|Sibavayh Akademiyasi | أكاديمية سيبويه|
前往频道在 Telegram
1 870
订阅者
-6324 小时
-2647 天
-1 60130 天
吸引订阅者
十月 '2610月 '26
十月 '26
+71
在6个频道中
九月 '26
+1 347
在38个频道中
Get PRO
八月 '26
+4 340
在11个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 17 十月 | 0 | |||
| 16 十月 | +1 | |||
| 15 十月 | 0 | |||
| 14 十月 | 0 | |||
| 13 十月 | 0 | |||
| 12 十月 | 0 | |||
| 11 十月 | 0 | |||
| 10 十月 | +70 | |||
| 09 十月 | 0 | |||
| 08 十月 | 0 | |||
| 07 十月 | 0 | |||
| 06 十月 | 0 | |||
| 05 十月 | 0 | |||
| 04 十月 | 0 | |||
| 03 十月 | 0 | |||
| 02 十月 | 0 | |||
| 01 十月 | 0 |
频道帖子
Sahobalarning ilm talabidagi himmati
Jabir roziyallohu anhu umrlarining oxirida, keksayib qolgan vaqtlarida Madinadan Shomga bir tuyada safar qildilar. Bu safar borish uchun bir oy, qaytish uchun esa yana bir oy davom etdi.
U zotning bu mashaqqatli safardan maqsadlari nima edi?
O‘zlari aytadilar:
«Bir hadis bor edi. Uni eshitishga ulgurmay vafot etib qolishdan qo‘rqdim.»
Bu voqea sahobalarning ilmga bo‘lgan yuksak himmasi — intilishlari qanday bo‘lganini ko‘rsatadi. Birgina hadisni eshitish uchun ikki oylik mashaqqatli safarga chiqish — ilmga bo‘lgan muhabbat va uning qadrini bilishning yorqin namunasidir.
Ey Allohning bandasi! Ilm talab qilishga astoydil harakat qil. Uni egallash uchun bor kuchingni sarf et. Shunda Alloh seni har qanday fitnadan najot beradi va har qanday shubhadan asraydi. Ilm talabida sustkashlik qilishdan va oz narsaga qanoat qilib qolishdan ehtiyot bo‘l. Aks holda halok bo‘lganlar bilan birga halok bo‘lib qolishing mumkin.
Ilm yo‘lidagi himmatingiz qanday?
Bir hadis uchun bir oy yo‘l bosgan avlodning vorislari bo‘lishga harakat qilaylik.
| 2 | سَوَابِقُ الهِمَمِ لا تَخْرِقُ أَسْوَارَ الأَقْدَارِ
Tarjimasi:
“Qanchalik kuchli intilish va qat’iy niyatlar bo‘lmasin, ular taqdir devorlarini teshib o‘ta olmaydi.”
Ya’ni insonning niyati, rejasi, kuchli istagi va harakati juda katta bo‘lishi mumkin. Lekin ular Alloh taolo belgilagan taqdir chegarasidan tashqariga chiqa olmaydi.
Bu hikmat “harakat qilma, hammasi taqdir” degani emas. Aksincha, harakat qilishimiz kerak, lekin natijani o‘z kuchimizdan deb bilmasligimiz kerak.
Ilm olishda
Bir inson: “Men juda ko‘p kitob o‘qiyman, tunu kun harakat qilaman, albatta katta olim bo‘laman”, deb niyat qiladi.
Bu — yaxshi himma, ya’ni yuksak intilish.
Lekin ba’zan inson qancha urinmasin, rejalashtirgan natijaga aynan o‘zi xohlagan vaqtda erisha olmaydi. Boshqa tomondan, Alloh unga kutmagan joyidan boshqa bir eshikni ochishi mumkin.
Shuning uchun tolibi ilm:
“Men harakat qilaman, ammo meni natijaga yetkazuvchi — Alloh”, degan holatda bo‘lishi kerak. | 188 |
| 3 | 📚 هَكَذَا يُدْفَنُ الْعِلْمُ
«لَمَّا دُفِنَ زَيْدُ بْنُ ثَابِتٍ، قَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ: هَكَذَا يُدْفَنُ الْعِلْمُ».
Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu dafn etilganlarida, Ibn Abbos roziyallohu anhu shunday dedilar:
«Ilm mana shunday dafn etiladi…»
Inson vafot etadi, ammo uning ketishi bilan faqat bir tana tuproqqa topshirilmaydi. Ba’zan u bilan birga butun boshli ilm xazinasi, yillar davomida to‘plangan bilimlar, nozik tushunchalar va boshqalarga yetkazilmagan hikmatlar ham ketadi.
Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu oddiy inson emas edilar. U zot Rasululloh ﷺning vahiy kotiblaridan, sahobalarning yirik faqihlaridan va ilmda yuksak maqomga ega zotlardan edilar.
Ibn Abbos roziyallohu anhuning bu so‘zlari bizga bir haqiqatni eslatadi: olimning vafoti — shunchaki bir insonning ketishi emas, balki ilm olamida o‘rnini to‘ldirish qiyin bo‘lgan bir bo‘shliqning paydo bo‘lishidir.
Shunday ekan, ilmga vaqt ajrating. Ustozlarning qadriga yeting. Ularning suhbatlaridan, bilimlaridan va tajribalaridan imkon boricha ko‘proq foydalaning. Chunki bugun yoningizda o‘tirgan ustozingiz ertaga faqat kitoblarda eslanadigan zotga aylanishi mumkin.
Ilmni faqat o‘zingiz uchun o‘rganmang. Uni qalbingizga joylang, hayotingizda namoyon qiling va boshqalarga ham yetkazing.
Zero, inson ketadi, ammo u qoldirgan ilm odamlar qalbida yashashda davom etadi.
Alloh taolo ilm ahlining umrlariga baraka bersin, vafot etgan olimlarimizni rahmatiga olsin va bizni ularning ilmlaridan manfaat oladigan hamda uni munosib ravishda davom ettiradigan bandalaridan qilsin. آمين. | 300 |
| 4 | «مَتَى أَوْحَشَكَ مِنْ خَلْقِهِ، فَاعْلَمْ أَنَّهُ يُرِيدُ أَنْ يَفْتَحَ لَكَ بَابَ الأُنْسِ بِهِ.»
Tarjimasi: «Qachonki U Sizni O‘z yaratganlaridan
yolg‘izlatib qo‘ysa, bilingki, Sizga O‘zi bilan hamdam bo‘lish va yaqinlashish eshigini ochishni iroda qilmoqda.» — Ibn Atoulloh al-Iskandariy
Qisqa sharh:
Ba'zan atrofingiz to'la inson bo'lsa-da, qalbingizda chuqur yolg'izlik his qilasiz. Barcha eshiklar yopilgandek, hech kim sizni tushunmayotgandek tuyuladi...
Lekin buni tushkunlik deb bilmang. Yaratgan sizni insonlardan uzoqlashtirdimi, demak, U sizni O‘ziga yaqinlashtirmoqchi. Yolg'izlik — bu xafagarchilik emas, balki Qalb Egasi bilan yolg'iz qolishga berilgan eng go'zal taklifdir.
#IbnAtoullohAlIskandariy #Hikmatlar #AlHikam #QalbXotirjamligi #KunHikmati #Tafakkur | 306 |
| 5 | Arab tilini noldan mukammal o‘rganishni istaysizmi?
✅Ayol ustoza bilan birgalikda, eng zamonaviy va tushunarli qo‘llanmalardan biri bo‘lgan "Al-Kamil" (A1) kitobi asosida yangi guruhga qabul boshlandi!
🤩 Kurs kimlar uchun?
• Arab tilini mutlaqo noldan boshlamoqchi bo‘lganlar uchun
• To‘g‘ri talaffuz va boshlang‘ich so‘zlashuvni o‘rganishni istovchilar uchun
✅ Natija: Qisqa vaqt ichida o‘qish, yozish va boshlang‘ich suhbat qurish ko‘nikmasi.
