ch
Feedback
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali

前往频道在 Telegram

📈 Telegram 频道 O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali 的分析概览

频道 O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali (@npu_uz) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 10 257 名订阅者,在 教育 类别中位列第 19 044,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 7 593

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 10 257 名订阅者。

根据 28 八月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 138,过去 24 小时变化为 78,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 85.99%。内容发布后 24 小时内通常能获得 32.00% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 8 788 次浏览,首日通常累积 3 270 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 46

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Website : https://npuu.uz Facebook: Facebook.com/ Instagram: Instagram.com/npuu_uz YouTube: https://www.youtube.com/@Npuu_uz

凭借高频更新(最新数据采集于 29 八月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 教育 类别中的关键影响点。

10 257
订阅者
+7824 小时
+4417
+1 13830
帖子存档
O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha professional kadrlar tayyorlash tizimiga asos solinadi Bugun, Nizomiy
+2
O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha professional kadrlar tayyorlash tizimiga asos solinadi Bugun, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti hamda Buyuk Britaniyaning Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (QAA) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur kelishuv doirasida universitetda sifatni ta’minlash menejerlari uchun Professional rivojlanish markazi tashkil etiladi. Markaz faoliyati orqali oliy ta’lim muassasalarining sifatni ta’minlash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini xalqaro standartlar asosida oshirish, ichki sifatni baholash hamda akkreditatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni joriy etish ko‘zda tutilgan. Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha professional salohiyatni mustahkamlash va xalqaro tajribani milliy ta’lim tizimiga tatbiq etishga xizmat qiladi. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

QAA vakillari bilan hamkorlikning yangi bosqichi muhokama qilindi ✅Universitetimiz rektori Xilola Umarova Buyuk Britaniyaning
+6
QAA vakillari bilan hamkorlikning yangi bosqichi muhokama qilindi   ✅Universitetimiz rektori Xilola Umarova Buyuk Britaniyaning QAA Bosh ijrochi direktori Karl Leydeker bilan uchrashdi.   🤝 Uchrashuvda universitetning QAA xalqaro akkreditatsiya jarayoni, xususan, ichki baholash hisobotini tayyorlash, zarur hujjat va dalillarni shakllantirish, ta’lim sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.   💝 Shuningdek, QAA bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro tajribadan foydalangan holda universitetda ta’lim sifatini doimiy takomillashtirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.  
✅Eslatib o'tamiz, ayni paytda universitetimizda QAA tomonidan institutsional akkreditatsiyadan oʻtishning uchinchi bosqichi amalga oshirilmoqda.
   Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

Bir yillik tabaqalashtirilgan ta'lim grantlari qayta taqsimlandi 👍 Universitetimizda 2026/2027 o'quv yili uchun magistratura
Bir yillik tabaqalashtirilgan ta'lim grantlari qayta taqsimlandi 👍 Universitetimizda 2026/2027 o'quv yili uchun magistratura hamda bakalavriat ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning akademik hamda ijtimoiy faollik ko'rsatkichlaridan kelib chiqib, grant miqdorlari qayta taqsimlandi. 👇 Talabalar quyidagi havolalar orqali o'z bali va grant miqdorini bilib olishlari mumkin: 🔹Bakalavriat 🔹Magistratura ✅O'z natijasidan norozi talabalar 24 soat ichida ushbu havola orqali apelyatsiya berishlari mumkin: https://forms.gle/GHfDtDzq5FThnGiz5 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

Yangi Toshkentdagi yangi oʻquv binosi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi Yangi Toshkent hududida barpo etilgan Nizomiy nomi
+9
Yangi Toshkentdagi yangi oʻquv binosi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi Yangi Toshkent hududida barpo etilgan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining zamonaviy oʻquv binosi mahalliy va xorijiy hamkorlar, professor-oʻqituvchilarga yaqindan tanishtirildi. Tashrif davomida mehmonlarga talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya xonalari, trening markazlari hamda axborot-resurs markazi namoyish etildi. Shuningdek, yosh bolali talabalar uchun tashkil etilgan bolalar maydonchalari ham mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi. Yangi oʻquv binosida yaratilgan zamonaviy muhit, qulay sharoitlar va taʼlim olish uchun keng imkoniyatlar universitetning yangi bosqichdagi taraqqiyotini namoyon etmoqda. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

Repost from Hilola Umarova
23-avgust sanasi Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti uchun tarixiy kun boʻldi. Oʻzbekston va Ozarbayjon prezidentlari Shavkat Mirziyoyev hamda Ilhom Aliyev universitetimizning yangi kampusini ochib berdilar. Qisqa muddatda katta qurilish ishlari olib borilib, bino oʻz vaqtida topshirildi. Buning uchun katta mehnat qilindi. Yangi kampusimiz talaba va professor-oʻqituvchilarimizga yangi oʻquv yili hamda mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida eng katta sovgʻa boʻldi. @hilola_umarova

