625
订阅者
无数据24 小时
无数据7 天
无数据30 天
帖子存档
#blitz_information
Prosessor gigagertslari nima?
Guruhlarda ko’pincha men odamlarning “Men yangi kompyuter olmoqchi edim — Intel Core i5, 3.2 gigagerts. Shu yaxshimi?” deb so’raganlarini kuzatganman. Hamma Intel Core i7 zo’rligini, 3 GHz tez ekanligini biladi-ku, ammo ko’pchilik shu GHz, MHz’larning aynan nimaligi bilmaydi. Keling bugun shu haqida suhbatlashamiz.
Albatta, bu mavzuni bunday kichik maqolada yoritib bo’lmaydi, lekin harakat qilamiz tushunarli ma’lumotni berishga. Oldiniga shu tezlikning o’zi nimaligini bilib olamiz.
Chastota — bu maʼlum vaqt ichida takrorlangan harakat yoki tebranishlar soni (Salom, Fizika!). Chastota gertslarda o’lchanadi va bir soniyaga nisbatan olinadi, ya’ni 10Hz — bu bir soniya ichida 10 ta tebranish degani.
Takt generatori — prosessor qurilmasi bo’lib, muayyan tebranishlar keltirib chiqarib, prosessorning umumiy chastotasini keltirib chiqaradi. Uning har bir tebranishida prosessor bir necha unga qo’yilgan amallarni bajarib beradi.
Shu ma’lumotlardan kelib chiqadiki, prosessor tezligi, yoki aniqroq va to’g’ri qilib aytganda prosessor chastotasi — bu prosessorning bir soniya ichidagi bajara oladigan amallar sonidir.
Hozirda prosessor chastotalar GHz’larda o’lchanadi. Agar siz prosessorning 3.2GHz chastotasiga ko’zingiz tushsa, bilingki bu prosessor bir deganda 3200000000 (3 mlrd 200 mln) operatsiya bajara oladi deganidir.
Lekin bir narsani aytib o’tish lozim, kompyuter yaxshi ishlashida faqatgina chastotaning o’zi kifoya emas. Tezlikka yadrolar soni, RAM o’lchami, tezligi va chastotasi (unda ham bor chastota 🙃), Cache xotira tezligi va o’lchami, ona plata shinalari tezligi va chastotasi (ha, u yerda ham bor bu narsa 😅) va boshqalar ta’sir qiladi. Kelasi maqolalarda shu ma’lumotlarni berishga harakat qilamiz.
Ilm izlashda to’xtamang!
@app_ahbs
Najot Ta’lim jamoasi kengaymoqda, yoxud markazdagi bo’sh o’rinlar haqida
Ayni damda ushbu dargohda 130 atrofida jamoa a’zolari ishlab kelmoqda. Ularning 60 foizi o’qituvchilar.
Har doim, yaxshi mutaxassis topish masalasi bizni ko’p katta ishlardan to’sib kelgan. Qani edi, jamoani his qiladigan, IT sohasini O’zbekistonda rivojlantirishni istaydigan mutaxassislar bo’lsa, biz ular bilan rejalashtirib turgan katta maqsadlarimizni amalga oshirsak.
Shu o’rinda, markazning ko’p filiallar ocha olmayotgani, viloyatlarga chiqa olmayotganiga sabab sifatida ham shu narsani keltirsam bo’ladi.
Barchangizdan bizga IT sohasidagi mutaxassislarni tavsiya qilishingizni so’rayman.
Jamoamizga ushbu yo’nalishlarda Strong Junior, Middle, Middle+, Senior mutaxassislarni qabul qilamiz:
Backend
- Nodejs (ES6, MongoDb/PostgreSQL);
- Golang (microservise);
- Java (spring);
Mobile
- iOS (swift, objective-C);
- Android (Kotlin, Java);
- Cross (React Native/Flutter);
Frontend
- ReactJS (Class based, Hooks, Redux);
- Angular (RxJS, Modules services);
- VueJS (Nuxt);
Dizayn
- Graphic designer;
- UX/UI — web designer;
Tavsiya qilish uchun https://t.me/najottalim_hr profiliga yozishingiz mumkin.
Nonni arralaymiz va daraxtni pichoqlaymiz
Tasavvur qiling sizga bir ish buyurishdi: sizni bir yigirma yillik daraxt oldiga olib kelib, “Shuni kesib, o’tin qilish kerak!” - deyishdi. Oldiniga qo’lingizga oddiy pichoq berishadi.
Diqqat, savol: Pichoqda butun boshli daraxtdan o’tin tayyorlay olasizmi?
Javob: Ha! Bemalol! Faqat bu ish kami bilan bir oyda bitadi… Agar bitsa…
“Hop, unda bu arrani ol!” - deyishsa, ishingizning unumi bir oydan uzog’i bir haftaga qisqaradi. Agar benzinda ishlaydigan arra berishsa, besh-olti soatda butun daraxtni 20 santimetrlik kichik kubiklarga bo’lib chiqa olasiz.
Keling, misolni boshqa obyektga nisbatan olamiz. Non. Nonni kesish kerak nonushtaga. Xuddi o’sha pichoq, arra va benzinda ishlovchi arra bizning yordamchilarimiz bo’ladi. O’ylaymanki, benzinda ishlovchi arrani hech bir odam tanlamasa kerak. Axir stol butun qolishi kerak-ku!
Dasturlash tillari ham huddi shunday, do’stlar! Siz tilni emas, balki, yo’nalishni tanlang! Shunda kerakli til o’zi oyog’ingiz ostidan chiqadi, chunki har bir tilning o’z o’rni bor. Har bir til o’z yo’nalishida juda zo’r ishlaydi, lekin agar ushbu til boshqa yo’nalish uchun ishlatilsa, uning tizimga foydasidan ko’ra zarari ko’proq bo’ladi. Hammasining o’z o’rni bor!
@app_hbs
Injenerlar (muhandislar) qanisiz?
Kuni kecha bir tanish do’stim menga qo’ng’iroq qilib Epam kompaniyasida suhbatdan o’tganini gapirib berdi. Hali ishga kirish kirmasligi haqida hech gap yo’q, ammo meni qiziqtirgan narsa boshqa. Uning aytishicha, suhbat davomida berilgan savollarning deyarli hammasida do’stimning o’zi bilgan hamma tushunchalar so’ralgan. Lekin savolning o’zi — “Falonchi tildagi falonchi narsani bilasizmi?” — ko’rinishida bo’lmagan, aksincha, savol ancha chuqurroq bo’lgan. Ya’ni suhbatchi do’stimdan nafaqat tushunchaga egaligini, balki shu so'raluvchi mehanizmning kompyuter ichida qanday ishlashini, mohiyatini so’ragan. Ko’rinib turibdiki, kompaniya o’ziga faqat injener qidirgan. Ularga oddiy kod teruvchi odam kerak emas.
Umuman, keling oldin Injener so'zini aniqlab olamiz. Kim u? Nima qiladi?... Muhandis yoki injener, texnikaning muayyan bir sohasiga ixtisoslashgan mutaxassis, hamda muhandislik sohalaridan biri boʻyicha oliy maʼlumotli kasb egasi.
Bu degani agar siz muhandis bo'lishni o'zingizga maqsad qilib, shu yo'nalishda izlansangiz, sizning imkoniyatlaringiz yanada ko'proq bo'ladi. Albatta, oddiy dasturchilikni o'rganib olib katta daromadli ishga kirib olsa bo'ladi. Lekin bir narsani unutmaslik kerak -- oddiy dasturchi faqat aytilgan ishni qiladi, muhandis esa o'zi o'sha ishni o'ylab bajaradi.
Yana bir narsaga e'tiboringizni qarataman. Tepadagi misolda keltirilgan Epam kompaniyasi o'ziga jahon talablariga javob beruvchi dasturiy mehandislarni izlamoqda. Bu kompaniya dunyo bozorida o'z o'rniga ega, chunki Ukrainada o'qib yurgan damlarimda ham eshitganman. Bunday darajaga ega kompaniya o'zi kirib kelgan bozorni o'zgartira olish qobiliyatiga ega. Bu bilan nima demoqchiman: O'zbekiston bozoridagi kompaniyalar Epam kirib kelgandan buyon (tahminan 5-6 oy) o'z talablarini jahon talablari darajasiga chiqarib olishdi va suhbatga chaqiriluvchi dasturchilarning hammasini muhandislik qobiliyatlariga tekshira boshlashdi. Bu degani, yaqin (tahminiy) 6-10 oy ichida bozor shunday o'zgaradiki, kompaniyalarga oddiy "frontend"chi yoki JSchi kerak bo'lmay qoladi.
Siz nima qila olasiz?
Juda oddiy! Izlanishdan to'xtamang, masalaning, texnologiyaning negiziga borishni o'rganing. Har bir mexanizmning ishlash tartibini o'rganing. Albatta, bu narsa boshida qiyin bo'ladi, chunki mohiyatni o'rganish har doim qiyinchiliklardan iborat bo'lgan. Lekin o'rganilgan mohiyat keyinchalik sizga shunday zo'r tajriba olib keladiki, siz o'zingiz bilmagan holda Craig Federighiga o'xshab ulkan proyektlarni qila boshlaysiz! Bu esa naqadar qiziqarli ishki, uning natijasi hayotingizni 1.000.000 dollar ishlab topishdan ham ma'noli yo'lga aylantiradi! Bunday hayotiy yo'ldan zavq olish esa hammamizning qo'limizdadir!
Ilm olishga, huddi yoz chillasida suv qidirgandek chanqoq bo'ling! Omad!
@a_kasimovv
Windows’ни урманг! Унда айб йўқ!
Мени жуда ажаблантирадиган нарса, бу ўзбегимнинг ҳар бир ҳодиса учун ўйлаб топадиган қизиқарли сўзлари. Билмайман, бу сўзларни оммалаштиришга кимнинг ҳиссаси қўшилганини, аммо, тушунишим бўйича, айнан шу сўзлар рекламасига катта-катта пуллар кетказилган.
Гуруҳларда “Windows уришга ёрдам беринглар” деб ёзишса, бошида ёрдам бергим ҳам келмай қолади баъзан. Сўзнинг ўзи жуда совуқ, етмаганига ИТ дунёсида умуман ўринсиз ҳолатда ишлатилади. Қандай қилиб Оперцион Тизимни, қўлда ушлаб бўлмайдиган нарсани “урса” бўлади? Ягона қилиш мумкин бўлган иш — бу ўрнатиш! Ҳа, Операцион тизимни фақат ўрнатиб бўлади, чунки инглиз тилида ҳам, рус тилида ҳам дастурий таъминот ҳар доим ўрнатилган (install, установка).
Яна бир қизиқарли ва совуқ бўлган сўз — бу “тортиш”. Интернетдан ҳамма нарсани “тортавериб”, бизнинг ўзимизда тузукроқ сўз ҳам қолмагандек. Юкланишга тайёр турган файлни оламизда “тортиб” ташлаймиз. Ахир, бу сўзнинг маъноси бошқа…
Биламан, бизнинг ўзбек тилимиз кўпроқ адабиётга йўналтирилган, унда техник атамаларни ишлатиш бирмунча қийин. Лекин бу дегани дуч келган сўзни ишлатиш мумкин дегани эмас. Ҳар бир сўзнинг маъносини ўрганиб, тўғри жойда ишлатишдан эринманг, зеро айнан биз, ёшлар, тилимиз ривожига ҳисса қўшамиз!
Биринчи пост!
Албатта, бундай нарсалар қилиб юрмаган одам учун бу жуда ғалати туюлар экан. Жуда кўпчилик яқинларим мендан Телеграмда канал очиб, ўз блогимни юрутишимни сўрашган, мен эса бу ишни жуда узоқ ўйлаб юрдим.
Аммо мана вақти келди деб ўйлайман. Бу каналга нима ёзишни хам билмайман. Ўқишни яхши кўрувчилар, компьютерни ипидан игнасигача тушунишни хохлаганлар учун секин аста ўз фикрларимни ёза бошлайман. Балки, кимлар учундир бу оддий қизиқарли маълумот бўлар, айримлар эса хатолар топиши хам мумкин!
Менинг бу блогда ёзганларим шахсий ўқувим ва хаётий тажрибамдан келиб чиқиб ёзилгандир. Хатолари бўлса, конструктив бахслашувга тайёрман!
Худо хохласа, шу қўлёзмалар бировга фойда берса, жуда хурсанд бўламан!
P.S. Канал номи тарихига кейинчалик тўхталамиз😊
