๐ด๐๐ก๐๐ ๐ธ๐๐
ๅๅพ้ข้ๅจ Telegram
408
่ฎข้
่
ๆ ๆฐๆฎ24 ๅฐๆถ
-37 ๅคฉ
-830 ๅคฉ
ๅธๅญๅญๆกฃ
Yangi yilingiz bilan. 19-avgust kechki vaqtdan 20-avgust kechki vaqtgacha musulmonlar yangi yili boshlanadi. 1442-yil bilan tabriklayman.
#Shaxsiysiyosiyfikrim
Nimaga Chingizxonni "qo'nxor" deyishadi?
Chunki siz o'zbek tilida savol bermoqdasiz. O'zbek tilida gapiradigan odamlar 99% foiz holatda O'zbek yoki O'zbekiston yashaydi. Biz (o'zbek va O'zbekistonliklar) uchun u bosqinchi. Agar siz shu savolni biron bir mongol (mo'g'ul) tilida gapiradigan odamdan so'raganingizda u sizga buyuk avlodi haqida uzundan-uzun maqtanib, g'ururga to'lib aytib berardi. Bu tabiiy xol, biz uchun Chingizxon yovuz mog'ullar uchun qahramon. Biz uchun Amir Temur buyuk, boshqalar uchun u 17 million odamni (shuncha taxminm qilishadi) o'ldirgan bosqinchi. Ingliz uchun Cherchill qahramon, Bengallar uchun yovuz. Fashistlar uchun Gitler qahramon, qolganlar uchun yovuz.
Rasmda: Amir Temur haykali (O'zbekiston) va Chingizxon haykali (Mog'uliston)
@nurmuhammadjonblog
1-rasm Lukashenko qarshi miting ๐ณ
2-rasm Lukashenko qo'llab miting ๐ฉ
@nurmuhammadblog
โโ#Iqtibos
Amaldorlar chaqaloqning tagligiga (pampersiga) oโxshaydi. Almashtirib turilmasa, sasib ketadi...
ยฉ๏ธ sanjarxo'ja
@nurmuhammadblog
โโ#Shaxsiysiyosiyfikrim
Savol: Yoqutiston (Yakutiya) Rossiyadan๐ท๐บ mustaqil bo'la oladimi?
Javob: Antarktida๐ฆ๐ถ mustaqil davlat bo'la oladimi? Xaritaga qarang Yoqutiston qizil (๐ด) rangda berilgan. Yoqutiston uch tarafdan Rossiya federatsiyasi va bir tomondan muzli Shimoliy Muz okeani bilan o'ralgan. Okeanda qishda kema suzishini deyarli imkoni yo'q (-40ยฐ). Yoqutiston hamma yo'llar Rossiyaga olib chiqadi, bu mustaqil davlat uchun g'alati emasmi? Keyin Yoqutistoning o'zida ayirmachilik deyarli sabab yo'q. Ha aytgancha mamlakat maydoni aholisidan ko'p. Bu bilan nima demoqchiman. Yoqutiston maydoni 3,083,523 km2 aholisi esa 958,528 kishi. Siz qaysi davlat maydonini yozishda aholisini yozishdan ko'ra ko'proq son ishlatasiz๐
. Ha yana qo'shimcha aholining 50% tub aholi, 38% ruslar.
@nurmuhammadblog
Kattalar qaytadigan eshigingni ๐ช qattiq yopma deyishadi. Lukashenko o'zining yakka-yu yagona ittifoqchisi xiyonat qildi (Belarus-Rossiya qo'shma mamlakat dasturini susaytirish, yaqindagina Vagner ishi va boshqalar). Yevropa๐ช๐บ uchun esa u Yevropaning so'nggi diktatori. Ma'lumotlarga qaraganda u bugun Rossiyaga ketgan. Luka ๐ง
ikkiyuzlamachilik ketmaydi.
Kanalga ulanish: Geosiyosat ๐
Buni kutmagandim lekin
Gurbangulining it haqida yozilgan kitobi. Nomi: Turkman alabayi๐ถ.
๐ถ๐ฆฎ๐๐ฉ๐โ๐ฆบ
@nurmuhammadblog
Kim ko'proq ot ๐ va otga doir buyumlar topishga bellashamizmi?
Otparast Gurbanguli Berdimuhammedov "Ot kuni" milliy bayram kuni sifatida nishonlaydi, bundan oldingi prezident "Qovun kuni"ni nishonlardi.
U otlar haqida ham she'r ham kitoblar ๐ yozgan.
1) Axalteke otlari - bizning g'ururimiz va ulug'vorligimiz
2) Ot - bu sadoqat va baxtning ramzi
3) Samoviy poygachu otlarining parvozi
4) Ot poygachining tezkor qadami
Ha aytgacha u o'zining ot mingan holatdagi oltin va bronzadan qilingan ulkan haykalini o'rnatgan.