Magistratura: rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoniyati berildi ✅ 2026/2027-o‘quv yili magistraturasiga qabul bo‘yicha rad
Magistratura: rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoniyati berildi ✅ 2026/2027-o‘quv yili magistraturasiga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalar bo‘yicha talabgorlarga aniqlangan kamchiliklarni 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar my.edu.uz orqali tuzatish imkoniyati berildi. 🎓 Arizalar ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik mosligi, sertifikatlar, hujjatlarning to‘g‘ri va to‘liq yuklanganligi hamda boshqa talablar asosida rad etilgan bo‘lishi mumkin.
❗️Muhim: belgilangan muddatdan so‘ng arizalarni tahrirlash imkoniyati berilmaydi. Kamchiliklari o‘z vaqtida bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
❌ Shuningdek, talab darajasidagi xorijiy til sertifikati mavjud emasligi yoki sertifikat darajasi mos kelmasligi sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi — bunday arizalar qayta topshirilganda ham ko‘rib chiqilmaydi. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetining yangi kampusini ochdilar. — Президенты Шавкат Мирзиёев и Ильхам Алиев открыли новый кампус Педагогического университета имени Низами. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toshkentda Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston
+9
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toshkentda Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universitetining yangi kampusini ochish marosimida ishtirok etdilar. — Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Президент Азербайджана Ильхам Алиев приняли участие в церемонии открытия нового кампуса Национального педагогического университета Узбекистана имени Низами в Новом Ташкенте. #Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #universitet Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Ilhom Aliyev universitetimiz haqida fikr bildirdi Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga davlat tashri
Ilhom Aliyev universitetimiz haqida fikr bildirdi Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga davlat tashrifi arafasida bergan intervyusida ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalar haqida so‘z yuritdi. Intervyu davomida Prezident O‘zbekistondagi eng qadimiy va nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetiga ham alohida to‘xtaldi.
— Qardosh mamlakatdagi eng qadimiy va nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti buyuk ozar shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy nomi bilan atalishidan faxrlanamiz.
Bu O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlarini mushtarak tarix, adabiyot va ma’naviy qadriyatlar birlashtirib turishini yana bir bor namoyon etadi. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 23-24-avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi. — По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Азербайджанской Республики Ильхам Алиев 23-24 августа посетит нашу страну с государственным визитом. #Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Xitoyda xalqaro yozgi maktab boshlandi ⏩Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Akademik litseyi o‘qituvc
Xitoyda xalqaro yozgi maktab boshlandi ⏩Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilari Xitoyda tashkil etilayotgan xalqaro yozgi maktab dasturida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi. ✅Dasturda ishtirokchilar xalqaro ta’lim tajribasi bilan tanishish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, xorijiy madaniyatni yaqindan o‘rganish hamda turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlari va hamkasblari bilan tajriba almashish imkoniga ega bo‘ladi. ⚡ Bunday xalqaro dasturlar o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish va ta’limdagi yangi yondashuvlarni o‘rganish uchun muhim imkoniyat yaratadi. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

O‘zbekiston–Ozarbayjon ta’lim hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi 👍Bugun Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika
+3
O‘zbekiston–Ozarbayjon ta’lim hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi 👍Bugun Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori Hilola Umarova Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Rashad Mamedov bilan uchrashdi. 🤝 Muloqot davomida universitetning Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari bilan shakllangan aloqalarini yanada rivojlantirish, akademik almashinuvni kengaytirish, qo‘shma ilmiy-ma’rifiy hamda madaniy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. ✅ Tomonlar kelgusidagi tashabbuslarni aniq amaliy mazmun bilan boyitish, qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi ta’lim, ilmiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lida hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 👍Universitetimiz rektori Hilola Umarova hamda “Ef
+2
Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi   👍Universitetimiz rektori Hilola Umarova hamda “Efekta” kompaniyasining tijorat strategiyasi bo‘yicha katta vitse-prezidenti bilan uchrashuv o'tkazildi.   ✅ Muloqot chog‘ida kompaniyaning sun’iy intellekt asosidagi ingliz tilini o‘qitish platformasi katta qiziqish uyg‘otganini ta’kidlanib, ushbu texnologiyani bo‘lajak pedagoglarni tayyorlash jarayonida ham qo‘llash taklifi ilgari surildi.   🤝 Shuningdek, pedagogika oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun "Efekta" texnologiyalaridan foydalanish va sun’iy intellekt asosida til o‘qitish metodikasi bo‘yicha malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, pedagogik ta’lim uchun maxsus raqamli kontent va metodik materiallarni birgalikda ishlab chiqish, sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.   📌 Ma'lumot uchun: “Efekta Education” sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ta’lim yechimlarini ishlab chiquvchi xalqaro ta’lim-texnologik kompaniya bo‘lib, innovatsion o‘qitish platformalarini taklif etadi. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

Repost from Edu.uz
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram