"Koson sport"
前往频道在 Telegram
Rasmiy kanal: https://t.me/KosonJTSB Veb-sayt:https://sport.uz/kosontuman-2sm/ Elektron pochta: koson@umail.uz
显示更多243
订阅者
-124 小时
+17 天
-730 天
数据加载中...
标签云
无数据
有任何问题?请刷新页面或联系我们的客服。
进出提及
---
---
---
---
---
---
吸引订阅者
九月 '26
九月 '26
+3
在0个频道中
八月 '26
+4
在0个频道中
Get PRO
七月 '26
+4
在0个频道中
Get PRO
六月 '26
+14
在2个频道中
Get PRO
五月 '26
+11
在1个频道中
Get PRO
四月 '26
+10
在2个频道中
Get PRO
三月 '26
+4
在1个频道中
Get PRO
二月 '26
+18
在0个频道中
Get PRO
一月 '26
+1
在0个频道中
Get PRO
十二月 '25
+3
在1个频道中
Get PRO
十一月 '25
+5
在0个频道中
Get PRO
十月 '25
+5
在0个频道中
Get PRO
九月 '25
+2
在1个频道中
Get PRO
八月 '25
+11
在2个频道中
Get PRO
七月 '25
+8
在1个频道中
Get PRO
六月 '25
+7
在0个频道中
Get PRO
五月 '25
+34
在1个频道中
Get PRO
四月 '25
+66
在1个频道中
Get PRO
三月 '25
+3
在0个频道中
Get PRO
二月 '25
+4
在2个频道中
Get PRO
一月 '25
+5
在0个频道中
Get PRO
十二月 '24
+3
在0个频道中
Get PRO
十一月 '24
+5
在0个频道中
Get PRO
十月 '24
+2
在2个频道中
Get PRO
九月 '24
+6
在2个频道中
Get PRO
八月 '24
+34
在1个频道中
Get PRO
七月 '24
+13
在2个频道中
Get PRO
六月 '24
+93
在1个频道中
Get PRO
五月 '240
在1个频道中
Get PRO
四月 '240
在2个频道中
Get PRO
三月 '24
+13
在0个频道中
Get PRO
二月 '240
在2个频道中
Get PRO
一月 '24
+146
在2个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 13 九月 | 0 | |||
| 12 九月 | 0 | |||
| 11 九月 | 0 | |||
| 10 九月 | +1 | |||
| 09 九月 | 0 | |||
| 08 九月 | 0 | |||
| 07 九月 | +1 | |||
| 06 九月 | 0 | |||
| 05 九月 | 0 | |||
| 04 九月 | 0 | |||
| 03 九月 | +1 | |||
| 02 九月 | 0 | |||
| 01 九月 | 0 |
频道帖子
| 2 | 没有文字... | 39 |
| 3 | 🤾"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida gandbol sport turi bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” respublika bosqichiga start berilmoqda
🇺🇿 Respublika bosqichida hududiy saralashlarda munosib natija qayd etgan yosh sportchilar ishtirok etib, gandbol bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etadilar.
Musobaqa 8–12-sentabr kunlari quyidagi manzillarda tashkil etiladi:
📍 O‘g‘il bolalar o‘rtasida — Toshkent shahrida;
📍 Qiz bolalar o‘rtasida — Andijon viloyatida.
Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat va g‘alaba tilaymiz!
