ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

Rahim Sadiy | rahimsadiy.uz

Rahim Sadiy | rahimsadiy.uz

前往频道在 Telegram

rahimsadiy.uz • Naming & Logo-Branding Designer • Samaradorlik va Shaxsiy rivojlanish murabbiysi. Asoschi: 1. RedFox.uz 2. Nomlab.uz 3. @Frilansus (frilansus.com) • • • Shogird tushish: https://rahimsadiy.uz/Rahim+Sadiy/Shogirdlik/Shogirdlik

显示更多
469
订阅者
-124 小时
-37 天
+130 天
帖子存档
5-6 yil rejalaştirib yurgan loyiham: Vikipediyaning texnologik innovatsion davomçisi Manbaa.uz işga tuşdi! Loyihani işga tuşi
+1
5-6 yil rejalaştirib yurgan loyiham: Vikipediyaning texnologik innovatsion davomçisi Manbaa.uz işga tuşdi! Loyihani işga tuşirgan kunni unutmaslik uçun, bugun özim dunyoga kelgan kunni tanladim. Vikipediya 2001-yilda tuğilgan va dunyoni özgartirgan: bilimni bir joyga töpladi. Lekin oradan çorak asr ötdi. Bugun muammo bilimni töplaşda emas — unga işonişda. Kim yozgan? Qayerdan olingan? Qay darajada işoniş mumkin? Erkin hamma tahrirlaydigan sahifa — öz davri uçun buyuk ğoya edi. Bugungi texnologik asr uçun esa u eskirib qoldi. Manbaa — özbek tili va özbek millati uçun yangi avlod Vikipediyasi. Loyiha dunyo yuzini körişida çin dildan hissa qöşgan dasturçilar: Ahrorbek va Boburbekka öz minnatdorçiligimni bildiraman. Haqiqiy erkak oxir-oqibat özidan nimadir qoldirgisi keladi, dunyo ana şunday barpo böldi. Bu kabi tartibga solingan bilimlar bazasini yaratiş bir umrlik orzuyim bölgan, bu yil va bugunga nasib etgan ekan, bugun men uçun tarixiy kun 😊 P.S Loyiha kelajagiga işonç bildira olganlar, komentda loyihaga mos insonlarni belgilab ketişni unutmang... Loyiha bo’yicha har qanday hamkorlikka oçiqman: • Naşriyotlar — «Kitoblar» bölimiga kitoblarni ruxsatli qilib joylaşda yordam bera oladi. • Haqiqiy fikr egalari — öz ğoyasi, fikri yoki manbasini qoldirişi mumkin. • Oddiy foydalanuvçi — SI yordamida bölsa ham, bitta foydali mavzu qöşa oladi. Har bir hissa nomi bilan qoladi. • Davlat va nufuzli taşkilotlar — kömagi loyiha rivojini tezlaştiradi. 👉 manbaa.uz

photo content
+9

Ma'naviy + raqamli tabrik 😁🥳
Ma'naviy + raqamli tabrik 😁🥳

#özbek_alifbosi ⌨️ Yangi alifbo uchun eng optimal klaviatura Rahim Sadiy — xalqaro Gold sertifikat sohibi (10 barmoqda soniya
+1
#özbek_alifbosi ⌨️ Yangi alifbo uchun eng optimal klaviatura Rahim Sadiy — xalqaro Gold sertifikat sohibi (10 barmoqda soniyasiga 8 ta harf), bir qança kitoblar muallifi va redfox.uz branding asosçisi — yangi alifbo uçun öz klaviatura tartibini e’lon qildi. Tartib 253 ming sözlik matn tahliliga asoslangan: • ö → ; (eng köp işlatiladigan yangi harf — asosiy qatorga) • ş → W, ç → C (W va C deyarli işlatilmaydi) • ğ → / (g dan 13 marta kam uçraydi) • ? → Shift + 7, : → Shift + 4 Rahim Sadiy Windows OS'da aynan şu tartib bilan yozadi va rasmiy klaviatura çiqsa ham, öz tartibida qolishini aytdi. ⚠️ Dasturçilarga mos kelmasligi mumkin. 📥 Windows uçun: [Yuklab olish]

Yangi shogirdim haqida iliq fikrlar eshitishni boshladim 😌

qandey shu darajaga yetishi mumkin)
qandey shu darajaga yetishi mumkin)

Sotiladigan narsalarni saytga joylab qo'ydim: https://rahimsadiy.uz/sotuvda/ Qiziqish bildirish 👇 https://t.me/rahimsadiy?di
Sotiladigan narsalarni saytga joylab qo'ydim: https://rahimsadiy.uz/sotuvda/ Qiziqish bildirish 👇 https://t.me/rahimsadiy?direct Yoki komentga yozing 💬

#shogirdlik Management yo'nalishiga shogird olaman Har loyiha xaosdan boshlanadi. Uni tartibga va natijaga aylantiradigan oda
#shogirdlik Management yo'nalishiga shogird olaman Har loyiha xaosdan boshlanadi. Uni tartibga va natijaga aylantiradigan odam — menejer Nimalarni o'rganasiz: • Task, Project va Product Management • BPR va samaradorlik • AI bilan boshqaruv — bugun jamoada faqat odamlar emas, AI agentlar ham ishlaydi Nazariya bilan emas — real loyihalar, real mijozlar va real muddatlar ichida. Shartlar: Toshkent · full-time · bepul. Ariza qoldirish: @guli_bintu_sabot

Connection Successful. Message will be deleted in 10 seconds.

