ch
Feedback
♟️ProfChess - Professional shaxmat maktabi!🏆

♟️ProfChess - Professional shaxmat maktabi!🏆

前往频道在 Telegram

♟️ ProfChess - Professional shaxmat maktabining rasmiy kanali!🏅 🗯️ Bahs va munozaralar uchun quyidagi guruhga o'ting: 🔊 @shaxmat_ovozi 📩 Talab va takliflar uchun - @Sunnatilla_Baniyazov

显示更多
606
订阅者
+324 小时
+47 天
+630 天
帖子存档
8, 10, 12 va 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida Gran-Pri ochiq turniri. GRAN PRI 2026-yil 5-9 oktabr kun
8, 10, 12 va 14  yoshgacha  bo‘lgan  o‘g‘il  bolalar  va  qizlar  o‘rtasida  Gran-Pri  ochiq  turniri. GRAN PRI  2026-yil 5-9 oktabr kunlari 7 ta turdan iborat, vaqt 60+30 o‘tkaziladi. Musobaqaga ro‘yxatdan o‘tish 4 oktabr kuni soat 14:00 gacha davom etadi. 8 yoshgacha (2019 yilda tug‘ilgan va undan kichik); 10 yoshgacha (2017 yilda tug‘ilgan va undan kichik); 12 yoshgacha (2015 yilda tug‘ilgan va undan kichik); 14 yoshgacha (2013 yilda tug‘ilgan va undan kichik). Musobaqa badali:  400 000 so‘m MUSOBAQA BADALINI TO‘LASH UCHUN REKVIZITLAR: Xalqaro shaxmat akademiyasi x/r:  400 110 860 262 777 083 630 205 001 INN: 303 072 526 Bank nomi: G‘azna hisob varag‘i Yosh toifasida 1-2-o‘rinni egallaganlar 2027-yilgi 8-14 yoshgacha o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Telegram kanal: @xalqaroshaxmatakademiya Telegram : https://t.me/FIDE_TRENER JOYLAR  SONI  CHEKLANGAN

"TOSHKENT KUZI - 2026" xalqaro reytingli turnir! Musobaqa guruhlari: “A” guruhi – FIDE IDsi bor barcha xohlaganlar uchun ochi
"TOSHKENT KUZI - 2026" xalqaro reytingli turnir!
Musobaqa guruhlari: “A” guruhi – FIDE IDsi bor barcha xohlaganlar uchun ochiq. “B” guruhi – 2015-yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi shaxmatchilar uchun. Zarur hujjatlar: “A” guruhi: FIDE ID, musobaqa badali kvitansiyasi. “B” guruhi: tug‘ilganlik guvohnomasi, musobaqa badali kvitansiyasi.
💬 Ro‘yxatga olish: 9-oktabr soat 14:00 gacha https://t.me/FIDE_TRENER ga yuboring. 🌐 FIDE ID olish: https://reg.uzchess.uz/fide-apply 💳 Musobaqa badalini to'lash uchun bank rekvizitlari: Xalqaro shaxmat akademiyasi x/r: 400 110 860 262 777 083 630 205 001 INN: 303 072 526 Bank nomi: G‘azna hisob varag‘i. "A" guruhida FIDE reytingi 2250 va undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar hamda IM, WIM, GM, WGM lar musobaqa badalidan ozod qilinadi. FIDE ID ochilgan va reytingi 2249 gacha bo‘lganlar  uchun - 500 000 so‘m. “B” guruhi uchun – 450 000 so'm. 60 yoshdan oshgan faxriylar, nogironligi borlar va akademiya o‘quvchilari uchun - 30% chegirma. JOYLAR SONI CHEGARALANGAN

JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG’ILSIN! ProfChess - Professional shaxmat maktabi jamoasi sizni muborak juma ayyomi
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA  MUKAMMAL YOG’ILSIN! ProfChess - Professional shaxmat maktabi jamoasi sizni muborak juma ayyomi bilan tabriklaydi va ulug’ juma ayyomining barokati sizga mukammal yog’ilishini tilaydi!

https://lichess.org/tournament/tpa1gc0n Soat 23:00 da Bundesliga 12B guruh bosqichi chempionatga hammani taklif qilamiz! Приг
https://lichess.org/tournament/tpa1gc0n Soat 23:00 da Bundesliga 12B guruh bosqichi chempionatga hammani taklif qilamiz! Приглашаем всех желающих на Чемпионат Бундеслигу 12B группу в 23:00! ♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️ Jamoamizga qoshilish uchun quyidagi linkka bosing: Чтобы присоединиться к нашему клубу переходите по ссылке: https://lichess.org/team/profchess-club-uzb

