NAVOIYDA BUGUN | НАВОИЙДА БУГУН | Расмий канал
前往频道在 Telegram
Navoiy viloyati va Navoiy shahri yangiliklari. 🤖 Ob-havo, namoz vaqti, valyuta kursi, ish, yo'qolgan buyumlar, yangilik yuborish va reklama — hammasi bitta botda: @Navoiydabugun_bot
显示更多📈 Telegram 频道 NAVOIYDA BUGUN | НАВОИЙДА БУГУН | Расмий канал 的分析概览
频道 NAVOIYDA BUGUN | НАВОИЙДА БУГУН | Расмий канал (@navoiyda_bugun) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 62 964 名订阅者,在 新闻与媒体 类别中位列第 4 257,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 124 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 62 964 名订阅者。
根据 08 十一月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -1 007,过去 24 小时变化为 -39,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 2.42%。内容发布后 24 小时内通常能获得 1.91% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 1 521 次浏览,首日通常累积 1 201 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 2。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Navoiy viloyati va Navoiy shahri yangiliklari.
🤖 Ob-havo, namoz vaqti, valyuta kursi, ish, yo'qolgan buyumlar, yangilik yuborish va reklama — hammasi bitta botda: @Navoiydabugun_bot”
凭借高频更新(最新数据采集于 09 十一月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 新闻与媒体 类别中的关键影响点。
62 964
订阅者
-3924 小时
-2617 天
-1 00730 天
帖子存档
⚠️ Navoiyning 5 ta tumanida sel xavfi bor!
9–11-noyabr kunlari yomg'ir kutilyapti. Shu sababli sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.
Xavf bor tumanlar: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana.
Aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko'rish so'ralmoqda. 🌧
Yaqinlaringizga ham ulashing, ular ham ogoh bo'lsin!
@NAVOIYDA_BUGUN
+3
🔥 Karmanadagi 30-maktabda isitish tizimidagi kamchiliklar 3 kunda bartaraf etiladi
Maktab jamoasi isitish tizimi bo'yicha vazirlikka murojaat qilgan edi. Ta'lim va ilm-fan vaziri o'rinbosari Mehriniso Pardayeva maktabga borib, masalani joyida o'rgandi. Isitish qanday ishlayotgani va maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko'zdan kechirildi.
Topilgan kamchiliklarni 3 kun ichida tuzatish mas'ullarga topshirildi. Xabarda aytilishicha, murojaatdagi masala ijobiy hal etildi.
Uchrashuvda o'quvchilar uchun sharoit, ta'lim sifati va o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish masalalari ham muhokama qilindi.
Farzandi shu maktabda o'qiydigan karmanalik ota-onalarga yuborib qo'yamiz, ular ham bilsin!
📸 Voqea ko'rdingizmi? Bizga yuboring: @Bugunnews_bot
Navoiyning eng tezkor xabarlari 👇
@NAVOIYDA_BUGUN
🚗 Uchquduqda to'yda guruh bo'lib yurgan 7 ta mashina haydovchisiga chora ko'rildi
«Xavfsiz va sog'lom yurt» profilaktik tadbiri davomida Uchquduq tumanida bo'lgan to'y marosimida guruh bo'lib harakatlangan 7 ta transport vositasining haydovchilariga belgilangan tartibda chora ko'rildi.
Bu haqda Navoiy viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
To'yga mashinada boradigan tanishlarga yuborib qo'yamiz, ular ham bilsin! ⚠️
📸 Voqea ko'rdingizmi? Bizga yuboring: @Bugunnews_bot
Navoiyning eng tezkor xabarlari 👇
@NAVOIYDA_BUGUN
+3
🦆 Navbahorda fermer xo'jaligi 1000 bosh o'rdak boqishni yo'lga qo'ydi
Navbahor tumanidagi «Navbahor Sayqali Kamoli» fermer xo'jaligi o'rdakchilik bo'yicha yangi loyiha boshladi. Hozir xo'jalikda 1000 bosh o'rdak parvarish qilinyapti.
Tuman hokimligi axborot xizmati ma'lumotiga ko'ra, maqsad — go'sht yetishtirishni ko'paytirish va ichki bozorni ekologik toza mahsulot bilan ta'minlash. Kelgusida ishlab chiqarishni kengaytirish ko'zda tutilgan.
Parrandachilik bilan shug'ullanadigan tanishlarga yuborib qo'yamiz, ular ham bilsin!
📸 Voqea ko'rdingizmi? Bizga yuboring: @Bugunnews_bot
Navoiyning eng tezkor xabarlari 👇
@NAVOIYDA_BUGUN
Bizga video yuborsangiz, u qanday bo'lardi? 🎥
💼 NAVOIYDA 6 TA YANGI ISH E'LONI
Bugun sizga mos ish joyini topish imkoniyati bor.
• Enaga — 💰 3 mln–4 mln so'm (Navoiy shahar)
• Pitssameyker — 💰 4 mln–5 mln so'm (Navoiy shahar)
• Ofis xodimi — 💰 2 mln so'mdan (Navoiy shahar)
☎️ Telefon va manzil uchun kanalga kiring. 👉 @vohada_ish — yana 26+ e'lon
📢 Xodim kerakmi? Bepul e'lon bering
🔥 Navoiyda radiator to'liq qizimayaptimi? Sababi quvurdagi havo bo'lishi mumkin
Navoiy viloyati «Issiqlik ta'minoti» MCHJ axborot xizmati maslahat berdi: quvurda havo bo'lsa, radiator to'liq qizimaydi.
Radiatorning yuqori qismi sovuq bo'lsa, uning havosini chiqarish kerak.
Uyida radiatori sovuq turgan qo'shni va tanishlarga yuborib qo'yamiz, ular ham bilsin!
