𝐈𝐬𝐥𝐨𝐦𝐢𝐲 𝐃𝐢𝐧𝐢𝐲 𝐊𝐢𝐭𝐨𝐛𝐥𝐚𝐫 𝐏𝐝𝐟📚
前往频道在 Telegram
📚"Robbim, ilmimni (yanada) ziyoda qilgin" {To ha surasi 114} ✨Allohim, meni dinda faqih (chuqur ilmga ega) qilgin.🤲 t.me/Muslim_kanallar 🌙
显示更多567
订阅者
无数据24 小时
无数据7 天
无数据30 天
帖子存档
#ilm
✅Shayh Ibn Usayminning Tolibi Ilmga Nasihatlari!
-Tolibi ilm o‘z vaqtini avaylashi va uni behudaga sarf qilmasligi kerak.
Vaqtni behuda sarflash quyidagi narsalarda bo‘lishi mumkin:
– O‘qigan narsasini yod olmaslik va uni takrorlamaslik;
– Do‘stlar bilan o‘tirish va behuda, foydasiz suhbatlar qurish;
– Ammo tolibi ilm uchun eng zararlisi – bu uning odamlar nima deyayotganini kuzatishdan boshqa g‘ami bo‘lmasligidir. Kim tarafdan nima deyildi, nima bo‘ldi va nima bo‘ladi kabi unga tegishli bo‘lmagan ishlarga qiziqadi. Shubha yo‘qki, bu Islomiy e’tiqodning sustligi oqibatidir. Axir Payg‘ambarimiz ﷺ:
«Insonning o‘ziga tegishli bo‘lmagan narsalarni tark etishi, uning islomi chiroyli ekanligidan dalolatdir»
(«Sahih at-Termiziy» 2/531)
deb bejiz aytmaganlar.
Nima, kim tarafidan aytilgani va ko‘pgina savollar bilan band bo‘lish – bu vaqtni behuda ketkazishdir. Aslida bu kasallik bo‘lib, u insonni qamrab olganda esa, mish-mishlar uning asosiy g‘ami bo‘lib qoladi. Uning g‘ami bo‘lib qolgan bu ishlar ilm talab qilishiga ham to‘sqinlik qiladi. Buning oqibatida u dushmanlikka loyiq bo‘lmaganlar bilan dushmanlik qilishi va do‘stlikka loyiq bo‘lmaganlar bilan do‘stlashishiga olib borishi mumkin. Bularning barchasi haq va adolat uchun kurashishlik bahonasi ostida (sodir etiladi). Biroq unday emas! Aksincha, bu insonga daxli bo‘lmagan narsa bilan band bo‘lishlikdir. Biroq, agar sen bu haqida qiziqmagan holingda senga qandaydir xabar yetib kelsa va sen uni ilib olmagan bo‘lsang, buning misoli shunga o‘xshaydiki, xuddi har kimga qandaydir xabarlar yetib boradiyu, biroq u o‘zini o‘shalar bilan band qilmaydi va bularni o‘zining asosiy g‘ami qilib olmaydi. Chunki bu tolibi ilmni chalg‘itadi va uning ishini betartiblikka olib boradi. Shuningdek bu ummatni guruhlarga bo‘linish eshigini ochadi va u (ummat) parchalanadi.
📚Shayh Ibn Usaymin “ Kitabul Ilm”
📚@Kitoblar_Manfaatli🌱
📚@Hadisiy_Qudsiy🌱
📚@Tavxid_Ahli🌱
#Сирот_кӯприги🍃
- Aҳволинг қандай?
- Сирот кўпригидан ўтгандан кейин айтаман)
📚@Kitoblar_Manfaatli🌱
📚@Hadisiy_Qudsiy🌱
📚@Tavxid_Ahli🌱
Kòp obunachilarimiz chiqib ketishibdi...Mayli Bizga son emas sifat muhimroqdir...Biz Harakatdan tòxtamaymiz biznillahi