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 84 |
| 4 | 没有文字... | 60 |
| 5 | 没有文字... | 51 |
| 6 | 🏆 Joriy yil, 5-sentyabr kuni Koson tumanda ommaviy sport bo‘yicha seleksioner trenerlari tomonidan «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida 2026-yilda umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan ommaviy sport musobaqalari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Ma'lumot uchun: Maktab o‘quvchilari o‘rtasida sport turlari bo‘yicha «Maktab ligasi» musobaqalari 9 ta sport turi hamda «Quvnoq startlar» bo‘yicha tashkil etiladi. Shuningdek, 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «KrossFIT» sport musobaqasi o‘tkaziladi. | 74 |
| 7 | 没有文字... | 105 |
| 8 | 🏆🇺🇿 XUSHXABAR! YANA BIR RESPUBLIKA G‘OLIBI! 🥇🔥
🎉 Qashqadaryo viloyati Koson tumanining Pudina mahallasidan ishtirok etgan yoshimiz Nurоv Jo‘rabek “Besh tashabbus olimpiadasi”ning yengil atletika bo‘yicha Respublika bosqichida munosib natijaga erishdi! 👏💪
🥈🏃♂️ Norov Jo‘rabek — 16–21 yosh toifasida 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha 2-o‘rin sohibi! 🔥🏅
👏 Jo‘rabekni ushbu katta yutuq bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! 🇺🇿❤️
Koson — Respublika g‘oliblari bilan faxrlanadi! 🏆🔥 | 176 |
| 9 | 🏆🇺🇿 XUSHXABAR! KOSONLIK QIZLAR — RESPUBLIKA G‘OLIBLARI! 🥇🔥
🎉 Qashqadaryo viloyati Koson tumanining Muddin mahallasidan ishtirok etgan iqtidorli yosh qizlarimiz “Besh tashabbus olimpiadasi”ning yengil atletika bo‘yicha Respublika bosqichida munosib ishtirok etib, 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi! 👏👏
🥇🏃♀️ Xudoyberdiyeva Mashhura Qodir qizi — 27–30 yosh toifasida 200 metr masofaga yugurish bo‘yicha 1-o‘rin! ⚡🔥
🥇🏃♀️ Eshpulatova Sevara Saitmurod qizi — 27–30 yosh toifasida 60 metr masofaga yugurish bo‘yicha 1-o‘rin! 🏅💪
🏟️✨ Ma’lumot o‘rnida: Qizlarimizning Respublika bosqichidagi ushbu yuksak natijasi sababli Muddin mahallasida Universal sport maydonchasi qurildi! 🎉🏟️
👏 Bu nafaqat ikki nafar qizimizning, balki Muddin mahallasi va butun Koson tumanining katta g‘alabasi! ❤️🔥
🌟 G‘oliblarimizni chin qalbdan muborakbod etamiz! Sizlarning har bir g‘alabangiz ortidan mahallalarimizda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaralmoqda! 🇺🇿🥇
KOSON — G‘ALABALAR MASKANI! 🏆🔥 | 149 |
| 10 | 🏆Buxoro viloyatida bo’lib o’tgan yengil atletika musobaqasi respublika final bosqichi yakunlandi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha Buxoro viloyatida o‘tkazilgan respublika bosqichi yakunlandi.
Musobaqaning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Maxmudov ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarga medal, diplom hamda esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi.
Ma’lumot uchun: belgilangan tartibga ko‘ra, 1-o‘rinni egallagan sportchilar mahallasi hududiga universal sport maydonchasi, 2-o‘rinni egallagan sportchilar mahallasiga stritbol-vorkaut maydonchasi, 3-o‘rinni egallagan sportchilar mahallasiga esa vorkaut maydonchasi qurib beriladi.
🇺🇿 Sportlashamiz - “Tezroq, balandroq-birgalikda. | 156 |
| 11 | 📝Trenerlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida ushbu murojaatlar batafsil muhokama qilinib, sport tizimida qator yangi tashabbuslar belgilandi
✔️Avvalo, sport maktablarini sog‘lomlashtirish va boshlang‘ich tayyorgarlik guruhidagi sportchilarni keyingi guruhlarga o‘tkazishda talab etiladigan razryadni tegishli sport turi bo‘yicha normativ qabul qilish orqali ham berish imkoniyati yaratiladi.
✔️Kelgusi yildan sportchilarga razryad va unvon berish jarayoni “ERP–sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali to‘liq proaktiv shaklga o‘tkaziladi. Shuningdek, sport guruhlarida shug‘ullanuvchi sportchilar o‘rtasidagi yosh tafovuti amaldagi 2 yoshdan 3 yoshga kengaytiriladi.
✔️Sport maktablaridan milliy terma jamoalarga sportchilar yetkazib berayotgan va yuqori natijalarga erishayotgan trenerlarni ularning xohishiga ko‘ra Olimpiya markazlari hamda ixtisoslashgan professional sport ta’lim muassasalariga rotatsiya qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Zarur hollarda bunday trenerlar bilan birga ularning natijador sportchilari ham ko‘chiriladi.
