ch
Feedback
bimm.uz

bimm.uz

前往频道在 Telegram

Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti 📞 71-202-01-15 📧 info@bimm.uz 🌐 www.bimm.uz 📲 https://www.instagram.com/bimmuz/ 📲 https://www.facebook.com/bimmuz 📲 https://www.youtube.com/c/bimmuz_official

显示更多
6 994
订阅者
-2124 小时
-1257
-37930
帖子存档
bimm.uz
6 994
🇵🇱🇺🇿 POLSHA - O‘ZBEKISTON XALQARO QO‘SHMA MALAKA OSHIRISH KURSI Polshaning QS World University Rankings 2026 reytingida T
🇵🇱🇺🇿 POLSHA - O‘ZBEKISTON XALQARO QO‘SHMA MALAKA OSHIRISH KURSI Polshaning QS World University Rankings 2026 reytingida TOP-900 talikdan o‘rin olgan Gdansk universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi bilan hamkorligida professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro qo‘shma malaka oshirish kursiga qabul e’lon qiladi.
📅 Kurs muddati: 2026-yil 14-sentabrdan 15-oktabrgacha 🌍 Dastur ikki bosqichda amalga oshiriladi: 2 hafta — Gdansk, Polsha (Gdansk universiteti ) 2 hafta —  Toshkent, O‘zbekiston (O’zDJTU Tarmoq markazida) 💰 Kurs narxi: 3000 AQSh dollari. Dastur narxiga quyidagi xizmatlar kiradi: – 144 soatlik xalqaro malaka oshirish kursi. – Shengen vizasini rasmiylashtirish. – Ikki tomonga aviachipta.
Qo‘shimcha to‘lov evaziga ishtirokchilar uchun Yevropaning bir qator davlatlariga sayohatni o‘z ichiga olgan "EURO TOUR" dasturi ham tashkil etilishi mumkin. Mazkur dastur ishtirokchilarga Yevropa ta’lim tizimining ilg‘or tajribalarini o‘rganish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni egallash hamda xalqaro sertifikatga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. ⏰ Arizalar 2026-yil 3-avgustga qadar qabul qilinadi. 📍 Manzil: O‘zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi. 📞 Qo‘shimcha ma’lumot: +998 90 977 49 07 https://t.me/narimanbekovna ‼️ Ishtirokchilar soni cheklangan. Xalqaro malaka oshirish kursiga atigi 25 nafar tinglovchi qabul qilinadi. Bugunoq ro‘yxatdan o‘ting va xalqaro ta’lim tajribasi sari muhim qadam tashlang.

bimm.uz
6 994
Hurmatli Prezident! Sizning rahnamoligingizda mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, ilm-fan va ta’lim sohasini izchil rivoj
Hurmatli Prezident! Sizning rahnamoligingizda mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, ilm-fan va ta’lim sohasini izchil rivojlantirish, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviyatga ega avlodni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoriga aylanmoqda. Pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, ularning malakasini muntazam oshirish, innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish hamda ilmiy salohiyatni yanada mustahkamlashga qaratilgan e’tiboringiz ta’lim tizimida mehnat qilayotgan har bir mutaxassisga yuksak mas’uliyat va fidoyilik ruhini bag‘ishlamoqda. Ushbu qutlug‘ kunda Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq va barakali umr, oilaviy baxt-saodat, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va davlatimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tilaymiz. Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

bimm.uz
6 994
#FarDU_MM Joriy yilning 20-iyul kuni Samarqandda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog ka
+4
#FarDU_MM Joriy yilning 20-iyul kuni Samarqandda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi hamda Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik doirasida: ✅ malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha tajriba almashish; ✅ o‘quv-metodik materiallarni takomillashtirish; ✅ professor-o‘qituvchilar hamda trenerlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish; ✅ sun’iy intellekt va raqamli ta’lim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish; ✅ qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar va tadqiqotlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu hamkorlik ikki mintaqaviy markaz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, pedagoglarning kasbiy va raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ta’lim tizimida ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirishga xizmat qiladi. @fardu_mm

bimm.uz
6 994
#Хавфсиз_ва_соғлом_юрт 📞 Фирибгарлар сизни алдашига йўл қўйманг! Фирибгарлар кўпинча ўзини банк ёки давлат идораси ходими си
+1
#Хавфсиз_ва_соғлом_юрт 📞 Фирибгарлар сизни алдашига йўл қўйманг! Фирибгарлар кўпинча ўзини банк ёки давлат идораси ходими сифатида таништириб, карта маълумотлари, СМС-кодлар ёки пул ўтказишни талаб қилади. ⚠️ Унутманг: 🔹 Ҳеч кимга банк картангиз маълумотлари ва тасдиқлаш кодларини берманг. 🔹 "Хавфсиз ҳисоб"га пул ўтказиш ҳақидаги гапларга ишонманг. 🔹 Шубҳали қўнғироқларни дарҳол якунланг. 📢 Қўнғироқни тугатинг. Текширинг. Хабар беринг! Telegram | Youtube | Instagram | Facebook

bimm.uz
6 994
Repost from OTFIV RASMIY
#MalakaOshirish Pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha ilmiy anjuman Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi tomonidan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Shuningdek, anjumanda ta’lim tizimidagi global transformatsiya jarayonlari sharoitida pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, malaka oshirish tizimini takomillashtirish, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini baholashning zamonaviy yondashuvlarini joriy etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

bimm.uz
6 994
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Ta’lim tizimining transformatsiya jarayonlarida pedagog kadrlar kasbiy salohiyatini malaka oshirish mexanizmi asosida rivojlantirish: muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” FarDU huzuridagi mintaqaviy markaz, 2026-yil, 20-iyun. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

bimm.uz
6 994
📢 Joriy yilning 20-iyun kuni FarDU huzuridagi mintaqaviy markazida “Ta’lim tizimining transformatsiya jarayonlarida pedagog
+5
📢 Joriy yilning 20-iyun kuni FarDU huzuridagi mintaqaviy markazida “Ta’lim tizimining transformatsiya jarayonlarida pedagog kadrlar kasbiy salohiyatini malaka oshirish mexanizmi asosida rivojlantirish: muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 💡 Konferensiya davomida pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish hamda malaka oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar ishlab chiqildi. 📚 Mazkur ilmiy-amaliy anjuman ta’lim tizimini rivojlantirish, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish va ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoniga aylandi.

bimm.uz
6 994
#Uchrashuv Institut tinglovchilari qonun ijodkorligi faoliyati bilan tanishdi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Oliy ta’lim
+5
#Uchrashuv Institut tinglovchilari qonun ijodkorligi faoliyati bilan tanishdi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Xotin-qizlar maslahat kengashi raislarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish” yo‘nalishi tinglovchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. 🚨 BATAFSIL Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

bimm.uz
6 994
Repost from Edu.uz
Oliy taʼlim tashkilotlari Xotin-qizlar maslahat kengashi raislarining malakasi oshirilmoqda Joriy yilning 1–12-iyun kunlari O
+5
Oliy taʼlim tashkilotlari Xotin-qizlar maslahat kengashi raislarining malakasi oshirilmoqda Joriy yilning 1–12-iyun kunlari Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida «Xotin-qizlar maslahat kengashi raislarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish» yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirish kurslarining ikkinchi mavsumi tashkil etildi.
Mazkur oʻquv kurslari oliy taʼlim muassasalarida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash, sogʻlom maʼnaviy-psixologik muhitni shakllantirish hamda talaba-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/177766 #malaka_oshirish 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

bimm.uz
6 994
Repost from bimm.uz
🔹 Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya “TA’LIMDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNING DOLZARB MASALALARI” Hurmatli ilmiy jamoatc
🔹 Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya “TA’LIMDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNING DOLZARB MASALALARI” Hurmatli ilmiy jamoatchilik vakillari! Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 2026-yil 29-sentabr kuni “Ta’limda sun’iy intellektdan foydalanishning dolzarb masalalari” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tishini e'lon qilamiz. 📍 Konferensiya o'tkazilish manzili: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti. 📥 Maqolalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 1-iyul. 📄Axborot xati ushbu havolada. 📨 Maqolalarni yuborish manzillari: 🔗 Veb-sayt: www.conf.bimm.uz 📧 Elektron pochta: info@bimm.uz 📞 Telefon: +998-71-203-01-28, +998-99-876-86-88 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

