Teatr arboblari uyushmasi
前往频道在 Telegram
O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasining Telegramdagi rasmiy sahifasi Instagram: https://www.instagram.com/teatrolam/ Facebook: https://www.facebook.com/teatrarboblari.uyushmasi Youtube: https://youtube.com/@teatrarboblariuyushmasi?si=TLNNV-uTk7nHzBXk
显示更多890
订阅者
-324 小时
-47 天
+630 天
帖子存档
+7
Xalqaro hamkorlik: Farg‘ona qo‘g‘irchoq teatrida ijodiy laboratoriya.
Farg‘ona viloyati davlat qo‘g‘irchoq teatri hamda Rossiya teatr arboblari uyushmasi (STD RF) qoshidagi «Xorijdagi rus teatrlarini qo‘llab-quvvatlash markazi» hamkorligida bolalar va o‘smirlar dramaturgiyasiga bag‘ishlangan qo‘shma rejissyorlik laboratoriyasi boshlandi.
27-sentabrdan 4-oktabrgacha davom etadigan loyiha doirasida rossiyalik rejissyorlar teatr aktyorlari bilan uchta yangi spektakl eskizi ustida ishlamoqda.
Laboratoriya yakunida ijodiy ishlarning ochiq namoyishi o‘tkaziladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
+8
🎭 Spektakl muhokamasi
Bugun Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining joriy repertuar rejasiga ko‘ra, dramaturg Hayitmat Rasulning "Kuyovning omonati" asari asosida rejissyor Akmal Djumayev, rassom Xayrulla Chorshanbiyev tomondan sahnalashtirilgan spektakl teatr O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Teatrlar faoliyati bo‘yicha ekspertlar ko‘rigidan o‘tkazildi. Yakunda bildirilgan fikr mulohazalar asosida tuzatishlar kiritgan holda tomoshabinlarga namoyish etish tavsiya etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida o‘qituvchi va murabbiylar uchun “Muhabbat” spektakli namoyish etildi.
Spektaklda O‘zbekiston Qahramoni, matematika va fizika fanlari professori, fidoyi pedagog Muhabbat Sharopovaning ibratli hayot yo‘li va pedagogik faoliyati sahnaviy talqin etildi.
Qarshi shahridagi o‘qituvchilar uchun bepul namoyish etilgan spektaklning o‘ziga xos jihati shundaki, asar qahramoni Muhabbat Sharopovaning o‘zi ham tomoshabinlar orasida bo‘lib, spektaklni bevosita kuzatib bordi.
Tomosha yakunida Muhabbat Sharopova teatr jamoasiga minnatdorlik bildirib, hayot yo‘lining sahnada badiiy ifoda etilganidan mamnunligini ta’kidladi.
Spektaklning sahna bezagi va badiiy yechimida rassom Ilhom Rustamovning ijodiy mehnati alohida e’tirof etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Bugun, 28-sentabr — O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktyor Tohir Saidov tavallud topgan kun.
O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi nomidan mohir san’atkorni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz.
Tohir Saidov o‘zining betakror iste’dodi, samimiy ijrosi va yaratgan yorqin obrazlari bilan o‘zbek teatr san’atida munosib iz qoldirgan fidoyi ijodkordir.
Ustoz san’atkorga mustahkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, oilaviy xotirjamlik, farovonlik hamda yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
+9
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan umumiy yig‘ilish tashkil etildi.
Tadbir avvalida teatr direktori v.b. D. Tadjiboyev jamoa a’zolarini bayram bilan samimiy muborakbod etib, ustoz va murabbiylarning yosh avlodni tarbiyalash hamda san’at rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida e’tirof etdi.
Yig‘ilish davomida teatrda uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib, o‘zining boy tajribasi va ijodiy faoliyati bilan teatr rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ustoz san’atkorlar hamda texnik xodimlar munosib taqdirlandi.
Ularga Sirdaryo viloyati Madaniyat boshqarmasining tashakkurnomalari hamda kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Ustozlarning ko‘p yillik mehnati, fidoyiligi va yosh ijodkorlarga berayotgan saboqlari yuksak e’tirof etilib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ijodiy muvaffaqiyat va kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilandi.
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#Tabrik
Bugun Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrining iste’dodli aktrisasi, “Shuhrat” medali sohibasi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Mamatillaoxunovaning tavallud kuni.
O‘zbekiston Teatr Arboblari uyushmasi nomidan ustoz san’atkorimizni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etamiz!
Mavluda Mamatillaoxunovaga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat, uzoq umr hamda sermahsul ijodiy faoliyat tilaymiz. San’at yo‘lidagi ezgu xizmatlari, yaratgan betakror obrazlari va ijodiy izlanishlari bardavom bo‘lsin!
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
+4
Ayni kunlarda Samarqand viloyatining “Boqiy shahar” majmuasida Butunjahon 46-Shaxmat Olimpiadasi doirasidagi tadbirlar yuqori saviyada davom etmoqda.
Nufuzli xalqaro sport Olimpiadasining madaniy dasturiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Uning konsert dasturi repetitsiyalarida Samarqand viloyati musiqali drama teatrining bir guruh ijodiy jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
🎭 САҲНА ТАРИХИДАН | 1996 ЙИЛ
Узоқ йиллар ўтса-да, айрим саҳналар, айрим овозлар ва айрим лаҳзалар қалбда ўзининг илиқ изини қолдиради…
Ўзбекистон халқ артисти Фароғат Раҳматованинг 70 йиллик ижодий кечасидан ретро лавҳа.Унда икки забардаст санъаткор — Маҳмуджон Ғофуров ва Фароғат Раҳматованинг дилбар дуэти акс этган.
