notes
前往频道在 Telegram
365
订阅者
-124 小时
-117 天
-2930 天
帖子存档
365
Дуо қилаётганингда "Аллохим узинг менга энг яхшисини насиб эт" деганларинг эсингдами? хозир хаётингда содир булаётган ва сени махзун қилаётган уша воқеалар айнан уша сураганинг "Энг Яхши" си томон бир юлдир.
Сабр қил.
Тиканлар ичида булсанг хам тикан усти гуллигини унутма 💐
Бувимни хайратга солган видео .. )
zadem 🔏
365
"Жимликни изоҳлашдан ҳам кўра оғирроқ иш йўқ. У эҳтиром ё таҳқирлаш, муҳаббат ё нафрат, розилик ё норозилик, эътибор ё бепарволик бўлиши мумкин".
@MubashshirAhmad
365
Alloh onalarni qalbini mehr bilan ziynatlagan.
Tun hamma uyquda, ammo ona uxlolmaydi farzandi og'rib qolsa ona uxlay olmaydi.
Seni uyg'otib yubormaslik uchun dorilaringni og'riyotgan joyinga indamay bog'lab chiqib ketadilar.
Ona bor joyda bemor bo'lish ham yoqimli ❤️
365
Alloh taolo bir burda nonni isrof qilganning hisobini so‘raydi-yu, har biri jannat kaliti bo‘lgan bu ummatning muborak qizlarining hisobini so‘ramasmidi..?!
“Bu ummatning qizi” kitobidan
365
Омонмисизлар)
Орамизда Тошкентдаги "Алфраганус" университетида уқийотган қизлар борми? бизга хабар беринг зарур эди 🙂
@Zadempg_bot 🤏🏻
365
Bolalarga qayerdan shuncha energiya kelar ekan-a deb qolaman ba'zida.
Jiyanim bilan kitob do'koniga kirgan edik, savollar bilan to'ldirib tashladi.
- Bu qanday kitob?
- Apa bu kitobni o'qiganmisiz?
-Buning nomi nima?
- Bu nech pul ekan
- Va hokazo...
Rasmda ham birnimani so'rash ilinjida qarab turgani shundoq ko'rinib turibdi...)
Iskanja kitobini qachon qaysi kitob do'koniga kirsam olib ko'raveraman, men uchun bu kitob bilmadim boshqacha judayam yaxshi ko'raman bu kitobni .
365
Bolalarga qayerdan shuncha energiya kelar ekan-a deb qolaman ba'zida.
Jiyanim bilan kitob do'kina kirgan edik, savollar bilan to'ldirib tashladi.
- Bu qamday kitob?
- Apa bu kitobni o'qiganmisiz?
-Buning nomi nima?
- Va hokazo...
Rasmda ham birnimani so'rash ilinjida qarab turgani shundoq ko'rinib turibdi...)
Iskanja kitobini qachon qaysi kitob do'koniga kirsam olib ko'raveraman, men uchun bu kitob bilmadim boshqacha judayam yaxshi ko'raman bu kitobni .
365
Atrofingdagi hech bir narsa endi avvalgiday emas, holat ham vaziyat ham.
Hatto o'zing ham avvalgiday emassan, hatto sog'liging ham avvalgiday emas, avval o'z istaklaringa tirishqoqlik bilan kurashadigan o'zingni ham topa olmaysan.
O'zgargan.
Aslida atrof o'sha o'sha lekin seni atrofga boqadigan ko'zlaring o'zgargan.
Yozishni tashlading, endi anglashga o'tding.
Kechinmalarni ochishga emas sir tutishga kirishding.
Tuyg'ularingni e'tirborsizday ko'rinishga olib bording.
Qalbingdagi insonlarni shunchaki hech narsasiz, hech bir sababsiz, kutushlarsiz sevishga o'tding.
Nima qilsalar ham hech birini qalbinga olmay qo'yding.
Ulardan uzoqda ularni sevishni o'rganding, balki hali ham o'rgana olmagandursan.
Yolg'iz qolishni sevadiganlardan bo'lding, o'zingni topdingmi yoki yo'qotdingmi manashuni qidiradiganlar orasida qolib ketding.
Atrofga bir nazar solsang aslida hech narsa o'zgarmagan o'sha o'sha insonlar, o'sha o'sha do'stlar, faqat seni ularga olib boradigan qadamlaring va ularga boqadigan qalbing anchagina o'zgargan.
Holat, vaziyatni anglamoqchi bo'lasanu yana barchasi chigallashadi, yana ortga qaytasan jim jitlik ifori kelib turgan olaminga qaytib ketasan.
Ammo u yerda ham uzoq qololmaysan atrof senga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi yana o'sha shovqin hayotga aralashib ketasan.
Hatto manashuni yozayotganingda ham kimdur senga halaqit qiladi, hayollaringni har tomonga tarqatib yuboradi.
©Zadem 🔏
365
Lekin test yechish jarayoni juda zo'r bo'ldi, qolganlarga bilmadim-ku ona-tili bilan matematikadan berilgan testlar juda qiynamadi odamni .
Ha aytgancha tarix ham. 🔍
365
Bugun tungi soat uchlar atrofi hovlimizning bir chetida otam qiblaga qarab duo qilayotganlarini ko'rib qoldim, o'zlariga sezdirmay uzoqdan duolariga qo'shildim, meni sezmadilar ham , chunki bir necha soatdan keyin imtihonga kirishim kerak edi.
8 da boshlanadigan joyga kun yorishmay chiqib ketdik.
