📱BoSs Electronics
前往频道在 Telegram
Хуш келибсиз!!!🇺🇿 📍Манзил: Бағдод шахарчаси Халқ банки ёнида "BoSsElectronics" дукони‼️ 📞+998 99-603-07-07 📩 Founder: @UlugXanBosS
显示更多2 103
订阅者
-724 小时
+97 天
+17230 天
帖子存档
2 100
iPhone 17 Air batareyasining suratlari eʼlon qilindi
iPhone 17 Air modelining akkumulyatori o‘zining noodatiy yupqaligi bilan ajralib turadi. Korpus bilan birga uning qalinligi atigi 2,49 mm. Bunday ko‘rsatkich hayratlanarli – unda umuman quvvat manbai bormi, degan savol tug‘iladi. Koreyaning Naver blogi muallifi yeux1122 tomonidan taqdim etilgan dastlabki suratlarda ushbu batareya iPhone 17 Pro modelining akkumulyatori bilan taqqoslangan.
Avvalroq, shu insayder batareya sig‘imi 2900 mA·soat bo‘lishi haqida yozgan edi. Bunday kichik sig‘imdagi akkumulyatorlar so‘nggi marta iPhone 12 va iPhone 13 davrida kuzatilgan. Ammo bu holat iPhone 17 Air modelining avtonom ishlash muddatiga salbiy ta’sir qilmasligi kerak. Bloomberg nashrining taniqli jurnalisti Mark Gurman xabar berishicha, kompaniya operatsion tizimni chuqur optimallashtiradi.
Bunday rekord darajadagi ingichka akkumulyatorlar kremniy asosidagi yangi texnologiya tufayli ishlab chiqilgan bo‘lishi mumkin. 2025-yil iyun oyida Apple’ning yetkazib beruvchisi – TDK kompaniyasi aynan shunday kremniy akkumulyatorlarini yetkazib bera boshlashi kerak edi.
😎@BoSs_Electronics😎
2 100
Google Pixel 10 modellariga ovoz orqali foto tahrirlash funksiyasi qo‘shiladi
Yangi Pixel 10 smartfonida sun’iy intellekt yordamida ovozli foto tahriri funksiyasi paydo bo‘ladi. Bu imkoniyat Gemini modeli asosida ishlaydi va foydalanuvchiga “fonni o‘zgartir”, “yorqinlikni oshir”, “obyektni olib tashla” kabi oddiy buyruqlar orqali rasmni o‘zgartirishga imkon beradi. Agar foydalanuvchiga ovoz bilan ishlatish noqulay bo‘lsa, buyruqni matn orqali ham kiritish mumkin.
Ushbu funksiyaning dastlabki ishlashi faqat Pixel 10 modellari uchun eksklyuziv bo‘ladi, biroq keyinchalik u eskiroq Pixel modellariga ham qo‘shilishi mumkin.
😎@BoSs_Electronics😎
2 100
+3
ChatGPT-5 taqdim etildi
OpenAI yangi flagman til modelini chiqardi. U allaqachon barcha tarif foydalanuvchilari, shu jumladan bepul versiya egalari uchun ham mavjud.
Sem Altman “beshinchi” versiyani birinchi iPhone chiqishiga qiyosladi, u butun mobil bozorni tubdan o‘zgartirgan edi.
Yangi ChatGPT versiyasida endi multimodal va mantiqiy fikrlovchi modellarga bo‘linish yo‘q. Intellekt darajasi bo‘yicha ChatGPT-5 doktorlik darajasiga ega professor darajasiga yaqinlashgan.
Asosiy yangiliklar orasida — “gallyutsinatsiya” darajasini kamaytirish, agent funksiyalarini takomillashtirish, vibecoding rejimi va foydalanuvchi matnlari bilan ishlash imkoniyatlari bor.
😎@BoSs_Electronics😎
2 100
ТЕЗ-ТЕЗ ЭХСОН ҚИЛИБ ТУРИНГ
Жуда оз бўлса ҳам, кунига эхсон қилишни одат қилинг. Чунки эхсон:
• Аллоҳнинг ғазабини ўчиради;
• касалликка даво бўлади;
• мол-мулкингни поклайди;
• Қиёмат куни сенга соя бўлади;
• вафотингдан кейин ҳам ажр-савобингни кўпайтириб туради.
🔔 Yaqinlaringizga ulashing 🔔
https://t.me/joinchat/AAAAAEQIWJa-Wk5SRzrFbQ ✅
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
😎@BoSs_Electronics😎
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
2 100
#namoz_vaqtlari 😴
📆8-15-Avgust kunlari o'qiladigan namoz vaqtlari (Bag'dod vaqti bilan).
😎@BoSs_Electronics😎
2 100
Xiaomi 16 modelining ilk surati
Suratda aniq texnik tafsilotlar deyarli ko‘rinmaydi, ammo manbaga ko‘ra, bu aynan yangi Xiaomi 16 modeli hisoblanadi. Unda iPhone uslubidagi “dynamic island” — ya’ni ekran ichidagi interaktiv orolchani ko‘rish mumkin.