✔️Natijador sportchilarni tayyorlagan birinchi trenerlarni rag‘batlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Tegishli Hukumat qarori qabul qilingach, har bir natijador sportchi uchun uning birinchi treneriga 10 foiz miqdorida oylik ustama to‘lanadi.
✔️Trenerlarga malaka sertifikati berish tizimi ham soddalashtiriladi. Xususan, trener-selektsionerlarning sport faoliyatiga tegishli malaka sertifikatlarini istisno tariqasida tan olish, yangi o‘quv yilidan ularni malaka oshirish kurslarining “2+2” dasturiga o‘tkazish va amaliyot qismini biriktirilgan mahallada tashkil etish yo‘lga qoyiladi.
✔️Shuningdek, sport klubi uchun belgilangan talablarni bajargan o‘zini o‘zi band qilgan trenerlar ma’lumotlari “ERP–sport” tizimida tasdiqlangan taqdirda, ularga razryad talabi va tegishli federatsiya xulosasisiz malaka oshirish kurslarida o‘qish imkoniyati beriladi.
✔️Kichik o‘smirlar va ayrim sport turlari bo‘yicha U-23 yosh toifasida natijaga erishgan trenerlarga ham malaka toifalarini berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Kelgusi yildan respublika, hudud, tuman va shahar darajasida xalqaro sport tashkilotlari talablari asosida tajriba tariqasida yengil atletika va dzyudo sport turlarida sportchilar reytingini yuritish tizimi joriy etiladi.
✔️Ochiq muloqotda sport sohasida korrupsiyaning oldini olish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bunday holatlar haqida xabar berish, shuningdek, pul talab qilingan holatlarga aniqlik kiritish uchun alohida murojaat va aloqa kanali - ishonch telefoni, Telegram-bot hamda elektron pochta yo‘lga qo‘yiladi.
💼Muloqotda “Prezident olimpiadasi” tizimi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ijobiy baholandi. Kelgusi yildan kompleks musobaqalar dasturiga kiritilgan ayrim noolimpiya sport turlari bo‘yicha ham musobaqalar tashkil etiladi. Ularda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida malakali hakamlar soni ham oshiriladi. Bu borada mahoratli trenerlarning hakamlikka intilishi muhimligi ta’kidlanib, ularning xorijda tajriba orttirishi uchun zarur sharoitlar yaratilishi qayd etildi.
📸Face-ID tizimi bo‘yicha bildirilgan e’tiroz va takliflar ham ochiq muloqotning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi. Bugunga qadar mazkur tizim 40 marotaba takomillashtirilib, texnik tuzatishlar kiritilgani va uning ishlash jarayoni tobora soddalashtirilayotgani ma’lum qilindi.
🟢Trenerlarning takliflari asosida Face-ID tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, kelgusi yilda 254 ta sport maktabiga tegishli 1 180 ta sport inshootiga umumiy qiymati 130 mlrd so‘mlik “smart kameralar” o‘rnatiladi.
📑Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sport maktablariga yo‘naltirish va ularning sportdagi faoliyatini monitoring qilish borasida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan hamkorlik yanada kengaytirilishi ta'kidlandi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 60 |
| 12 | Yengil atletika bo‘yicha“Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika bosqichi Buxoroda davom etmoqda
Ayni damda Buxoro shahridagi “Sitora” sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha respublika bosqichi musobaqalari qizg‘in davom etmoqda.
Musobaqada hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 16–21, 22–26 hamda 27–30 yoshdagi eng kuchli yosh atletlar ishtirok etib, g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
O‘g‘il bolalar: 100, 200, 400 metrga yugurish hamda uzunlikka sakrash.
Qizlar: 60, 100, 200 metrga yugurish hamda uzunlikka sakrash.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 73 |
| 13 | #Mustaqillik_tuhfasi
🛜Koson tumanida yoshlar uchun yangi universal sport maydoni foydalanishga topshirildi
💼 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Koson tumani 82-umumta'lim maktabi Bog‘ishamol mahallasida zamonaviy “Universal sport maydonchasi” foydalanishga topshirildi.
