264
订阅者
无数据24 小时
-57 天
-130 天
帖子存档
264
Repost from ''Bilimlar dunyosi'' o‘quv markazi
📢 DIQQAT, E’LON!
🎉 Hurmatli o’quvchilar va ota-onalar!
Bugundan boshlab “Bilimlar Dunyosi” o’quv markazida barcha fanlar bo’yicha kurslar rasman boshlanadi!
Barcha o’quvchilarni belgilangan vaqtda darslarga qatnashishga taklif qilamiz.
Dars davomida amal qilinadigan qoidalar:
• Darsga o’z vaqtida kelish.
• Tartib-intizomga qat’iy rioya qilish.
• O’qituvchining ko’rsatmalariga amal qilish.
• Dars vaqtida telefonlardan foydalanmaslik (telefonlar ovozsiz holatga o’tkaziladi va dars tugagunga qadar ishlatilmaydi).
• Bir-biringizga hurmat bilan munosabatda bo’lish.
📚 Markazimizda Matematika, Fizika, Ingliz tili, Ona tili, Kimyo, Biologiya va boshqa barcha fanlar bo’yicha mashg’ulotlar bugundan o’z faoliyatini boshlaydi.
Birgalikda intizom, mehnat va bilim orqali katta yutuqlarga erishamiz!
Bilimlar Dunyosi o’quv markazi ma’muriyati
264
🇺🇿 Мустақиллик байрами муборак бўлсин! 🎉
Сизларни Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги билан чин қалбимдан муборакбод этаман!
Юртимиз тинч, осмонимиз мусаффо, халқимиз фаровон бўлсин. Ҳар бир хонадонга файз-у барака, бахт ва қувонч кириб келсин!
🇺🇿 Янги Ўзбекистонимиз доимо гуллаб-яшнасин!
🎊 Мустақиллик байрами муборак бўлсин!
264
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.
🆔 Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.
🧑💻 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
❗ Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qaroriga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi.
264
⚡️Topshirmoqchi bo'lganlar albatta manga bildiringlar. Sertifikatda o'zgarishlar bor❗️❗️❗️
264
MUHIM YANGILIK 🔥
Bilimni baholash agentligi call markazi maʼlunotlariga koʻra Milliy Sertifikat boʻyicha 2026-yil II yarim yillik toʻliq sanalari bugun eʼlon qilinar ekan❗️
Matematika fanidan 1-imtihon 28-sentabrda boʻlib oʻtadi ✔️
264
⚡️ Rasman: Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat test sinovlari ma’lumotlari my.gov.uz saytiga joylana boshlandi
Hozirgacha fizika, matematika, biologiya va kimyo fanlaridan oʻtkaziladigan milliy sertifikat imtihonlari sanalari my.gov.uz saytida koʻrinish bermoqda. Quyida shu xususida:
1️⃣ Fizika fanidan oʻtkaziladigan milliy sertifikat imtihoni sanasi — 29-sentabr;
2️⃣ Matematika fanidan oʻtkaziladigan milliy sertifikat imtihoni sanasi — 28-sentabr;
3️⃣ Biologiya fanidan oʻtkaziladigan milliy sertifikat imtihoni sanasi — 26-sentabr;
4️⃣ Kimyo fanidan oʻtkaziladigan milliy sertifikat imtihoni sanasi — 27-sentabr.
✅ Tez orada boshqa umumta’lim fanlari boʻyicha ham ma’lumotlar saytda koʻrinish beradi. Talabgorlarga omad tilaymiz!
264
Repost from ''Bilimlar dunyosi'' o‘quv markazi
HURMATLI OTA ONALAR VA SHOGIRDLAR BU YILGI DARSLARIMIZNI NASIB BO'LSA 28 AVGUST JUMA KUNI SOAT 15 00 DAN BOSHLAYMIZ. FIZIKAGA QIZIQISHI BOR, SERTIFIKAT OLMOQCHI BO'LGAN, OLIMPIADALARDA QATNASHISHNI NIYAT QILGAN, OLIY O'QUV YURTLARIGA VA AKADEMIK LITSEYGA KIRISHNI NIYAT QILGAN O'QUVCHILARNI KURSIMIZGA TAKLIF ETAMIZ. SIZ BIZNING KURSIMIZDA NAFAQAT TA'LIM BALKI YUKSAK AXLOQIY ETIKETLARGA HAM EGA BO'LISHINGIZ MUMKIN BO'LADI.
BIZNI NATIJALARIMIZ VA DARS
JARAYONLARIMIZNI BIZDA TA'LIM OLIB KETGAN VA OLAYOTGAN O'QUVCHILARDAN SO'RASHINGIZ MUMKIN.
BOG'LANISH UCHUN TELEFON RAQAMIMIZ 976169062
Rashidov Donyor 99-775-88-46
264
#ТЕЗКОР #РАСМАН
⚡️Мактабларда янги ўқув йили 2 сентябр, Чоршанбадан бошланади!
Ўзбекистондаги барча умумтаълим мактабларида 2026/2027-ўқув йили дарслари 2 сентябрь — чоршанба кунидан бошланиши расман маълум қилинди.
264
#Тезкор
⚡️Олий таълим ташкилотлари, академик лицей ва техникумларда янги ўқув йили бошланиш санаси белгиланди
2026/2027-ўқув йилида академик лицей ва техникумларда ўқув жараёнлари 2 сентябрдан бошланади.
Олий таълим ташкилотларида эса:
✅ 1-босқич талабалари учун — 7 сентябрдан;
✅ 2-босқич ва ундан юқори босқич талабалари учун — 14 сентябрдан ўқув жараёнлари ташкил этилади.
264
Repost from Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!
Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi.
18-avgustdab 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin.
Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi.🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
