ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

۰

۰

前往频道在 Telegram

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْمِ Kanal haqida savolingiz bo'lsa: https://t.me/QuestionUz_Robot?start=4dd928db1aaf41

显示更多
未指定国家未指定类别
538
订阅者
-524 小时
-27 天
+3230 天
帖子存档
۰
538
Sa'id ibn Zayd roziyallohu anhu Islom tarixida hayotlik chog'idayoq jannat bashorati berilgan o'n buyuk sahobadan (Asharai Mubashsharadan) biridir. U kishi Islomning ilk davridayoq mushriklar zulmiga chidab Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sadoqat ko'rsatgan ulug' sahobiy hisoblanadi. To'liq ismlari Sa'id ibn Zayd ibn Amr ibn Nufayl al-Qurashiy. Milodiy 593-yil (hijratdan 25-yil oldin) Makka shahrida tug'ilganlar. Milodiy 671-yil (hijriy 51-yil) Madinada vafot etganlar. Madinadagi Baqi qabristoniga dafn etilganlar. Sa'id ibn Zayd roziyallohu anhu yoshliklaridan butlarga sig'inishdan yiroq bo'lgan xanif (Ibrohim alayhissalom dinida qolgan) oilada voyaga yetganlar. U kishining otalari Zayd ibn Amr butlarga sig'inmaydigan to'g'ri yo'lni izlaydigan odam bo'lgan. Sa'id roziyallohu anhu Islomni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarni Darul-Arqamga yig'ishlaridan avval juda erta yoshda qabul qilganlar. U kishi hazrati Umar roziyallohu anhuning singillari Fotima binti Xattobga uylangan edilar. Hazrati Umar roziyallohu anhuning o'zlari esa Sa'id ibn Zaydning singillari Atikaga uylanganlar. Aynan shu er-xotin Sa'id va Fotima roziyallohu anhumo Umar ibn Xattobning musulmon bo'lishlariga katta sababchi bo'lishgan. Madinaga hijrat qilgandan so'ng Sa'id ibn Zayd musulmonlarning barcha muhim harbiy yurishlarida qahramonlik ko'rsatib ishtirok etdilar. Faqatgina Badr jangida qatnasha olmaganlar. Chunki jang arafasida u kishi Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhu bilan birgalikda Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam tomonidan muhim razvedka vazifasi bilan Shomga yuborilgan edilar Shunga qaramay Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ularni Badr qatnashchilari qatoriga qo'shib g'animatdan ulush ajratib berganlar. Uhud Xandaq kabi barcha yirik janglarda. Shomni fath qilish va Yarmuk jangida dushmanlarga qarshi mislsiz mardliklar ko'rsatganlar. Sa'id ibn Zayd roziyallohu anhu o'ta taqvodor saxiy ibodatga qattiq berilgan va hayoti davomida dunyo ortidan quvmagan zot edilar. Dunyo ishlariga qiziqmagani uchun siyosiy yoki ma'muriy lavozimlarni egallashdan bosh tortganlar. U kishining qilgan duolari darhol ijobat bo'lishi bilan ham mashhur edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir qancha ishonchli hadislarni rivoyat qilganlar. Madina yaqinidagi Aqiq (hozirgi Saudiya Arabistonining Al-Baha hududi) nomli joyda vafot etganlar. U kishining jasadlarini Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu g'usl qildirib Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu bilan birgalikda Madinaga olib kelib dafn qilishgan

۰
538
Sa'd Ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu Islom dinini qabul qilgan dastlabki kishilardan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bashorat qilgan jannatbashar o'n sahobaning biri mohir sarkarda va buyuk sahoba.Hijratdan 23 yil oldin (milodiy taxminan 595-yil) Makkada tug'ilganlar.To'liq ismlari Sa'd ibn Abu Vaqqos Molik ibn Vuhayb ibn Abdumanof al-Qurashiy. U Quraysh qabilasining Banu Zuhra urug'iga mansub bo'lgan. U zotning bobolari Vuhayb Payg'ambarimiz alayhissalomning onalari Omina onamizning amakisi bo'lgan. Shu sababli Sa'd Ibn Vaqqos Rasulullohning onalari tomondan tog'lari hisoblangan.U zot 17 (ba'zi rivoyatlarda 19) yoshlarida Islomni qabul qilgan.Sa'd ibn Abu Vaqqos Islomni qabul qilgan eng birinchi 3 kishidan biri ekanligini faxr bilan ta'kidlagan. U kishi Islom yo'lida ilk bor dushmanning qonini to'kkan va musulmonlar uchun birinchi bo'lib nayza otgan shaxs hisoblanadi. Onasi Hamna qattiq butparast bo'lib Sa'ddan dindan qaytishini talab qiladi va toki qaytmaguncha ovqat yemayman (ochlik e'lon qilaman) deb qasam ichadi. Shunda Sa'd: "Ey ona, agar yuzta joning bo'lsa va ular bittalab chiqib ketsa ham men dinimni tashlamayman!" deb qat'iy iymonini namoyon qilgan. Shu voqeadan so'ng ota-onaga yaxshilik qilish haqidagi Luqmon surasining 15-oyati nozil bo'lgan.Sa'd ibn Abu Vaqqos Madinaga hijrat qilgandan so'ng Badr Uhud Xandaq kabi barcha muhim janglarda qatnashgan.U sahobalar orasida eng kuchli va eng mohir kamonchi bo'lgan. Uhud jangida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: "Ot, ey Sa'd, ot! Ota-onam senga fido bo'lsin!" deb dalda berganlar.Xalifa Hazrati Umar davrida Eronga qarshi yuborilgan musulmon qo'shiniga bosh sarkarda etib tayinlangan. Milodiy 636-yilgi hal qiluvchi Qodisiya jangida Sosoniylar (Eron) imperiyasi ustidan tarixiy g'alabaga erishgan.Iroq va Eron hududlarini fath etgach musulmonlar uchun harbiy va ma'muriy markaz sifatida Kufa shahrini qurishga ko'rsatma bergan va shu yerning noibi bo'lgan.Hazrati Umar roziyallohu anhu vafot etishlaridan oldin keyingi xalifani saylash uchun tayinlagan 6 kishidan iborat Shuro (kengash) a'zolaridan biri bo'lgan.Hijriy 55-yil (milodiy 674-675-yillar) Madinai Munavvarada vafot etgan. U zotning jasadlari Madinadagi mashhur Baqi qabristoniga boshqa sahobalar yoniga dafn qilingan.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ey Alloh, Sa'dning duosini ijobat qil va kamonini to'g'ri qil!" deb duo qilganlar. Shu sababli hayoti davomida kimning haqqiga duo qilsalar ijobat bo'lgan zotlardan edilar

