TECHNOCORP
前往频道在 Telegram
"AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA AXBOROT RESURSLARINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI" MCHJ IT- xizmatlar/ IT- услуги https://technocorp.uz facebook.com/technocorpuzb youtube.com/channel/UC7tSj4ySTxC-hJ5jwwv-nRA instagram.com/technocorp.uz
显示更多280
订阅者
无数据24 小时
-57 天
-830 天
帖子存档
280
+3
🇺🇿🇳🇪Technocorp va Gaude Solutions: Tomonlar o‘rtasida memorandum imzolandi
25 iyul kuni Technocorp IT kompaniysi va Hindistonning Asheesh Akler boshchiligidagi «Gaude Solutions» kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Mazkur hamkorlik kompaniyalarning texnologiyalar va raqamli yechimlar jarayonini birgalikda ishlab chiqish sohasida yangi imkoniyatlarni yaratilishini, shuningdek, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida innovatsion yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlanishini va TECHNOCORP kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan IT xizmatlarni eksport qilinishini ta’minlaydi.
📞Murojaat uchun: 55 501-43-13
Web | YouTube | LinkedIn
#Gaude_Solutions #Memorandum
280
+7
🇺🇿🇹🇷O‘zbekiston va Turkiya: innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlik
Bugun, 2024-yil 25-iyul kuni Toshkentda o‘tkazilgan Global Business Service Forums doirasida Turkiya delegatsiyasi ishtirokida TECHNOCORP kompaniyasi ikkita strategik ahamiyatga ega memorandum tuzilganini e’lon qildi.
Birinchi memorandum Elif Basak Teksin xonim boshchilik qilayotgan 'GAZITEKNOPARK' kompaniyasi bilan imzolandi. “GAZITEKNOPARK” - texnologiya va rivojlanish sohasidagi innovatsion yechimlari bilan mashhur.
Ikkinchi memorandum - Turkiyadagi kiberparklar va innovatsion texnologiyalar boʻyicha yetakchi markazlardan biri boʻlgan janob Faruk Inaltekin boshchiligidagi “Bilkent CYBERPARK” bilan imzolandi.
📞Murojaat uchun: 55 501-43-13
#Memorandum
280
💻Noutbukdan to‘g‘ri foydalanishni bilasizmi?
Har qanday qayg'uli taqdirdan qochish uchun noutbukdan qanday qilib to'g'ri foydalanishni oldindan o'rganish yaxshiroqdir.
🔰1. Ishlash va saqlash shartlari
🔰2. Suyuqlik va namlik
🔰3. Quvvat adapteri
🔰4. Noutbukni yoqish
🔰5. Noutbukni o'chirish
🔰6. Ish joyidagi noutbuk: maslahatlar
🔰7. Ulagichlar va portlardan foydalanish
🔰9. Noutbukning akkumulyatoriga g'amxo'rlik qilish
🔰10. Noutbukni tashish
🔰11. Noutbuklarni parvarish qilish
🔰12. Noutbukdan qanday foydalanmaslik kerak
Batafsil:
https://telegra.ph/Noutbukdan-togri-foydalanishni-bilasizmi-07-19
Web | Youtube | Facebook | LinkedIn
280
+5
🎯Qanday qilib web-saytni ishlab chiqish loyihasini mijozdan o‘zgartirishlarsiz topshirish mumkin?
📝1. Oraliq bosqichlarni kelishib oling
🔑2. Qarorlaringiz sabablarini keltiring
🧮3. Yakuniy uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘ring
🎙4. Dastlabki maqsadlar va yakuniy natijani ovoz chiqarib ayting
🤝5. Ta`biy dialog olib boring
280
+8
Technocorp va «Bilkent CYBERPARK» tomonlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi
🤝Bugun 5-iyul kuni Turkiya Respublika elchixonasi vakillari hamda Turkiya Respublikasi Anqara shahrida joylashgan texnopark «Bilkent CYBERPARK» vakili bilan «Technocorp» vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
🎯Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Xorijiy IT-kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish hamda «Technocorp» Markazi IT-xizmatlarini eksport qilish
280
Avtomobilsiz kun
🚌Bugun 26 – iyun, oyning 4 – chorshanbasi. Ushbu tadbirda Technocorp jamosi ham faol ishtirok etishmoqda.