bimm.uz
6 994
Repost from Edu.uz
#Senat Oliygohlar Xotin-qizlar maslahat kengashlari raislari Senat faoliyati bilan tanishdi Oliy taʼlim muassasalari xotin-qi
+9
#Senat Oliygohlar Xotin-qizlar maslahat kengashlari raislari Senat faoliyati bilan tanishdi Oliy taʼlim muassasalari xotin-qizlar maslahat kengashlari raislari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari dasturi doirasida Oliy Majlis Senatiga tashrif uyushtirildi.
Senatorlar tinglovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqotda xotin-qizlarning qonunchilik jarayonidagi faolligini oshirish, rahbarlik va tashabbuskorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, jamiyatda xotin-qizlar nufuzini yuksaltirishga qaratilgan vazifalar xususida fikr almashildi. Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, gender tenglikni mustahkamlash, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan ishlar hamda bu yo‘nalishda qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha maʼlumot berildi.
Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda parlament faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

bimm.uz
6 994
Moskva Sinergiya universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi Joriy yilning 26-may sanasida Moskva Sinergiya universiteti ham
+4
Moskva Sinergiya universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi Joriy yilning 26-may sanasida Moskva Sinergiya universiteti hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o‘rtasida muhim ahamiyatga ega hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum doirasida:
- pedagog kadrlarning sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish; - ilg‘or metodika va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish; - professor-o‘qituvchilar uchun sun’iy intellekt yordamida ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini shakllantirish; - innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu hamkorlik ikki tomonlama tajriba almashish, ta’lim sifatini oshirish hamda xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

bimm.uz
6 994
Repost from Edu.uz
Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi 12–20-may kunlari Oliy taʼlim tizimi ka
+3
Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi 12–20-may kunlari Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Xotin-qizlar maslahat kengashi raislarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish” yoʻnalishi boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining birinchi mavsumi yakunlandi. Mazkur kurslarda respublikamizdagi 30 ga yaqin oliy taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etdi. Mashgʻulotlar tajribali professor-oʻqituvchilar hamda malakali mutaxassislar tomonidan zamonaviy va amaliy yondashuvlar asosida tashkil etildi. Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/168672 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

bimm.uz
6 994
Repost from OTFIV RASMIY
SOG‘LOM OVQATLANISH MADANIYATI — SALOMATLIK GAROVI Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi
+3
SOG‘LOM OVQATLANISH MADANIYATI — SALOMATLIK GAROVI
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “To‘g‘ri ovqatlanish madaniyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, to‘g‘ri va muvozanatli ovqatlanishning inson salomatligidagi ahamiyatini keng yoritishga qaratildi. Davra suhbatida O‘zbekiston Nutritsiologlar assotsiatsiyasi raisi, tibbiyot fanlari doktori, professor Shayxova Guli Islamovna ishtirok etib, sog‘lom ovqatlanish tamoyillari, zamonaviy nutritsiologiya yondashuvlari hamda yoshlar orasida to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirishning dolzarb jihatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Tadbir davomida ishtirokchilar inson salomatligini mustahkamlashda ratsional ovqatlanishning o‘rni, zararli oziqlanish odatlarining oldini olish hamda kundalik ovqatlanish tartibini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishdilar. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda ta’lim muassasalari va oilaning muhim o‘rni yuzasidan fikr almashildi. Mazkur davra suhbati tinglovchilar hamda professor-o‘qituvchilar uchun foydali muloqot maydoniga aylanib, sog‘lom hayot tarziga oid bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

bimm.uz
6 994
#InsonUchun 2026-yil 12–13-may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Inson uchun” shio
+5
#InsonUchun 2026-yil 12–13-may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Inson uchun” shiori ostida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmada institutimizning tinglovchilari va xodimlari ham faol ishtirok etib, ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi innovatsion tashabbuslar, zamonaviy mahsulotlar hamda yangi loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir davomida ishtirokchilar nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat faoliyatini rag‘batlantirish hamda jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Bunday ko‘rgazmalar jamiyatda inson qadri va ijtimoiy birdamlik tamoyillarini mustahkamlash, yoshlar va mutaxassislarning dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Institutimiz jamoasi ham ushbu tadbirdan katta taassurot bilan qaytdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