۰
538
Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhu Islom tarixidagi eng buyuk shaxslardan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hayotlik chog'idayoq Jannat bashoratini olgan 10 sahobaning (Asharai mubashshara) biri va ilk musulmonlardandir. U zot "Talhatul-xayr" (Saxiy Talha) deb nom qozongan. Milodiy 595-yil Makka shahrida tug'ilganlar.Quraysh qabilasining Taym urug'iga mansub. To'liq ismlari Talha ibn Ubaydulloh ibn Usmon ibn Amr ibn Ka'b al-Quroyshiy. Qizg'ish oq yuzli o'rta bo'yli keng yelkali va qadam tashlashi tez inson bo'lganlar.Talha roziyallohu anhu boy va obro'li tijoratchi bo'lganlar. U zot yosh bo'lishlariga qaramay Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu da'vatlari bilan Islomni ilk qabul qilgan dastlabki sakkiz kishidan biri edilar. Shu sababli mushriklar tomonidan qattiq tazyiq va qiynoqlarga uchraganlar.U zot nafaqat jasur jangchi balki boy tijoratchi ham bo'lganlar. Topgan daromadlarini doimo muhtojlarga. kambag'allarga va Islom yo'liga sarflaganlar. Shu sababli Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam u zotni "Talhatul-xayr" (Yaxshilik va saxovat egasi Talha) va "Talhatul-javod" (Saxiy Talha) deb ataganlar.Talha roziyallohu anhu Islomdagi barcha yirik janglarda Uhud Xandaq Xaybar va boshqa g'azavotlarda qatnashib mislsiz qahramonliklar ko'rsatganlar.Uhud jangida musulmonlar safi sarosimaga tushib qolgan paytda Talha roziyallohu anhu payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni o'z tanasi bilan to'sib dushman o'qlariga qalqon bo'ldilar. Payg'ambarimizni himoya qilib yuzlaridan va qo'llaridan qattiq yaralandilar hatto qo'llaridan biri shol bo'lib qolgan. Shu kuni u zotning tanalarida 70 dan ortiq qilch va o'q jarohatlari bo'lgan. O'sha kuni Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam:"Yer yuzida yurgan tirik shahidni ko'rishni istagan odam Talha ibn Ubaydullohga qarasin" deb marhamat qilganlar.Talha roziyallohu anhu Abu Bakr Umar va Usmon roziyallohu anhum davrlarida davlat ishlarida ayniqsa maslahat kengashida muhim o'rin tutganlar. Usmon roziyallohu anhu shahid qilinganlaridan keyin musulmonlar orasida adolatni tiklash va fitnalarni bartaraf etish yo'lida harakat qilganlar. Milodiy 656-yil hijriy 36-yil Basra shahri Iroqda vafot etganlar. U zot hijriy 36-yilda sodir bo'lgan "Jamal" (Tuya) voqeasida fitnachi guruhlar tomonidan otilgan adashgan o'qdan halok bo'lganlar. Talha roziyallohu anhu vafot etganlarida 64 yoshda edilar. Hazrat Ali roziyallohu anhu u zotning janoza namozlarini o'qib hurmat bilan dafn etganlar

۰
538
Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu Islom tarixidagi eng buyuk sahobalardan biri jannatiy ekani bashorat qilingan "Asharai mubashara"dan to'g'ridan-to'g'ri. Rasululloh alayhissalomning ammavachchalari va xonadonlariga kuyov bo'lgan zot. Hijratdan taxminan 28 yil oldin (milodiy 594-yil) Makka shahrida tug'ilganlar. Otasi Avvom ibn Xuvaylid. Onasi Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ammalari Safiya bint Abdulmuttalib. Bu jihatdan u zot Payg'ambarimizning jiyanlari hisoblanadilar.Abu Bakr Siddiqning qizlari "Zot an-Nitoqayn" (Ikki belbog' sohibasi) unvoniga sazovor bo'lgan Asmo bint Abu Bakrga uylanganlar. Ulardan tug'ilganda Abdulloh ibn Zubayr Madinada hijratdan so'ng tug'ilgan ilk musulmon chaqaloq bo'lgan. Zubayr ibn Avvom yosh bo'lishlariga qaramay (12 yoshlarida) Abu Bakr roziyallohu anhudan keyin islomni qabul qilgan ilk insonlardan edilar. Quraysh mushriklari ularni qaytarish uchun qattiq qiynoqqa solishgan hatto amosi uni bo'yirga o'rab tutun tutatib azoblagan lekin u zot hech qachon dindan qaytmagan.U zot Alloh yo'lida birinchi bo'lib qilich yalang'ochlagan sahoba hisoblanadilar. Bir kuni Makkada "Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam o'ldirildilar" degan ovoza tarqalganda Zubayr darhol qinidan qilichini sug'urib qotillarni izlab ko'chaga chiqqanlar. Bu shijoat Rasulullohga juda manzur bo'lgan. Zubayr ibn Avvom Islom yo'lidagi barcha janglarda Badr Uhud Xandaq kabi g'azotlarda mislsiz jasorat ko'rsatganlar. U zotning shijoati tufayli Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: "Har payg'ambarning havoriyi (eng yaqin yordamchisi) bo'ladi, menning havoriyim Zubayrdir" deya marhamat qilganlar. Badr jangida farishtalar Zubayr ibn Avvom kiygan salla kabi salla o'rab tushishgan. Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu juda mohir va halol savdogar bo'lib katta boylikka ega edilar. Topgan daromadlarini hech ikkilanmay Alloh yo'lida muhtojlarga va Islom qo'shinini qurollantirishga sarflaganlar. Hijriy 36-yil Jamadiyul avval oyi (milodiy 656-yil) da vafot etganlar. Hazrati Usmon roziyallohu anhu shahid etilganlaridan so'ng musulmonlar o'rtasida kelib chiqqan fitnalar davrida u zot Oysha onamiz va Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhu bilan birga chiqishgan. Jamal (Tuya) jangi oldidan hazrati Ali roziyallohu anhu bilan suhbatlashib vaziyatni tushunib yetganlar va jangga kirmasdan ortga qaytayotganlarida Ibn Jurmuz ismli shaxs tomonidan orqadan xiyonatkorona qatl etilganlar. Qotil Ibn Jurmuz mukofot umidida Zubayr roziyallohu anhuning boshini hazrati Alining oldiga olib borganida Ali roziyallohu anhu yig'lab yuborganlar va Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning: "Zubayrni o'ldiruvchiga do'zax (o't) xushxabarini bering" degan hadislarini aytib qotilni quvib yuborganlar. Sahobaning jasadlari Basra shahridagi Vodius-Siba deb nomlangan joyga dafn etilgan. U zot hayoti davomida yetmishdan ortiq qilich va nayza yaralarini olgan buyuk shahid va qahramon edilar

