Ochiq muloqot 2026
前往频道在 Telegram
Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari
显示更多未指定国家未指定类别
1 110
订阅者
-4524 小时
-3297 天
-1 55730 天
帖子存档
1 103
+3
G‘ijduvonda tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar ochiq muhokama qilindi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti oldidan G‘ijduvon tumanida biznes vakillari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa yo‘nalishlarga oid 10 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi.
Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha esa mas’ullarga aniq muddatli vazifalar belgilandi. Hududlardagi bunday uchrashuvlar tadbirkorlarning muammolarini bevosita eshitish va ularga amaliy yechim topishga xizmat qilmoqda.📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
+4
Sirdaryoda tadbirkorlarni qiziqtirayotgan mulk va ijara masalalari muhokama qilindi
🗣Ochiq muloqotda davlat aktivlarini xususiylashtirish va davlat mulkini ijaraga berish jarayonida tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbirkorlar xarid to‘lovlarini bo‘lib to‘lash, chegirmalardan foydalanish, obyektlarning boshlang‘ich narxini pasaytirish, davlat mulkini amaldagi ijarachilarga sotish hamda ijara stavkalarini belgilashga oid savollarini bildirdi. Uchrashuvda ko‘tarilgan barcha taklif va masalalar belgilangan tartibda o‘rganilishi ta’kidlandi.📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
#ochiq_muloqot
Tadbirkorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Shu munosabat bilan mamlakatimizning barcha hududlarida soliq organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashuvlar, ochiq muloqotlar va sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Tadbirlar davomida tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar o‘rganilmoqda, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashilmoqda hamda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan takliflar shakllantirilmoqda.
❗️Hududingizda navbatdagi ochiq muloqotlar o‘tkazilish jadvali bilan tanishishingiz mumkin.
📍Qoraqalpogʻiston Respublikası
📍Toshkent sh.
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Farg‘ona viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Namangan viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Xorazm viloyati
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
1 103
“Bu gapni eshitib, ko‘zimga yosh keldi...”
“Moliyaviy xato uchun jinoiy javobgarlik bo‘lmaydi” — Prezidentning ushbu fikri tadbirkor uchun shunchaki bir jumla emas. Bu halol ishlayotgan biznes vakiliga ishonch, xato bilan qasddan sodir etilgan qonunbuzarlik o‘rtasida adolatli farq bo‘lishiga umiddir.▪️Suhbatdoshimiz ushbu yondashuv unga qanday ta’sir qilgani, tadbirkorlik faoliyatida huquqiy himoya va davlatning qo‘llab-quvvatlashi nima uchun muhimligi haqida so‘zlab berdi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094
1 103
🔈 TADBIRKORLAR, BU IMKONIYAT SIZ UCHUN!
Prezidentimiz bilan bo‘ladigan «Ochiq muloqot 2026» da ishtirok eting va biznesingizni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlardan xalos bo‘ling!
Sizga yordam berish uchun 40 dan ortiq vazirlik va idoralarning eng zo‘r mutaxassislari bir joyga – Respublika shtabiga yig‘ildi. Shuningdek, Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbarlari ham sizni tinglashga tayyor (xohlasangiz, viloyatingizdan turib onlayn bog‘laning).Darhol qo‘ng‘iroq qiling yoki yozing: 📞 Telefon: 1100 yoki 1094 👍 Telegram: @ochiqmuloqot2026_bot OCHIQ MULOQOT 2026
1 103
Tadbirkorlar masalalari — ochiq muloqot kun tartibida
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti oldidan hududlarda biznes vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Muloqotlarda soliq ma’murchiligi, hisobot topshirish, imtiyozlardan foydalanish, ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish hamda tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan boshqa dolzarb masalalar ko‘tarilmoqda.▪️Tadbirkorlarning har bir taklif va murojaati o‘rganilib, tizimli yechim talab qiladigan masalalar Prezident bilan ochiq muloqot kun tartibini shakllantirishda inobatga olinadi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
Tadbirkorlar murojaatlari Ochiq muloqot kun tartibini shakllantirmoqda
2026- yil 11-iyul holatiga ko‘ra, “Ochiq muloqot – 2026” Respublika shtabiga kelib tushayotgan murojaatlar yo‘nalishlar, hududlar va mas’ul tashkilotlar kesimida tahlil qilinmoqda.
Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar bank-moliya, soliq, infratuzilma, huquqiy himoya, ishlab chiqarish maydonlari, tashqi iqtisodiy faoliyat hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarni qamrab olmoqda.Raqamlar va asosiy ko‘rsatkichlar — videoda. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
“Ilgari bizni hech kim eshitmagan”
🗣Tadbirkor Jamshid Ismatullayev Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti biznes vakillari uchun qanday amaliy maydonga aylangani haqida fikr bildirdi.