@nurmuhammadblog
#Shaxsiysiyosiyfikrim
Qrim masalasidagi shaxsiy fikrim
Quyida hozirgi holatdagi mening o'ta shaxsiy siyosiy fikrilarim, bu fikrlarim vaqt o'tishi bilan yangi ma'lumotlar orqali o'zgarishi mumkin. Fikrlarimda obyektiv bo'lishga, millatchilik qilmaslikka harakat qilaman va buni barcha o'qishga majbur emas.
Mening uchun biron-bir irredentistik harakat uchun ikki faktor bo'lsa men irredentist tomon tarafda turishim mumkin.
1๏ธโฃ O'sha yerdagi aholi (masalan Qrimliklar, Kosovaliklar, Qorabog'liklar, Kashmirliklar) rostan ham irredentizmga harakat qilib turgan davlatga (Rossiya, Albaniya, Pokiston, Armaniston) kirish istagi bormi yoki yo'q.
2๏ธโฃ O'sha yer (Kashmir, Kosovo, Qrim, Qorabog') rostan ham tarixan irredentizm talab qilib turgan davlatga tegishli bo'lganmi.
1โฃ Qrim aholisi 65.3% ruslar , 15.1% ukrainlar, tub aholi 10.8% qrim tatarlari. 96.77% ovoz Rossiya Federatsiyasi qo'shilish tarafdori bo'lgan. Saylov natijalarida g'ayrioddiylik yo'q 65.3% rus bo'lganidan keyin. Referendum o'tkazish Qrimning konstitutsion huquqi edi, chunki Ukraina unga avtonomiya huquqini bergan. O'zi Ukraina ikkiga bo'linga mamlakat g'arbi Yevropaga yaqin ukrainlar, sharqi esa russiyzabon aholidan tashkil topgan.
2๏ธโฃ Tarixan Qrim 1783-1954-yillarda Rossiya hukmronligi ostida bo'lgan. Ukraina va ukrainaliklarni umuman u yerga aloqasi yo'q. 1954-yilda Rossiya SSR sovg'a sifatida Qrimni Ukraina bergan. Nima bergan deysizmi? 1654-yilda Ukraina Rossiyaga qo'shib olinadi. Nikita Xrushchyov shuning 300-yilligiga sovg'a qilgan.
Rossiya eng haqli Qrim egasi emas men uchun. Men uchun Qrim egalari:
1. Mustaqil Qrim Respublikasi
2. O'zbekiston - bu hazil emas. Qrimda taxminan 246 ming qrim tatar yashaydi, bizda 239 ming qrim tatari bor. 1944-yil ular O'zbekiston SSRga surgun qilingan.
3. Rossiya - chunki hozirgi Qrim aholisi 65.3% ruslar va qrimdagi boshqalar ham russiyzabon hisoblanadi.
4. Turkiya - deyarli 350 yil Qrimni boshqargan. Turkiya qrim tatarlar avlodlar 150,000-6,000,000 bo'lishi mumkin.
5. Ukraina
@nurmuhammadblog
Birdaniga barcha qoidalarni buzish shunaqa bo'ladi
@nurmuhammadjonblog
Dunyodagi eng zo'r iqtibos (sitata)
Makedoniya qiroli Fillipp miloddan avvalgi 330-yillarda dunyodagi eng qudratli armiyani tuzgan edi. U bu armiya bilan Spartadan tashqari butun Yunon(Grek) shahar-davlatlarini bosib oladi. Shundan so'ng u Spartaga ultimatum jo'natadi. Ultimatumda:
"Agar yaxshilikcha taslim bo'lib, mening hukmronligim ostiga o'tmasangiz men Spartani yer bilan yakson qilaman, barchangizni qirib tashlayman" deyilgan
Bunga Spartaliklar bitta so'z bilan javob berishgan:
"Agar"
Fillipp Spartani egallay olmadi. "Agar" so'zi eng mashhur sitataga aylandi.
@nurmuhammadblog
2002-yil Saparmurat Niyozov hafta kunlarini nomini ham o'zgartirgan unga ko'ra:
Dushanba - Baลgรผn (Bosh(birinchi) kun)
Seshanba - รaลgรผn (Yosh kun)
Chorshanba - Hoลgรผn (Xush kun)
Payshanba - Sogapgรผn (Adolat kun)
Juma - Annagรผn (Ona kun)
Shanba - Ruhgรผn (Ruh kun)
Yakshanba - Dynรงgรผn (Dam kun)
@nurmuhammadblog
Rossiya๐ท๐บ va AQSh๐บ๐ธ maydonlari taqqoslanganda.
@nurmuhammadjonblog
Juda ajoyib marketing Kopengagen hayvonat bog'i reklamasi hammani e'tiborini torta oladi.
@nurmuhammadblog
็ฐๅทฒไธ็บฟ๏ผ2025 ๅนด Telegram ็ ็ฉถ โ ๅนดๅบฆๅ
ณ้ฎๆดๅฏ 
