XV asr jahon maʼnaviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hijriy 844 yil ramazon oyining 17-kuni (1441 yil 9 fevral) da Hirotda tugʻilgan.
Navoiy 3-4 yoshidan she’rlar yod ola boshlagan. U Husayn Boyqaro bilan do`st bo`lgan. U sheriyatga qiziqib, ilk sherlarini 10-12 yoshidan yoza boshlagan. Navoiyning zamondoshi Xondamir qoldirgan ma`lumotlarga ko`ra, mashxur o`zbek shoiri Lutfiy qarigan chog`larida kichkina Navoiy bilan ko`rishadi va uning she`riy iqtidorini yuqori baholaydi.
Alisher Navoiy sheʼrni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham sheʼr yozishni toʻxtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga ragʻbat va hurmat bilan qaradilar. Shoh Husayn Bayqaroning oʻzi unga rahnamolik qildi. Ulugʻ shoirning ilk sheʼriy devonini muhlislari tuzgan boʻlsalar, birinchi devoni – «Badoye ul–bidoya» («Badiiylik ibtidosi»)ni 1472–1476 yillarda shohning amri va istagiga koʻra oʻzi kitob qildi. 1485–1486–yillarda ikkinchi devon – «Navodir un–nihoya»(«Nihoyasiz nodirliklar») maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481–1482–yillarda «Vaqfiya» asarini yozadi. Vaqf deb biror xayrli ishning sarfu xarajatini taʼmin qilmoq uchun ajratilgan yer yoki mulkka aytiladi.
Alisher Navoiyning eng katta orzusi doston yozish, birinchi navbatda, XII asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141–1209) dan keyin shoirlik qudtarining mezoniga aylanib qolgan «Xamsa» yaratish edi. Nizomiyning «Panj ganj» nomi bilan tarixga kirgan «Xamsa»si 5 masnaviydan tashkil topgan edi: «Maxzan ul – asror»(«Sirlar xazinas»), «Xusrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Hayf paykar»(«Yetti goʻzal»), «Iskandarnoma». Yuz yildan keyin unga Xusrav Dehlaviy (1253–1325) javob qildi. U oʻz dostonlarini «Matla ul–anvor» («Nurlar boshlanishi»), «Shirin va Xusrav», «Majnun va Layli», «Hasht behisht»(«Sakkiz jannat»), «Oynayi Iskandariy» (Iskandar oyinasi) deb ataladi. Lekin bular hammasi forsiy tilda yozildi. Ulardan forslar, shu tilni bilganlargina bahramand boʻldilar. Oʻz xalqining shunday hazinadan bebahra qolishi Navoiyni qiynadi.
1500 yillarga kelib shoirning hayot sharoiti qiyinlashib, sogʻligi zaiflashib qolsa-da, ijoddan toʻxtamadi. 1501 yilning boshida Navoiy kasallikdan vafot etdi. Butun Hirot xalqi oʻzining buyuk shoiri bilan xayrlashishga chiqdi va 7 kun davomida motam tutdi.
Davlatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2020-yildagi murojatnomasida xozirgi yoshlarimiz ham buyuk mutafakkirimizga oxshab ilmli, o`qimishli va dono bo`lishlarini istab qolardim deb takidlab o`tdilar.
Alisher Navoiy merosi haqida gap ketar ekan, eng muhim ikki jihatni alohida qayd etib o‘tish lozim.
Birinchidan, boshqa shoir va yozuvchilarimizga qaraganda, Navoiyning o‘zi merosini puxta-pishiq holda tartibga solib, kitobat qildirib, kelajak avlodlarga qoldirib ketgan. Chunki umrining oxirlarida yozilgan «Muhokamat ul-lug‘atayn»da o‘zi sanagan asarlaridan bizgacha yetib kelmagani yo‘q.
Ikkinchidan, buyuk mutafakkirning butun merosi 1987 — 2003 yillar mobaynida «Fan» nashriyotida 20 jild sifatida to‘liq chop etildi. Modomiki, bugun qo‘limizda ulug‘ shoir va mutafakkir asarlarining mukammal nashri mavjud ekan, nega uning asarlari sonini aniq qilib ko‘rsatish mumkin emas?!
U o`z hayoti va ijodi davomida 2000 dan ortiq g`azallar yozib qoldirgan. Ulardan birini sizga xavola etamiz.
26 5月 2021, 06:15