Ko'nglim bir ajib narsani his etganday bo'ldi, Onam esa imtihon topshirilinadigan zalga kirib ketgunimcha ortimdan qarab qoldilar.
Ular oldimda bo'lganliklari uchun barchasi oson kechdi, alhamdulillah.
Natijalar qalblani quvontiradigan bo'lishligiga umid qilyapman.
Zalda imtihonga kirgan talabalar juda judayam ko'p edi, oramizda siz ham bo'lgan bo'lsangiz, ko'nglingizni hotirjam qiling faqat Allohdan go'zal yakun berishini so'rang.
Adashmasam javoblar ertaga ma'lum bo'ladi :)
O'zbekistonga qaytib kelib o'qish barchamizga nasib qilsin 🫧
hislar...
365
Ва вақти келиб сен хам порлайсан Гулим сен хафа булма.
Аслида шоир туғри айтган эди: "Чечак очмоқ учун аввал кумилмоқ керак" 💐
@zadems.diary
365
Ва вақти келиб сен хам порлайсан Гулим сен хафа булма.
Аслида шоир туғри айтган эди: "Чечак очмоқ учун аввал кумилмоқ керак" 💐
365
Ertaga bizlar uchun, men uchun muhum kun.
Kirish umtihonlar barchasi tugab bo'ldi shundaymi?
Bizniki esa ertaga bo'lib o'tadi.
Erta tongdan.
Bomdoddan so'ng yo'lga otlanilinadi..)
32 mingta talaba va ular orasida men ham.
Bir o'zim uchun emas hamma uchun bugun qalbi umidla ertani kutayotgan talabalar uchun duo qilayotganingizda bizni ham bir eslab qo'ying..)
Alloh o'zi yaxshilik tomon yo'naltirsin barchamizni.
Va biz ham o'z yurtimizga qaytib kelib o'qishlik nasib qilsin, baribir o'z joyingda o'qish boshqachada darslar o'z ona tilingda, kursdoshlaring o'zingniki bo'lgani boshqadaaa :)
365
Хаётингизни энг остун устун булаётган бир палласида атрофга, табиатга энг гузал яратилмишларга боқинг ва Жаннат бундан хам гузал булишлигини эсланг .
Хузур а ? бундай видеоларни томоша қилишни жудаям яхши кураман🫧
365
Insoniyat uchun eng yaxshi meditatsiya bu tafakkur qilish.
Borliq haqida, atrof olamdagi yaratilmishlar haqida, voqea haqiqatlar haqida bularni yaxshilab inson tafakkur qilsa bularning bosh ildizi qayerdan ekanligini anglay oladi.
Siz, biz, ular barchasi barchamiz faqatgina Allohga tegishlidirmiz.
Manashu tafakkurning eng oliy maqsadi, nima ish harakat bo'lsa ham u albatta Allohga yaqinlashtirishi kerak.
Ular ichida "Tafakkur qilish" bu eng go'zal ne'matdir.
Bir ilova bor yuqorida ko'rsatilgan, "Yoga mashqlari" ilovani o'rnatib olasiz va ma'lumotlaringizni to'liq kiritasiz, keyin uydan chiqmagan holda trener bilan birgalikda o'zingiz bilan shug'ullanasiz. Judayam yaxshi ilova-da bu.
Ruhan va jismonan.
Vaqtini ham o'zingiz belgilaysiz.
Lekin men buni faqat ayollar uchun aytishim mumkin. @Zadempg_bot ga ovozli habar qoldirsangiz tashlab beraman.
Nega ovozli habar? chunki men ayol kishiligingizni bilishim kerak :) 💐
365
Tundagi yomg'ir doim ham romantika bo'lavermaydi. Ba'zan birgina tabiat hodisasi harakatingdan tortib hayollaringacha o'zgartirib yuborishi mumkin. Tabiat hodisasi deganimiz asli Allohning buyrug'i emasmidi?
Honangni u chetidan bu chetiga sababsiz borib kelaverasan, hovliga chiqasan chuqur nafas olib yana qaytasan tun yarim ammo ko'zlaring uyqu sababidan yumulgisi kelmaydi.
Har chaqmoq ovozi qalbingga huddi bir ogohlantirish kabi tuyulaveradi.
Va shunday payt malham tomon borasan, U tomon yuzlanasan ko'zlaringni yumgan holingcha faqatgina sukut saqlayan, U esa seni so'zlarsiz, harakatlarsiz tushunaveradi. Ko'zingdan sizib chiqgan tomchilaring seni hali ham bu dunyoga oid ekanligingdan habar beradi.
Avvallari seni yig'latadigan o'sha hayotingdagi voqealar bo'lsa endi esa umring bo'yi yurib o'tgan yo'llaring, qilib kelgan gunohlaring bo'ladi , Ular seni Uning qarshisida hatto ko'zlaringni ocha olmaydigan qilib uyaltirib qo'yadi.
Ammo yagona umiding ham faqat U. U ning mag'rifati, va U ning muhabbati.
O'sha namlamgan ko'zlar bilan qanday qilib uxlab qolganingni o'zing ham sezmay qolasan. Yaratganning senga orom bergani shu emasmikin?
Ko'zlaringni qayta ochganingda yana tong, yangi kun , yana g'ala g'ovur shovqin, bu esa gunohlaringa tavba qilish uchun berilgan yana bir imkoniyat emasmikin?
Kecha tundagi yomg'ir aslo ramonatika emas edi.
©zadem 🔏