Sindarovmi yoki Gukesh? Jahon chempionati oldidan kim favorit? ⚡Gukesh — Javohir Sindarov o‘rtasidagi 2026-yilgi Jahon chempi
Sindarovmi yoki Gukesh? Jahon chempionati oldidan kim favorit? ⚡Gukesh — Javohir Sindarov o‘rtasidagi 2026-yilgi Jahon chempionati matchi oldidan grossmeysterlar, shaxmat vakillari va kontent yaratuvchilarning 18 ta fikri jamlandi. Ularning tasnifiga ko‘ra: 🇺🇿10 kishi — Javohir Sindorovni favorit deb biladi ⚖️6 kishi — imkoniyatlarni deyarli teng deb baholaydi 🇮🇳2 kishi — Gukeshni ustun ko‘radi Magnus Karlsen Sindarov g‘alaba qozonishini kutayotganini aytib, uning o‘yinini har tomonlama mukammalroq deb baholagan. 📊Ian Nepomniachtchi imkoniyatlarni 65:35, Vladislav Artemiev esa 60:40 nisbatida Javohir foydasiga baholagan. 🇺🇸Hikaru Nakamura esa Gukeshni tanlagan. Uning fikricha, amaldagi jahon chempioni bosimni yenga olsa, ko‘pchilik kutmagan natijani ko‘rsatishi mumkin. 🏆Gukesh va Sindarov o‘rtasidagi Jahon chempionati matchi 22-noyabrdan 12-dekabrgacha Jenevada bo‘lib o‘tadi. Birinchi klassik partiya 24-noyabrga belgilangan. Sizningcha, Jenevada kim jahon chempioni bo‘ladi — Sindarovmi yoki Gukesh?

https://lichess.org/tournament/0pkD1tg0 Soat 21:00 da Klublararo marafon musobaqasiga hammani taklif qilamiz! Приглашаем всех
https://lichess.org/tournament/0pkD1tg0 Soat 21:00 da Klublararo marafon musobaqasiga hammani taklif qilamiz! Приглашаем всех желающих на межклубный марафон в 21:00! ♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️ Jamoamizga qoshilish uchun quyidagi linkka bosing: Чтобы присоединиться к нашему клубу переходите по ссылке: https://lichess.org/team/profchess-club-uzb

O‘zbekiston shaxmatchilari reytingda katta o‘sish qayd etdi! Olimpiada yakuniga ko'ra, 2700 Club — elit shaxmatchilar orasida
O‘zbekiston shaxmatchilari reytingda katta o‘sish qayd etdi! Olimpiada yakuniga ko'ra, 2700 Club — elit shaxmatchilar orasida eng katta live reyting o‘sishi Nodirbek Yakubboevda — +26,7 Elo. Uning live reytingi 2711,7 ga yetdi. Nodirbek Abdusattorov +17,5 Elo bilan ro‘yxatda 2-o‘rinda, live reytingi esa 2779,5. Javokhir Sindarov ham TOP-10da — +3,5 Elo va 2781,5 live reyting.

