jeneva shahrida va 2023 yilda Singapur respublikasida bo'lib o'tgan FIRST Global Challenge xalqaro musobaqasida qatnashib faxrli o'rinlarni egallab kelgan. Omad !!! Telegram| instagram| Facebook

Robototexnika Musoboqasi "ROBBO FEST - 2024" saralash bosqichida g'oliblar ro'yxati Telegram| instagram| Facebook
+3
Robototexnika Musoboqasi "ROBBO FEST - 2024" saralash bosqichida g'oliblar ro'yxati Telegram| instagram| Facebook

🏆 Robot Racing saralash bosqichidan o'tgan ishtirokchilarimiz ! 😇 Quvonarli tomoni 1,2,3-o'rinlar aniq bizniki , 🥲 achinar
🏆 Robot Racing saralash bosqichidan o'tgan ishtirokchilarimiz ! 😇 Quvonarli tomoni 1,2,3-o'rinlar aniq bizniki , 🥲 achinarli tomoni esa finalda ular o'zaro bellashishadi ! 🥇🎉 Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va Finalda omad tilab qolamiz ! Telegram| instagram| Facebook

🎉 26-sentabr kuni “Cyber Science” Rivojlanish markazida “ROBBO FEST-2024” robototexnika boʻyicha saralash musobaqalari oʻtka
🎉 26-sentabr kuni “Cyber Science” Rivojlanish markazida “ROBBO FEST-2024” robototexnika boʻyicha saralash musobaqalari oʻtkazildi 🏆 «ROBBO FEST-2024» robototexnika musobaqalarining saralash bosqichi 4 yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazildi: - Robot Futbol - Robot Sumo - Robot Racing - Foydali ixtirolar 💪 Saralashda 3 ta yo'nalishda 10 nafardan va Foydali ixtirolar yo'nalishida 5 nafar ishtirokchilar yo'llanma olishlari kerak edi. 😁 Eng qizig'i Robot Racing yo'nalishidagi 10 ta yo'llanmaning barchasini Buxoro shahridagi "RobotsAndMe" o'quv markazi o'quvchilari qo'lga kiritishdi 🥳. Bundan tashqari Robot Futbol yo'nalishida 4 nafar va Foydali ixtirolar yo'nalishida 1 nafar ishtirokchimiz FINALga yo'llanma olishdi ! ⚡️ Musobaqalarning final bosqichi 8-10-oktyabr kunlari "CSS-2024" kiberxavfsizlik sammiti doirasida Intercontinental kongress-markazida o‘tkaziladi. Telegram| instagram| Facebook

✨ Birinchi BEAM sumo-robotimiz yig'ildi! 🤖💥 Kichkina muhandislar 👩‍🔧👨‍🔧 prinsipial sxemaga amal qilib, ajoyib ish qilishdi. Endi robotlari jangga tayyor! 🏆Bunday qiziqarli robototexnika darslari bilan o'qish haqiqiy sarguzashtga aylanadi! 🚀 Farzandingiz texnikani o‘rganishini xohlaysizmi? Bizning kurslarga qo‘shiling! 🛠️ @RobotsAndMe

+3
Yangilangani 20.09.2024 Robototexnika Musoboqasi ROBBO-FEST da ishtirok etishga taklif qilamiz. Musobaqalar quyidagi to‘rt yo‘nalishda o‘tkaziladi: ✅ Robot Football ✅ Robot Sumo ✅ Robot Racing ✅ Foydali ixtirolar Telegram| instagram| Facebook