ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

前往频道在 Telegram

Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rasmiy telegram sahifasi https://taplink.cc/qoshtepaim Murojat uchun @KushtepaIMbot

显示更多
1 781
订阅者
+124 小时
-57 天
-3430 天
帖子存档
Prezident maktubi — yoshlar nigohida Qo‘shtepa ixtisoslashtirilgan maktabining 9-“D” sinf o‘quvchilari ham Prezident maktubi bilan tanishib, unda ilgari surilgan g‘oyalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. O‘quvchilar maktub mazmunidan kelib chiqib, yoshlarning bugungi kundagi imkoniyatlari, ta’lim olishga bo‘lgan mas’uliyati, Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shish hamda kelajak oldidagi burchlari haqida o‘z qarashlarini bayon etdilar. Bunday fikr almashuvlar o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, faol fuqarolik pozitsiyasi va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.
25 11月, 06:02

Prezident maktubi — yoshlar nigohida Qo‘shtepa ixtisoslashtirilgan maktabining 9-“B” sinf o‘quvchisi Jumaboyeva Husnida Prezident maktubi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. U o‘z chiqishida maktubda ilgari surilgan g‘oyalar, yoshlar oldidagi mas’uliyat, ta’lim olish, bilim va intilish orqali kelajakda munosib o‘rin egallash kabi masalalarga alohida to‘xtaldi. Husnidaning fikrlari yoshlarni mamlakat hayotiga befarq bo‘lmaslikka, o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yib, kelajak uchun mas’uliyatni his etishga undadi. Zero, yurt kelajagi — bilimli, tashabbuskor va faol yoshlar qo‘lida!
25 11月, 04:22

25 11月, 04:20

Prezident maktubi o‘quvchilar e’tiborida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nabirasi Shavkatbekka yo‘
+9
Prezident maktubi o‘quvchilar e’tiborida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nabirasi Shavkatbekka yo‘llagan maktubi maktabimiz o‘quvchilariga ham o‘qib eshittirildi. Mazkur maktubda yosh avlodning kelajagi, ta’lim-tarbiyasi, Vatanga muhabbat, ilm-ma’rifatga intilish va insoniy fazilatlar haqida muhim hayotiy fikrlar bayon etilgan. Maktub nafaqat bir nabiraga yo‘llangan nasihat, balki bugungi yosh avlod uchun ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan murojaatdir. QO'SHTEPA TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI
25 11月, 04:18

Suyukli nabiram Shavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub — Письмо любимому внуку Шавкатбеку, написанное во время полета —
+1
Suyukli nabiram Shavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub — Письмо любимому внуку Шавкатбеку, написанное во время полета — A letter to my beloved grandson Shavkatbek, written in flight Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
25 11月, 04:17

“Millionlab Özbekiston farzandlarining kelajagi haqida ham öylaşim, qayğurişim kerak” — Şavkat Mirziyoyev Davlat rahbari Iord
“Millionlab Özbekiston farzandlarining kelajagi haqida ham öylaşim, qayğurişim kerak” — Şavkat Mirziyoyev Davlat rahbari Iordaniyaga parvoz vaqtida nabirasi Şavkatbekka maktub yozdi.
“Ertalab xayrlaşiş paytida bolalarça soddalik bilan: “Nega Siz doim uzoq safarlarga ketasiz?” deb sörading. Şoşib turganim uçun bu savolingga tuzukroq javob berolmadim. Biroq şu gaping fikru xayolimni band qilib turibdi. Bolajonim, seni qançalik yaxşi körişimni bilasan. Lekin taqdir zimmamga şunday vazifa yuklaganki, men nafaqat sening, balki senga öxşagan millionlab Özbekiston farzandlarining kelajagi haqida ham öylaşim, qayğurişim kerak. Men qaysi lavozimda faoliyat yuritmay – deputatmi, hokimmi, boş vazirmi yoki davlat rahbarimi, hamişa xalq oğirini yengil qiliş, muşkulini oson etişni asosiy maqsad, öz hayotimning ma’no-mazmuni, deb bilganman. Umrimni el-u yurt xizmatiga baxş etişdan bir lahza bölsin afsuslanmadim. Hayotda çiqargan eng katta xulosalarimdan biri şuki, bu dunyoda millatning dardiga darmon bölişdan köra a’lo va afzal iş yöq. Tez-tez özga yurtlarga yöl olişim ham – sizlarning, köpmillatli xalqimizning tinç, tökis va tökin yaşaşini istaganim tufaylidir. Sizlar maktabda yaxşi öqib, aqlli, bilimdon bölib voyaga yetişingiz uçun ham dunyo kezişimga, yangi-yangi hamkorlar topişimga töğri keladi. Sening yoshingda yozning jaziramasida g‘o‘za chopib, izg‘irin sovuqda paxta terganman. Maktabda o‘n yil o‘qigan bo‘lsam, shuning deyarli yarmi dalada o‘tgan. Qiyinchiliklar bizni erta ulg‘aytirgan. Bunday azoblarni sizlarga, xalqimning barcha farzandlariga aslo-aslo ravo ko‘rmayman. Shuning uchun Prezident bo‘lganimdan so‘ng birinchi galda bolalarni paxta dalalaridan maktabga qaytardim. Şuni doimo yodda tutginki, çinakam muvaffaqiyat bu – muvaffaqiyatsizlikdan xulosa çiqarib, ruhni çöktirmay, çidam va jasorat bilan oldinga borişdir. Hayotdagi eng katta yutuq heç qaçon yiqilmaslikda emas, balki yiqilgan taqdirda ham özida kuç topib qayta tura bilişdadir. Şuning uçun heç qaçon yengildim dema! Tuşkunlikka tuşma! Faqat olğa va yana olğa yur! Mening öz nasihatlarim Özbekistonning barça bolalariga bağişlangan ezgu tilaklardir”, — deya yozdi Şavkat Mirziyoyev.
Maktubning töliq matni 👉https://president.uz/oz/lists/view/9882 👉 @xushnudbek 👈
24 11月, 00:48

#Qoʻshtepa_IM #Bizni_shunday_oʻquvchilarimiz_bor 🏆 Yangi hafta — yangi yutuqlar! Qo‘shtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
+7
#Qoʻshtepa_IM #Bizni_shunday_oʻquvchilarimiz_bor 🏆 Yangi hafta — yangi yutuqlar! Qo‘shtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9–11-sinf o‘quvchilari yana bir bor o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, navbatdagi milliy sertifikatlar sohibiga aylanishdi! 👏 Ona tili fanidan: 🥇 Mosaxonov Ahmadxon — C 🥇 Muhammadov Hasanboy — B 🥇 To‘xtasinova Zarnigor — B+ 🥇 Nuriddinov Behro‘zbek — B 🥇 Karimbekova Mohiraxon — B+ 📚 Tarix fanidan: 🥇 Akbarov Shahboz — C+ 🥇 Bahodirova Saodatxon — C 🌍 Geografiya fanidan: 🥇 Kamoliddinov Abdumalik — C+ ✨ Bu natijalar — o‘quvchilarimizning tinimsiz izlanishi, ustozlarimizning fidokorona mehnati va bilimga bo‘lgan intilishning yorqin samarasidir! Barcha o‘quvchilarimizni hamda ularning ustozlarini samimiy tabriklaymiz! Kelgusidagi marralar yanada baland bo‘lsin! Biz sizlar bilan faxrlanamiz! 🇺🇿 🌐 Bizni kuzatib boring: 📲 Telegram | Facebook | Instagram
23 11月, 01:53

🇺🇿 DAVLAT RAMZLARI — MILLIY G‘URURIMIZ ,O'ZLIGIMIZ,ILDIZIMIZ! Qo‘shtepa ixtisoslashtirilgan maktabida noyabr oyining 4-haft
+9
🇺🇿 DAVLAT RAMZLARI — MILLIY G‘URURIMIZ ,O'ZLIGIMIZ,ILDIZIMIZ! Qo‘shtepa ixtisoslashtirilgan maktabida noyabr oyining 4-haftasi doirasida barcha 5–11-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kelajak soati” mashg‘ulotlari “Davlat ramzlari — milliy g‘ururimiz,o'zligimiz,ildizimiz !” mavzusida tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasining yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati hamda ularda aks etgan milliy qadriyatlar va ezgu g‘oyalar haqida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, ijodiy topshiriqlarni bajardilar, esselar yozish orqali davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini ifoda etdilar. Bunday mashg‘ulotlar yosh avlod qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotira, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, davlat ramzlari — xalqimizning sha’ni, g‘ururi va mustaqilligimiz timsolidir!
23 11月, 00:15

#Qoʻshtepa_IM #labaratoriya_mashgʻuloti 🔉 Qoʻshtepa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida kimyo fanidan labaratoriya mashgʻul
+5
#Qoʻshtepa_IM #labaratoriya_mashgʻuloti 🔉 Qoʻshtepa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida kimyo fanidan labaratoriya mashgʻuloti oʻtkazildi! 🧬 Mashgʻulot davomida 7-sinf oʻquvchilari magniyni yonish jarayonini tajriba asosida oʻrgandilar! Oʻrganish oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi! 🌐 Bizni kuzatib boring Telegram Facebook Instagram
23 11月, 00:06