📸 Voqea ko'rdingizmi? Bizga yuboring: @Bugunnews_bot
Navoiyning eng tezkor xabarlari 👇
@NAVOIYDA_BUGUN
+5
QOZONXONALARDA NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA!
2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish va aholini uzluksiz issiqlik bilan ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tomonidan qozonxonalarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Tekshiruvlarda qozonxonalarning mavsumga tayyorgarligi, isitish moslamalari, dudburonlar, mehnat va yong‘in xavfsizligi talablari hamda gazoanalizatorlarning sozligi nazorat qilinmoqda.
Shuningdek, ishchi-xodimlarga gazdan zaharlanish va favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
@NAVOIYDA_BUGUN
🌤 Navoiyda bugun yomg'ir, kunduzi +22°
Kechasi +14° gacha soviydi. Yog'in ehtimoli 98% — soyabon olib chiqing ☔.
Zarafshon va Uchquduq — rasmda 👆
Ishga chiqayotgan yaqinlarga yuborib qo'yamiz!
Manba: open-meteo.com
@NAVOIYDA_BUGUN
🕌 Navoiy shahri namoz vaqtlari
9-noyabr, dushanba
Manba: namozvaqti.uz
@NAVOIYDA_BUGUN
📸 Navoiyda voqea ko'rdingizmi?
Yo'lda tiqilinch, yangi ochilgan joy, ko'chadagi muammo yoki quvonchli voqea — rasm yoki videoga oling va bizga yuboring.
Bir daqiqa vaqtingizni oladi ⏱
👉 @Bugunnews_bot
Atrofida doim nimadir ko'radigan tanishlarga yuborib qo'yamiz!
Navoiyning eng tezkor xabarlari 👇
@NAVOIYDA_BUGUN
🚨 PASPORT VA 3 TA BANK KARTASI YO‘QOLGAN!
Yesengeldiyev Beknur nomiga rasmiylashtirilgan pasport va 3 ta bank kartasi (2 ta Ipak Yo‘li Bank, 1 ta stipendiya kartasi) yo‘qolgan.
Topib olganlardan 95 989 55 11 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘raladi.
@NAVOIYDA_BUGUN
+2
Tomdida 90 o'rinli yangi bog'cha qurilyapti 🏗
Tomdi tumanidagi «Sharq» massivida 90 o'ringa mo'ljallangan zamonaviy davlat bog'chasi qurilishi olib borilmoqda. Ish «Yangi O'zbekiston qiyofasidagi mahalla» dasturi doirasida qilinyapti.
Tuman hokimi Orzumurod Umarov qurilishni ko'zdan kechirdi. U mas'ullarga sifat talablariga qat'iy amal qilishni va ishni belgilangan muddatda tugatishni tayinladi.
Shu hududda Tashabbusli byudjet dasturi asosida piyodalar yo'lakchasi qurilishi ham rejalashtirilgan. Hokim yo'lakcha uchun ajratilgan yerni ham borib ko'rdi.
Farzandini bog'chaga bermoqchi bo'lgan tomdilik ota-onalarga yuborib qo'yamiz, ular ham bilsin! 👨👩👧
📸 Voqea ko'rdingizmi? Bizga yuboring: @Bugunnews_bot
Navoiyning eng tezkor xabarlari 👇
@NAVOIYDA_BUGUN
Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.
@NAVOIYDA_BUGUN
+4
⚠️ DIQQAT, HAYDOVCHILAR! OGOH BO‘LING!
Piyodalar yo‘lakchasini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlarga nisbatan choralar ko‘rilmoqda.
📍 A polosada YPX xodimlari tomonidan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
@NAVOIYDA_BUGUN
+1
Metan-şoxobçalar faoliyati çeklanişi mumkin
9–11-noyabr kunlari Özbekiston böylab yomğir yoğişi, şimoliy va toğli hududlarda qor kutilmoqda. Tungi harorat şimolda −7°C gaça, boşqa hududlarning ayrim joylarida −1…−2°C gaça pasayişi mumkin.
Energetika vazirligi xabariga köra, zarurat tuğilsa avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari faoliyati vaqtinça çeklanişi mumkin.
“Çeklovlar hokimliklar bilan kelişilgan, tasdiqlangan grafiklar asosida joriy etiladi. Iste’molçilar oldindan xabardor qilinadi”, – deyiladi vazirlik axborotida.
@NAVOIYDA_BUGUN
Malik Sardoba qanday barpo etilgan?
Vedioni oxirigacha kōring va yaqinlaringizga ham yuboring.
@NAVOIYDA_BUGUN
+1
❗️O‘ZBEKISTONDA SHIFOKORLARNING MAOSHI VA IJTIMOIY HIMOYASI YAXSHILANADI — PREZIDENT
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralarni ma’lum qildi.
📌 Jumladan, tibbiyot xodimlari uchun:
▪️ Kasb bayramida har yili rag‘bat puli beriladi;
▪️ Kamida 15 yil staji bor xodimlar farzandlari kontraktining 30 foizi qoplab beriladi;
▪️ Har yili 500 nafar xodimning ipoteka boshlang‘ich to‘lovining 25 foizi to‘lab beriladi;
▪️ Milliy akkreditatsiyadan o‘tgan davlat tibbiyot muassasalari xodimlariga 10 foizlik oylik ustama beriladi;
▪️ Oliy ma’lumotli hamshiralarga bakalavriat uchun 1,5 mln, magistratura uchun 2,5 mln so‘m qo‘shimcha ustama belgilanadi.
Shuningdek, 2027-yildan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini xalqaro standartlar asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi.
Ма’lum qilinishicha, 2026-yilda sog‘liqni saqlash sohasiga 49 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan.
@NAVOIYDA_BUGUN