1996 йилдан — бугунги кунгача етиб келган қимматли хотира.Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
“ArtHouseHamsa” teatrida
«Oydan-da go’zaldir» spektali ilk namoishi boʻlib oʻtmoqda
+6
#Ўзбекистон_давлат_сатира_театри
#Гастрол_сафари
Жорий йилнинг 26 сентябрь куни Ҳайрулла Солиев бошчилигидаги Ўзбекистон давлат сатира театри ижодий жамоаси Сурхондарё вилоятидаги гастроль сафари доирасида «Тотли рўёлар» спектаклини намойиш этди.
Саҳна асари томошабинларга кўтаринки кайфият улашиб, театр ижодкорларининг юксак маҳорати ва саҳна маданиятини яна бир бор намоён этди.
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
+8
♦️ O‘zbekiston davlat yoshlar teatrida zamonaviy video texnologiyalarini rivojlantirish
🔹 O‘zbekiston davlat yoshlar teatri video-operatori Daniyel Rozum Rossiya Federatsiyasining yetakchi madaniyat muassasalarida xorijiy madaniyat muassasalarining ijodiy va texnik xodimlari uchun tashkil etilgan xalqaro ta’lim dasturi doirasida malaka oshirish kursida muvaffaqiyatli ishtiriok etdi.
2026-yil 21–24-sentabr kunlari «Video mutaxassislar stajirovkasi» yo‘nalishidagi o‘quv mashg‘ulotlari Moskvada Rossiya akademik yoshlar teatri («РАМТ») bazasida bo‘lib o‘tdi.
🔹 Kasbiy tayyorgarlikning asosiy maqsadi spektakllar uchun zamonaviy videokontent yaratish texnologiyalarini o‘zlashtirish, teatr video bo'limi faoliyatini tashkil etish hamda video tasvirdan sahnadagi mustaqil ifoda vositasi sifatida foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Ta’lim dasturi ushbu sohaning yetakchi mutaxassislari — Rossiya akademik yoshlar teatri prodyuserlik departamenti rahbari Sofya Apfelbaum, dastur kuratori va videoart rassomi Dmitriy Sobolev, teatr video bo'limi rahbari Andrey Yefarov, shuningdek, Millatlar teatri («Театр Наций») video bo'limi rahbari Konstantin Dmitriyev rahbarligida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni qamrab oldi.
🔹 Malaka oshirish jarayonida teatrimiz mutaxassisi Moskvadagi yirik teatr maydonlarining — Rossiya akademik yoshlar teatri, Miillatlar teatri va Moskva yosh tomoshabinlar teatri video bo'limlarining texnik jihozlash hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Zamonaviy videouskunalar bilan ishlash va spektakl video tizimini shakllantirish bo‘yicha olingan bilimlar hamkor teatrlarning joriy repertuaridagi sahnaviy videodan foydalanish tajribasini tahlil qilish orqali mustahkamlandi.
Jumladan, Millatlar teatrida sahnalashtirilgan «Virjiniya Vulfdan kim qo‘rqadi» (rejissyor Danil Chashchin), Rossiya akademik yoshlar teatri repertuaridagi «Bir bolalik tarixi» (rejissyor Soyjin Jambalova), Millatlar teatridagi «Don Kixot» (rejissyor Anton Fyodorov), shuningdek, Moskva yosh tomoshabinlar teatri sahnasidagi «Romeo va Julyetta» va «Mariya Styuart» (rejissyor Pyotr Shereshevskiy) spektakllari o‘rganildi.
🔹 Xorijiy stajirovka dasturi muvaffaqiyatli o‘tilganini tasdiqlovchi sertifikatlarni topshirish marosimi bilan yakunlandi.
O‘zlashtirilgan yangi kompetensiyalar, ilg‘or amaliy tajriba hamda zamonaviy multimedia texnologiyalari bo‘yicha egallangan bilimlar O‘zbekiston davlat yoshlar teatrining ijodiy jarayonida, yangi spektakllarni yaratish va murakkab vizual yechimlarni ishlab chiqishda faol qo‘llaniladi.
🤝 O‘zbekiston davlat yoshlar teatri ushbu loyiha tashkilotchilari — «Балтийский дом» teatr-festivali va «Культурная инициатива» assotsiatsiyasiga, shuningdek, Rossiya akademik yoshlar teatri, Millatlar teatri va Moskva yosh tomoshabinlar teatri jamoalariga malaka oshirish dasturini yuqori saviyada tashkil etgani va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga ko‘rsatgan ko‘magi uchun minnatdorlik bildiradi.
+9
🎭 YANGI SPEKTAKL TAQDIMOTI
Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatrining 2026-yil repertuar rejasining 3-choragidan o‘rin olgan, teatr bosh rejissyori Pirnazar Imomnazarov tomonidan sahnalashtirilgan “Oltin ohu” spektakli O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan biriktirilgan badiiy kengash a’zolariga namoyish etildi.
Hind xalq ertagi asosida yaratilgan ushbu sahna asarida kichik yoshdagi bolajonlar va katta yoshdagi tomoshabinlar uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega, haqiqat yo‘lida kurashish g‘oyasi aks etgan.
Spektakl O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori, san’atshunoslik fanlari doktori Omonulla Rizayev hamda Qo‘g‘irchoq teatri san’ati kafedrasi dotsenti A’zamjon Abduhalilov tomonidan ijobiy baholanib tomoshabinlarga namoyish etishga ruxsat berildi.
✨ Tez kunda bo‘lib o‘tadigan “Oltin ohu” spektakli premyerasiga barchangizni chorlab qolamiz!
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