📚✨ “YOSH KITOBXON” TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI! ✨📚 Qo‘shtepa ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” tan
+6
📚✨ “YOSH KITOBXON” TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI! ✨📚 Qo‘shtepa ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovida faol ishtirok etib, yuksak bilim va kitobxonlik mahoratini namoyon etgan o‘quvchilarimizni tabriklaymiz! 🏆 1-o‘rin — Abdurashidov Abdumalik, 7-“B” sinf 🥈 2-o‘rin — Abdurashidova Sakinaxon, 5-“B” sinf 🥉 3-o‘rin — Muhammadova Gulsanam, 6-“B” sinf G‘oliblarimizni ushbu munosib natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularga kelgusida yanada ulkan zafarlar, mustahkam bilim va yangi marralar tilaymiz. 📖 Kitob — tafakkur manbai, bilim — kelajak poydevoridir! Tashkilotchilar: 1. B.Umarov 2. D.Murodova
21 11月, 07:15

Matematika fanidan sovrin jamg‘armasi 640 mln so‘mlik fan olimpiadasi o‘tkaziladi 4–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida DIFO matem
Matematika fanidan sovrin jamg‘armasi 640 mln so‘mlik fan olimpiadasi o‘tkaziladi 4–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida DIFO matematika olimpiadasi o'tkaziladi. G‘oliblarni 20 mln so‘mgacha bo'lgan pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda! 💰 Sovrinlar: 🥇1-o‘rin — 20 mln so‘m (8 nafar g‘olib uchun jami 160 mln so‘m); 🥈2-o‘rin — 15 mln so‘m (8 nafar sovrindor uchun jami 120 mln so‘m); 🥉3-o‘rin — 10 mln so‘m (8 nafar sovrindor uchun jami 80 mln so‘m); 🏅4–10-o‘rinlar — qiymati 5 mln so‘mgacha bo‘lgan smartfonlar (jami 56 ta). Har bir sinf paralleli g‘olibiga oltin medal, barcha finalchilarga sertifikat topshiriladi.
📆 Olimpiada bosqichlari: 1-bosqich: 1–10-dekabr; 2-bosqich: 15–25-dekabr; Final: 2027-yil 9-yanvar.
Dastlabki ikki bosqich DIFO mobil ilovasida masofaviy, final esa Toshkent shahrida oflayn shaklda o‘tkaziladi. 📌 Ro‘yxatdan o‘tish: 20–30-noyabr, 2026-yil. Ishtirok etish istagidagi o‘quvchilar 2026-yil 30-noyabrga qadar DIFO mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ro'yxatdan o'tish — https://profieducation.ai/r/CA8CF91C
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
20 11月, 22:05

#Qoʻshtepa_IM #Ochiq_dars Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rus tili fani oʻqituvchisi Roʻziyeva Xanifa tomonidan "
+3
#Qoʻshtepa_IM #Ochiq_dars Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rus tili fani oʻqituvchisi Roʻziyeva Xanifa tomonidan "Мы здоровая планета" mavzusida ochiq dars oʻtkazildi. Darsdan maqsad oʻquvchilarda sogʻlom turmush tarzi, atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni shakllantirish, shuningdek, rus tilida nutq va lugʻat boyligini oshirish edi. ⚡️Dars davomida 7-"A" sinf oʻquvchilari interfaol topshiriqlar, muhokama va amaliy mashgʻulotlarda faol ishtirok etishdi. Oʻqituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalandi. Dars oʻquvchilarning bilim va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdi hamda yuqori darajada oʻtdi. 🌐 Bizni kuzatib boring Telegram Facebook Instagram
20 11月, 20:00

❓Президент мактабларида фақат бойларнинг болалари ўқийдими? ⚡️Ихтисослаштирилган таълим муассасаларига кириш имтиҳонларида шаффофлик қандай таъминланади? ❓Президент мактабларининг илк қалдирғочлари ҳозир қаерда? 🎬Янги Ўзбекистон” ва “Правда Востока” газеталари” таҳририяти Бош муҳаррири Салим Дониёров Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги директори Севара Шакирова билан шу мавзуларда суҳбатлашди. Тўлиқ видео: https://youtu.be/w8klC8wRMVo Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
20 11月, 14:21