🌱Yurtimiz xayotiga befarq bo`lmang. Ushbu tadbirda siz ham faol ishtirok eting!
280
Web-saytlar kerakmi?
👨🏻💻Technocorp jamoasi biznesingiz uchun istalgan turdagi va siz xohlagan funksiyadagi web saytlarni yarata oladi!
🌐Kichik saytlardan tortib, katta sotuvchi saytlarga bizga buyurtma bering!
📞Murojaat uchun: +998 55 501-43-13
280
#Qurbon_Hayit #tabrik
🐏Хalqimiz uchun eng muqaddas va eng aziz bo`lgan ayyomlardan biri QURBON HAYITI bayrami munosabati bilan TECHNOCORP jamoasi nomidan barchani chin yurakdan muborakbod etamiz.
🌙Ushbu muqaddas kunda barcha duolaringiz ijobat bo'lishini, qilgan qurbonlik va xayr-ehsonlaringiz qabul bo’lishini, xonadoningizga qut - baraka, mustahkam sog'lik va oilaviy baxt-u saodat tilab qolamiz!
🤲 Qurbon Hayiti muborak bo‘lsin!
280
+3
Technocorp va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish masalalari bo‘yicha ushrashuv o‘tkazildi.
Joriy yilning 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mas’ul xodimlariga Technocorp tomonidan ishlab chiqilgan arxiv tizimlarining taqdimoti o‘tkazildi. Uchrashuv davomida Mudofaa vazirligi mas’ul xodimlariga arxiv tizimlarining afzalliklari va uning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tizimning amaliyotga tatbiq etilishi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar va kelgusidagi hamkorlik qilish rejalari muhokama qilindi.
280
Technocorpda qanday xizmatlar bor?
🔰ish jarayonlarni avtomatlashtirish,
🔰dasturiy mahsulotlar va axborot tizimlarni yaratish,
🔰web-saytlar,
🔰telegram bot,
🔰Android va IOs platformalari uchun mobil ilovalar yaratish,
🔰dasturiy apparat qurilmalarini joriy qilish.
👨🏻💻Biz turli ichki axborot tizimlari bilan integratsiyalash va korxona yoki tashkilotning muammoli holatlariga yechim topishda ko‘maklashamiz.
🗂Axborot tizimlarga konsepsiya, texnik topshiriqlar, texnik talab, loyiha pasportlarini hamda axborot xavfsizlik siyosati hujjatlarini tayyorlashda bizning malakali xodimlarimiz sizga ko‘maklashadi.
📞Murojaat uchun: +998555014313
#xizmatlar #IT_services #услуги
280
IT audit kerakmi?
💻Technocorp jamoasi axborot xavfsizlik va Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha auditdan o‘tkazish xizmatlarini ham bajaradi.
🔰Bir so‘z bilan aytganda axborot tizimi yoki boshqa dasturlaringizni Auidit qilishga zarurat bo‘lsa bizga murojaat qiling!
📞Murojaat uchun: +998555014313
280
Technocorp kim?
Technocorp O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-sentabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Shu vaqt mobaynida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida 50 dan oshiq muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan.
🔰Kompaniyamizning asosiy vazifalariga davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish va jamiyatga o‘z biznesidagi ish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali, optimallashtirishda ko‘maklashish kiradi.
🤝Kompaniyamiz kelgusida mijozlarning ishonchini oqlab ularni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida qiynayotgan muammolarga inovatsion IT – yechimlarni topishda ko‘maklashishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Biz har bir ishga zamonaviy tendensiyalardan foydalangan xolda professionallik bilan yondashamiz.
📞Murojaat uchun: +998555014313
280
+3
Technocorp va GAUDE Solutions axborot texnologiyalarida o'zaro hamkorlik o'rnatish masalalari bo'yicha fikr almashdilar
Uchrashuv davomida Markazimizdagi laboratoriya faoliyati bilan ham yaqindan tanishtirildi.🔬
#meeting #muzokaralar #gaude
280
Technocorp va Fermerlar Kengashi, O'zbekistonda qishloq xo'jaligini raqamli transformatsiya qilish istiqbollarini muhokama qilish uchun uchrashuv o'tkazishdi. Uchrashuv davomida zamonaviy texnologiyalarni qishloq xo'jaligiga tatbiq etish, hosildorlikni oshirish va aqlli dehqonchilikni joriy etish masalalari ko'rib chiqildi.