۰
538
Islom tarixining ulug' sahobasi Jannat bashorati berilgan o'n buyuk zotdan biri Abu Ubayda ibn Jarroh roziyallohu anhu. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tomonidan "Ummatning omonatdor kishisi" (Amin ul-ummat) deya ulug'langan. 583–584 yillarda Makkada Quraysh qabilasining Bani Fihr urug'ida dunyoga kelgan. Nasablari oltinchi bobokalonlari-Fihr ibn Molikda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning nasablari bilan birlashad. U zot uzun bo'yli ozg'in yonoqlari chiqqan ochiq yuzli va siyrak soqolli kishi bo'lganlar. Abu Ubayda roziyallohu anhu Islomning ilk kunlaridayoq Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning da'vatlari bilan iymonga kelgan. Musulmonlarga nisbatan zulm kuchaygan vaqtda Habashistonga hijrat qilganlar. Keyinchalik Madinaga ko'chib o'tib Islom davlatini barpo etishda jonbozlik ko'rsatgan. Badr jangida musulmonlarning safida turib o'zining mushrik otasi Abdulloh ibn Jarrohga qarshi kurashishga majbur bo'lgan. Otasi Islomga va Payg'ambarga dushmanlik qilgani sababli Abu Ubayda roziyallohu anhu uni o'ldirishga uringan va oxiri qatl qilgan. Bu sadoqat Qur'oni Karimdagi Mujodala surasining 22-oyati nozil bo'lishiga sabab bo'lgan. Uhud jangida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning muborak yuzlariga dubulg'aning temir halqalari kirib qolganida Abu Ubayda ularni tishlari bilan sug'urib olgan va shu sababli old tishlari tushib ketgan.Sahobalar ichida eng muloyim va hayoli ayni paytda harbiy ishga juda mohir sarkarda bo'lganlar. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu xalifaliklari davrida Shom (Suriya) diyorini fath etish uchun yuborilgan qo'shinlarga boshliq etib tayinlangan. U zot o'zining odilligi halimligi va g'ayrioddiy shafqatliligi bilan qator hududlarni urushsiz sulh yo'li bilan fath etgan. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu xalifalik davrlarida ham Shom noibi sifatida musulmonlarga adolat bilan rahbarlik qilgan. Abu Ubayda ibn Jarroh roziyallohu anhu 638–639 yillarda Shom diyorida tarqalgan "Amvos" nomli vabo kasalligiga chalingan. U zot 55 yoshlarida shu kasallik tufayli vafot etganlar. Qablari Iordaniya hududida Shariat daryosining sharqiy qismida (Iordaniya vodiysida) joylashgan.Temuriylar hukmdori Sohibqiron Amir Temur 1401 yili Shom safarida bo'lganida buyuk sahobaning xokini (tuprog'idan) olib kelib Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida maqbara (Xo'ja Jarroh yodgorligi) qurdirganlar

۰
538
Abdurahmon ibn Avf Islom tarixidagi eng buyuk sahobalardan biri "Asharai Mubashshara" (jannat xushxabari berilgan 10 sahoba)dan biri va ilk islom qabul qilgan sakkiz kishidan biri hisoblanadi. U islom yo'lida mislsiz moliyaviy qurbonliklar qilgan saxiy tojir va adolatli inson bo'lgan. Hijratdan taxminan 43-yil oldin milodiy 579-580-yillarda (Fil yilidan 10 yil o'tib) Makkada tug'ilgan. Uning asl ismi tug'ilganida Abduamr yoki ba'zi rivoyatlarga ko'ra Abdul Ka'ba bo'lgan. Islomning ilk kunlarida hali Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Arqamning uyiga kirmaslaridan avval Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu da'vati bilan musulmon bo'ldi. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam uning ismini "Abdurahmon" (Rahmonning quli) deb o'zgartirdilar. Abdurahmon ibn Avf o'ta mohir va halol savdogar bo'lgan. U Madinaga hech narsasiz hijrat qilgan bo'lsa-da halolligi va tadbirkorligi tufayli juda katta boylikka erishgan. U Madinaga 700 ta tuyadan iborat karvonlar bilan kirib kelgan va karvondagi barcha yuklarni Alloh yo'lida kambag'allarga tarqatib yuborgan. Bir kunning o'zida 30 nafar qulni ozod qilgan. Hayotlik chog'ida musulmon qo'shinlarini qurollantirish qashshoqlar va mo'minlarning onalarini (Payg'ambarimizning zavjalarini) doimiy ravishda moddiy ta'minlab turgan. Shuncha boyligiga qaramay o'zining oddiy qullaridan farq qilmaydigan darajada kamtarin hayot kechirgan kibr va faxrdan yiroq bo'lgan. Barcha yirik janglarda jumladan Badr Uhud va Xandaq g'azotlarida qatnashgan. Uhud jangida dushman hujumiga qarshi mardonavor turib tanasida yigirmadan ortiq jarohat olgan va bir oyog'i cho'loq bo'lib qolgan.Hijriy 6-yil (milodiy 627-yil)da Dumat ul-Jandal yurishiga qo'mondon etib tayinlangan va bu harbiy safar muvaffaqiyatli yakunlangan. Hazrati Umar roziyallohu anhu vafot etishlaridan oldin musulmonlar boshlig'ini saylash uchun tuzilgan 6 kishilik sho'ro (kengash) a'zosi etib Abdurahmon ibn Avfni tayinladilar. Abdurahmon Ibn Avf roziyallohu anhu o'zining nomzodini qo'ymadi balki xalifalik ishlarini adolatli hal qilishda hakamlik qildi. Uning yakuniy qarori bilan hazrati Usmon roziyallohu anhu xalifa etib saylandi. Hijriy 32-yilda (milodiy 654-yilda) Madina shahrida vafot etdi. Taxminan 75 yoshlarida hayotdan ko'z yumdi. Vafot etishidan oldin juda ko'p qullarni ozod qildi. Eng mashhur vasiyatlaridan biri-Badr jangida qatnashib tirik qolgan har bir sahobaga 400 tadan dinor oltin berishni tayinlagani bo'ldi. Oisha onamiz unga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Abu Bakr roziyallohu anhularning yonlariga dafn qilinishini taklif qildilar. Ammo Abdurahmon ibn Avf o'zining avvalgi va'dasiga ko'ra Usmon ibn Maz'un roziyallohu anhu qabristoni yoniga dafn qilinishini vasiyat qilganlar va shu yerga qo'yilgan

۰
538
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu Islom tarixidagi to'g'ri yo'ldan boruvchi Roshid xalifalarning uchinchisi Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ikki qizlariga uylangani uchun "Zunnurayn" (Ikki nur sohibi) unvoniga sazovor boʻlgan buyuk sahobiy va jannat bashorati berilgan 10 kishidan biridir. Milodiy taxminan 574–575-yillarda (Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam tug'ilishlaridan olti yil o'tib) Makka shahrida tug'ilganlar. Quraysh qabilasining taniqli Umaviylar urug'idan bo'lib otasi Affon ibn Abul Os o'z davrining boy savdogarlaridan bo'lgan. Onasi Erva bint Kureyz esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakivachchalari hisoblangan.Usmon roziyallohu anhu Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu da'vatlari bilan ilk musulmon bo'lgan saodatli insonlardan hisoblanadilar. U zot ikki buyuk xislat hayo va saxovat bilan nom chiqarganlar. Hatto farishtalar ham u kishining hayosidan andisha qilishgani rivoyat qilinadi.Islomning ilk davrlarida musulmonlar qiynalganlarida Makkadagi "Ruma" qudug'ini sotib olib musulmonlarga tekin qilib berganlar. Tabuk g'azotida (milodiy 630-yil) qo'shinning uchdan bir qismini o'z hisoblaridan qurollantirganlar va eng katta xayriya ishlarining peshqadami bolganlar. Islomdan avval ham savodli bo'lib Makkada yozishni bilgan 22 kishidan biri edilar.Hazrati Umar roziyallohu anhu vafotlaridan so'ng olti kishidan iborat sho'ro (maslahat kengashi) qarori bilan milodiy 644-yilda (hijriy 23-yil) xalifa etib saylandilar. Usmon roziyallohu anhu davrlarining eng buyuk xizmatlaridan biri Qur'oni Karim oyatlarini yagona kitob (Mushaf) holiga keltirib nusxalarini Islom o'lkalariga tarqatishlari bo'lgan. U zot davrlarida Islom davlati chegaralari kengaydi. Afrika qirg'oqlari va Kiprgacha bo'lgan hududlar fath qilindi dengiz floti yo'lga qo'yildi hamda Madina masjidi kengaytirildi.Xalifaliklarining oxirgi yillarida tashqi dushmanlar va munofiqlar tomonidan fitnalar uyushtirildi. Madinada isyonchilar u kishining uylarini qamal qilishdi. Qur'on o'qib o'tirgan chog'larida hijriy 35-yil (milodiy 656-yil 17-iyun) kuni ro'zador holatda fitnachilar tomonidan qatl qilindilar. Madinadagi mashhur "Baqi'" qabristoniga dafn etilganlar. U zot qariyb 12 yil xalifalik qilib 80 yoshdan oshganlarida shahid bo'lganlar

۰
538
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu islom tarixidagi eng buyuk shaxslardan biri Xulafoi Roshidinlarning ikkinchi xalifasi va Jannat bashorati berilgan o'nta sahobaning biri. U zot adolati va qat'iyati bilan "Al-Foruq" (haq bilan botilni ajratuvchi) deb nomlangan. Milodiy 583–584-yillar atrofida (Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) tug'ilishlaridan 13 yil keyin) Makka shahrida tug'ilganlar.Payg'ambarlikning 6-yilida 33 yoshlarida musulmon bo'lishgan. U zotning islomni qabul qilishlari musulmonlarga katta kuch va jasorat bag'ishlagan. Milodiy 634-yildan 644-yilgacha xalifalik qilganlar. U zotning davrida Islom davlati hududlari juda kengayib Misr Shom (Suriya) Fors va Iroq kabi davlatlar fath etilgan. Hijriy taqvim (hijrat yili hisobi) ham aynan hazrat Umar davrida joriy qilingan. Milodiy 644-yil 6-noyabrda (hijriy 23-yil, zulhijja oyining 26-kunida) Madinai Munavvarada vafot etganlar. Bomdod namozini o'qiyotganlarida Abu Lu'lu ismli xanjar bilan suiqasd qilib og'ir jarohatlagan. Shundan so'ng uch kun o'tib 63 yoshlarida shahid bo'lganlar. Madinada Masjid an-Nabaviyda Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam va birinchi xalifa Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu yonlariga dafn etilganlar

۰
538
Shu'ayb alayhissalom Qur'oni Karimda nomi zikr etilgan arab payg'ambarlaridan biri. Madyan va Ayka xalqiga yuborilgan bo'lib ularni to'g'ri yo'lga halol savdoga va tavhidga chaqirgan. Qavmlari itoatsizlik qilgani uchun osmondan kelgan olovli jazoda halok bo'lgan. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)dek fasohatli bo'lganlari uchun "Payg'ambarlar xatibi" deb nomlanganlar. Islom tarixida Shu'ayb alayhissalomning aniq tug'ilgan yili va joyi haqida ishonchli va aniq sana yoki ma'lumotlar mavjud emas. U kishi Yusuf alayhissalomdan keyin Muso alayhissalomdan esa avvalgi davrda yashab o'tganlar. Nasablari Ibrohim alayhissalomning o'g'illari Madyanga borib taqaladi. Madyan aholisi asosan savdo-sotiq bilan shug'ullangan. Ular tarozidan urib qolish va odamlarning haqqini yeyishga odatlangan edilar. Shu'ayb alayhissalom ularni o'lchov va tarozini to'g'ri tutishga buzg'unchilik qilmasdan Allohga ibodat qilishga da'vat etganlar. Qavm bu da'vatni qabul qilmadi. Shundan so'ng qattiq jazirama issiq yuborilib ortidan qora bulut ostiga to'planishganida osmondan olov yog'ilib hammasi yo'q qilingan.Payg'ambar qavmlari halok bo'lgach u zot mo'minlar bilan birga omon qolganlar va ma'lum muddat yashab so'ng vafot etganlar. Vafot etgan yillari haqida ham aniq manbalarda sana keltirilmagan.Diniy manbalarda Shu'ayb alayhissalom umrlarining oxirigacha mo'minlar bilan birga yashab Falastin hududiga dafn qilinganlari aytiladi. Ba'zi rivoyatlarda esa qabrlari Iordaniya yoki Suriya hududida degan ma'lumotlar ham uchraydi

۰
538
Yaqub alayhissalom Ibrohim alayhissalomning nabirasi Is'hoq alayhissalomning o'g'li va Yusuf alayhissalomning otalaridir. U zot Qur'oni Karimda zikr qilingan ulug' payg'ambarlardan biri bo'lib Isroil (Allohning quli) nomi bilan ham mashhurdirlar.Tavalludi va hayotiTarixiy va diniy manbalarga ko'ra Yaqub alayhissalom miloddan avvalgi 1791-yilda tug'ilganlar. U zotning yoshliklari otalari Is'hoq alayhissalom qo'lida o'tgan bo'lib ulug' ajdodlari kabi Allohning birligiga va faqat Unga ibodat qilishga daʼvat qilganlar. Yaqub alayhissalom taqvodorligi o'ta sabrliligi va iymon-e'tiqodi bilan boshqalardan ajralib turganlar.U zot ikki xotin (Liyah va Rohila) hamda ikki choʻridan jami 12 o'g'il ko'rganlar. Bu farzandlar keyinchalik Isroil qabilalarining (asbot) asoschilari boʻlishgan.Yusuf qissasi va sinovlarYaqub alayhissalomning hayoti farzandlari xususan Yusuf alayhissalom bilan bog'liq buyuk qissalar bilan bog'liq. O'g'illari Yusufni rashk qilgan aka-ukalari uni quduqqa tashlab otalariga yolg'on yashirganlar.Farzand dog'ida xususan sevimli o'g'li Yusufning ayriligida Yaqub alayhissalomning ko'zlari yig'layverishdan oq tushib ojiz bo'lib qolgan. Shunga qaramay u zot bir soniya ham Allohning rahmatidan noumid bo'lmaganlar va sabrni mahkam tutganlar. Yillar o'tib Misrda vazir bo'lib yetishgan Yusuf alayhissalom o'zining koʻylagini otasining yuziga surishni buyuradi va otalarining ko'zlari yana ravshan bo'ladi.Vafoti va dafn etilishlariKo'zlari ochilib oilasi jamlangandan so'ng Yaqub alayhissalom barcha oila aʼzolari bilan Misrga koʻchib oʻtadilar. U zot Yusuf alayhissalom hukmronlik qilayotgan Misrda 17 yil yashaganlar.Diniy manbalarga koʻra Ya'qub alayhissalom miloddan avvalgi 1644-yilda 147 yoshlarida vafot etganlar. Vafot etishlaridan avval o'g'illari Yusufga o'zlarini otasi Is'hoq va bobosi Ibrohim alayhissalomlarning yonlariga dafn qilishni vasiyat qilganlar. Ushbu vasiyatga binoan u zotning muborak jasadlar Falastinning Xalil shahridagi Makfila g'origa dafn etilgan.