🤩 Dars shakli: [Onlayn zoom platformasida]
🤩 Dars kunlari: Dushanba, Chorshanba va Juma
(vaqtini kelishamiz)
🤩Ro‘yxatdan o‘tish va ma’lumot uchun:⬇️
@rosixunnn
🇸🇦Arab tili — bu shunchaki til emas, balki ulkan imkoniyatlar va go‘zallik olamidir.🤍 | 317 |
| 6 | 📢E’LON
Erkaklar uchun maxsus
📚Tezkor Nahv va Sarf kursimiz ochildi
⏳3 oyda — 6 ta kitob
📝Haftada 5 kun | 🔖
Dars davomiyligi:2 soat
🕚 vaqtini kelishamiz
Nahv va Sarfda qiynalayotgan, bilimlarini mustahkamlashni istaganlar uchun ayni muddao.
Eslatma bu guruhga qo’shilishni islaganlar avval nahv va sarfdan xabari bor bo’lishi kerak
O’qitiladigan kitoblar ro’yxati
3 oyda o’qiladigan kitoblar ro’yxati:
📚 SARF
1.Mukammal Sarf Darsligi
2. Janāḥ at- Tolib
(جناح الطالب)
3.Tatbīq as-Sarf (تطبيق الصرف) — arab tilidagi amaliy sarf kitobi
📖 NAHV
1. Mabda’un-Nahv
2. Tarkib qoidalari — jumlalarni e’rob qilish va tahlil qilish(تطبيق النحو ) kitobi asosida amaliyot
3. An-Naḥw al-Wāḍiḥ (النحو الواضح) — arab tilidagi nahv kitobi
⚡ Darslarga ulgurib qoling!
@Turos_ilmlari
https://t.me/SibavayhAkademiyasi | 329 |
| 7 | «Gohida senga ilohiy nurlar yog‘iladi.Ammo qalbing dunyoning asarlari va suratlari bilan to‘lib-toshganini ko‘rib, o‘sha nurlar sen tushgan joyidan yana qaytib ketgandir.»
— Hikam al-‘Atoiyya
Qisqa sharh
Bu hikmatdagi “nurlar” — Alloh tomonidan bandaga beriladigan hidoyat, ma’rifat, qalb uyg‘oqligi va ruhiy idrok nurlaridir.
Ammo qalb dunyo tashvishlari, nafs istaklari, mansab, shuhrat, mol-dunyo va boshqa “asor”lar bilan to‘lib qolsa, unda kelgan nurga joy qolmaydi.
Ya’ni muammo nur kelmaganida emas, balki qalb uni qabul qilishga tayyor bo‘lmaganida bo‘lishi mumkin.
Qalbni bo‘shat — nur o‘z joyini topadi. | 310 |
| 8 | 视频消息 | 496 |
| 9 | #diqqat
#elon
Tajviddan bepul darslar!!!
Bizga qo'shiling, hatolarni tekshirtirib oling.
Qur’on o'qishga motivatsiya, oson yodlash usullarini biz bilan o'rganing.
Birgalikda yuksalamiz!
Bizning manzil @Grammatik_qiroat | 100 |
| 10 | Ustozlikka tayyorlov kurslari❤️❤️
https://t.me/+EQDkzwh3ipAwZGEx | 95 |
| 11 | #diqqat
#elon
Tajviddan bepul darslar!!!
Bizga qo'shiling, hatolarni tekshirtirib oling.
Qur’on o'qishga motivatsiya, oson yodlash usullarini biz bilan o'rganing.
Birgalikda yuksalamiz!
Bizning manzil @Grammatik_qiroat | 109 |
| 12 | Bugungi kun munosabati bilan ko'pchilik ustozlarni esladim. Lekin ularning orasida ikki toifasi menga butunlay boshqacha ta'sir qilganini angladim. Biri menga bilim bergan o'qituvchim edi, ikkinchisi esa hayotimni o'zgartirgan Haqiqiy Ustoz.
Aslida ustoz deganda ko'z oldimizga avvalo qattiq jildli kitoblar va doskadagi formulalar keladi. Lekin eng buyuk ustozlarimiz bizga nafaqat darsliklardan, balki o'zlarining qalblaridan saboq bergan insonlardir.
Bugun o'sha Haqiqiy Ustozlarni qanday tanib olish va ularga bo'lgan hurmatimizni qanday izhor qilish haqida gaplashamiz...
1. -Ma'lumot beruvchi ustoz aqlga murojaat qiladi —aqlan yetuk bo'lishingiz uchun
-Haqiqiy Ustoz yurakka yo'l topadi — yaxshi inson bo'lishingiz uchun."
2. "Ma'lumot beruvchi xato qilsang, past baho qo'yadi — buni qabul qilamiz. Haqiqiy Ustoz xatodan saboq chiqarib, insoniyligingni saqlab qolishga yordam beradi — bu esa haqiqiy tarbiyadir."
3. "Ma'lumot beruvchi dars soati tugashi bilan unutadi — bu tabiiy va ularning ishi. Haqiqiy Ustoz darsdan tashqarida ham sening taqdiring va kelajaging uchun qayg'uradi — bu chinakam g'amxo'rlikdir."
4. "Ma'lumot beruvchi senga qattiqqo'llik yoki qo'rqitish bilan ta'sir o'tkazadi — ma'lum muddat.
Haqiqiy Ustoz o'zining samimiyligi, mehri va xulqi bilan muhabbat uyg'otadi — bu umrbod davom etadi."
5. "Ma'lumot beruvchi seni olomonning bir qismi deb biladi — ko'p sonli o'quvchilarning biri sifatida.
Haqiqiy Ustoz sendagi yashirin xususiyatlarni, o'zing ham bilmagan iqtidorni kashf qiladi — bu bizga berilgan eng katta sovg'adir."
Ilmimizni oshirib, bizga harflarni, darslarni o'rgatgan barcha o'qituvchilarimizga mingdan ming rahmat. Ularning mehnati tufayli bugun shu darajadamiz.
Lekin hayotimizda iz qoldirgan, shunchaki dars beribgina qolmay, yo'nalish ko'rsatgan o'sha
Haqiqiy Ustozlar — hayotimizning eng buyuk ne'matlaridir.
Alloh taolo barcha ustozlarimizdan rozi bo'lsin, ilm yo'lida chekkan zahmatlarini ajrga aylantirsin, ularni har ikki dunyoda aziz va mukarram qilsin!
https://t.me/SibavayhAkademiyasi | 669 |
| 13 | 没有文字... | 1 |
| 14 | Blogerlik bilan olim bo‘lib bo‘lmaydi…
Bugun ko‘pchilik tolibi ilmlar ilm olishdan ko‘ra, o‘zini ko‘rsatish, mashhur bo‘lish, tanilish va odamlarning e’tiborini qozonishga shoshmoqda.
Lekin bir narsani unutmaslik kerak:
Shuhratning vaqti hali keladi.
O‘zingni ko‘rsatishning vaqti hali keladi.
Odamlar seni tanishining vaqti hali keladi.
Ammo ilm uchun berilgan yoshlik, vaqt va imkoniyat qaytib kelmasligi mumkin.
Shuning uchun hozir sening vazifang — ko‘rinish emas, o‘sish.
Tanilish emas, o‘rganish.
Gapirish emas, mutolaa qilish.
📖 Modomiki qo‘lingda kitob bo‘lsa,
modomiki har kuni tinmay o‘qiyotgan bo‘lsang,
modomiki kechalaring va tonglaring ilm bilan o‘tayotgan bo‘lsa —
xotirjam bo‘l. Sen hech narsadan ortda qolmading.
Atrofga qarama.
Kimdir mashhur bo‘lyaptimi?
Kimdir minglab obunachilar yig‘yaptimi?
Kimdir o‘zini hammaga tanityaptimi?
Bularning barchasiga hali vaqt yetadi.
Sen esa hozir xazinani yig‘.
Chunki ilm — xazina.
Haqiqiy olmos yer ostida yotganida ham olmosligicha qoladi. Uni hech kim ko‘rmayotgani uning qadrini kamaytirmaydi.
Sen ham hozir hech kimga tanish bo‘lmasang mayli.
Mehnatingni hech kim ko‘rmasa ham mayli.
Ilmingni hech kim bilmasa ham mayli.
Alloh ko‘rib turibdi.
Va vaqti kelganda, yillar davomida sukutda o‘qilgan kitoblar, yodlangan matnlar, qilingan mehnatlar va sabr bilan yig‘ilgan ilmning mevasi namoyon bo‘ladi.
