tanimang...
前往频道在 Telegram
Sizga foydasi tegar deya u-bu narsa yozib turaman. Aslida yordam sizga emas, o'zimga kerak. Ketkazgan vaqtingizga rozi bo'ling!
显示更多未指定国家未指定类别
698
订阅者
+2324 小时
+987 天
+45730 天
帖子存档
695
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hazrati Alidan so'radilar:
– Ali meni ko'proq yaxshi ko'rasanmi, Allohnimi, Fotimanimi, farzandlaringnimi?
Hazrati Ali: "Hammangizni yaxshi ko'raman yo Rosululloh" deganlarida, payg'ambarimiz alayhissalom: "Ey Ali, bir qalbda shuncha sevgi bo'lishi mumkinmi?".
Hazrati Ali ilmning eshigi bo'la turib javob berolmadi, ijozat istadi. Uyga kelganlarida parishon holatlarini ko'rgan hazrati Fotima sababini so'radilar. Hazrati Ali tushuntirdilar, dedilarki: Borib otamga ayting:
-Allohni ruhim bilan;
-Payg'ambarini qalbim bilan;
-Fotimani nafsim bilan;
-Farzandlarimni shavqatim bilan sevaman. Payg'ambarimiz alayhissalom bu javobni eshitib, tabassum qilib shunday dedilar:
–"Ey Ali, keltirgan guling payg'ambarlik daraxtidan uzilgandir. Javobingdan Fotimaning hidi kelyabdi".
09 10月, 13:18
695
Tun insonni dunyoviy tashvishlardan uzoqlashtirib, Alloh bilan yolg'iz qolishga chorlaydigan eng go'zal vaqtdir..
Atrof jimjit.. Hamma uyquda.. Lekin birgina Allohga bog'langan qalblargina uyg'oq. Ular uxlamaydi. Shunday insonlar borki, ular tunni uyqu bilan emas, Robbisiga ibodat qilish bilan bezaydi. Qalblarini esa, zikr bilan munavvar qilishadi. Ana shu yerda inson nafsi bilan yuzma-yuz kurashadi. Nafs uyquni, qalb esa, Robbisiga yetishmoqlikni istaydi. Hech kimga aytolmagan, hatto Robbisiga ham kunduzlari so'z bilan ifoda ayta olmagan dardlarini tunning sokinligida ko'z yoshlari bilan aytadi. Chunki ba'zi dardlar so'z bilan emas, ko'z yoshlari bilan sokinlashadi.
Sen Robbingdan so'ra... Qalbingni faqat unga to'kib soch. Zotan seni, sendan yaxshi bilguvchi birgina Udir. Odamlardan umiding uzilganida ham, qalbing mahzunlikka to'lganida ham Undan so'ra. Chunki Allohdan boshqa hech kim sening holingni U kabi bilmaydi.
Tun sukunatida tahajjudga turib, sajdada so'ra. Gunohlaring uchun mag'firat so'ra, qalbing uchun hidoyat so'ra, hayoting uchun baraka so'ra.
Menga duo qilingiz, sizlarga ijobat qilurman. G'ofir surasi, 60-oyat.Shunday ekan, so'rashdan charchama. Robbingdan so'ra — U eshituvchi va duolarni qabul qiluvchidir.
07 10月, 01:34
695
Har kuni oxirimga biroz yaqinlashar ekanman, senga boqqani na yuzim qolyabdi, na amalim...
06 10月, 00:15
695
Ey Robbim!
Men sening muxtoj bir qulingman. U holda seni sevishligimda biror g'ariblik, hayratlanarlik narsa yo'q. Aslida sen, hech bir narsaga muxtoj bo'lmagan, ulug'lar ulug'i Malikul Muqtadir bo'la turib, meni sevayotganingga hayratlanmoqdaman!
Sulton Boyazid Bastomiy
05 10月, 12:35
695
إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّاۤ إِلَیۡهِ رَ ٰجِعُونَ
Albatta, biz Allohnikimiz, va albatta, unga qaytuvchilarmiz.
"Baqara surasi 156-oyat"
05 10月, 00:29
695
«Sen avvaling jirkanch nutfasan.! Oxiring qo'lansa murdasan.! Buning orasida esa ichingda najosat ko'tarib yuruvchi idishsan.! Yana nimanga kibr qilasan.?!»
Molik Dinor rohimahulloh
02 10月, 21:34
695
Allohga shu qadar yaqin bo'lingki... Sizga yetishmoq uchun Allohga yaqinlashishga majbur bo'lsin...
02 10月, 03:09
695
«Nega buncha xotirjamsan?» — dedim o‘zimga.
Va yana javobini ham o‘zim berdim...
Men barchasidan roziman. Qadarimga ne yozilgan bo‘lsa, barchasi uchun Allohdan minnatdorman.
Iltijo qilgan vaqtim mushkulimni oson qilgani, ba’zan yig‘lab ichimdan nima o‘tkazsam, eshitgani uchun, suygani, hatto sinagani uchun tashakkurlar bo‘lsin, shukrlar bo‘lsin...
Chunki bilaman: men bilmagan narsalarni U biladi. Men ko‘rmagan hikmatlarni U ko‘radi. Ba’zan qalbim istagan narsa men uchun xayrli bo‘lmasligi mumkin, ba’zan esa ko‘z yoshim ortida men hali anglamagan bir rahmat yashiringan bo‘ladi.
Shuning uchun endi «Nega?» deb emas, «Allohim, bunda ham Sen bilgan bir hikmat bor», deya qalbimni taskin qilaman.
Axir Robbim marhamat qiladi:
«Albatta, qiyinchilik bilan birga yengillik bordir. Albatta, qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.»
(Sharh surasi, 5–6-oyatlar)
Shu bois ko‘nglim xotirjam.
Chunki men taqdirimni emas, taqdirimni yozgan Zotni sevishni o‘rgandim.
Endi kelmagan kunlardan qo‘rqmayman.
Ketgan narsalar uchun ortimga qarab kuyinmayman.
Berilganiga — shukr, berilmaganiga — sabr, kechiktirilganiga — tavakkul qilaman.
Chunki bilaman: Alloh menga nima berishni ham, nimani mendan olib qolishni ham mendan yaxshiroq biladi.
Va agar bir kun qalbim yana charchab, «Nega aynan men?» deb so‘rasa, unga sekin javob beraman:
«Chunki seni sinayotgan Zot — seni hech qachon tashlab qo‘ymaydigan Zotdir.»
Shunda yana boshimni egib, yuragimdan birgina so‘z chiqadi:
Alhamdulillah…
Men Sen bergan qadar bilan roziman, ey Robbim.
Faqat meni ham Sen mendan rozi bo‘ladigan bandalaring qatorida qil.
29 9月, 04:05
695
Subhanallohi va bihamdihi, subhanallohil a'ziym.
سُبْحَانَ اللهِ وَبِحَمْدِهِ سُبْحَانَ اللهِ الْعَظِيمِ
27 9月, 23:35
695
Ko'p narsa qila olaman deb o'ylardim. Sening fazlingsiz hatto gunohlarim uchun tavba ham qila olmas ekanman Robbim...
27 9月, 02:31
695
"Sukunat doim ham rozilikni anglatavermaydi, gohida anglolmaydigan insonlarga so'zlarimizni izohlashdan charchaganimizni bildiradi".
26 9月, 04:15
695
Ilm – bu o'rganish emas, o'zgarishdir.
Ishq – tanlov emas, tanlanishdir...
25 9月, 23:03
695
"لم أواجه شيئا أصعب من نفسي، التي ساعدتني أحيانا وكانت ضدي أحيانا...
"Men hech qachon nafsimdan qiyinroq narsaga duch kelmadim, u goh menga yordam bergan, goh menga qarshi"...
24 9月, 00:05
695
Senga yopilgan eshiklar qarshisida
yig'lab o'tirgan bir paytingda,
Alloh sen bilmagan boshqa joylarda
sen uchun yangi eshiklarni ochayotgan
bo'lishini bilasanmi?
Chunki sen faqat yo'lni ko'rasan.
Alloh esa manzilgacha bo'lgan hayrni biladi.
Sen "hammasi tugadi" deb o'ylagan
lahzada esa, kitobingning yangi sahifasi
ochilayotgan bo'ladi…
23 9月, 10:14
695
Men o'lsam. "Alloh huzuriga ketdi, Va nihoyat sevgisiga yetdi deb aytinglar..
21 9月, 21:58