۰
538
Zulkifl (Zul-Kifl) alayhissalom Qur'oni Karimda nomi zikr etilgan 25 payg'ambardan biri boʻlib asl ismlari Bishr boʻlgan. Qadimgi tarixiy manbalarda ularning aniq tug'ilgan va vafot etgan yillari haqida aniq sanalar ko'rsatilmagan biroq ular qadimda Shom (hozirgi Yaqin Sharq) hududida yashab o'tganlar. Zulkifl alayhissalom Ayyub alayhissalomning o'g'lidirlar. Bu nom ularga qavmlariga qilgan sadoqatlari va bergan va'dalari sharafiga berilgan. Rivoyatlarga ko'ra oʻsha davrda bir qavm Islom dinini qabul qilib ularga ergashgan. Ular Zulkifl alayhissalomdan: "Bizni shunday ibodatlar bilan ta'minlangki ularni bajarsak to o'zimiz xohlamagunimizcha o'lmaylik va bu ishlarga siz kafil bo'ling "deb iltimos qilishgan. Zulkifl alayhissalom Allohning amri bilan ularning bu talabiga kafil bo'lganlar (arab tilida "kafolat beruvchi" degan maʼnoni bildiradi). Shu sababli u zot "Zulkifl" deb nomlanganlar. Qur'oni Karimda u zotning hayotlari va sabrlari haqida qisqacha ma'lumotlar kelgan bo'lib Anbiyo hamda Soad suralarida u kishi sabrli solih va yaxshilardan bo'lgan inson sifatida ulug'lanadi. Tarixchilar va islom ulamolari qadim payg'ambarlarning aniq tug'ilgan va vafot etgan yillarini belgilashda maʼlumotlar cheklanganligini ta'kidlashadi. Ular miloddan avvalgi davrlarda yashab o'tganlar va uzoq umr ko'rib o'z qavmlarini hidoyatga chaqirganlar. Tarixiy manbalarga ko'ra Zulkifl alayhissalomning qabri qayerdaligi borasida turli qarashlar mavjud bo'lib ulardan biri Iroq hududida (al-Xilla yaqinida) joylashgan. Yana bir mashhur tarixiy manba milodiy XVII asr faylasufi Mahmud ibn Valiyning "Baxrul axror" asarida u zotning Termiz shahriga yaqin hududda dafn etilganlari aytib o'tiladi. Amudaryo yaqinida joylashgan Zulkifl maqbarasi me'moriy yodgorlik hisoblanib u yer ko'plab musulmonlar uchun muqaddas ziyoratgoh hisoblanadi

۰
538
Is’hoq alayhissalom Qur'oni karimda nomi zikr etilgan buyuk payg'ambarlardan biri bo'lib Ibrohim alayhissalomning muborak ayollari Soradan ko'rgan ikkinchi o'g'lidirlar. Miloddan avvalgi 1896-yil Falastin hududida tug'ilganlar. Hayotlarini Islom dinini targ'ib qilishga bag'ishlab 180 yoshlarida vafot etganlar. Is’hoq alayhissalomning tug'ilishlari Alloh taoloning ulkan mo''jizasi hisoblanadi. Otalari Ibrohim alayhissalom 99 yoshda onalari Sora esa 90 yoshda va farzand ko'rmaydigan bo'lishlariga qaramay farishtalar ularga o'g'il farzand ko'rishlari haqida xushxabar berganlar. Shuning uchun ham u zotning ismlari "Ishaq" (ibroniycha Yisxaq) bo'lib "kulgi" yoki "quvonch" ma'nosini bildiradi bu ota-onaning cheksiz xursandchiligiga ishoradir. Ismoil alayhissalom u zotning katta akalari bo'lgan. Ibrohim va Ismoil alayhissalomlar qanday qilib Allohning dinini tarqatishgan bo'lsa Is’hoq alayhissalom ham shu ezgu ma'naviy merosni davom ettirganlar. U zot 40 yoshga to'lganlarida Rifqa (Rebekka) ismli qizga uylanganlar. Allohning marhamati bilan ularga Eg'is (Al-Ays) va Ya'qub ismli egizak o'g'il farzandlar berilgan. Bani Isroil qavmining barcha payg'ambarlari aynan Is’hoq alayhissalomning kenja o'g'illari Ya'qub alayhissalom nasabidan tarqalgan. Hayotini toat-ibodat va Allohni zikr qilish bilan o'tkazgan Is’hoq alayhissalom 180 yoshlarida Falastin yerida vafot etganlar. U zotning qabrlari Falastinning Xalil (Hebron) shahrida joylashgan bo'lib o'g'illari Ya'qub va Eg'is tomonidan otalari Ibrohim alayhissalom va onalari Sora onamiz yotgan Makfila g'origa dafn qilinganlar

۰
538
Alyasa (Elisha) alayhissalom Qur'oni Karimda zikri kelgan 25 ta buyuk payg'ambardan biridir. Bani Isroil qabilasiga yuborilgan bo'lib hazrati Ilyos (Elijah) alayhissalomning shogirdi va ma'naviy vorisi hisoblanadilar. Tarixchi va Islom ulamolari ma'lumotlariga ko'ra (jumladan Ibn Asakir va Ibn Kasir rivoyatlari) u zotning nasablari Ibrohim alayhissalomga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda Alyasa alayhissalom miloddan avvalgi taxminan 910-yillarda qadimgi Isroil hududidagi Falastin shahrida (hozirgi Iordaniya va Isroil mintaqasi) tavallud topganlar. U zot yoshlik chog'larida dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanishgan. zot Ilyos alayhissalomning eng sodiq shogirdi bo'lib ustozlari bilan birga zolim podshohlarga va butlarga sig'inuvchi qavmlarga qarshi kurashganlar. Ilyos alayhissalom osmonga ko'tarilganlaridan so'ng Alyasa alayhissalom Bani Isroilga payg'ambar etib tayinlanganlar va ustozlarining yo'lini davom ettirganlar. Allohning izni bilan u zot qurg'oqchilikni bartaraf etganlar kasallarga shifo berganlar va qashshoq odamlarning rizqini barokatli qilganlar. Shuningdek Yerixon (Jericho) shahridagi zaharli suvni tuz tashlab shirin qilganlari rivoyatlarda keladi. Alyasa alayhissalom uzoq vaqt qavmiga hidoyat yo'lini ko'rsatib umrlarining oxirida o'zlarining vorisi etib Zul-Kifl (Hizqil) alayhissalomni tayinlaganlar. U zot miloddan avvalgi taxminan 800-yil atrofida hozirgi Falastin yoki Iordaniya hududida vafot etganlar. Tarixiy manbalarga ko'ra u zotning qabrlari Isroilning Samariya (Sebastiya) shahrida joylashgan. Shu bilan birga Iordaniyadagi Ajlun shahri yaqinida ham Alyasa alayhissalom nomi bilan bog'liq ziyoratgoh mavjud