#Fermerlar_kengashi #meeting
280
+3
Technocorp jamoasi "AV FOCUS TASHKENT 2024" Forumida ishtirok etishdi
“Technocorp” vakillari 2024-yil 28-may kuni Toshkent shahriida bo’lib o’tgan AV FOCUS Toshkent 2024 Forumida ishtiroki etishdi.
AV FOCUS Toshkent 2024 Forumi - audio-vizual texnologiyalar, media va kommunikatsiyalar sohasiga doir tadbir bo’lib, Forumda ekspert va mutaxassislar uchun sohadagi yangi tendentsiyalar, ishlanmalar va Innovatsiyalar bilan tanishsish, tajriba almashish hamda biznes aloqalarini o'rnatish uchun imkon yaratadi.
Forumning asosiy maqsadlari:
- Professional audiovizual uskunalar bozori ishtirokchilari bilan tanishish;
- Ushbu sohaning hozirgi tendentsiyalari va istiqbollari bo’yicha fikr almashish;
- Yangi mahsulotlar va echimlar taqdimotilar bilan tanishish;
- Namoyish zonalarida uskunalarni namoyish qilish;
- Potentsial hamkorlikni o’rnatishga yordam berish kabilar.
280
Bugun Toshkent shahrida oʼtkazilayotgan “Аvtomobilsiz kun” tadbirida Technocorp xodimlari faol ishtirok etib, ishga asosan jamoat transportida va piyoda kelishdi.
“Avtomobilsiz kun”ni o‘tkazishdan asosiy maqsad – sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratish.
Shu tariqa Technocorp xodimlari atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, transport vositalari tirbandligini kamaytirishga oʼz hissalarini qoʼshishmoqda.
TECHNOCORP Markazi barcha yurtdoshlarni “Аvtomobilsiz kun” tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlab qoladi.
Ona tabiatni, jonajon shahrimizni birgalikda asrab-avaylaylik!
#Avtomobilsiz_kun
280
+2
UZ:
Technocorp Markazi o‘z mutaxassislarining bilim salohiyati, ko‘nikmalari va kasbiy malakalarini oshirib borish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda tadbiq etishga qaratilgan ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Markazning Backend yo‘nalishi mutaxassisi Shaxnoza Xojabekova joriy yilning 24-aprel – 1-may kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida NIPA Agentligi tomonidan o‘tkazilgan «Raqamli transformatsiya kursi» o‘quv-treningida ishtirok etib qaytdi.
EN:
Technocorp Center carries out works aimed to enhancing knowledge and skills, improving the professional qualifications of its specialists, studying and implementing advanced foreign experience.
Ms. Shakhnoza Khojabekova, a backend specialist of the Center, took part in the “Digital Transformation Course” training conducted by NIPA Agency from April 24 to May 1, 2024 in Seoul.
#technocorp #digitaltransformation #coders #programming
280
9-may xotira va qadrlash kuni xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug' fazilatlaridan biridir. El-yurtining tinchligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog'idadir.
Shu sababdan Technocorp jamoasi urushda bizning tinch yashashimiz uchun jon bergan insonlarni xotirlash maqsadida Motamsaro ona xaykaliga guldastalar qo‘yishti.
#technocorp #quality #trust #innovation #holiday #war #coders #bayram #xotira
280
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning Technocorp IT – kompaniyamizga tashrifidan video lavha.
Tashrif jarayonida Markazimiz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi, shuningdek dasturiy apparat vositalarini ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan maxsus laboratoriyada “Smart GID”, “Smart Mirror”, “Smart Solar GID”, “VR & 360 virtual tur” va “AR-texnologiya” loyihalari namoyish etildi.
Qolaversa, uchrashuvda O‘zbekistondagi IT-bozori, raqobat muhiti va unda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Markazda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, mahalliy loyihalar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni eksport qilish istiqbollari haqida atroflicha so‘z yuritildi.
#technocorp #quality #trust #innovation #coding #ministry #coders #software
280
7-may – O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi.
Tadbir davomida markazimizning fidokor va jonkuyar xodimlari “TECHNOCORP innovatori” va “Faol va tashabbuskor xodim” nominasiyalari bilan taqdirlandi.