⚡️Samarqand: Bu shunchaki shaxmat musobaqasi emas — tarixga aylangan uch hafta edi Dunyoning turli nuqtalaridan kelgan insonlar bir maydonda uchrashdi. Kim uchundir bu g‘alaba sari yo‘l, kim uchundir yangi tajriba, yangi bilim va yangi imkoniyat bo‘ldi. Bu yerda raqobat bilan birga do‘stliklar paydo bo‘ldi, tajribalar almashildi, turli til va madaniyatlar shaxmat orqali birlashdi. G‘alabalar, mag‘lubiyatlar, hayajon, ko‘z yoshlar va unutilmas lahzalar… Natijalar tarixda qoladi. Ammo bu Olimpiadaning eng katta merosi — insonlar, tajriba va Samarqandda yozilgan umumiy tarixdir. #ChessOlympiad #Samarkand2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo sha
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki karra olimpiada chempioni degan yuksak sharafli unvon, buyuk zafar barchamizga, ko‘pmillatli xalqimizga muborak bo‘lsin! Sizlar – Yangi O‘zbekiston qahramonlari, jahon shaxmat olamida yangi tarix yaratgan oltin avlodsiz. Butun xalqimiz sizlar bilan cheksiz faxrlanadi, g‘ururlanadi. Nodirbek Abdusattorov barcha o‘yinlar davomida mag‘lubiyat nima ekanini bilmasdan, chinakam jamoa lideri ekanini isbotlab, birinchi taxtada oltin medal sohibiga aylandi. Nodirbek Yoqubboyev esa Turkiya, Hindiston, Xitoy va AQSH vakillariga qarshi murosasiz bahslarda chinakam iroda va matonat ko‘rsatib, jamoamiz uchun hal qiluvchi g‘alabalarni ta’minlaganini alohida ta’kidlab aytmoqchiman. Ayniqsa, Yoqubboyevning hindistonlik Nihal Saringa qarshi bellashuvi haqiqiy dramatik jang bo‘ldi. Yangi O‘zbekiston vakilining eng qiyin vaziyatda nihoyatda topqirlik bilan qo‘llagan taktik yurishlarini ko‘rib, dunyo shaxmat muxlislari hayratdan qotib qoldi. Yana bir mard o‘g‘lonimiz, Javohir Sindorov chempionlarga xos o‘yin ko‘rsatib, umumiy g‘alabaga katta hissa qo‘shdi. Bunday yirik xalqaro musobaqada birinchi marta ishtirok etgan Muhiddin Madaminov o‘g‘limizning kuchli raqiblariga kutilmagan zarbalar bergani va birorta ham mag‘lubiyatga uchramagani yuksak bahoga munosibdir. Shamsiddin Vohidov Hindiston, Turkiya va Vengriya vakillariga qarshi murosasiz o‘yinlarda o‘zini yo‘qotmasdan, muhim ochkolarni olishga erishgani ham muxlislar xotirasida saqlanib qoladi. Musobaqalarda ikkinchi tarkib bilan ishtirok etgan jamoamiz qayd etgan natija ham bizni quvontiradi. Jahongir Vohidov o‘g‘lim kuchli iroda ko‘rsatib, ushbu jamoamizni sovrinli o‘rinlar sari boshladi. Ispaniya, Angliya va Niderlandiya kabi davlatlar vakillari ustidan qozonilgan ishonchli g‘alabalar unutilmas tarixga aylandi. Ayollar jamoamiz ham keskin kurashlarda haqiqiy matonat namunasini ko‘rsatdi. Ular AQSH jamoasi bilan tengma-teng bahs olib borganlari, 11 ta turda 7 ta yutuqqa erishib, o‘n uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani ham muhim natijadir. Samarqand olimpiadasida parashaxmatchilarimiz ham ulkan jasorat ko‘rsatib, bunday o‘yinlar tarixida birinchi marta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Selbi qizim shaxsiy hisobda kumush, Abdulaziz o‘g‘lim bronza medaliga sazovor bo‘lgani, Ahadxon o‘g‘lim umuman mag‘lub bo‘lmagani meni juda xursand qildi. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi FIDЕ tomonidan 2026-yilda “Eng yaxshi federatsiya” nominatsiyasida g‘olib deb topilgani, tajribali murabbiy, grossmeyster Rustam Qosimjonov FIDЕning faxriy vitse-prezidenti, Hulkar Tohirjonova FIDЕning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha mintaqaviy prezidenti etib saylanganini O‘zbekistonning shaxmat mamlakati sifatida obro‘-e’tibori oshib borayotganining yana bir dalili sifatida qabul qilamiz. Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Bizga mana shunday buyuk shukuh, ulug‘ zafarlarni taqdim etgan shaxmatchi farzandlarimiz doimo sog‘-omon bo‘lsin! Sizlarga hamisha porloq g‘alabalar yor bo‘lsin, aziz bolalarim!   Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti #ChessOlympiad #Samarkand2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

46-Butunjahon olimpiadasi yopilish marosimi boshlanmoqda! 🔴jonli efir
46-Butunjahon olimpiadasi yopilish marosimi boshlanmoqda! 🔴jonli efir