۰
538
Ismoil alayhissalom Qur'oni karimda nomi zikr etilgan buyuk payg'ambarlardan biri Ibrohim alayhissalomning to'ng'ich o'g'li. Islom tarixida "Aravlar otasi" va "Zabihulloh" (Alloh yo'liga qurbon qilingan) unvonlari bilan sharaflanganlar. U zotning hayotlari va qurbonlik voqeasi barcha musulmonlar uchun katta ibrat hisoblanadi. Ibrohim alayhissalomning birinchi xotinlari Sora onamizdan farzand bo'lmagani uchun, u kishi Hojar ismli cho'risini Ibrohimga nikohlab beradilar. Allohning irodasi bilan Ismoil alayhissalom dunyoga keladilar. Sora onamizda paydo bo'lgan qisqa rashk sababli Ibrohim alayhissalom Allohning amri bilan Hojar onamiz va emizikli go'dak Ismoilni hozirgi Makka (Bakka) vodiysiga olib borib tashlab qaytadilar. Hech qanday odam va suv bo'lmagan bu issiq sahroda Hojar onamiz suv topish uchun Safo va Marva tepaliklari orasida yetti marta yuguradilar. O'sha paytda go'dak Ismoilning oyoqlari ostidan Alloh taolo tomonidan otilib chiqqan suv Zamzam bulog'i deb nomlanadi. Ibrohim alayhissalom tushlarida o'g'li Ismoilni Alloh yo'liga qurbon qilayotganlarini ko'radilar. Payg'ambarlarning tushi vahiy hisoblanadi. Ota bu haqda o'g'liga aytganida Ismoil alayhissalom juda katta sabr va itoat bilan: "Otajon, o'zingizga buyurilgan ishni qiling meni sabr qiluvchilardan topursiz" deb javob beradilar. Ota-bola Allohning amrini bajarishga kirishganlarida Alloh taolo ularning bu buyuk sadoqatidan rozi bo'lib Ismoil alayhissalomning o'rniga osmondan katta bir qo'chqor tushiradi va uni qurbon qilishga buyuradi. Bu voqea tufayli har yilgi Qurbon hayiti bayrami nishonlanadi. Ismoil alayhissalom shu sahroda voyaga yetib mahalliy Jurhum qabilasidan bo'lgan qizga uylanadilar va ulardan arab tilini o'rganadilar. Keyinchalik Ibrohim alayhissalom Makkaga kelib o'g'li Ismoil bilan birgalikda Ka'ba (Baytulloh) poydevorini tiklaydilar. Qur'oni karimda Ismoil alayhissalom o'z ahli (oilasi)ni namoz o'qishga va zakot berishga doimo buyurganlari zikr qilingan. U zot sabrli va'dasiga vafo qiladigan va ota-onasiga itoatli inson sifatida maqtanganlar. Arab nasabshunoslari va tarixchilariga ko'ra shimoliy arab qabilalarining (Adnoniylar) hammasi Ismoil alayhissalomning zurriyodidan tarqalgan. Eng oxirgi payg'ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham bevosita Ismoil alayhissalomning avlodlaridan hisoblanadilar. Ismoil alayhissalom 137 yil umr ko'rganlar. Vafot etganlaridan so'ng Makkada onalari Hojarning yonlariga dafn etilganlar

۰
538
Hud alayhissalom Qur'oni Karimda nomi zikr qilingan adashish va xatolardan xoli bo‘lgan ulug' payg'ambarlardan biridir. U zot Nuh alayhissalom qavmi halokatidan so'ng iymonsizlik va kibrga botgan Od qavmini hidoyatga chaqirish uchun yuborilgan. Hud alayhissalomning to‘liq ismlari Hud ibn Abdulloh ibn Raboh ibn Halud ibn Od bo'lib nasablari Nuh alayhissalomning o'g'li Somga borib taqaladi. U zot qavmlari orasida eng pokiza va olijanob inson bo'lganlar. Hud alayhissalomning tug'ilgan yillari va joyi haqida aniq tarixiy yil mavjud bo'lmasa-da islom tarixchilarining ma'lumotlariga ko'ra u zot hozirgi Iroq hududida tug'ilib keyinchalik Yaman va Ummon oralig'idagi Ahqof mintaqasiga (Od qavmi yashagan joyga) Payg'ambar etib yuborilganlar. Bu qavm vakillari juda baquvvat baland bo'yli tog'larni o'yib qasrlar va ulkan binolar quradigan qudratli odamlar bo'lishgan. Ular kuchiga mag'rur bo'lib Allohni unutgan va but-sanamlarga sig'inishgan. Hud alayhissalom ularni yolg'iz Allohga ibodat qilishga va gunohlardan qaytishga chaqirdilar. Biroq qavm u zotni haqorat qilib yolg'onchiga chiqardi. Qavm iymonga kelmagach Alloh taolo ularga uch yil davomida qurg'oqchilik va yomg'irsizlik azobini yubordi. Shunda ham tavba qilmaganlaridan so'ng dahshatli va quturgan qora bo'ron yuborildi. Bu bo'ron yetti kecha-yu sakkiz kunduz davom etib osiylarni xurmo daraxtining qulagan tanasidek yer bilan yakson qildi. Bo'ron va halokatdan faqatgina Hud alayhissalom va u zotga iymon keltirgan mo'minlargina omon qolishgan. Alloh taolo Od qavmini halok qilgandan so'ng Hud alayhissalom o‘zlariga ergashgan qavm bilan birga Hazaramavt (Yaman) hududida yashadilar. Hud alayhissalom to'rt yuz oltmish (460) yoshlarida vafot etdilar. U zotning muborak jasadlari Yamandagi Hazaramavt viloyatida joylashgan Tiriym (Tarim) shahri yaqiniga dafn etilgan