Yangi flagmanning rasmiy taqdimoti, mish-mishlarga ko‘ra, Snapdragon Elite Gen 2 protsessori e’lon qilinganidan so‘ng, kuzda bo‘lib o‘tadi.
😎@BoSs_Electronics😎
2 100
📌 BUGUN SOTUVDA BOR 🛡
🔔 Iltimos:
Narxlarni “arzonroq bormi?” deb so‘rab o‘zingizni ham, bizni ham noqulay holatga solmang. Narxlar bo’lishi) HATTO SIZ HAM✅
📌 Model tavsifi:
🟢 Yashil belgilar bilan ko‘rsatilgan telefonlar – Samsung, COREYA modeli, ammo korobkasi yo‘q.
🌕 Sariq belgilar – korobkasi yo‘q, lekin 100% ishonchli telefonlar.
📞 Bog‘lanish uchun:
📞 +998-99-603-07-07
📞 +998-33-223-97-97
📞 +998-90-361-47-47
📞 +998-94-446-40-40
➡️ Do‘stlaringizga ulashing!
😎@Boss_Electronics😎
2 100
Galaxy S25 FE tezkor zaryad va yupqaroq korpusga ega bo‘ladi
OAV xabarlariga ko‘ra, hali rasmiy taqdimoti bo‘lmagan Samsung Galaxy S25 FE smartfoni haqida batafsil ma’lumotlar internetda paydo bo‘ldi. Yangi model 2025-yilning kuzida taqdim etilishi kutilmoqda. U yangilangan dizayn va tezkor zaryadlash texnologiyasi bilan ta’minlanadi.
Yangi Galaxy S25 FE 6,7 dyuymli, 120 Hz AMOLED-displeyga ega bo‘ladi. Displey Gorilla Glass Victus bilan himoyalangan. Qurilmada Exynos 2400 protsessori ishlatiladi — bu avvalgi Galaxy S24 FE modelidagi chip bilan bir xil. Operativ xotira hajmi 8 GB, doimiy xotira esa 128 yoki 256 GB bo‘ladi. microSD kartasi uchun slot ko‘zda tutilmagan.
Asosiy yangilik — 4500 mA·soatli akkumulyator bo‘lib, u ilk bor FE lineykasida 45 Vt tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, 15 Vt quvvatli simsiz zaryadlash ham mavjud bo‘ladi. Garchi akkumulyator sig‘imi biroz kamaygan bo‘lsa-da, korpus yanada yupqalashib, 7,4 mm bo‘lgan, og‘irligi esa 190 gacha tushgan.
Kameralar avvalgidek qoladi: asosiy kamera — 50 MP (optik stabilizatsiya bilan), 12 MP keng burchakli kamera va 3 karra zoomga ega 8 MP televik. Old kamera — 12 MP. Qurilma IP68 darajasida suv va changdan himoyalangan, shuningdek, Android 16 asosidagi One UI 8 interfeysi va Galaxy AI sun’iy intellekt funksiyalari bilan jihozlanadi.
Galaxy S25 FE modelining rasmiy taqdimoti 2025-yil sentabr oyida bo‘lishi kutilmoqda.
😎@BoSs_Electronics😎
2 100
+3
🍏 iPhone 17 liniyasidagi smartfonlarning barcha rangdagi maketlari internetga sizib chiqdi
ℹ️ Insayder Sonni Dikson iPhone 17’ning kutilyotgan rang variantlarida tayyorlangan yuqori sifatli maket suratlarini e’lon qildi. Shu bilan birga, Macworld portali ham Apple’ning ichki hujjatiga ega bo‘lib, unda quyidagi ranglar qayd etilgan, biroq ular suratlarda aks etmagan: iPhone 17 Steel Gray (po‘lat kulrang) va iPhone 17 Pro Gray (kulrang).
🍏 iPhone 17 uchun kutilayotgan ranglar:
- Purple (siyohrang)
- Green (yashil)
- Light Blue (och ko‘k)
- White (oq)
- Black (qora)
🍏 iPhone 17 Air rang variantlari:
- Light Blue (och ko‘k)
- Light Gold (och oltin)
- White (oq)
- Black (qora)
🍏 iPhone 17 Pro / Pro Max:
- White (oq)
- Orange (to‘q sariq)
- Dark Blue (qoramtir ko‘k)
- Black (qora)
😎@BoSs_Electronics😎
2 100
+1
😯 Bunday sizib chiqish holati hali bo‘lmagan
🍏 Yangi iPhone 17 Pro bilan test qilayotgan mutaxassis va uning qo‘riqchisini ko‘chada tasodifan videoga olib olishgan. Ha, Apple sizib chiqishlardan shunchalik xavotir oladiki, har bir test qiluvchiga qo‘riqchi biriktiradi.
📷 Ammo bu safar bu ham foyda bermadi, kadrga tushib qoldi.
😎@BoSs_Electronics😎
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