🖐 Mazkur sport inshooti “Besh tashabbus olimpiadasi”ning kurash sport turlari bo‘yicha 2025-yilgi mavsumi doirasida o‘tkazilgan Respublika bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga Turdialiyev Xushnud yutug‘i evaziga 357 million so‘m mablag‘ hisobidan barpo etildi.
🟢Yangi sport maydonchasi mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi. | 1 |
| 14 | #Mustaqillik_tuhfasi
🛜Koson tumanida yoshlar uchun yangi universal sport maydoni foydalanishga topshirildi
💼 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Koson tumani 82-umumta'lim maktabi Bog‘ishamol mahallasida zamonaviy “Universal sport maydonchasi” foydalanishga topshirildi.
🖐 Mazkur sport inshooti “Besh tashabbus olimpiadasi”ning kurash sport turlari bo‘yicha 2025-yilgi mavsumi doirasida o‘tkazilgan Respublika bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga Turdialiyev Xushnud yutug‘i evaziga 357 million so‘m mablag‘ hisobidan barpo etildi.
🟢Yangi sport maydonchasi mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi. | 734 |
| 15 | 🏃♂️ “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika bosqichi Buxoroda!
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha respublika bosqichi musobaqalariga Buxoro viloyati mezbonlik qiladi.
📍Musobaqalar 26–27–28-avgust kunlari Buxoro shahridagi “Sitora” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada 16–21 yosh, 22–26 yosh hamda 27–30 yosh toifalaridagi o‘g‘il bolalar va qizlar ishtirok etadi.
🏃♂️ O‘g‘il bolalar:
🔹 100 metrga yugurish
🔹 200 metrga yugurish
🔹 400 metrga yugurish
🔹 Uzunlikka sakrash
🏃♀️ Qizlar:
🔹 60 metrga yugurish
🔹 100 metrga yugurish
🔹 200 metrga yugurish
🔹 Uzunlikka sakrash
Respublika bosqichida hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng kuchli yosh atletlar ishtirok etib, o‘z yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun bahs olib boradilar.
📅 26–28-avgust
📍Buxoro shahri, “Sitora” sport majmuasi
🇺🇿 Sportlashamiz - “Tezroq, balandroq-birgalikda | 88 |
| 16 | Qashqadaryoda “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Qashqadaryo viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol sport turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning yakuniy bosqichiga respublikaning barcha hududlaridan 16–21 hamda 22–30 yosh toifalarida eng kuchli jamoalar tashrif buyurib, bosh sovrin uchun o‘zaro kuch sinashdi. Ishtirokchilar bellashuvlar davomida yuqori sport mahorati, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan qat’iyatini namoyon etdi.
Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda Sport vaziri o‘rinbosari Murod Ismoilov, O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi bosh kotibi Farxod Alimov, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Tal’at Mamatqulov, Qashqadaryo viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i Vahob Ro‘ziyev, shuningdek, murabbiylar, hakamlar, sportchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
🏆 Musobaqaning 16–21 yosh toifasida:
1-o‘rin — Qashqadaryo viloyati;
2-o‘rin — Samarqand viloyati;
3-o‘rin — Farg‘ona viloyati.
🏆22–30 yosh toifasida esa:
1-o‘rin — Surxondaryo viloyati;
2-o‘rin — Samarqand viloyati;
3-o‘rin — Xorazm viloyati jamoalariga nasib etdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar kubok, medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida voleybol sportini yanada ommalashtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati
🌐 Bizni barcha platformalarda kuzating:
🌐TG|🌐IN|🌐FB|▶️YT🌐 Sayt | 112 |
| 17 | 🏐 Qashqadaryoda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning voleybol bo'yicha respublika final bosqichiga start berildi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-201-son qarori ijrosi doirasida hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” loyihasi doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” Respublika final bosqichi musobaqalariga Qashqadaryo viloyatida start berildi.
Qarshi shahridagi Kurash mahorat maktabi sport zalida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Sattorov Diyorbek Nematjonovich, IIB Boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ismoilov Abduvohid Salomovich, O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Momindjanov, Qashqadaryo viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i Vahob Ro‘ziyev, Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Farhod Kushakov, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Qodirali Abrayevich, musobaqa hakamlari, murabbiylar, sportchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tantanali marosimda so‘zga chiqqanlar musobaqa ishtirokchilarini samimiy qutlab, ularga murosasiz va halol sport kurashlarida muvaffaqiyat tiladilar. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangragach, musobaqaning respublika final bosqichiga rasman start berildi.
Shuningdek, tadbir davomida Qashqadaryo viloyati IIB TVBSO xodimlarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etilib, ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi.
📅 Musobaqalar 18–22-avgust kunlari davom etadi.
Ma'lumot uchun:
🏟 Respublika final bosqichi bahslari Qarshi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Qarshi davlat texnika universiteti sport zallarida tashkil etilmoqda.
🇺🇿 Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan saralangan eng kuchli voleybol jamoalari g‘oliblik va yuqori natijalar uchun bahs olib bormoqda.
👥 16–21 yosh hamda 22–30 yosh toifalarida jami 280 nafar sportchi o‘z mahoratini namoyish etmoqda.
Mazkur musobaqa yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va irodaviy sifatlarini mustahkamlash, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda voleybol sport turini yanada ommalashtirishga xizmat qiladi.
🔥 Murosasiz bahslar, chiroyli kombinatsiyalar, yorqin g‘alabalar va unutilmas sport lahzalari Qashqadaryoda!
📣 Barchangizni voleybol bayramiga chorlaymiz!
#BeshTashabbusOlimpiadasi #Voleybol #RespublikaFinali #Qashqadaryo #Sport #YoshlarSporti #YangiO‘zbekiston
Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati
🌐 Bizni barcha platformalarda kuzating:
🌐TG|🌐IN|🌐FB|▶️YT🌐 Sayt | 115 |
| 18 | TRENERLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
👥 Hurmatli trenerlar!
💬 Sport vazirligi tomonidan trenerlar bilan ochiq muloqot tashkil etilmoqda.
🎯 Muloqotning asosiy maqsadi — Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyuldagi 407-son qarori doirasida trener-seleksionerlar faoliyati, yangi mexanizmlar va trenerlarni qiziqtirayotgan masalalarni muhokama qilish, mavjud muammolarga amaliy yechimlar topishdan iborat.
🔄 Shuningdek, mashg‘ulotlar davomatini qayd etishda «Face ID», sun’iy intellekt va geolokatsiya imkoniyatlarini joriy etish bo‘yicha savol va takliflar ham muhokama qilinadi.
📩 SAVOL VA TAKLIFLARINGIZNI YUBORING!
O‘zingizni qiziqtirayotgan savol, taklif va muammoli masalalarni oldindan yuborishingiz mumkin.
⏰ Qabul qilish muddati: 20-avgust, soat 13:00 ga qadar
🔗 HAVOLA
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeG4U4RE7Y3l__BvfWQXM8kUr6rReX40kgfR25NV1tjyG2xSw/viewform?usp=publish-editor
🤝 Sizning takliflaringiz trenerlar faoliyatini takomillashtirish va yangi mexanizmlarni samarali joriy etishga xizmat qiladi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 100 |
| 19 | Yutqazish SEN to‘xtagan kundan boshlandi. Harakat qilishdan TO‘XTAMA!
Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati
🌐 Bizni barcha platformalarda kuzating:
🌐TG|🌐IN|🌐FB|▶️YT🌐 Sayt | 102 |
| 20 | #sportkarvoni
Bugun yetkazilgan har bir sport jihozi ertangi chempionlarning g'alabasiga xizmat qiladi. Yangi O'zbekistonning kuchi – sog'lom avlod, kuchli iroda va cheksiz g'alabalarda. Birgalikda sportni rivojlantiramiz, birgalikda yuksalamiz!"
#Qashqadaryo #Sport #SportVazirligi #Mustaqillik35 #YangiOzbekiston #YoshSportchilar
Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati
🌐 Bizni barcha platformalarda kuzating:
🌐TG|🌐IN|🌐FB|▶️YT🌐 Sayt | 135 |