۰
538
Ibrohim alayhissalom barcha samoviy dinlar Islom Yahudiylik va Xristianlik e'tirof etadigan buyuk payg'ambar va insoniyat otasi. Miloddan avvalgi taxminan 2000-yillarda Bobil yaqinidagi Ur shahrida tavallud topib 175 yoshlarida vafot etganlar va Falastinning Al-Xalil (Hevron) shahrida dafn etilganlar. Ibrohim alayhissalom Bobil podshosi Namrud davrida butparastlar oilasida dunyoga kelganlar. Otasi Ozar but yasash va sotish bilan shug'ullangan. Ibrohim alayhissalom yoshliklaridan boshlab atrof-muhitni kuzatib yulduz oy va quyoshga sig'inish xato ekanini koinotni yaratgan yagona Yaratuvchi (Alloh) borligini anglab yetdilar. U kishi o'z qavmini butlarga emas Yagona Allohga ibodat qilishga chaqirdilar.Bir kuni qavm bayramga ketganidan foydalanib Ibrohim alayhissalom ibodatxonadagi barcha butlarni sindirib tashladilar va eng kattasining bo'yniga bolta osib qo'ydilar. Qaytgan qavm bu ishni kim qilganini surishtirganda Ibrohim alayhissalom : "Buni mana bu katta but qildi agar gapira olsa o'zidan so'ranglar" deya ularning butlari ojizligini fosh qildilar.G'azablangan Namrud va qavm shahar chetida ulkan gulxan yoqib Ibrohim alayhissalomni olovga uloqtirdilar. Ammo Alloh taoloning amri bilan olov salqin va zararsiz holga keltirilib payg'ambarimiz olovdan omon qoldilar. Qavmining o'jarligi va iymonga kelmasligiga guvoh bo'lgach Ibrohim alayhissalom o'z yurtlarini tashlab Iroqdan Shom (Suriya va Falastin) hududlariga hijrat qildilar. Keyinchalik Misrga borib u yerdan Hojar onamiz bilan birga qaytdilar. Ibrohim alayhissalom uzoq vaqt farzandsiz bo'lganlar. Sora onamiz bepusht bo'lgani uchun Hojar onamizga uylandilar va undan Ismoil alayhissalom dunyoga keldilar. Keyinchalik esa Allohning mo'jizasi bilan Sora onamizdan Ishoq alayhissalom tug'ildilar. Ibrohim alayhissalom "Abul-anbiyo" (Payg'ambarlar otasi) deb nomlanadilar. Allohning amri bilan Ibrohim alayhissalom o'g'illari Ismoil alayhissalomni va Hojar onamizni Makkadagi suvsiz cho'l sahroga olib borib tashladilar. Keyinchalik o'g'li Ismoil bilan birgalikda Makkada Ka'batullohning poydevorini ko'tardilar. Alloh taolo ularga Hajj ibodatining qoidalarini o'rgatdi va shu tariqa Ibrohim alayhissalom butun insoniyatni Hajga chorladilar. Ibrohim alayhissalom ko'plab og'ir sinovlardan o'tganlar ularning eng kattasi tushlarida o'g'li Ismoilni qurbon qilayotganlarini ko'rishlari bo'lgan. Bu ilohiy buyruqqa itoat qilib o'g'lini qurbonlikka hozirlaganlarida Alloh taolo o'g'illarining o'rniga osmondan qo'chqor tushirib, bu ishni ulkan ibodatga aylantirgan. Bu voqea har yili Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) sifatida nishonlanadi. Ibrohim alayhissalom hayotlarining oxirigacha insoniyatni tavhidga (Yagona Allohga iymonga) chaqirib yashadilar. U kishi 175 yoshlarida Falastindagi Al-Xalil (Hevron) shahrida vafot etdilar va o'zlari yashagan joyda dafn etildilar. Hozirgi kunda bu hudud "Ibrohim Haram masjidi" deb ataladi

۰
538
Alloh taolo loydan yaratgan va O'z ruhidan jon ato etgan ilk inson va payg'ambar Odam alayhissalomdir. U kishi jannatda tug'ilgan Yer yuziga tushirilgan 950–1000 yil umr ko‘rgan va muqaddas manbalarga ko'ra qarib vafot etgach tuproqqa dafn qilingan. Alloh taolo Odam alayhissalomni yerdagi xalifa qilib yaratishini farishtalarga bildirgan. U zot turli xil tuproqlardan (qora, qizil, oq) olingan loydan bunyod etilib unga jon kiritilgan. Alloh Odam alayhissalomga barcha narsalarning nomini o‘rgatgan va farishtalarga u kishining ilmi va fazilatini namoyish qilgan. Alloh farishtalarga Odamga sajda qilishni buyurgan. Barcha farishtalar itoat qilgan ammo jinlardan bo'lgan Iblis kibrlanib sajda qilishdan bosh tortgan. Shu sababli Iblis jannatdan haydalgan. Odam alayhissalom va Momo Havvoga jannatdagi istalgan ne'matdan eyish mumkinligi faqat bitta man qilingan daraxtga yaqinlashmaslik buyurilgan. Biroq shayton vasvasasi bilan ular bu mevadan totib ko'rishgan. Shundan so'ng Alloh taolo ularni jazolab Yer yuziga tushirgan. Rivoyatlarga ko'ra ular Yer yuzining turli nuqtalariga tushishgan. Jumladan Odam alayhissalom Hindiston (yoki Sarandib/Shri-Lanka)Momo Havvo esa Jidda hududiga tushirilgan. Ular uzoq vaqt tavba qilganlaridan so'ng Makkadagi Arafat tog'i yaqinida (Muzdalifada) topishib uchrashishgan. Ular qilgan xatolaridan pushaymon bo‘lib, sidqidildan tavba qilishgan va Alloh taolo ularning tavbalarini qabul etgan. Odam alayhissalom nafaqat birinchi inson balki birinchi payg'ambar ham bo'lgan. U kishiga ilohiy ko'rsatmalar dehqonchilik qilish temirchilik va hayvonlarni xonakilashtirish kabi amaliy bilimlar o'rgatilgan. Islom va boshqa samoviy dinlarda Odam alayhissalomning aniq sanasi yoki yili ko'rsatilmagan. U insoniyatning otasi va boshlanishi bo'lgani sababli insoniyat tarixining ibtidosi hisoblanadi. Islom ulamolari va rivoyatlarga ko'ra Odam alayhissalomga 1000 yilga yaqin umr berilgan. Biroq Dovud alayhissalomga o'z umridan 40yilni hadya qilgani uchun [Tavrot va ba'zi hadislarga ko'ra] umrining oxiri 960yil yoki to‘liq 1000 yil bo‘lgani haqida ma'lumotlar bor. Odam alayhissalom qariyb ming yillik hayotdan so'ng vafot etgan. U kishining farzandlari (Masalan, Shis alayhissalom) farishtalar ko‘rsatmasi asosida qazilgan qabrga otalarini dafn etishgan. Odam alayhissalomning qayerda dafn etilgani haqida turli rivoyatlar mavjud (Hindiston Makkadagi Abu Qubays tog'i yoki Bayt al-Maqdis)

۰
538
Ishoq alayhissalom Qur'oni Karimda nomi zikr etilgan muborak islom payg'ambarlaridan biri bo'lib Ibrohim alayhissalomning ikkinchi o'g'lidirlar. U zotning shajarasi "Bani Isroil" qavmining barcha payg'ambarlari uchun boshlang'ich hisoblanadi. Ishoq alayhissalomning dunyoga kelishlari katta mo'jiza bo'lgan. Otalari Ibrohim alayhissalomning birinchi xotinlari Sora onamiz uzoq vaqt farzandsiz o'tganlar. Ikkinchi ayollari Hojardan Ismoil alayhissalom tug'ilganlarida Sora onamiz yoshi bir joyga borib qolgan bo'lsa-da farzand ko'rishni juda istab Alloh taologa ko'p duo qilganlar. Alloh taolo farishtalar orqali Ibrohim alayhissalomga va Sora onamizga ilmli o'g'il-Ishoq ismli farzand ko'rishlari haqida xushxabar bergan. U zot tarixiy manbalarga ko'ra miloddan avvalgi 1896-yilda Falastin yerlarida tavallud topganlar. Ishoq alayhissalom otasi Ibrohim alayhissalomning xulqlariga va tashqi ko'rinishlariga nihoyatda o'xshash bo'lganlar. U zot ulg'aygach Alloh taolo tomonidan Shom Kan'on va uning atrofidagi xalqlarni hidoyatga chorlash ya'ni yolg'iz Allohning ibodatiga chaqirish uchun payg'ambar etib yuborilganlar. Ishoq alayhissalom o'z otalarining yo'llaridan va ta'limotlaridan og'ishmay qavmiga tinimsiz da'vat ishlarini olib borganlar. Qur'oni Karimda Ishoq alayhissalomning nomlari o'n yetti marotaba tilga olingan. Jumladan u zotning shaxslari payg'ambarliklari va solih inson bo'lganliklari Baqaro Oli Imron, Niso, An'om Hud va Ibrohim kabi suralarda maqtab o'tilgan. Ishoq alayhissalom otalari asos solgan Kan'on (hozirgi Falastin hududlari) shahrida qolganlar. U kishi o'z oila qurishlari davomida uylanganlar va Alloh taolo u zotga Ays (Iso) va Ya'qub ismli ikki o'g'il farzand ato etgan. Bu avlod keyinchalik Isroil urug'ining asosini tashkil qilgan va Ya'qub alayhissalom ham otasi va bobosi kabi buyuk payg'ambarlardan bo'lib yetishganlar. Ishoq alayhissalom uzoq umr ko'rib o'z qavmini hidoyat yo'lida boshqarganlar. Tarixiy va diniy manbalarga ko'ra Ishoq alayhissalom miloddan avvalgi 1716-yilda 180 yoshlarida vafot etganlar. U zotning muborak jasadlari otalari Ibrohim alayhissalom va o'g'illari Ya'qub alayhissalom dafn etilgan muqaddas hudud Falastinning Hevron (Al-Xalil) shahrida yashirin maqbaraga qo'yilgan

۰
538
Yunus alayhissalom nasabi Yusuf alayhissalomning ukasi Binyaminga borib taqaluvchi Bani Isroilga mansub ulug' payg'ambarlardandir. U zot bugungi Iroq hududidagi qadimgi va seraholi Naynavo (Musul) shahrida dunyoga kelganlar. Tarixiy manbalarda u zotning tavallud va vafot yillari aniq raqamlar bilan muhrlanmagan. Chunki qadimgi manbalarda asosan payg'ambarlarning yashagan davrlari emas ularning hayotiy ibratlari bosh mezon bo'lgan. U zotning vafoti to'g'risida ham aniq yil mavjud emas biroq tarixchilar dafn etilgan joylari sifatida yo Naynavo yerni yo Falastindagi muqaddas hududlarni ko‘rsatadilar.Alloh taolo Yunus alayhissalomni Naynavo shahrida yashovchi yuz mingdan ortiq aholiga ega bo'lgan buyuk bir qavmga hidoyat elchisi qilib yubordi. Bu qavm mislsiz boylikka ega bo'lsa-da ma'naviy botqoqlikka botgan o'zlari yasagan butlarga sig'inar edi. Yunus alayhissalom uzoq yillar davomida xalqni bu zalolatdan qaytarishga harakat qildilar. Biroq Naynavo ahli u zotning so‘zlarini masxara qildi va iymon keltirishdan qat'iy bosh tortdi.Qavmning qaysarligidan so‘ng, Yunus alayhissalomning qalbida qattiq g'azab va umidsizlik paydo bo‘ldi. U zot Alloh taoloning yakuniy iznini kutmasdan g'azablangan holda o'z shahrini tark etishga qaror qildilar. Vaholanki har bir payg'ambar o‘z xalqini tark etishdan oldin Ilohning buyrug'ini olishi shart edi. Payg'ambarsiz qolgan Naynavo ahli tepasida mudhish azob bulutlari ko'rina boshlagach ular halokat yaqinligini his qilib chin dildan tavba qilishga tushishdi.Bu vaqtda Yunus alayhissalom dengiz bo'yiga yetib borib bir yuk kemasiga o‘tirdilar. Kema ochiq dengizga chiqqach to'satdan dahshatli bo‘ron ko‘tarilib, uni g'arq qila boshladi. Kema a'zolari ichlarida qochqin gunohkor borligini aytib uni aniqlash uchun qur'a tashlashdi. Qur’a ketma-ket uch marta Yunus alayhissalomning nomlariga chiqdi va u zot o'z xatosini tushunib, o‘zini dengizning qorong'u qa’riga otdilar.Allohning irodasi bilan bir ulkan baliq Yunus alayhissalomni ziyon yetkazmasdan o'z qornida saqladi. Baliq qornining qorong'uligi va dengiz tubining zulmatida payg'ambar o'zining Alloh amrisiz yo‘lga chiqqanini chuqur his qildilar. Shunda u zot butun vujudlari bilan yolvorib dunyodagi eng mashhur tavba duolaridan birini aytdilar: "Sendan o'zga iloh yo‘q, Sen poksan albatta men zolimlardan bo‘ldim".Alloh taolo O'z payg'ambarining chin dildan qilgan tavbasini qabul qildi va baliqqa uni holsiz holatda kimsasiz bir qirg'oqqa chiqarib tashlashni buyurdi. Quyosh issig'idan himoya qilish uchun Robbimiz u zotning tepalarida soyabon bo‘luvchi shifobaxsh bir qovoq daraxtini o‘stirib qo‘ydi. Yunus alayhissalom bu yerda qaytadan kuchga to'lib butunlay sog'aydilar va Robbining amri bilan yana o'z shahri tomon yo‘l oldilar.Yunus alayhissalom Naynavoga qaytib kelganlarida ularni butunlay boshqa bir manzara kutib turgan edi. Chunki payg‘ambarlari ketgach xatolarini anglagan yuz mingdan ziyod xalq ko‘chalarga chiqib Allohga imon keltirgan edilar. Islom tarixida azob kelishidan oldin iymon keltirib halokatdan omon qolgan yagona qavm aynan shulardir. U zot umrlarining qolgan qismini shu xalq boshida o'tkazib ularga ilm va adolatdan saboq berdilar