bimm.uz
6 994
#MalakaOshirish 📚 “Axborot-kutubxona faoliyati” yo‘nalishidagi malaka oshirish kursi yakunlandi Avval xabar berganimizdek, O
+3
#MalakaOshirish 📚 “Axborot-kutubxona faoliyati” yo‘nalishidagi malaka oshirish kursi yakunlandi Avval xabar berganimizdek, Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan “Axborot-kutubxona faoliyati” yo‘nalish bo‘yicha 72 soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kursining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Aralash ta‘lim usullarida tashkil etilgan kursning online mashg‘ulotlari joriy yilning 27-aprelidan 2-mayigacha, an’anaviy shakldagi mashg‘ulotlari esa 4–8-may kunlari bo‘lib o‘tdi. Bunda ma’ruza mashg‘ulotlari Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida, ko‘chma mashg‘ulotlar esa Toshkent axborot-texnologiyalari hamda Toshkent davlat yuridik universitetlari bazasida tashkil etildi. Kurs yakunida tinglovchilarga “Axborot-kutubxona faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirganligi to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

bimm.uz
6 994
9-may – Xotira va qadrlash kuni! Resbuplikamizda keng nishonlanayotgan 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan, inst
+3
9-may – Xotira va qadrlash kuni! Resbuplikamizda keng nishonlanayotgan 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan, institut xodimlari sohada uzoq yillar samarali faoliyat koʻrsatib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan institutning faxriy professori, tarix fanlari doktori mehnat faxriysi ustoz Shamsiddin Sharapovich Sharopov xonadonida boʻlib, bayram bilan qutlab, ustozga yana bir bor hurmat, ehtirom koʻrsatib, taʼlim tizimi, xususan malaka oshirish sohasiga qoʻshgan xissasi uchun minnatdorchilik bildirdilar.

bimm.uz
6 994
#IslomSivilizatsiyasiMarkazi Joriy yilning 7-may sanasida Oliy ta'lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshiri
+3
#IslomSivilizatsiyasiMarkazi Joriy yilning 7-may sanasida Oliy ta'lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti jamoasi hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari poytaxtimizdagi "Islom sivilizatsiyasi markazi"da bo'lib, ushbu noyob ma'rifat maskani bilan, undagi zamonaviy sharoitlar, tarixiy eksponatlar va qadimiy qo‘lyozmalar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida ishtirokchilar Islom sivilizatsiyasining jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga qo'shgan beqiyos hissasi, ayniqsa, Movarounnahr va Xuroson zaminida yetishib chiqqan buyuk allomalarimizning ilmiy merosi, ularning dunyo tamadduni rivojidagi o'rni xususida atroflicha ma'lumotlar berildi. Bunday tadbirlar tinglovchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

bimm.uz
6 994
#Moziyga_sayohat Bugun, 2026-yil 6-may sanasida Oliy ta'lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institu
+3
#Moziyga_sayohat Bugun, 2026-yil 6-may sanasida Oliy ta'lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti jamoasi hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi "G'alaba bog'i" yodgorlik majmuasiga, shuningdek, "Shon-sharaf" muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida tinglovchilarga Ikkinchi jahon urushi davridagi tarix, O‘zbek xalqining front va front ortida ko'rsatgan qahramonliklari to'g'risida tarixiy hujjatlar hamda muzey eksponantlari asosida batafsil ma'lumotlar berildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

bimm.uz
6 994
9-may Xotira va qadrlash kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning
+7
9-may Xotira va qadrlash kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Inson aziz xotira muqaddas" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy tibbiyot instituti podpolkovniklari Sh.A.Yaxyayev, B.E.Umirzakov, K.R.Eshkuvatovlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida markaz professor o'qituvchilari hamda tinglovchilari tomonidan urushning sovuq yillarida vatan uchun o'z jonini fido qilgan o'g'lonlarimiz xotirasini yodga olish maqsadida sahna ko'rinishlari ko'rsatildi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Tmatm.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube