ch
Feedback
Tamrin

Tamrin

前往频道在 Telegram

Qo'lingni o'rgatishing, yozishni hayoting mazmuniga aylantirishing, tamrin* qilishing kerak... *tamrin — takrorlash orqali ko'niktirish Tamrin Muzakkar! (erkak) Murojaat uchun: @Tamrin_uz_bot

显示更多
未指定国家未指定类别
366
订阅者
无数据24 小时
+37 天
+330 天
帖子存档
Inson ruhini ozuqalantiradigan ilm bilan mashg'ul bo'lmas ekan, Ruhini charchatadigan dardlari bo'ladi. #tarjim🟪

Meni Alloh sevadimi? Bu savol halovatimni olib qo'ydi. Alloh taoloning bandalariga muhabbati sabablari va sifatlarini Qur'oni karim bayon qilgani yodimga tushib qoldi. Shu sabab o'zimni chamalab ko'rib savolimga javob topish uchun xotiramdagi oyatlarni aylantirib ko'rdim: — Taqvodorlarni yaxshi sevishini topdim. Lekin o'zimni ulardan sanashga jur'at qilolmadim. — Sabrlilarni sevishini topdim. Sabrim kamligi yodimga tushdi. — Jiddi-jahd qiluvchilarni sevishini topdim. Lekin o'zimni dangasa va kuchsiz hisobladim. — Yaxshilik qiluvchilarni sevishini topdim. Bu xislatdan qanchalar uzoqligimni o'zim bilaman. Shu yerga kelganda izlanishdan to'xtadim. O'zimda Alloh sevadigan narsa topolmaslikdan qo'rqdim. Va amallarimni ko'zdan kechirdim. Ularning ko'pini zaiflik, nuqson va gunohlarga qorishgan holda ko'rdim. Shunda "Alloh tavba qiluvchilarni sevadi" oyati karimasi yodimga tushib qoldi. Bu oyat men va menga o'xshaganlarga ekanini tushundim va fikrimni oxiriga quyidagicha yetkazib qo'ydim: Allohdan mag'firat so'rayman va Unga tavba qilaman.... Shoyad meni O'zi sevganlari qatoriga qo'shsa... Shayx Ali Tantoviy rohimahulloh

Inson eski kunlarni sog'inadi...

Lug'atingizda "Qizim" degan so'z bo'lsa, demak baxtlisiz...

Alloh nomi bilan boshlayman! ​​Ey Robbim, ko'ksimni keng qil ​Ishimni oson qil. ​Tilimdagi tugunni yech. ​Toki ular mening so'zimni tushunsinlar. ​Qiyinchilik yo'q, faqat Sen oson qilgan narsagina osondir. ​Sen xohlasang, g'amni ham yengil qilasan. ​Ey Robbim, osonlik ber, qiyinchilik berma. ​Men yaxshilikka roziman. ​Robbim, Sendan barcha gunohlarim uchun mag'firat so'rayman. ​Senga tavba qilaman...

Bismillah