🏆 FIDE Shaxmat Olimpiadasi 2026 — yakuniy turnir jadvali Samarqanddagi Olimpiada o‘z nihoyasiga yetdi. Open yo‘nalishi: 🥇 �
+1
🏆 FIDE Shaxmat Olimpiadasi 2026 — yakuniy turnir jadvali Samarqanddagi Olimpiada o‘z nihoyasiga yetdi. Open yo‘nalishi: 🥇 🇺🇿 O‘zbekiston — 20 ochko 🥈 🇮🇳 Hindiston — 18 ochko 🥉 🇩🇪 Germaniya — 18 ochko Ayollar yo‘nalishi: 🥇 🇨🇳 Xitoy — 20 ochko 🥈 🇰🇿 Qozog‘iston — 18 ochko 🥉 🇮🇳 Hindiston — 17 ochko 🇺🇿 O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa 15 match ochkosi bilan Olimpiadani 13-o‘rinda yakunladi. Qizlarimizga munosib kurash va mehnat uchun rahmat! 🇺🇿 O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi — FIDE Shaxmat Olimpiadasi 2026 chempioni!

46-Butunjahon olimpiadasi yakuniy matbuot anjumani boshlandi! 🔴jonli efir
46-Butunjahon olimpiadasi yakuniy matbuot anjumani boshlandi! 🔴jonli efir

https://lichess.org/tournament/mLNaXzYP Soat 23:00 da Bundesliga 12B guruh bosqichi chempionatga hammani taklif qilamiz! Приг
https://lichess.org/tournament/mLNaXzYP Soat 23:00 da Bundesliga 12B guruh bosqichi chempionatga hammani taklif qilamiz! Приглашаем всех желающих на Чемпионат Бундеслигу 12B группу в 23:00! ♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️ Jamoamizga qoshilish uchun quyidagi linkka bosing: Чтобы присоединиться к нашему клубу переходите по ссылке: https://lichess.org/team/profchess-club-uzb

🇺🇿 O‘ZBEKISTON — IKKI KARRA SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI!🎊 🇺🇿Samarqandda tarix yozildi! 🏆O‘zbekiston Ukraina bilan uch
🇺🇿 O‘ZBEKISTON — IKKI KARRA SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI!🎊 🇺🇿Samarqandda tarix yozildi! 🏆O‘zbekiston Ukraina bilan uchrashuv tugashidan oldin chempionlikni matematik jihatdan kafolatladi. Chunki Hindiston so‘nggi turda Vengriya bilan 2:2 durang o‘ynadi. O‘zbekiston 10 turdan keyin Hindistondan bir ochko oldinda edi: 18 ga 17. 🔥Bu yo‘l oson bo‘lmadi. O‘zbekiston musobaqaning dastlabki 7 turining barchasida g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi bahslarda Hindiston ustidan 2.5:1.5, Xitoy ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonildi. 8-turda Germaniya g‘alabali seriyani to‘xtatdi, ammo jamoamiz darhol o‘zini tikladi: 9-turda turnirning birinchi raqamli saralangan jamoasi — AQSh mag‘lub etildi, 10-turda esa Armaniston 3.5:0.5 hisobida taslim etildi. ⚔️Va nihoyat — Ukrainaga qarshi so‘nggi g‘alaba oltin medal masalasini hal qildi. 🇺🇿O‘zbekiston tarkibi: Javohir Sindarov Nodirbek Abdusattorov Nodirbek Yakubboyev Shamsiddin Vohidov Muhiddin Madaminov 🇺🇿Jamoa sardori — sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov. Ushbu tarkibdagi to‘rt nafar shaxmatchi 2022-yilda Chennai Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan jamoada ham o‘ynagan. 🏆O‘zbekiston shaxmatining so‘nggi uch Olimpiadadagi natijasi esa alohida e’tiborga loyiq: 🥇 2022, Chennai — OLTIN 🥉 2024, Budapesht — BRONZA 🥇 2026, Samarqand — OLTIN Demak, O‘zbekiston ketma-ket uchta Shaxmat olimpiadasini medalsiz tark etmadi va to‘rt yil ichida ikkinchi bor Open bo‘limida jahonning eng kuchli terma jamoasi bo‘ldi. ✨Eng o‘ziga xos jihati — bu safargi chempionlik o‘z uyimizda, Samarqandda qo‘lga kiritildi. 2022-yilda O‘zbekistonning Olimpiadadagi oltin medalini tasodif yoki bir martalik muvaffaqiyat deb baholaganlar ham bor edi. Ammo 2026-yilda jamoamiz butun turnir davomida kuchli va ishonchli o‘yin namoyish etib, yana shohsupaga ko'tarildi!🔥 Bu safar yigitlarimiz faqat chempion bo‘libgina qolmay, 2022-yildagi oltin tasodif bo‘lmaganini va O‘zbekiston bugun dunyoning eng kuchli shaxmat terma jamoasi ekanini amalda isbotladi.🔥 O‘ZBEKISTON — 46-BUTUNJAHON SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI! 🇺🇿🏆 Chempionlarimizni va butun O‘zbekiston xalqini ushbu tarixiy g‘alaba bilan chin qalbdan tabriklaymiz!🎊

🇺🇿OLTINGACHA BIR QADAM: O‘ZBEKISTON – UKRAINA! 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi — 11-turida O‘zbekiston terma
+1
🇺🇿OLTINGACHA BIR QADAM: O‘ZBEKISTON – UKRAINA! 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi — 11-turida O‘zbekiston terma jamoasi Ukraina bilan to‘qnash keladi. 10 turdan keyin yigitlarimiz 18 ochko bilan yakka peshqadam. Eng yaqin ta’qibchi Hindistonda 17 ochko. Bugungi vazifa juda oddiy: Ukraina ustidan g‘alaba — boshqa natijalardan qat’i nazar O‘zbekistonni Olimpiada chempioniga aylantiradi! 🥇 Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿 🔴So'nggi tur bahslari 11:00'da boshlanadi.

FIDE Shaxmat Olimpiadasi 2026 — hal qiluvchi 11-tur juftliklari Samarqandda o‘tayotgan Olimpiadaning so‘nggi 11-turi oldinda.
+1
FIDE Shaxmat Olimpiadasi 2026 — hal qiluvchi 11-tur juftliklari Samarqandda o‘tayotgan Olimpiadaning so‘nggi 11-turi oldinda. Aynan shu turda chempionlik, medallar va yakuniy o‘rinlar hal bo‘ladi. Open yo‘nalishi: 🇺🇿 O‘zbekiston — 🇺🇦 Ukraina 🇨🇳 Xitoy — 🇺🇿 O‘zbekiston 2 🇦🇩 Andorra — 🇺🇿 O‘zbekiston 3 Ayollar yo‘nalishi: 🇦🇲 Armaniston — 🇺🇿 O‘zbekiston 🇺🇿 O‘zbekiston 2 — 🇮🇱 Isroil 🇺🇿 O‘zbekiston 3 — 🇿🇦 Janubiy Afrika Open yo‘nalishida peshqadam bo‘lib turgan 🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi uchun 🇺🇦 Ukrainaga qarshi bahs ayniqsa muhim — bu uchrashuv yakuniy natijalarga bevosita ta’sir qilishi mumkin. 🇺🇿 Barcha terma jamoalarimizga hal qiluvchi turda omad tilaymiz!

🇺🇿O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi — “Eng yaxshi federatsiya” nominatsiyasi g‘olibi O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi FIDE
🇺🇿O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi — “Eng yaxshi federatsiya” nominatsiyasi g‘olibi O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi FIDE Excellence Awards 2026 xalqaro mukofotining “Best Federation” (“Eng yaxshi federatsiya”) nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Mazkur nufuzli mukofot O‘zbekistonda shaxmatni rivojlantirish, sportchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish, yosh avlod o‘rtasida shaxmatni ommalashtirish hamda mamlakatning xalqaro shaxmat maydonidagi mavqeini mustahkamlash borasidagi faoliyatning xalqaro miqyosdagi e’tirofidir. O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasining ushbu yutug‘i mamlakatimiz shaxmat maktabining izchil rivojlanib borayotganini, sportchilarimizning xalqaro arenadagi natijalari va federatsiya tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning munosib baholanganini ko‘rsatadi. FIDE Excellence Awards 2026 doirasida jami to‘qqiz nafar laureat shaxmat olamidagi alohida yutuqlari uchun taqdirlandi. “Eng yaxshi erkak shaxmatchi” va “Eng yaxshi ayol shaxmatchi” nominatsiyalari bo‘yicha mukofotlar esa 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasining yopilish marosimida topshiriladi. #ChessOlympiad #Samarkand2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

#Fakt24 Shaxmat ekspertlari: O‘zbekiston – super kuchli mamlakat #ChessOlympiad #Samarkand2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 🇺🇿O'zbekiston vs 🇺🇸AQSH! 🔴jonli efir
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 🇺🇿O'zbekiston vs 🇺🇸AQSH! 🔴jonli efir