Suhbatda tadbirkorlik faoliyatida uchraydigan muammolarni ochiq aytish, takliflarni mas’ullarga yetkazish va ularni tizimli tarzda ko‘rib chiqish imkoniyati haqida so‘z boradi. Tadbirkorning fikricha, bugun biznes vakillari nafaqat o‘z muammosini bildirmoqda, balki uning yechimi bo‘yicha ham taklif berish imkoniyatiga ega.▪️Ochiq muloqotga tayyorgarlik jarayonida ana shunday fikrlar, amaliy tajribalar va takliflar umumlashtirilib, tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan muhim yo‘nalishlar shakllantirilmoqda. Batafsil @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
#OAV_Biz_Haqimizda
🗣Bank va tadbirkor: muammodan yechimga. Biznesni rivojlantirish banki tadbirkorlarga yangi loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashmoqda
@ochiqmuloqot2026_bot
☎️ 1100 | 1094
#OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tadbirkorlarning murojaatlari, muammolari va takliflarini tizimli o‘rganish maqsadida Raqobat qo‘mitasi rahbariyati boshchiligida Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot
☎️ 1100 | 1094
1 103
#ochiq_muloqot
Tadbirkorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Shu munosabat bilan mamlakatimizning barcha hududlarida soliq organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashuvlar, ochiq muloqotlar va sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Tadbirlar davomida tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar o‘rganilmoqda, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashilmoqda hamda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan takliflar shakllantirilmoqda.
❗️Hududingizda navbatdagi ochiq muloqotlar o‘tkazilish jadvali bilan tanishishingiz mumkin.
📍Qoraqalpogʻiston Respublikası
📍Toshkent sh.
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Farg‘ona viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Namangan viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Xorazm viloyati
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
1 103
#Murojaatdan_Yechimgacha
Har bir murojaat ortida tadbirkorning faoliyatiga ta’sir qilayotgan aniq masala bor.
🗣Ochiq muloqot doirasida telefon orqali yo‘llangan navbatdagi murojaat tegishli tartibda o‘rganilib, amaliy yechim topdi. Tadbirkor natija haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Murojaat qanday hal etilgani — telefon suhbatida.
📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot
☎️ 1100 | 1094
#OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
+3
Qoraqalpog‘istonda mebelsozlik va hunarmandchilik tadbirkorlari masalalari muhokama qilindi
🗣Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev rahbarligida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni ishga tushirishda uchrayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqotda mebelsozlik va hunarmandchilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Ular duch kelayotgan amaliy masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.▪️Uchrashuv davomida yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlanib, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarning aksariyatiga joyida yechim topish choralari ko‘rildi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094
1 103
+3
Eksport deklaratsiyalari va bojxona rasmiylashtiruvi: Namanganda tadbirkorlar takliflari o‘rganildi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Namangan viloyatida eksportyorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
Bojxona qo‘mitasi mas’ullari viloyat bojxona boshqarmasi vakillari bilan birgalikda “Runamtex” MChJ faoliyati bilan tanishib, korxona tomonidan ilgari surilgan takliflar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib chiqdi. Muloqotda qayta ishlash bojxona rejimida rasmiylashtirilayotgan eksport deklaratsiyalariga ruxsatnoma olingandan keyin o‘zgartirish kiritish imkoniyatini yaratish, shuningdek eksport deklaratsiyalarini rasmiylashtirish jarayonida yuzaga kelayotgan amaliy masalalarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.▪️Ushbu takliflar asosida ruxsatnomalarga tadbirkor murojaati bilan o‘zgartirish kiritish vakolatini hududiy bojxona boshqarmalariga berish hamda eksport jarayonida tezkor ma’lumot almashish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
#OAVda_Biz_Haqimizda
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayonlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.
📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot
☎️ 1100 | 1094
1 103
+3
Soliq, kadastr va quyosh panellari: Oqoltinda tadbirkorlar murojaatlari ko‘rib chiqildi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Oqoltin tumanida biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida ortiqcha soliq to‘lovlarini qaytarish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda boshqa amaliy masalalar bo‘yicha 15 dan ortiq murojaat tinglandi. Ularning 8 tasi joyning o‘zida ijobiy hal etildi, qolgan murojaatlar yuzasidan esa mas’ullarga aniq muddatli topshiriqlar berildi.▪️Shuningdek, “Saxovat” mahallasida faoliyat yuritayotgan 10 nafar tadbirkorning savdo do‘konlariga tutash hududga quyosh panellari o‘rnatish tashabbusi ham ko‘rib chiqilib, qisqa muddatda ijobiy hal etildi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094
1 103
#OAVda_Biz_Haqimizda
Ochiq muloqot shtabida ish jarayoni davom etmoqda
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Respublika shtabiga kelib tushayotgan murojaat va takliflar qabul qilinib, yo‘nalishlar kesimida o‘rganilmoqda.
Har bir murojaat tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, uning ijrosi nazoratga olinmoqda.📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
+4
Don, moliyalashtirish va subsidiya: Toshkent viloyatida agrar soha tadbirkorlari takliflari muhokama qilindi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda fermerlar tomonidan don mahsulotlari korxonalariga saqlash uchun topshirilgan bug‘doy bo‘yicha xizmatlarni takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosilini moliyalashtirish hamda parrandachilik sohasida faoliyat yurituvchi qayta ishlovchi korxonalarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, 2026-yilgacha ajratilishi nazarda tutilgan subsidiyalarni o‘z vaqtida to‘lab berish maqsadida Agrar sohada to‘lovlar agentligi bilan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.▪️Muloqot yakunida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar va takliflarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda tegishli choralar ko‘rish uchun mas’ul vazirlik va idoralarga yo‘naltirish belgilandi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
👍 «OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!
Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.
«Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan? 👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan. 👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! OCHIQ MULOQOT 2026
1 103
#Ochiq_muloqot_2026
Yorqin Malikov: "Befarq bo'lmang! Yurtimiz kelajagi uchun bu yaxshi imkoniyat. Takliflaringizni yuboring!".📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