O‘shanda sening foydang ham, ta’siring ham mehnatingga yarasha bo‘ladi.
Shuning uchun:
Ilm o‘qi.
Atrofga qaramagin.
O‘zingni boshqalarga solishtirmagin.
Shuhrat ortidan yugurmagin.
Har kuni bir qadam bo‘lsa ham oldinga yur.
“Boshqalar mendan o‘zib ketdi”, deb o‘ylama.
Modomiki qo‘lingda kitob bor ekan — sen yutqazayotgan emassan.
“Men savoblardan ortda qolib ketyapman”, deb ham xavotir olma.
Agar niyating Alloh uchun bo‘lsa, Allohning kalomini, dinini, tilini va foydali ilmlarni o‘rganish yo‘lida sarflangan vaqtingning o‘zi katta ne’mat.
Bugun seni hech kim tanimasligi mumkin.
Lekin Alloh seni taniydi.
Bugun sening mehnatingni hech kim ko‘rmasligi mumkin.
Lekin Alloh uni ko‘rib turibdi.
Shunday ekan, shoshma.
Sen sahnaga chiqishga emas, ilmga tayyorlanyapsan.
Odamlar seni qachon tanishi — bu sening ishing emas.
Sening ishing — bugun kitobni ochish.
O‘qish.
Tushunish.
Yodlash.
Amal qilish.
Va yana ertaga kitobni ochish.
Bir kun kelib, yillar davomida sukutda o‘qigan o‘sha insonning ilmi gapira boshlaydi.
O‘sha kuni tanilish uchun o‘zingni ko‘rsatishingga hojat qolmaydi.
Ilmingning o‘zi seni tanitadi. | 577 |
| 15 | Tanal imtihoniga samarali foydalanish uchun bomba kanal ⚡
Har kunlik postlar, C1 C2 darajadagi lugʻatlar,istima uchun podcastlar, mocklar taqdim etamiz 🎯
Tanal imtihonida tushayotgan savollar hamda C1 darajadagi insholardan namuna va tarjimasi C1 darajadagi insho uchun iboralar taqdim etamiz 📚✨
Tezda qoʻshilib oling ✨💥 | 100 |
| 16 | Tanal imtihoniga samarali foydalanish uchun bomba kanal ⚡
Har kunlik postlar, C1 C2 darajadagi lugʻatlar,istima uchun podcastlar, mocklar taqdim etamiz 🎯
Tanal imtihonida tushayotgan savollar hamda C1 darajadagi insholardan namuna va tarjimasi C1 darajadagi insho uchun iboralar taqdim etamiz 📚✨
Tezda qoʻshilib oling ✨💥 | 1 |
| 17 | #diqqat
#elon
Tajviddan bepul darslar!!!
Bizga qo'shiling, hatolarni tekshirtirib oling.
Qur’on o'qishga motivatsiya, oson yodlash usullarini biz bilan o'rganing.
Birgalikda yuksalamiz!
Bizning manzil @Grammatik_qiroat | 114 |
| 18 | Arab tilida harflarini oʻqishni bilasiz😊 endi grammatikasi (tarjima qilish, gapirish koʻniklamalari) ni oʻrganmoqchimisiz🤩 unda bu kanal aynan siz uchun✨ CHEGIRMA TUGASHIGA 1 KUN QOLDI🔥 | 100 |
| 19 | 视频消息 | 512 |
| 20 | ✨📖QISAS AN-NABIYYĪN LIL-ATFĀL 📖✨
🌿 Fasih arab tili • Lug‘at boyligi • Tarjima mahorati
📚Abul Hasan Ali an-Nadviyning qalamiga mansub ushbu go‘zal asar orqali arab adabiyoti olamiga qadam qo‘ying.
🪶Mutolaa qiling — so‘z boyligingizni oshiring — go‘zal tarjima qilishni o‘rganing.
🚀Darslar DUSHANBA kuni boshlanadi!
🗓 Haftada 2 marta
🔜Seshanba | 19:00–20:30
🔜 Juma | 19:00–20:30
🔥Ertaga 3-dars
@Turos_ilmlari
🎓Sibavayh Akademiyasi
🌿 Yaxshi mutolaa — go‘zal tarjimaning boshlanishidir. | 655 |
