Ochiq muloqot 2026
前往频道在 Telegram
Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari
显示更多未指定国家未指定类别
1 201
订阅者
-8024 小时
-3207 天
-1 49730 天
帖子存档
1 185
Toshkentlik 39 nafar tadbirkor davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
🗣Tadbirkorlar kuni arafasida Toshkent shahrida biznesni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyatini oshirish va zamonaviy xizmatlarni yo‘lga qo‘yishga hissa qo‘shib kelayotgan 39 nafar tadbirkor davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
▪️Ular orasida turli sohalarda o‘z o‘rnini topgan “YandexGo UB”, “Dodo Pizza Tashkent”, “Sofizar”, “TasnifGroup”, “Ahmad Oltin Jo‘ja” kabi taniqli brendlar asoschilari va rahbarlari ham bor.
▪️Tadbirkorlarga “Do‘stlik” ordeni, “Sog‘lom turmush”, “Kelajak bunyodkori”, “Shuhrat” medallari hamda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni topshirildi.
📹Taqdirlash marosimi va tadbirkorlarning fikrlari — videoda.
📩@ochiqmuloqot2026_bot
☎️1100 | 1094
#OchiqMuloqot2026
1 185
Davlat xaridlarida tadbirkorlar ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida davlat xaridlarida biznes vakillarining ishtirokini kengaytirishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
▪️Muloqot davomida tadbirkorlarning davlat xaridlarida ishtirok etish jarayonida uchrayotgan masalalar, mavjud imkoniyatlardan foydalanish hamda tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
📩@ochiqmuloqot2026_bot
☎️1100 | 1094
#OchiqMuloqot2026
1 185
🗣Tadbirkorlar mehnati – davlat e’tirofida
📩@ochiqmuloqot2026_bot
☎️1100 | 1094
#OchiqMuloqot2026 #etirof
1 185
#E'tirof
🗣Tadbirkorlar mehnati – davlat e’tirofida
📩@ochiqmuloqot2026_bot
☎️1100 | 1094
#OchiqMuloqot2026 #etirof
1 185
#E'tirof
🗣O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Farmoyishi bilan taqdirlangan tadbirkorlar haqida ocherklar
📩@ochiqmuloqot2026_bot
☎️1100 | 1094
#OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati #AmaliyYechim
1 185
OCHIQ MULOQOT - 2026
👍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan bo‘lajak VI Ochiq muloqot mamlakatimiz biznes muhitini rivojlantirishda yuksak strategik ahamiyatga egadir.
📞Tadbirkorlar 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yoki @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilishlari mumkin!
OCHIQ MULOQOT 2026
1 185
#E'tirof
Tadbirkorlar mehnatiga yuksak e’tirof
📩@ochiqmuloqot2026_bot
☎️1100 | 1094
#OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati #AmaliyYechim
1 185
E’tirof ortidagi quvonch
🗣«Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan qashqadaryolik tadbirkor Dilfuza Rahmonova ushbu e’tirof haqidagi taassurotlari va quvonchini biz bilan bo‘lishdi.
📩@ochiqmuloqot2026_bot
☎️1100 | 1094
#OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati #AmaliyYechim
1 185
Repost from Biznes-ombudsman
+9
#faoliyat
👍 Tadbirkorlarning muammo va takliflari ochiq muloqotda muhokama qilindi
Navoiy shahrida hokim Dilmurod Ergashev, Biznes-ombudsman viloyat rahbari Begzod Mirzayev boshchiligida hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida tadbirkorlik subyektlari oldida turgan muammoli masalalarni muhokama qilish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida tadbirkorlarning kundalik faoliyatida uchrayotgan muammolar, biznes yuritish jarayonida yuzaga kelayotgan to‘siqlar, infratuzilma va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, yer va mulk masalalari, kredit va moliyaviy resurslardan foydalanish, soliq va boshqa tegishli yo‘nalishlardagi masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan yangi loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, xizmat ko‘rsatish va savdo sohalarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hudud iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 185
OCHIQ MULOQOT - 2026
👍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan bo‘lajak VI Ochiq muloqot mamlakatimiz biznes muhitini rivojlantirishda yuksak strategik ahamiyatga egadir.
📞Tadbirkorlar 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yoki @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilishlari mumkin!
OCHIQ MULOQOT 2026
1 185
Yer masalasi hal etildi — tadbirkor faoliyati qayta tiklandi
🗣Navoiylik tadbirkor Oybek Eshniyozov faoliyatini davom ettirishga to‘sqinlik qilayotgan yer maydoni bilan bog‘liq masala yuzasidan Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Murojaat tezkor o‘rganilib, qonun doirasida zarur choralar ko‘rildi. Natijada masala qisqa fursatda ijobiy hal etilib, tadbirkorning faoliyati qayta tiklandi.
Bu yechim ortida ish jarayonining yana yo‘lga qo‘yilishi, tadbirkorning vaqt yo‘qotmasdan o‘z faoliyatini davom ettirishi va kelgusi rejalarini amalga oshirish imkoniyati turibdi.▪️Tadbirkor uchun haqiqiy natija — murojaatning amaliy yechim topishi va faoliyatning qayta tiklanishidir. 📩@ochiqmuloqot2026_bot ☎️1100 | 1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati #AmaliyYechim
1 185
Ochiq muloqot – samarali hamkorlikning muhim mezoni
🗣Prezidentning joriy yil tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, biznes vakillarining taklif hamda muammolarini o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyatida ochiq muloqotlar davom etmoqda.
▪️Ana shunday uchrashuvlardan biri Qiziriq tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda Qiziriq tumani bilan bir qatorda Bandixon tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ham ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida biznes vakillarining 10 ta murojaati tinglandi. – 3 ta murojaat joyida hal etildi; – 2 ta murojaat yuzasidan tushuntirish berildi; – 5 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganishni talab etgani sababli ijrosi nazoratga olindi.📩@ochiqmuloqot2026_bot ☎️1100 | 1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati #AmaliyYechim
1 185
Elektromobillarni quvvatlash tizimi bo‘yicha murojaat hal etildi
🗣Tadbirkor Ozodbek Ulug‘xo‘jayev elektromobillarni quvvatlash tizimi yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Faoliyati davomida yuzaga kelgan muammo sabab u Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Murojaat tegishli tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganilib, masalani hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi. Natijada tadbirkor faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammo bartaraf etildi.
Bu yechim tadbirkorga o‘z faoliyatini davom ettirish, elektromobillar uchun quvvatlash xizmatlarini rivojlantirish va kelgusi loyihalarini amalga oshirish imkonini berdi.▪️Har bir hal etilgan murojaat — biznes faoliyatidagi bitta to‘siqning kamayishi va yangi tashabbuslar uchun yo‘l ochilishidir. 📩@ochiqmuloqot2026_bot ☎️1100 | 1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati #AmaliyYechim
1 185
#OAV_Biz_Haqimizda
Tadbirkorlik – iqtisodiy taraqqiyotning muhim harakatlantiruvchi kuchi
🗣Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot ularning muammolarini bevosita tinglash, taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda amaliy yechimlarni birgalikda izlash uchun muhim maydon.
📩@ochiqmuloqot2026_bot
☎️1100 | 1094
#OchiqMuloqot2026
1 185
Ochiq muloqot oldidan yana bir murojaatga amaliy yechim
🗣Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkor Sardorbek Abdurahmonov soliq idoralari bilan bog‘liq ayrim masalalar sabab yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatida uzilishlarga duch kelgan edi.
Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida uning murojaati mas’ul tashkilotlar ishtirokida o‘rganilib, faoliyatini davom ettirishga to‘sqinlik qilayotgan masala hal etildi.▪️Natijada tadbirkorga o‘z ishini yana barqaror davom ettirish imkoniyati yaratildi. Ochiq muloqotga tayyorgarlik jarayonida hududlardan kelib tushayotgan murojaatlar manzilli o‘rganilib, ularga amaliy yechim topish ishlari davom etmoqda. 📩@ochiqmuloqot2026_bot ☎️1100 | 1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati #AmaliyYechim