Bu monitor kecha kechqurun 200$ sotildi ✅ Hozir yaxshi narxdagi texnikadan tayyor yig'ilgan PC kompyuter bor. 850$ yozilgan,
Bu monitor kecha kechqurun 200$ sotildi ✅ Hozir yaxshi narxdagi texnikadan tayyor yig'ilgan PC kompyuter bor. 850$ yozilgan, shogirdlarga 800$ ga beraman.

Xuddi shu monitor bor, holati openbox (ideal) Bozirdagi narxi rasmda, men bozordan arzonroq: 200$ ga beraman )) E'lonim: http
Xuddi shu monitor bor, holati openbox (ideal) Bozirdagi narxi rasmda, men bozordan arzonroq: 200$ ga beraman )) E'lonim: https://www.olx.uz/d/obyavlenie/4k-monitor-xiaomi-redmi-27-a27u-ips-4k-uhd-60-hz-ID4uzu0.html

Menda o'zim ishlatgan ba'zi texnikalar sotiladi, holati ideal ba'zilarini garantsiyasi tugamagan 🎁 Shogirdlar uchun chegirma
+3
Menda o'zim ishlatgan ba'zi texnikalar sotiladi, holati ideal ba'zilarini garantsiyasi tugamagan 🎁 Shogirdlar uchun chegirma bor 50% gacha )) Masalan: • 250$ li mexanik keyboard 120$ • 4K OLED monitor 240hz 32 dyum 800$ • Cougar Terminator Kreslo 350$ • ADAM Audio D3V [300$] @rahim_sadiy

#vakansiya PDP EcoSystem'ga grafik dizaynerlik vakansiyasi ochildi, suhbatni katta ehtimol bilan o'zim qilaman 😕 Raqamli dizaynlarda biroz bo'lsa-da tajribasi borlar bo'lsa aloqaga chiqinglar: @aziz_khojimatov Oylik o'rta meyona 6-8 mln

#yozish Tana jismoniy mashq bilan chiniqqanidek, aql yozish bilan sayqallanadi. (Hayot mohiyati kitobidan) Yozishga odatlanganim uchun atrofimdagilar "biz ham fikrlarimizni yozishim kerakmi?" deb so'rab qolishadi, "sog'liq kerak bo'lsa sport bilan mashg'ul bo'ling, tiniqlashgan tafakkur kerak bo'lsa yozishga odatlaning", deb eng qisqas javob bilan yuqoridagi hikmatni aytaman. Bugun yuqoridagi hikmatga biroz sharh va yozish ahamiyati bilan o'rtoqlashaman. Sharh: Jismoniyatda bu superkompensatsiya deb ataladigan tamoyil bilan mushak tola kuchli bosim ostida mikro darajada shikastlanadi, so'ng tana uni avvalgisidan kuchliroq qilib tiklaydi. Ya'ni chiniqish — mashqning o'zida emas, mashqdan keyingi tiklanish jarayonida yuz beradi. Harakatsiz mushak na kuchayadi, na shakl oladi. Aql bilan ham xuddi shunday. Inson miyasida fikr dastlab xira, tartibsiz va bir-biriga chalkashgan holda mavjud bo'ladi — bu holatni gapirish orqali yashirish mumkin, chunki nutq tartib va davomiylikni talab qilmaydi, bir fikr tugamasdan ikkinchisiga o'tsa ham sezilmaydi. Lekin yozish bunga yo'l qo'ymaydi, matn fikrni tekshirishga majbur qiladi. Jumla tugamaguncha keyingisi boshlanmaydi, chunki mantiq uzilsa ko'rinib qoladi. Zotan nutqda imo-ishora, intonatsiya bor, ular xatolarni yopib ketadi, matnda esa mantiq yaqqol namoyon bo'ladi. Shu ma'noda yozish jarayoni xuddi mushakka bosim berish kabi, fikrlashga bosim beradi. Uni tartibga solishga, aniqlashtirishga, o'zi bilan bahslashishga majbur qiladi. Bu — fikrning qayta tiklanishi, ya'ni sayqallanishidir. Miyaning sekinlashish effekti Neyrobiologlarning ta'kidlashicha, inson miyasi soniyasiga minglab signallarni qayta ishlaydi. Ammo qo‘lning yozish tezligi miyaning o‘ylash tezligidan ancha sekin. Biz yozayotgan paytimizda, ongsiz ravishda miyani sekinlashishga, axlat va shovqin (keraksiz o‘ylar)larni filtrlab tashlashga majbur qilamiz. Ya'ni, yozish orqali aql keraksiz chiqindilardan tozalanib, tiniqlashadi. Yozishning ahamiyati Navoiy bobomiz "Hayrat ul-abror" dostonida qalamni tilsiz bo‘lsa-da so‘zlovchi mo‘jiza, aqlning quroli sifatida ta'riflaganlar. Ularning nazdida qalam (yozish) shunday bir asbobki, uning qora ko‘z yoshi (siyoh) to‘kilishidan inson aqlining sof gavharlari (tiniq fikr) yaraladi. Yozish orqaligina botindagi zulmat (xira o‘ylar) yuzaga chiqib, nurga (tiniq idrokka) aylanadi. (Alisher Navoiy, Qalam va aql tasviri) "Mutolaa insonni to'laqonli qiladi, suhbatlashish — hozirjavob qiladi, yozish esa — aniq qiladi." (Frensis Bekon, ingliz mutafakkiri) "Yozish — bu tizimlashtirilgan, qolipga solingan fikrlashdir. O‘z fikrini yozuv orqali aniq ifoda eta olgan inson eng qudratli insonga aylanadi." (Jordan Piterson) @rahimsadiy

Bugungi kunda "inson o'zgarishi uchun shunchaki o'z fikr va hislarini anglab yetishi kifoya, og'riq yoki inqiroz shart emas" degan juda qulay va romantik nazariya urf bo'lyapti ekan. Ehtimol bitta-ikkita istisno topish mumkin. Ammo haqiqiy nazariyalar istisnolar ustiga emas, qonuniyat ustiga quriladi. Shuning uchun nazariyaning to'g'ri versiyasini taqdim qilish ustozlik burchim deb ushbu postni yozdim, chunki haqiqat undan boshqa joyda yashamagan. Haqiqiy o'zgarish – bu aqlning emas, inqirozning mevasidir Psixologiyada "Travmadan keyingi oʻsish" degan fundamental tushuncha bor, lekin "Farovonlikdan keyingi oʻsish" yoʻq. Gʻazzoliy tili tutilib mansabni ham shaharni ham tashlagach "al-Munqiz min ad-dalol" buyuk asarni yozdi. Dostoyevskiy qatl maydonida o'limni ko'rgach, haqiqiy o'zgarishga yuz tutgan. Barcha buyuk tiklanishlar inqirozning tubiga urilish ustiga qurilgan. Xaritani koʻrgan odam yoʻlga chiqmaydi, joyida qolishi chidab boʻlmas darajaga yetgan (og'rigan) odamgina yoʻlga chiqadi. Infarktdan keyin chekishni tashlagan odam qaytmaydi. Motivatsion video koʻrib tashlagan odam ikki haftada yana kashandaga aylanadi. Tarixga, buyuk shaxslarga yoki atrofimizdagi kuchli insonlarga boqing. Ularning hech biri darcha yonida qahva ichib, "bugundan boshlab o'zgaraman" deb buyuklikka erishmagan. Ularning har birining ortida katta yo'qotishlar, kuchli og'riqlar, xiyonatlar, kasalliklar, tushkunlik va yonish yotadi. Olovda toblanmagan temir qattiq qilichga aylanmaganidek, og'riqdan o'tmagan ong ham haqiqiy yetuklikka erishmaydi. Og'riq – bu jazo emas, u sizni uxlayotgan joyingizdan uyg'otish uchun taqdir tomonidan beriladigan yagona samarali budilnikdir. Fojia kutish shart emas — bu rost. Ammo bu oʻzgarish ogʻriqsiz kechadi degani emas. Oʻzgarish har doim bir narsaning oʻlimi bilan boshlanadi: eski odat, qulay yolgʻon, eski "Men"ning o'limi. Oʻlimning esa ogʻriqsiz turi yoʻq.

1Fit (vonfit) olgan do'sting bilan, prosto lyuboy bitta zalga oylik to'lov qilgan do'sting farqi ))
1Fit (vonfit) olgan do'sting bilan, prosto lyuboy bitta zalga oylik to'lov qilgan do'sting farqi ))

Munosabatlar — o'zimiz bergan his-tuyg'ularning aks-sadosidir. Insonni tushunmaydigan kishilar o'zlariga mutanosib munosabat ko'radi. Zotan, empatiyaning javobi empatiya, apatiyaning javobi apatiyadir. (Hayot Mohiyati kitobidan Rahim Sadiy © 3 noyabr 2026 yil 14:50)

Iqtisodiy muammosi bor odamga "sport bilan shug'ullan" deyish, bu xuddi bo'ydoqqa "qachon uylanasan?" deyishga oʻxshaydi.