RICHSHUI maxsus texnikum
前往频道在 Telegram
Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumining rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: 71.263-50-27 Direktorga murojaat: 📲 @RICHMT_direktorga_murojat_bot Telegram kanal: 👉🏻 https://t.me/Richmaxsustexnikum
显示更多537
订阅者
-224 小时
-17 天
-1930 天
帖子存档
+7
🇺🇿Inson aziz, xotira muqaddas
💫9-may —G‘alaba, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida “Inson aziz, xotira muqaddas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
♦️Tadbir davomida urush yillaridagi mardlik, sabr, matonat va vatanparvarlik tuyg‘ulari yodga olinib, ajdodlarimizning porloq xotirasi ehtirom bilan yod etildi. O‘quvchilar tomonidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda filmidan ta’sirli lavhalar namoyish etildi.
♦️ Ushbu chiqishlar tadbir ishtirokchilarida chuqur taassurot qoldirib, tinchlikning qadriga yetish, Vatanga sadoqat va insoniylik fazilatlarini yanada his etishga undadi.
✨ Xotira barhayot ekan — millat barhayot.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+9
🏛️ Respublikа imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumiga Toshkent viloyati Ohangaron tumani 7-sonli ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida o‘quvchilar texnikumdagi zamonaviy shart-sharoitlar, o‘quv xonalari, amaliyot ustaxonalari hamda mavjud yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishishdi.
Mutaxassisliklar bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, o‘quvchilar kelgusida mazkur texnikumda ta’lim olib, o‘qishni davom ettirish istagini bildirishdi.✨
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+5
🪡Amaliy hamkorlik – kasbiy ko‘nikmalar mustahkamlanmoqda
🌍Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘quvchi-yoshlari “ELIMA” MChJ bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida ishlab chiqarish jarayonlarida faol ishtirok etmoqda.
🪐Mazkur hamkorlik doirasida korxona tomonidan taqdim etilgan maxsus kiyim detallari ishlab chiqarish ta’limi ustalari nazorati ostida o‘quvchilar bilan birgalikda tayyorlanmoqda. Jarayon davomida o‘quvchilar tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab, haqiqiy ishlab chiqarish muhiti bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.
💫Bunday amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishlari hamda kelgusida mustaqil faoliyat yuritishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+5
👉 Psixologik trening: “Biz tengmiz — men qadrliman”
📅 Joriy yilning 5-may sanasida texnikum psixologlari M. Mirzahamdamova, S. Xidirova hamda XQMKR M. Shodiyarova tomonidan o‘quvchi-qizlar ishtirokida “Biz tengmiz — men qadrliman” mavzusida psixologik trening va rolli o‘yinlar tashkil etildi.
🌸 Treningning asosiy maqsadi o‘quvchilar o‘rtasida tenglik, o‘zaro hurmat va hamkorlik muhitini shakllantirish, shuningdek, ularning ijtimoiy-psixologik ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
🧠 Trening davomida bir qator interaktiv mashg‘ulot va o‘yinlar o‘tkazildi:
“Kompliment doirasi” o‘yinida har bir o‘quvchi yonidagi ishtirokchiga qo‘llab-quvvatlovchi iliq so‘zlar bildirib, ijobiy psixologik muhit yaratildi;
“Ism va kuchli tomon” mashqi orqali ishtirokchilar o‘zlarining ijobiy sifatlarini namoyon etdilar;
“Bir kun men sening o‘rningda” mashqi yordamida boshqalarni tushunish va empatiya ko‘nikmalari rivojlantirildi;
“Qo‘llab-quvvatlovchi jamoa” o‘yini orqali o‘quvchilarga o‘zaro yordam va hamjihatlikning ahamiyati tushuntirildi;
“Tenglik ko‘prigi” mashg‘uloti orqali hamkorlik va teng ishtirok etish tamoyillari mustahkamlandi.
✨ Shuningdek, qisqa faollashtiruvchi enerjayzer o‘yinlari yordamida o‘quvchilarning ijobiy kayfiyati oshirilib, quvonch, samimiylik va emotsional faollik kuchaytirildi.
🌱 Mazkur trening o‘quvchi-qizlarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, tenglik va o‘zaro hurmat madaniyatini rivojlantirish hamda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qildi.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+5
🪐Kasbga yo‘naltirish targ‘iboti
🌍Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan Toshkent viloyati Angren tumani 9-sonli ixtisoslashtirilgan maktabida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
💫Tashrif davomida o‘quvchilarga texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud yo‘nalishlar hamda kasb egallash imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+9
🏢 Kasbga yo‘naltirish – muhim qadam sari
Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumiga Toshkent shahar 100-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari tashrif buyurishdi.
📚 Tashrif davomida o‘quvchilar texnikumda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, o‘quv xonalari, yotoqxona, oshxona, sport zallari hamda mavjud ta’lim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
✨ Mehmonlar texnikumdagi imkoniyatlardan mamnun bo‘lib, kelgusida aynan shu maskanda o‘qishni davom ettirish istagini bildirishdi.
🔹 Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning kelajak kasbini ongli ravishda tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
🟦🟦🟦
III an’anaviy “Inson uchun” festivali boshlanmoqda
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tashkil etilayotgan III an’anaviy “Inson uchun” festivaliga taklif etamiz! Bu yil festival hamkorlari safida Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi ham ishtirok etmoqda.
Mazkur maydonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va xususiy sektor hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan qator yirik tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Dastur doirasida: 1. “Imkoniyatlar olimpiadasi” kasblar tanlovi — nogironligi bo‘lgan shaxslarning kasbiy mahorati va salohiyatini namoyon etish maydoni. 2. “Inson uchun” yarmarkasi — ijtimoiy yo‘naltirilgan tadbirkorlar mahsulotlari va xizmatlari namoyishi hamda savdosi. 3. Ish o‘rinlari yarmarkasi — ish beruvchilar va ish izlovchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot, yangi imkoniyatlar va real bandlik. 4. Panel diskussiyalar — inklyuziv bandlik, ijtimoiy tadbirkorlik va barqaror hamkorlik mavzularida ochiq muloqot maydoni.📍O‘zekspomarkaz, 1–2 Pavilyon(Toshkent shahri) 12–13-may 2026-yil Ro‘yxatdan o‘tish: https://event.ihma.uz/register/ru Obuna bo’lishni unutmang👇 Instagram | Telegram | YouTube
Repost from OTFIV | Toshkent
📢 Xorijiy til bilsang – iPhone seniki!
Texnikumlarda xorijiy til to‘garaklari va kurslari doirasida “Technicum Language Leaders” tanloviga start berildi!
🎯 Endi imkoniyat sizda:
xorijiy tilni o‘rganing, xalqaro sertifikat natijangizni qo‘lga kiriting va qimmatbaho sovrinlarga ega bo‘ling!
🏆 Eng yuqori natija egalari:
📱 iPhone
⌚️ Apple Watch
🎧 AirPods bilan taqdirlanadi!
🚀 Kelajagingizni bugundan boshlang — til o‘rganing va g‘olib bo‘ling!
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Telegram-bot
+4
🏫 Kasbga yo‘naltirish – kelajak poydevori
Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirokida Toshkent shahar 52-sonli ko‘p funksiyali inklyuziv maktabida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
📖 Tadbir davomida o‘quvchilarga texnikumda mavjud yo‘nalishlar, yaratilgan shart-sharoitlar hamda kasb-hunar egallash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
✨ Shuningdek, o‘quvchilarning qiziqishlari o‘rganilib, ularni kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🤝 Bunday uchrashuvlar yoshlarning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va ularning kelajagini to‘g‘ri rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+5
🏢 Kelajak sari muhim qadam!
Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumiga Toshkent shahar 77-sonli “Nurli maskan” o‘quvchilari tashrif buyurishdi.
📚 Tashrif davomida o‘quvchilar texnikumda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, o‘quv jarayoni hamda kasb o‘rganish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi.
✨ Uchrashuv yakunida o‘quvchilar kelgusida aynan ushbu texnikumda ta’lim olish istagini bildirib, o‘qishni shu yerda davom ettirishlarini aytishdi.
🤝 Bunday tashriflar yoshlarning to‘g‘ri kasb tanlashi va kelajagini mustahkam poydevor asosida qurishida muhim ahamiyat kasb etadi.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+3
📢 Kasbga yo‘naltirish targ‘iboti davom etmoqda
Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirokida Toshkent viloyati Chirchiq shahar 23-son alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga texnikumda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, o‘qitilayotgan kasb yo‘nalishlari, amaliy ta’lim jarayonlari hamda kelgusida ish bilan ta’minlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olib, kelajak kasb tanlash borasida muhim tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+2
📢 Kasbga yo‘naltirish targ‘iboti davom etmoqda
Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan Toshkent viloyati Angren tumani 34-sonli ixtisoslashtirilgan maktabida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud yo‘nalishlar, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari hamda kelajakda bandlikni ta’minlashga qaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar. Mazkur uchrashuv yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+3
📢 Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda
🏫 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani 124-sonli ixtisoslashtirilgan maktabida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi.
👩🏫 Tadbir davomida o‘quvchilarga texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud yo‘nalishlar, kasb-hunar egallash imkoniyatlari hamda kelajakda ish bilan ta’minlanish istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi.
🎯 Ushbu uchrashuv o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning qiziqishlarini aniqlash va kelajak rejalari sari to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etdi.
✨ Yoshlarning kelajagi uchun xizmat qiluvchi bunday tashabbuslar davom etadi!
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+3
👉 Innovatsion fikrlash — taraqqiyot kaliti!
💡 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida “Kelajak soati” doirasida “Innovatsion fikrlash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
🚀 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga innovatsion fikrlash tushunchasi, zamonaviy texnologiyalar davrida kreativ yondashuvning ahamiyati, yangi g‘oyalarni ilgari surish, muammolarga noodatiy yechim topish hamda tashabbuskorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🧠 Dars jarayonida innovatsion g‘oyalar yaratish, jamoada ishlash, tanqidiy fikrlash va startap loyihalarini shakllantirish bo‘yicha muhokamalar tashkil etildi. O‘quvchilar o‘z fikr va takliflari bilan faol ishtirok etib, ijodiy yondashuvning muhim jihatlarini amalda sinab ko‘rdilar.
✨ Mashg‘ulot interaktiv usullar, savol-javoblar va amaliy misollar asosida olib borildi. Bu esa yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, kelajak kasblariga tayyorlash hamda innovatsion tafakkurni shakllantirishga xizmat qildi.
🌟 Yangicha fikrlagan yosh — kelajakni yaratadi!
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
Repost from OTFIV | Toshkent
🎓 “Boshqarma boshlig‘i stipendiyasi” – iqtidor egalari uchun yangi imkoniyat!
Toshkent shahridagi kasbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilm-fan, kasb-hunar va ijodkorlikka bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish maqsadida “Boshqarma boshlig‘i stipendiyasi” joriy etildi.
✨ Ushbu stipendiya yoshlarning tashabbuskorligini oshirish, ularni Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.
📎 Tanlovda Toshkent shahridagi kasbiy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
Batafsil ma’lumot bilan qo‘shimcha nizom orqali tanishishingiz mumkin.
🚀 O‘z iste’dodingizni namoyon eting va yangi marralarni zabt eting!
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Telegram-bot
+2
📢 Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
🏢 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi pedagoglari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan Toshkent shahar 103-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
🎓 Tadbir davomida o‘quvchilarga texnikumda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan imkoniyatlar va amaliy ko‘nikmalarni egallash jarayonlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarni kasb tanlashga yo‘naltirish va ularning kelajak rejalari haqida suhbat olib borildi.
🤝 Ushbu uchrashuv o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini oshirish va ularni mustaqil hayotga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌 Yangiliklarimizni kuzatishda davom eting!
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+4
📢 Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda
🏢 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirokida Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 25-sonli ixtisoslashtirilgan maktabida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
🎓 Tashrif davomida o‘quvchilarga texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud yo‘nalishlar hamda kasb egallash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarni kelajakda kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Mazkur uchrashuv yoshlarning kasb-hunar egallashi va kelajakda munosib o‘rin topishiga xizmat qiladi.
📌 Biz bilan birga bo‘ling
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+6
📌 Kasbga yo‘naltirish – kelajak sari muhim qadam
🏢 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirokida Toshkent viloyati Piskent tumani 79-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurildi.
🎓 Tashrif davomida o‘quvchilarga texnikumdagi mavjud yo‘nalishlar, yaratilgan shart-sharoitlar hamda kasb-hunar egallash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🤝 Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
✨ Bunday targ‘ibot tadbirlari yoshlarning kelajak kasbini ongli tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
📌 Amaliy mehnat – sifatli mahsulot garovi
🏢 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘quvchilari tomonidan "To‘rt Fasl Fayz" M.Ch.J buyurtmasiga asosan erkaklar va qizlar uchun zamonaviy hamyonlar ishlab chiqarilmoqda.
🧵 Ishlab chiqarish jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab, kasbiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirmoqda. Har bir tayyor mahsulot sifat va did bilan yaratilmoqda.
💼 Mazkur faoliyat o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasbga yo‘naltirish hamda kelgusida daromad topishlariga xizmat qilmoqda.
✨ Mehnat – taraqqiyot va muvaffaqiyat kaliti!
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+4
📚 Kasbga yo‘naltirish targ‘iboti amalga oshirildi
🌍Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirokida Toshkent viloyati Ohangaron tumani 7-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.
🪐Tashrif davomida o‘quvchilarga texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud yo‘nalishlar, kasb-hunar egallash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelajakda ta’limni davom ettirish yuzasidan zarur tavsiyalar oldilar.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