#Qoʻshtepa_IM❗️ #Bizni_shunday_oʻquvchilarimiz❗️ 🔉 Oktabr oyida oʻtkazilgan ona tili va adabiyoti fanidan Milliy sertifikat
+3
#Qoʻshtepa_IM❗️ #Bizni_shunday_oʻquvchilarimiz❗️ 🔉 Oktabr oyida oʻtkazilgan ona tili va adabiyoti fanidan Milliy sertifikat imtihonlarida 10-A sinf oʻquvchilarimizdan ajoyib natijalarga! ⚡️ Oʻquvchilar oʻzlari yoʻnalishlari boʻyicha maksimal ball beradigan sertifikat sohibiga aylanishdi. 🌐 Bizni kuzatib boring Telegram Facebook Instagram
20 11月, 09:30

🏆 YANA BIR YUKSAK NATIJA! Maktabimizning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi o‘zining bilim salohiyati, tinimsiz izlanish
🏆 YANA BIR YUKSAK NATIJA! Maktabimizning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi o‘zining bilim salohiyati, tinimsiz izlanishi va kasbiy mahoratini yana bir bor namoyon etdi. Ustozimiz ona tili fanidan milliy sertifikat imtihonida A darajali natijani qo‘lga kiritdi! Bu yutuq — ustozning o‘z ustida muntazam ishlashi, bilimini oshirishga bo‘lgan intilishi va kasbiga mas’uliyat bilan yondashishining munosib samarasidir. Eng quvonarlisi, o‘z bilim va tajribasini o‘quvchilariga ham ulashib kelayotgan bunday faol ustozlarimiz maktabimiz faxridir! Ustozimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusida ham yangi marralar, yuksak natijalar va zafarlar yor bo‘lsin! Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin, ustoz! 🌷 Qo‘shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi
20 11月, 09:18

Repost from Qöştepa tezkor
📍 Farğonada nomi 3 marta özgargan tumanni bilasizmi? Bu — aynan Qöştepa tumani! Tarixga nazar taşlasak, tuman öz faoliyatini dastlab Marğilon tumani nomi bilan boşlagan. Keyinçalik Oxunboboyev tumani deb nomlangan. Bugungi kunda esa barchamizga tanış bölgan Qöştepa tumani nomi bilan ataladi. Xöş, nima uçun aynan Qöştepa? Tuman hududida «tepa» nomi bilan ataladigan joylar köp bölgani sababli, hududga Qöştepa nomi berilgan. Bir hudud — üç xil nom, ammo bir tarix, bir xalq va bir maskan! Qöştepaning tarixi haqida siz yana qanday qiziqarli ma’lumotlarni bilasiz? Izohlarda yöldiring! 👇 @qoshtepatezkor
20 11月, 00:56

Таълим ва илм-фан вазирлиги мактаб ўқувчиларининг билимини баҳолаш ва имтиҳон олишнинг янги ягона тартибини ишлаб чиқиш бўйич
Таълим ва илм-фан вазирлиги мактаб ўқувчиларининг билимини баҳолаш ва имтиҳон олишнинг янги ягона тартибини ишлаб чиқиш бўйича сўровнома ўтказмоқда. Унга кўра, ўқувчилар 4-синфда диагностик тест, 7-синфда касбий қизиқишлар диагностикаси, 9-синфда асосий давлат имтиҳони ва 11-синфда ягона давлат имтиҳонидан ўтиши назарда тутилган. Лойиҳага кўра, янги тартиб 2027/2028 ўқув йили якунида Тошкент шаҳри ва Навоий вилоятида синовдан ўтказилади, 2028/2029 ўқув йили якунидан эса мамлакатнинг барча ҳудудларида жорий этилиши режалаштирилган.
19 11月, 05:06

#Qoʻshtepa_IM❗️ #Xalqaro_bagʻrikenglik_kuni❗️ ​Xalqaro bag‘rikenglik haftaligi munosabati bilan 7-«A» sinf o‘quvchilari «Xalq
+6
#Qoʻshtepa_IM❗️ #Xalqaro_bagʻrikenglik_kuni❗️ ​Xalqaro bag‘rikenglik haftaligi munosabati bilan 7-«A» sinf o‘quvchilari «Xalqaro taomlar yarmarkasi»ni o‘tkazishdi. Turli davlatlar bayroqlari ostida bezatilgan dasturxonlar, milliy pishiriqlar, samimiy tabassumlar va do‘stona muhit tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. 🧁🥟🇯🇵🇬🇧🇹🇷 ⚡️ ​O‘quvchilarimizning mehri va mehnati bilan tayyorlangan bu yarmarka bag‘rikenglik va hamjihatlikning eng chiroyli ifodasi bo‘ldi! 💛🌻 🌐 ​Bizni kuzatib boring Telegram Facebook Instagram
19 11月, 04:04

视频消息00:32
19 11月, 02:20

视频消息00:39
19 11月, 02:20